cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Больше
Рекламные посты
9 096
Подписчики
+624 часа
+367 дней
-8130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 3⃣🌏 BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari talabalar bilan birgalikda Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Chotqol qoʻriqxonasi tarkibiga kiruvchi Boshqizilsoy togʻ daryosiga tashrif buyurib, “Boshqizilsoyning toza banki” aksiyasini oʻtkazdi. Toza havo, qulay muhit tufayli bu yerga sayyohlar koʻp. Ammo dam olib, ularning koʻpchiligi oddiy qoidalarni buzishadi, yaʼni oʻzlaridan keyin axlatni qoldiradilar. Aksiya davomida rus filologiyasi fakulteti oʻqituvchilari talabalar bilan birgalikda daryo boʻyidagi chiqindilarni tozalab, 5 km uzunlikdagi maydonni tozalashdi. 📍 Rus filologiyasi fakulteti. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Показать все...
👍 4 2🔥 1
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 2024-yil 23-may kuni OʻzDJTUda AQSHning Lehigh Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Stephen Deduck bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida AQShlik doktorantura talabasining Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda universitet talabalari uchun ilmiy ish mavzusi “Madaniyatlararo muloqot” fanidan mashgʻulotlar olib borishi masalasi muhokama qilindi. Stephen Deduckning Oʻzbekistonda boʻlishi, darslar tashkil qilishi hamda tadqiqot ishlarini olib borishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Lehigh Universiteti tomonidan qoplanadi. OʻzDJTU viza rasmiylashtirish va xorijliklar uchun yotoqxonadan bepul joy ajratishi boʻyicha kelishuvga erishildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Показать все...
👍 3 3
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 2024-yil 23-may kuni OʻzDJTUda AQSHning Lehigh Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Stephen Deduck bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida AQShlik doktorantura talabasining Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda universitet talabalari uchun ilmiy ish mavzusi “Madaniyatlararo muloqot” fanidan mashgʻulotlar olib borishi masalasi muhokama qilindi. Stephen Deduckning Oʻzbekistonda boʻlishi, darslar tashkil qilishi hamda tadqiqot ishlarini olib borishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Lehigh Universiteti tomonidan qoplanadi. OʻzDJTU viza rasmiylashtirish va xorijliklar uchun yotoqxonadan bepul joy ajratishi boʻyicha kelishuvga erishildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Показать все...
👍 4 2🔥 1🤩 1
Bugun O'ZDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi ustozlari Z.Islamova va D.Muhitdinovlar tashabbusi bilan navbatdagi TED TALK UzSWLU tadbiri o'tkazildi. ✨️ Fakultet bosqichidan o'tgan 10 nafar talabalar o'zlarining nutq mahorati va bilimlarini tinglovchilar bilan bo'lishib, faxrli o'rinlar uchun kurashdi. Tadbir qizg'in ruhda o'tishi uchun turli o'yinlar va raqslar tashkillashtirildi. 💫 Yakuniy natijalarga ko'ra: 🥇- Abdurahmonova Muslima; 🥈-Shuhratova Shahina; 🥉- Zayniddinova Robiya deb topildi. Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan talabalar Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. #fakultet_yangiliklari @first_faculty_official
Показать все...
3🔥 3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Joriy yilning 22-may sanasida OʻZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida mutaxassis, Mariam Saeed Mohammad ESL, ESP instructor bilan “Classroom Management and Effective Feedback” mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi. Seminarda fakultet oʻqituvchilari va 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi. Trening barchaga foydali va manfaatli boʻldi. Mazkur xorijlik mutaxassis ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasi, CELTA sertifikatiga ega. Hozirda Liverpul universiteti magistranti.Trening davomida talabalarga ingliz tilini oʻrgatish metodikasi haqida tushunchalar berdi. 📍 first_faculty_official 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Показать все...
3👍 1🔥 1
3⃣💚 Bugun mamlakatimizda begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan taʼminlash hamda qon quyish markazlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida “Qon preparatlari” IICHK sayyor guruhi tomonidan “QON TOPSHIR HAYOT INʼOM ET!” shiori bir qator aksiyalar tashkil etilmoqda. 23-may kuni mazkur aksiyada OʻzDJTU rahbariyati vakillari, universitet jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etib, oʻz hissasini qoʻshishdi. Salomatligini koʻrikdan oʻtkazgan holda donorlikka munosib topilgan 20 dan ortiq talaba va universitet jamoasi aksiyada koʻngillilar sifatida ishtirok etdi. Ezgulikning yorqin namunasi boʻlgan bu kabi qator tadbirlar universitetda birinchi marotaba oʻtkazilayotgani yoʻq. Topshirilgan qon preparatlari qaysidir bemorning ogʻirini engil qilib, dardiga shifo topishiga yordam berishi, shubhasiz. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Показать все...
👍 6 1🔥 1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 23-may kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi qoshidagi “Medialingvistika" markazida “Diplomatiyada madaniyatlararo kommunikatsiyaning oʻrni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda diplomatlar faoliyatida madaniyatlararo kommunikatsiyaning oʻrni haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talabalar bilan fikr almashinib, ularning kelajakdagi diplomatlik faoliyati jarayonida zarur boʻlgan bilimlar va maʼlumotlar ulashildi.
Seminar-trening davomida, talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashish va ustozlar bilan ushbu masalalar boʻyicha muhokama olib borildi. Tadbir yakunida, fakultet dekani Amrullo Karimov kafedra professor-oʻqituvchilariga bu kabi foydali treninglar uchun minnatdorchilik bildirib xalqaro jurnalist sifatidagi oʻzining tajribalari bilan boʻlishdi. 📍 @xalqarojurnalistika_fakulteti 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Показать все...
👍 4🔥 1
Перейти в архив постов