en
Feedback
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Open in Telegram

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Channel O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ (@uzswlu) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 18 883 subscribers, ranking 10 683 in the Education category and 4 295 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 18 883 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 4 615 over the last 30 days and by 489 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 26.95%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 21.72% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 5 006 views. Within the first day, a publication typically gains 4 034 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 26.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

18 883
Subscribers
+48924 hours
+1 1697 days
+4 61530 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1 512
in 57 channels
August '26
+3 708
in 57 channels
Get PRO
July '26
+668
in 41 channels
Get PRO
June '26
+386
in 71 channels
Get PRO
May '26
+306
in 64 channels
Get PRO
April '26
+458
in 92 channels
Get PRO
March '26
+484
in 131 channels
Get PRO
February '26
+268
in 73 channels
Get PRO
January '26
+253
in 70 channels
Get PRO
December '25
+142
in 97 channels
Get PRO
November '25
+276
in 77 channels
Get PRO
October '25
+251
in 89 channels
Get PRO
September '25
+1 194
in 67 channels
Get PRO
August '25
+2 882
in 100 channels
Get PRO
July '25
+1 251
in 128 channels
Get PRO
June '25
+491
in 83 channels
Get PRO
May '25
+412
in 71 channels
Get PRO
April '25
+319
in 53 channels
Get PRO
March '25
+416
in 87 channels
Get PRO
February '25
+401
in 94 channels
Get PRO
January '25
+192
in 97 channels
Get PRO
December '24
+245
in 89 channels
Get PRO
November '24
+342
in 77 channels
Get PRO
October '24
+405
in 65 channels
Get PRO
September '24
+1 426
in 76 channels
Get PRO
August '24
+2 734
in 72 channels
Get PRO
July '24
+964
in 68 channels
Get PRO
June '24
+619
in 36 channels
Get PRO
May '24
+549
in 34 channels
Get PRO
April '24
+286
in 46 channels
Get PRO
March '24
+193
in 33 channels
Get PRO
February '24
+287
in 34 channels
Get PRO
January '24
+267
in 24 channels
Get PRO
December '23
+192
in 37 channels
Get PRO
November '23
+404
in 45 channels
Get PRO
October '23
+576
in 18 channels
Get PRO
September '23
+610
in 0 channels
Get PRO
August '23
+955
in 0 channels
Get PRO
July '23
+537
in 0 channels
Get PRO
June '23
+133
in 0 channels
Get PRO
May '23
+362
in 0 channels
Get PRO
April '23
+77
in 0 channels
Get PRO
March '23
+2 834
in 0 channels
Get PRO
February '23
+6 904
in 0 channels
Get PRO
January '23
+387
in 0 channels
Get PRO
December '22
+60
in 0 channels
Get PRO
November '22
+90
in 0 channels
Get PRO
October '22
+165
in 0 channels
Get PRO
September '22
+26 494
in 0 channels
Get PRO
August '22
+8 050
in 0 channels
Get PRO
July '22
+380
in 0 channels
Get PRO
June '22
+230
in 0 channels
Get PRO
May '22
+108
in 0 channels
Get PRO
April '22
+878
in 0 channels
Get PRO
March '22
+185
in 0 channels
Get PRO
February '22
+844
in 0 channels
Get PRO
January '22
+781
in 0 channels
Get PRO
December '21
+918
in 0 channels
Get PRO
November '21
+746
in 0 channels
Get PRO
October '21
+516
in 0 channels
Get PRO
September '21
+1 771
in 0 channels
Get PRO
August '21
+2 022
in 0 channels
Get PRO
July '21
+186
in 0 channels
Get PRO
June '21
+398
in 0 channels
Get PRO
May '21
+732
in 0 channels
Get PRO
April '21
+85
in 0 channels
Get PRO
March '21
+146
in 0 channels
Get PRO
February '21
+48
in 0 channels
Get PRO
January '21
+87
in 0 channels
Get PRO
December '20
+6 461
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September+319
07 September+489
06 September+218
05 September+68
04 September+92
03 September+94
02 September+157
01 September+75
Channel Posts
Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiy
+6
Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokamada Aslonova Husnida Botirjon qizining 10.00.13 — Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy koreys va o‘zbek tillarida ijobiy va salbiy emotsiyani ifodalashning semantik gradatsiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Tadqiqotda zamonaviy koreys va o‘zbek tillarida ijobiy hamda salbiy emotsiyalarni ifodalovchi til birliklarining semantik xususiyatlari, ularning ma’no darajalari va gradatsion jihatlari qiyosiy-chog‘ishtirma nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Ilmiy muhokama davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, tadqiqot natijalarining ilmiy asoslanganligi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadqiqotning ayrim jihatlarini takomillashtirish, ilmiy xulosalarni yanada asoslash hamda dissertatsiya ishini belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Muhokama yakunida dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan fikr va tavsiyalarni inobatga olish ta’kidlandi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

2
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi ​Bugun 8-se+9
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi ​Bugun 8-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, universitet Yoshlar yetakchisi Sevinch Islomova Ingliz filologiyasi va Sharq filologiyasi fakultetlarining 1-kurs talabalari bilan samimiy uchrashuv oʻtkazdi. ​Uchrashuv davomida talabalarga muhim yoʻnalishlar boʻyicha amaliy maslahat va tavsiyalar berildi. ​ Mazkur uchrashuv birinchi bosqich talabalarida oʻqishga boʻlgan ishtiyoq va intilishni yanada oshirishga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📱 Telegram | 📱Instagram
1 670
3
Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining O‘zDJTUga tashrifi 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari+4
Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining O‘zDJTUga tashrifi 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro akademik va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida Ingliz tili 1-fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich, Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Isroilova D.M. hamda kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashrif O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2 355
4
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uch+3
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi. 🎓 Mashg‘ulot davomida fakultet dekani I. Bazarov tomonidan talabalarga oliy ta’lim muassasasida amal qilinadigan odob-axloq qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari, fakultet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish hamda universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi. 🤝 Shuningdek, fakultetda Yoshlar ittifoqi faoliyati, uning talaba-yoshlar hayotidagi o‘rni, turli loyihalar, tadbirlar va tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren
2 598
5
Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tilla+6
Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Malayziya tomonidan professor, doktor Raja Nor Safinas binti Raja Harun — Akademik va xalqaro masalalar bo‘yicha prorektor hamda dotsent, doktor Norliza Jamaluddin — Akademik va xalqaro masalalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari ishtirok etdilar. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 3-ingliz tili fakulteti dekani I. Haydarov, 2-chet tillar kafedrasi mudiri E. Muydinova hamda malay tili o‘qituvchisi A. Yuldashev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, malayziyalik talabalarning O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amaliyot o‘tashini tashkil etish, o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish va pedagoglar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikda xalqaro konferensiya va seminar-treninglarni onlayn hamda oflayn shaklda tashkil etish, yuqori impakt-faktorli va xalqaro indeksatsiyalangan ilmiy jurnallarda hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va talabalar uchun grantlar ajratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish talabalarning xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, akademik mobilligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2 922
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh m
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi. Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. ❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 710
7
🟦🟦🟦 Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari va TTJdagi sharoitlar bilan tanishdi Bugun O‘zbekiston davlat j+8
🟦🟦🟦 Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari va TTJdagi sharoitlar bilan tanishdi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar hamrohligida universitet hududida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida yangi TTJ binosida olib borilayotgan qurilish ishlari, obyektning bugungi holati hamda kelgusida talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan tanishildi. Rektor mas’ullarga qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi, shuningdek, yangi o‘quv yilida talabalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Shundan so‘ng universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-son talabalar turar joyi ham ko‘zdan kechirildi. Rektor TTJda istiqomat qilayotgan birinchi bosqich talabalari bilan samimiy suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalarning yangi o‘quv muhiti va talabalar turar joyidagi sharoitlarga moslashish jarayoni, duch kelayotgan qiyinchiliklari, o‘qishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari bilan qiziqdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Rektor yoshlarning universitet hayotiga tez va qulay moslashishi, ta’lim olishi hamda yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladi. Tashrif davomida talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, yashash xonalari va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar ham ko‘zdan kechirildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3 226
8
🟦🟦🟦 Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari va TTJdagi sharoitlar bilan tanishdi Bugun O‘zbekiston davlat j+4
🟦🟦🟦 Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari va TTJdagi sharoitlar bilan tanishdi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar hamrohligida universitet hududida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida yangi TTJ binosida olib borilayotgan qurilish ishlari, obyektning bugungi holati hamda kelgusida talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan tanishildi. Rektor mas’ullarga qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi, shuningdek, yangi o‘quv yilida talabalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Shundan so‘ng universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-son talabalar turar joyi ham ko‘zdan kechirildi. Rektor TTJda istiqomat qilayotgan birinchi bosqich talabalari bilan samimiy suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalarning yangi o‘quv muhiti va talabalar turar joyidagi sharoitlarga moslashish jarayoni, duch kelayotgan qiyinchiliklari, o‘qishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari bilan qiziqildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Rektor yoshlarning universitet hayotiga tez va qulay moslashishi, ta’lim olishi hamda yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladi. Tashrif davomida talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, yashash xonalari va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar ham ko‘zdan kechirildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1
9
📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR! Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida 2+5
📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR! Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida fakultetimizga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda fakultet dekani Azzamov Yusufjon Radjaboy o‘g‘li, fakultet dekan muovinlari hamda fakultetning yangi talabalari ishtirok etdilar. Ochiq muloqot davomida talabalarga universitet va fakultetning ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari, talabalik davridan unumli foydalanish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish, xorijiy tillarni puxta egallash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etish borasida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalarning universitetdagi ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim va tarbiya tizimi, fakultetda amalga oshirilayotgan loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida 1-bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fakultet rahbariyati tomonidan ularga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ochiq va samimiy muloqot yangi talabalar uchun universitet hayotiga moslashish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish hamda talabalik davrini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🌱 Aziz 1-bosqich talabalari! Sizlarni talabalik hayotingizning ilk qadamlari bilan muborakbod etamiz! Yangi o‘quv yili sizlar uchun ulkan imkoniyatlar, yangi bilimlar, yorqin yutuqlar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lishini tilaymiz! Ingliz tili birinchi fakulteti — bilim, izlanish va yangi imkoniyatlar maskani! 🇺🇿📖✨ https://t.me/first_faculty_official https://t.me/UzSWLU
3 407
10
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Dalyan texnologiya universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi 2026-yil 8-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat j+7
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Dalyan texnologiya universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi 2026-yil 8-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida (O‘zDJTU) Xitoy Xalq Respublikasining Dalyan texnologiya universiteti (DUT) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Dalyan texnologiya universiteti Universitet Kengashi raisi, professor, doktor Syan Chanle boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi va Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limlari boshliqlari hamda mas’ul xodimlari, shuningdek, Sharq filologiyasi fakulteti rahbarlari ishtirok etdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki oliygoh o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun xitoy tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan talabni kamaytirish hamda bitiruvchilarga har ikki universitet diplomlarini berish masalasi ko‘tarildi. Doktor Syan Chanle diplom berish masalasini hal qilishga harakat qilishi, dastur talabalari uchun xitoy tilidan qo‘shimcha intensiv kurslar tashkil qilinishini ma’lum qildi. Tomonlar almashinuvi va akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, talabalar uchun yozgi va qishki maktablar, qisqa muddatli ta’lim dasturlari hamda o‘quv lagerlarini tashkil etish, talabalarning hamkor universitetlarda amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, Xitoy tili va filologiyasi sohasida xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb qilish, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish, taklif etilgan professorlar tomonidan ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mahorat darslarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish doirasida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va ilmiy forumlarni birgalikda tashkil etish, hammualliflikda Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish hamda kelishilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini o‘z ichiga olgan Yo‘l xaritasini ishlab chiqish borasida kelishib oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3 853
11
1-kurs talabalari uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi 1-kurs talabalari uchun universitet hayotining ilk haftalar+3
1-kurs talabalari uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi 1-kurs talabalari uchun universitet hayotining ilk haftalari — yangi muhit, yangi tanishuvlar, yangi mas’uliyat va yangi imkoniyatlar davri. Talabalarning ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, guruhda sog‘lom psixologik muhit yaratish va o‘zaro muloqotni rivojlantirish maqsadida IPMBIB psixologi Sh. Boʻstonova hamda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z. Nazarova boshchiligida ochiq osmon ostida psixologik seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar: 🔹 bir-birlari bilan yaqindan tanishdilar; 🔹 jamoaviy hamkorlik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar; 🔹 o‘z fikr va his-tuyg‘ularini erkin ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar; 🔹 yangi muhitga moslashish bilan bog‘liq kechinmalarini angladilar; 🔹 o‘zlariga bo‘lgan ishonch va ijobiy munosabatni mustahkamladilar. Ayniqsa, “Bir qadam oldinga” kabi interaktiv mashg‘ulotlar orqali talabalar bir-biridan farqli bo‘lishiga qaramay, ularni birlashtiradigan umumiy maqsad va kechinmalar ko‘pligini his qildilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3 277
12
📢 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🏆 “REKTOR STIPENDIYASI” TANLOVI E’LON QILINADI! Iqtidorli, bilimli, ilmiy izlanishga intiluvchan hamda uni
📢 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🏆 “REKTOR STIPENDIYASI” TANLOVI E’LON QILINADI! Iqtidorli, bilimli, ilmiy izlanishga intiluvchan hamda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi. 👨‍🎓 TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN? ✅ Bakalavriatning 2-, 3- va 4-kurs talabalari ✅ Magistraturaning 2-kurs talabalari ⭐️ NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR: 🔹 O‘quv jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish; 🔹 Mutaxassislik fanlarini asosan “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan bo‘lish; 🔹 Universitet hayoti, klub va jamoat ishlarida hamda volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etish; 🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, ilmiy maqola va tezislarga ega bo‘lish; 🔹 Ilmiy jurnallar, konferensiyalar va turli tanlovlarda faol qatnashish; 🔹 O‘zbekiston tarixini bilish; 🔹 Davlat tilini mukammal bilish; 🔹 O‘rganilayotgan xorijiy til bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish. 📁 FAKULTET BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR: 1️⃣ Pasport yoki ID-karta nusxasi; 2️⃣ Akademik transkriptdan tasdiqlangan ko‘chirma; 3️⃣ Ilmiy rahbar faoliyat yuritayotgan kafedra bayonnomasi; 4️⃣ Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining fikr-mulohazasi; 5️⃣ Dekanat tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning tegishli nusxalari; 6️⃣ Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat. 🏆 TANLOV BOSQICHLARI VA MUDDATLARI: 🥇 1-bosqich — Fakultet bosqichi 📅 2026-yil 14-sentabrdan 17-sentabrgacha 🥈 2-bosqich — Universitet bosqichi 📅 2026-yil 21-sentabrdan 23-sentabrgacha 📝 Universitet bosqichida nomzodlar 2 ta fandan imtihon topshiradilar: 🇺🇿 O‘zbekiston tarixi — 80 daqiqa, 100 ballik tizimda. ✍️ Davlat tilida insho yozish — 60 daqiqa, 100 ballik tizimda. 💰 STIPENDIYA MIQDORI 🏅 “Rektor stipendiyasi” miqdori oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun belgilangan bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida bo‘lib, o‘quv yili davomida har oy to‘lab boriladi. ⚠️ ESLATMA! Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomli Davlat stipendiyalari yoki “Aleksandr Fanberg” nomli maxsus stipendiya sohibi bo‘lgan talabalar “Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok eta olmaydi. 🔴TANLOV NIZOMI🔴 📣 BILIMINGIZ, ILMIY SALOHIYATINGIZ VA FAOLLIGINGIZNI NAMOYON ETING!
1 244
13
Kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya+4
Kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedral muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Sagatova Muborak Payzidinovnaning 10.00.13 — Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ommaviy axborot vositalari matnlarida konseptual metaforaning voqelanishi (ingliz va o‘zbek tillaridagi gazetalar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Muhokama davomida dissertatsiya ishining mazmuni, ilmiy yangiligi va tadqiqot natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli tavsiyalar berildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3 475
14
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Media olamiga sayohat”: birinchi bosqich talabalari uchun mahorat darsi O‘zbekiston davlat jahon tillari univ+4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Media olamiga sayohat”: birinchi bosqich talabalari uchun mahorat darsi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darslari boshlandi. 8-sentabr kuni “Media va kommunikatsiya” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Ismailova Klimentina Fuzailovna tomonidan “Axborot xizmati va jamoatchilik aloqalari” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “Media olamiga sayohat” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalarga bugungi kunda medianing jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, zamonaviy media xususiyatlari, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) sohasida ommaviy axborot vositalari bilan samarali ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, axborot xizmatlari xodimlarining kasbiy vazifalari, burchi va mas’uliyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Dars jarayoni interaktiv mashqlar va amaliy topshiriqlar asosida tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur mahorat darsida bo‘lajak axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassislarining media sohasidagi bilimlarini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy media muhitini yaxshiroq anglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3 622
15
Kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya+5
Kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ergashova Bahora Sayfillo qizining 10.00.13 — Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Italyan va o‘zbek ertaklarining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Muhokama davomida dissertatsiya ishining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3 622
16
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 AKADEMIK MOBILLIK — KUZGI SEMESTR Akademik mobillik dasturida ishtirok etib, boshqa oliy ta’lim tashkilotida vaqtincha tahsil olishni istagan talabalar diqqatiga! 📅 Kuzgi semestr uchun hujjatlar 2-sentabrdan 30-sentabrgacha qabul qilinadi. 📌 Akademik mobillikni olishni rejalashtirayotgan talabalar 30-sentabrgacha Registrator ofisiga murojaat qilishlari so‘raladi. 📝 Talabalar belgilangan tartibda Universitet rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. ⚠️ Akademik mobillikda ishtirok etish uchun belgilangan talab va cheklovlar mavjud. 📍 Murojaat uchun: Registrator ofisi ⏰ Oxirgi muddat: 30-sentabr Batafsil ma’lumot uchun Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
2 988
17
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam! Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi? Career Edu
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam! Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi? Career Edu yechim beradi! 🤔 Career Edu platformasi: 🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi; 🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi; 🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi. 📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki: • HR suhbatlariga tayyorlanishingiz, • rezyume yaratishingiz; • frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin. 🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring! Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
3 775
18
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Sharq filologiyasi fakultetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi 8-sentabr kuni O‘zbeki+9
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Sharq filologiyasi fakultetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida 1-bosqich talabalari uchun fakultet rahbariyati bilan tanishtiruv tadbiri tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Dilshod Djurayev ochib berib, talabalarni talabalik maqomiga erishganlari bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga o‘qish jarayonida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, universitetning ichki tartib-qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari, ta’lim jarayonida rioya qilinishi lozim bo‘lgan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida talabalar fakultet rahbariyati, kafedralar va ularning faoliyati bilan tanishtirildi. Kafedra mudirlari tomonidan ta’lim jarayoni, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat hamda fakultetda faoliyat yuritayotgan turli to‘garaklar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbirning badiiy qismida esa o‘zbek milliy raqsi, samulnori, taekvondo namoyishi, koreys milliy kuyi hamda Xitoy milliy raqslari ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur tadbir 1-bosqich talabalarining fakultet hayoti bilan yaqindan tanishishi, universitet muhitiga moslashishi hamda talabalik davrini mazmunli tashkil etishida muhim qadam bo‘ldi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻 Telegram|Instagram|Facebook
4 199
19
BIRINCHI KURS TALABALARI PSIXOLOGIK XIZMAT IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRILDI Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat+4
BIRINCHI KURS TALABALARI PSIXOLOGIK XIZMAT IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRILDI Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Birinchi kurs maktabi» doirasida Birinchi ingliz tili fakultetining birinchi kurs talabalari uchun tanishuv uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Birinchi ingliz tili fakulteti tyutori M.G. Kenjayeva hamkorligida o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalarga universitet psixologik xizmatining asosiy yo‘nalishlari, murojaat qilish tartibi, psixologik maslahat olish va individual suhbatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, psixologik xizmat faoliyatida maxfiylik tamoyili, murojaat qiluvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, shuningdek, maxfiylikning qonuniy va kasbiy chegaralari tushuntirildi. Talabalarga yangi o‘quv muhitiga moslashish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik qiyinchiliklarni yengib o‘tish, stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish hamda zarur hollarda psixologik yordamdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida universitet psixologik xizmati talabalarning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash, ularni tinglash va zarur psixologik ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgani alohida ta’kidlandi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4 903
20
🎥 Toyo University delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifidan videolavha Yaponiyaning Toyo University delegatsiyasining O‘zbekis
🎥 Toyo University delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifidan videolavha Yaponiyaning Toyo University delegatsiyasining O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrifi, uchrashuvlar va hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan jarayonlardan tayyorlangan video 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4 791