cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
9 193
Suscriptores
+324 horas
+37 días
-3530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚖️👨‍💻👩‍💻💬 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. O’zbekiston ekologik partiyasi
Mostrar todo...
Tabiatni asrab-avaylash birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi kerak

🔥 5👍 4 1👏 1
0️⃣0️⃣0️⃣ | 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev,  roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayev Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi. Bir necha kun avval universitetimiz vakillari Ispaniyaning Xaen universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida ma’lum qilgan edik.
25-may kuni O’zDJTU delegatsiyasi Xaen universitetida talabalar tomonidan tashkil etilgan festivalda ishtirok etdi. Mazkur bayram tadbirida Xaen universitetida tahsil olayotgan turli millat vakillari o’z xalqlarining urf-odat hamda an'analari, milliy kuy-qo'shiqlari bilan iqtidorlarini namoyish etishdi. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Ispaniyaga xizmat safari davom etmoqda. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 3 2🔥 1👏 1
Xabaringiz bor, ayni kunlarda hozirda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev,  roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayevlar Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi.
Bir necha kun avval universitetimiz vakillari Ispaniyaning Xaen universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu delegatsiyamiz Xaen universitetida talabalar tomonidan tashkil etilgan festivalda ishtirok etishdi.
Ushbu festivalda Xaen universitetida tahsil olayotgan turli millat vakillari o'z xalqlarining urf-odat hamda an'analari, milliy kuy-qo'shiqlari bilan iqtidorlarini namoyish etishdi. Delegatsiyamizning Ispaniyaga xizmat safari davom etmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 8 2🔥 1
02:46
Video unavailableShow in Telegram
💻 | 📺📺 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonining ikkinchi kunidan videolavha 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 8 4🔥 2👏 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab: 🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno); 🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; 🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; 🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi; 🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. 🟣Bunda: ✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; ❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 8🔥 1
24-may kuni Quvnoqlar va zukkolar ko'rik-tanlovining "Toshkent shahar hokim kubogi" bellashuvi bo'lib o'tdi. Unda O'zDJTU nomidan ''Bolalar" jamoasi ishtirok etdi. Tanlov yakunida Bolalar jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun: 1-o'rin Toshkent davlat agrar universiteti "Yangi yulduzlar"jamoasi 2-o'rin O`zDJTU "Bolalar" jamoasi 3-o'rin Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Atom" jamoasi qo'lga kiritdi.
"Bolalar" jamoasining 2-o'rinni qo'lga kiritishi ularning tayyorgarligi va ijodkorligini ko'rsatib berdi. Jamoaning har bir a'zosi katta mehnat va sa'y-harakat bilan musobaqaga tayyorlanib, ajoyib chiqishlar qildilar. Mazkur musobaqada g'olib bo'lgan jamoalarni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga katta zafarlar tilab qolamiz! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 10🔥 5 2🎉 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent shahridagi Navroʻz bogʻida boʻlib oʻtgan ,,Toshkent bitiruvchilari va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida ,, Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali" jarayonlaridan tayyorlangan videorolik! Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 6🔥 4🤩 2 1👏 1
💻 | 📺📺 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonidan videolavha 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 24🔥 3 2
0️⃣0️⃣0️⃣ | 0️⃣0️⃣0️⃣ | 0️⃣0️⃣0️⃣ O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich topshirig’i bilan universitet faoliyati haqida yangi videorolik ishlanmoqda. 24-may kuni tasvirga olishning birinchi kuni bo’lib o’tdi. Mazkur vidoerolik uchun San’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor, mashhur kinooperator-kinorejissyor Iqbol Meliqo’ziyev boshchiligidagi katta jamoa jalb qilingan. Ma’lumot uchun: Tasvirga olish jarayonlari 5 ish kuni mobaynida davom etadi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 10 2🔥 2👏 1
🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬 Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajasiga, professor, dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan a’zolardan tarkib topgan O’zDJTU Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bu galgi davra suhbati qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, olimlar turli ixtisoslik kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.
Shuningdek, dissertatsiya ishi mavzusini to‘g‘ri tanlash doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ularning ilmiy rahbarlari va ilmiy maslahatchilari oldida turgan asosiy vazifalardan sanalishi, tadqiqot ishi dolzarb muammolarning yechimiga bag‘ishlangan bo‘lishi, qolaversa, dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi ilm-fan sohasi rivojiga ko‘mak berishi lozimligi haqida mutaxassislar tomonidan ma’ruza qilindi. Yig‘ilishda taqdim etilgan dissertatsiya mavzulari har tomonlama yana bir bora o‘rganildi, ba’zi dissertatsiya mavzularining nomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha professorlar D.Qulmamatov, L.Ahmedova, N.Djusupov, fan doktorlari A.Karimov, A.Yuldashev, B.To‘rayeva, A.Mo‘minovaning bildirgan taklif va tavsiyalari ma’qullandi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mostrar todo...
👍 2🔥 1
Archivo de publicaciones