cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 http://www.mc.uz/ 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/

Больше
Рекламные посты
10 504
Подписчики
-1424 часа
-297 дней
+2330 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотры
Поделились
Динамика просмотров
01
#JARAYON Boshqaruv usuli ahamiyatsiz, agarda xalq oldida mas’uliyat bo’lsa! 🏠 Ma’lumki, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatishning 3 ta usuli mavjud. Boshqaruv servis kompaniyalari, uy-joy mulkdorlari shirkati hamda o’z-o’zini boshqaruvchi organlar. Xizmat ko’rsatishda qay usul bo’lmasin aholining ishonchini oqlashga harakat qilib, ularning qulay sharoitini ta’minlagan tashkilotdan shubhasiz, mulkdorlar rozi bo’ladi. 🏘 Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida bo’lib, o’z-o’zini boshqaruvchi tashkilotning faoliyatini ko’zdan kechirdi. Siz tasvirlarda ko’rib turgan ko’p qavatli uy Qodirova ko’chasida joylashgan 11-son uydir. Bugungi kunda uyning barcha kommunikatsiya tarmoqlari to’liq yangilangan. Internet provayderlari tarmoqlari ham tartibga keltirilgan. Elektr shitlar ham tegishli talablar asosida xavfsiz, zamonaviy qiyofa kasb etgan. Muhimi, ko’p qavatli uy yerto’lasi yorug’, saranjom va bugungi kun talablariga to’liq javob beradi. Ozoda Jo’rayeva jamoatchilik faoli Maksim Chernikov tomonidan amalga oshirilgan ishlarni alohida e’tirof etar ekan, kishida daxldorlik hissi yuqori bo’lsa, muammoga o’rin qolmasligini ta’kidladi: - Odamlarning o’z ishiga bo’lgan e’tibori, mas’uliyati o’sha inson haqida so’zlaydi. Zero, tartib bor joyda bilish mumkinki, qat’iy intizomga ega boshqaruvchi bor.  Bir dona uyga xizmat ko’rsatib, shuncha ishni tashkil etish oson emas, aslida. Bu katta mablag’, mehnat, mas’uliyat demakdir. Bugun o’nlab uylarga xizmat ko’rsatayotgan shirkat-u BSKlar mazkur ishlardan o’rnak olishi kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva. Ozoda Jo’rayeva mazkur ko’chada joylashgan boshqaruvsiz 2,3,4-son uylarning holatini ham o’rgandi. Qarovsiz qolgan ushbu uylarda yetarlicha kommunal muammolar yig’ilib qolgan. Vazir o’rinbosari mazkur uylarni tezkorlik bilan boshqaruv organiga biriktirish chorasini ko’rish lozimligini ta’kidladi. O’zaro eng maqbul chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qisqa fursatlarda mazkur uylarga salohiyatli boshqaruv tashkilotini biriktirish choralarini ko’rish, bunda aholi bilan targ’ibot ishlarini kuchaytirishga kelishib olindi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 97512Loading...
02
#XALQARO_HAMKORLIK 🔎 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi yirik putratchi tashkiloti China CAMC Engeenering Co.,Ltd. kompaniyasi prezidenti janob Li Xaysin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda kompaniya tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi ko'rib chiqildi. Kompaniya prezidenti janob Li Xaysin Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi katta ahamiyatga ega loyiha ekanligini taʼkidlab, uni oʻz vaqtida hamda sifatli topshirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligini ma'lum qildi. Vazir oʻrinbosari ushbu majmuada ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini hisobga olib, alohida situatsion markaz qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya mas'ullari mazkur masalani ekspertlar darajasida koʻrib chiqishni ta'kidladilar. 🏠 Uchrashuvda Yangi Toshkent loyihasi doirasida “Ijodkorlar hududi” ning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu kompaniyaning ilgʻor tajribasi ham koʻrib chiqildi. Konstruktiv va qiziqarli ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo'yicha bor imkoniyatdan unumli foydalanishga kelishib oldilar. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 3553Loading...
03
#Rahbariyat_qabuli MUROJAAT, MULOQOT VA YECHIM! 🔛 Ma'lumki, xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har haftaning juma kunlari vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga doir murojaatlari qabul qilinib kelinmoqda. Bugungi bo‘lib o‘tgan qabulda ham fuqarolar tomonidan boshqaruv tashkilotlari faoliyati, "Mening uyim" billing tizimi, mulkdorlarning debitor qarzdoliklari, boshqaruv organlari o‘rtasidagi tashkiliy masalalar bilan bog‘liq 20 ga yaqin murojaat bildirildi va tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz-2 mavzesi 6-uy 2-xonadonda istiqomat qiluvchi Tatyana Murtazayevaning billing tizimi masalasida qilgan murojaati vazir o‘rinbosari tomonidan joyida ijobiy hal etildi. Toshkent shahri Chilonzor tumani 10-mavze 2-uy 22-xonadonda istiqomat qiluvchi Shuhrat Turdiyev esa BSKga to‘langan majburiy badal summasini qayta hisob-kitob qilish masalasida murojaat qildi. Joyida berilgan topshiriq asosida fuqaroning ushbu masalasi ham ijobiy hal etildi.    - Ayniqsa, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida boshqaruv organlarining aholi bilan muloqotini to'g'ri tashkil etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish, majburiy badallarining ayni nima maqsadlarga yo'naltirilayotgani, amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari xususida davriy hisobotlarni o'z vaqtida berib borish o'rtada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'zaro nizoli holatlar, turli kelishmovchiliklarni bartaraf qiladi. Faoliyatni sifatli tashkil etilishi, o'z o'rnida aholi tomonidan ham majburiyatlarning to'laqonli bajarilishi ikki tomonni bog'lovchi ishonch ko'prigini mustahkamlaydi, - deya ta'kidladi Ozoda Jo'rayeva. 🟢Ma'lumot uchun, bugungi murojaatlarni o‘rganish natijasida ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 tasi bo’yicha huquqiy maslahatlar berildi, 7 tasi mas'ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganishi belgilandi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 65314Loading...
04
😇🥰😇😇🥰🥰😇 Ogoh bo’ling. Barchasi nazorat ostida! Koʼp kvartirali uylarga xizmat koʼrsatish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, baʼzi boshqaruv tashkilotlari tomonidan qonunbuzilish holatlari kuzatilmoqda. Gap shundaki, hanuzgacha mulkdorlar haqqiga xiyonat qilishga urinayotganlar uchrab turibdi. Ammo har bir qing'ir ishning javobi bor. 🏠 Xususan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati o’rganilganda ularning ba’zilari belgilangan qoidalarni buzib, o'z vazifalariga bepisandlik bilan qarayotganliklari ko'zga tashlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan MJtKning 159-moddasi 2-qismiga asosan 45 ta boshqaruv organi mansabdor shaxslariga nisbatan jami 224,4 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo’llanildi. Jumladan: - aholining majburiy badal to‘lovlarini “Mening uyim” billing tizimiga kiritmagan holda qabul qilgan 33 ta boshqaruv organiga jami 168,3 mln so‘m; - avariya dispetcherlik xizmatini tashkil etmagan 11 ta boshqaruv organlariga esa 56,1 mln so‘m miqdorda jarima jazosi qo'llanildi. 🔴 Shu o’rinda boshqaruv organlariga muhim eslatma! Sohada shaffoflikni oshirish, raqamlashtirish yo’lidagi muhim islohotlarimiz davom etar ekan, qoidabuzarlik qilishga uringanlar jazosiz qolmaydi. Unutmang, majburiy badal to’lovlarini billing tizimiga kirim qilmagan holda qabul qilish javobgarlikka sabab bo’ladi! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 89820Loading...
05
#Brifing ✅ Joriy yilning 14-iyun holatiga koʻra 20 ta shaharsozlik normalari va qoidalariga Adliya vazirligining ekspertiza xulosalari olindi Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov maʼlum qildi. Shuningdek: ✅ 4 ta shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligida koʻrib chiqilmoqda; ✅ 21 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazilmoqda; ✅ 2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazildi, vazirlik buyrugʻi rasmiylashtirilmoqda; ✅ 2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari qayta koʻrib chiqilmoqda. Standartlashtirish boʻyicha joriy yilning ish rejasiga kiritilgan 18 ta standartlar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb saytida oltmish kalendar kun davomida jamoatchilik muhokamasiga joylandi hamda uning natijasiga koʻra STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ijobiy xulosasi olinib, bugungi kunda Standartlashtirish boʻyicha milliy organga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritildi. 📌 Batafsil Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 39411Loading...
06
#Hududlardan_xabarlar #PRESS_TUR 🗺 Toyloq tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi Unda sohaga masʻullar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Taʻkidlanganidek, “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda: I bosqichda 2024-yilda 12 ta koʻp xonadonli uy-joy, II bosqichda 2025-yilda 16 ta koʻp xonadonli uy-joylar, 1 ta 360 oʻrinli DMTT, mahalla markazi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi, III bosqichda 2026-2027-yillarda 15 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 990 oʻrinli maktab, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo markazi va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan. Press-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar. #SAMARQAND Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 5986Loading...
07
📈 Шаҳарсозлик норма ва қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар АОКАда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги тадқиқот институти директори Шерзод Содиқов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди. Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин: ➡️ Жонли эфир 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
1 5275Loading...
08
Кўп қаватли уйларда шароитларни яхшилаш доимий назоратда (+видео) 📽 https://youtu.be/zkLbF2Hd2ls Батафсил: https://uza.uz/posts/607731 Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
1 6281Loading...
09
#Hududlardan_xabarlar #reyd 🔗 Qoidabuzar iste’molchilarga qariyb 100 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi Kuni kecha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda reyd tadbirlarini o‘tkazishdi. Xususan, viloyatning Termiz shahri, Sho‘rchi, Oltinsoy va Boysun tumanlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 29 ta holatda iste’molchilar ichimlik suvidan noqonuniy hamda o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelganliklari aniqlanib, 98,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi. Ularning jamiyatga yetkazgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan hisob-kitob qilinmoqda. Reyd tadbirlari hududlar bo'ylab davom etmoqda. #SURXONDARYO Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 8748Loading...
10
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ йил  1️⃣4️⃣июнь кунги 4️⃣5️⃣-4️⃣6️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинади. Ушбу сонда: ✅БАРҚАРОР ВА ЭКОЛОГИК ТОЗА КЕЛАЖАК САР ✅ БСК ходимлари учун семинар-тренинг ✅ Сейсмик хавфсизликни таъминлаш тизими такомиллашмоқда ✅ Коммунал фаолият назоратда ✅ ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ҚУРИЛИШ СОҲАСИ: КЕЧА, БУГУН ВА ЭРТАГА ✅ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ ✅ Имом ота туризм қишлоғига саёҳат ✅ Қарши туманида туризм-дам олиш маркази иш бошлади ✅ Тўртта маҳалла аҳолиси ичимлик суви билан таъминланди ✅ ЯНГИ МАССИВДАГИ УЙЛАР ЎЗ ЭГАЛАРИГА ТОПШИРИЛДИ ✅ Қўғирчоқ театри янги бинода ✅ Сизга бошқа ҳукм, менга бошқа ҳукм буюрилга каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз. Газетада берилаётган материаллар билан TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб TELEGRAM  | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK
1 3757Loading...
11
#OAV_NIGOHIDA 🚨 QURILISHLAR DOIMIY NAZORAT OSTIDA Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari davom etadi #SIRDARYO Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1 5999Loading...
12
📣 14 июнь, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган тадбирлар: 😉😉😉😉😉 🗣 Брифинг ⚫️Мавзу: Атроф-муҳитга таъсирни баҳолаш жараёнида жамоатчилик эшитувларини ўтказишнинг аҳамияти ⚫️Вақти: 10:00 ⚫️Иштирок этади: Шаҳзода Акрамова, Давлат экологик экспертизаси маркази ахборот хизмати раҳбари 😉😉😉😉😉 🗣 Матбуот анжумани ⚫️Мавзу: Татар-бошқирд халқларининг "Сабантуй" миллий байрами якунлари юзасидан ⚫️Вақти: 12:00 ⚫️Иштирок этади: Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқалари қўмитаси мутасаддилари ➡️ Матбуот анжуманига саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин. 😉😉😉😉😉 🗣 Брифинг ⚫️Мавзу: Шаҳарсозлик норма ва қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар ⚫️Вақти: 14:00 ⚫️Иштирок этади: Шерзод Содиқов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги тадқиқот институти директори ❔ Тадбирларга ОАВ ходимлари таклиф этилади. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
1 4893Loading...
#JARAYON
Boshqaruv usuli ahamiyatsiz, agarda xalq oldida mas’uliyat bo’lsa!
🏠 Ma’lumki, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatishning 3 ta usuli mavjud. Boshqaruv servis kompaniyalari, uy-joy mulkdorlari shirkati hamda o’z-o’zini boshqaruvchi organlar. Xizmat ko’rsatishda qay usul bo’lmasin aholining ishonchini oqlashga harakat qilib, ularning qulay sharoitini ta’minlagan tashkilotdan shubhasiz, mulkdorlar rozi bo’ladi. 🏘 Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida bo’lib, o’z-o’zini boshqaruvchi tashkilotning faoliyatini ko’zdan kechirdi. Siz tasvirlarda ko’rib turgan ko’p qavatli uy Qodirova ko’chasida joylashgan 11-son uydir. Bugungi kunda uyning barcha kommunikatsiya tarmoqlari to’liq yangilangan. Internet provayderlari tarmoqlari ham tartibga keltirilgan. Elektr shitlar ham tegishli talablar asosida xavfsiz, zamonaviy qiyofa kasb etgan. Muhimi, ko’p qavatli uy yerto’lasi yorug’, saranjom va bugungi kun talablariga to’liq javob beradi. Ozoda Jo’rayeva jamoatchilik faoli Maksim Chernikov tomonidan amalga oshirilgan ishlarni alohida e’tirof etar ekan, kishida daxldorlik hissi yuqori bo’lsa, muammoga o’rin qolmasligini ta’kidladi:
- Odamlarning o’z ishiga bo’lgan e’tibori, mas’uliyati o’sha inson haqida so’zlaydi. Zero, tartib bor joyda bilish mumkinki, qat’iy intizomga ega boshqaruvchi bor.  Bir dona uyga xizmat ko’rsatib, shuncha ishni tashkil etish oson emas, aslida. Bu katta mablag’, mehnat, mas’uliyat demakdir. Bugun o’nlab uylarga xizmat ko’rsatayotgan shirkat-u BSKlar mazkur ishlardan o’rnak olishi kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
Ozoda Jo’rayeva mazkur ko’chada joylashgan boshqaruvsiz 2,3,4-son uylarning holatini ham o’rgandi. Qarovsiz qolgan ushbu uylarda yetarlicha kommunal muammolar yig’ilib qolgan. Vazir o’rinbosari mazkur uylarni tezkorlik bilan boshqaruv organiga biriktirish chorasini ko’rish lozimligini ta’kidladi. O’zaro eng maqbul chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qisqa fursatlarda mazkur uylarga salohiyatli boshqaruv tashkilotini biriktirish choralarini ko’rish, bunda aholi bilan targ’ibot ishlarini kuchaytirishga kelishib olindi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
👍 4 1🔥 1
#XALQARO_HAMKORLIK 🔎 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi yirik putratchi tashkiloti China CAMC Engeenering Co.,Ltd. kompaniyasi prezidenti janob Li Xaysin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda kompaniya tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi ko'rib chiqildi. Kompaniya prezidenti janob Li Xaysin Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi katta ahamiyatga ega loyiha ekanligini taʼkidlab, uni oʻz vaqtida hamda sifatli topshirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligini ma'lum qildi. Vazir oʻrinbosari ushbu majmuada ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini hisobga olib, alohida situatsion markaz qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya mas'ullari mazkur masalani ekspertlar darajasida koʻrib chiqishni ta'kidladilar. 🏠 Uchrashuvda Yangi Toshkent loyihasi doirasida “Ijodkorlar hududi” ning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu kompaniyaning ilgʻor tajribasi ham koʻrib chiqildi. Konstruktiv va qiziqarli ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo'yicha bor imkoniyatdan unumli foydalanishga kelishib oldilar. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
👍 1 1🔥 1👌 1
#Rahbariyat_qabuli
MUROJAAT, MULOQOT VA YECHIM!
🔛 Ma'lumki, xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har haftaning juma kunlari vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga doir murojaatlari qabul qilinib kelinmoqda. Bugungi bo‘lib o‘tgan qabulda ham fuqarolar tomonidan boshqaruv tashkilotlari faoliyati, "Mening uyim" billing tizimi, mulkdorlarning debitor qarzdoliklari, boshqaruv organlari o‘rtasidagi tashkiliy masalalar bilan bog‘liq 20 ga yaqin murojaat bildirildi va tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz-2 mavzesi 6-uy 2-xonadonda istiqomat qiluvchi Tatyana Murtazayevaning billing tizimi masalasida qilgan murojaati vazir o‘rinbosari tomonidan joyida ijobiy hal etildi. Toshkent shahri Chilonzor tumani 10-mavze 2-uy 22-xonadonda istiqomat qiluvchi Shuhrat Turdiyev esa BSKga to‘langan majburiy badal summasini qayta hisob-kitob qilish masalasida murojaat qildi. Joyida berilgan topshiriq asosida fuqaroning ushbu masalasi ham ijobiy hal etildi.   
- Ayniqsa, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida boshqaruv organlarining aholi bilan muloqotini to'g'ri tashkil etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish, majburiy badallarining ayni nima maqsadlarga yo'naltirilayotgani, amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari xususida davriy hisobotlarni o'z vaqtida berib borish o'rtada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'zaro nizoli holatlar, turli kelishmovchiliklarni bartaraf qiladi. Faoliyatni sifatli tashkil etilishi, o'z o'rnida aholi tomonidan ham majburiyatlarning to'laqonli bajarilishi ikki tomonni bog'lovchi ishonch ko'prigini mustahkamlaydi, - deya ta'kidladi Ozoda Jo'rayeva.
🟢Ma'lumot uchun, bugungi murojaatlarni o‘rganish natijasida ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 tasi bo’yicha huquqiy maslahatlar berildi, 7 tasi mas'ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganishi belgilandi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
8.92 MB
👍 1 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
😇🥰😇😇🥰🥰😇 Ogoh bo’ling. Barchasi nazorat ostida! Koʼp kvartirali uylarga xizmat koʼrsatish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, baʼzi boshqaruv tashkilotlari tomonidan qonunbuzilish holatlari kuzatilmoqda. Gap shundaki, hanuzgacha mulkdorlar haqqiga xiyonat qilishga urinayotganlar uchrab turibdi. Ammo har bir qing'ir ishning javobi bor. 🏠 Xususan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati o’rganilganda ularning ba’zilari belgilangan qoidalarni buzib, o'z vazifalariga bepisandlik bilan qarayotganliklari ko'zga tashlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan MJtKning 159-moddasi 2-qismiga asosan 45 ta boshqaruv organi mansabdor shaxslariga nisbatan jami 224,4 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo’llanildi. Jumladan: - aholining majburiy badal to‘lovlarini “Mening uyim” billing tizimiga kiritmagan holda qabul qilgan 33 ta boshqaruv organiga jami 168,3 mln so‘m; - avariya dispetcherlik xizmatini tashkil etmagan 11 ta boshqaruv organlariga esa 56,1 mln so‘m miqdorda jarima jazosi qo'llanildi. 🔴 Shu o’rinda boshqaruv organlariga muhim eslatma! Sohada shaffoflikni oshirish, raqamlashtirish yo’lidagi muhim islohotlarimiz davom etar ekan, qoidabuzarlik qilishga uringanlar jazosiz qolmaydi. Unutmang, majburiy badal to’lovlarini billing tizimiga kirim qilmagan holda qabul qilish javobgarlikka sabab bo’ladi! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
👍 3👏 1
04:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Brifing ✅ Joriy yilning 14-iyun holatiga koʻra 20 ta shaharsozlik normalari va qoidalariga Adliya vazirligining ekspertiza xulosalari olindi Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov maʼlum qildi. Shuningdek: ✅ 4 ta shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligida koʻrib chiqilmoqda; ✅ 21 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazilmoqda; ✅ 2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazildi, vazirlik buyrugʻi rasmiylashtirilmoqda; ✅ 2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari qayta koʻrib chiqilmoqda. Standartlashtirish boʻyicha joriy yilning ish rejasiga kiritilgan 18 ta standartlar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb saytida oltmish kalendar kun davomida jamoatchilik muhokamasiga joylandi hamda uning natijasiga koʻra STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ijobiy xulosasi olinib, bugungi kunda Standartlashtirish boʻyicha milliy organga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritildi. 📌 Batafsil Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
tg.mp46.58 MB
🔥 2 1👏 1
#Hududlardan_xabarlar #PRESS_TUR 🗺 Toyloq tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi Unda sohaga masʻullar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Taʻkidlanganidek, “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda: I bosqichda 2024-yilda 12 ta koʻp xonadonli uy-joy, II bosqichda 2025-yilda 16 ta koʻp xonadonli uy-joylar, 1 ta 360 oʻrinli DMTT, mahalla markazi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi, III bosqichda 2026-2027-yillarda 15 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 990 oʻrinli maktab, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo markazi va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan. Press-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar. #SAMARQAND Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
👍 4🔥 1👌 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📈 Шаҳарсозлик норма ва қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар АОКАда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги тадқиқот институти директори Шерзод Содиқов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди. Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин: ➡️ Жонли эфир 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Показать все...
👍 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Кўп қаватли уйларда шароитларни яхшилаш доимий назоратда (+видео) 📽 https://youtu.be/zkLbF2Hd2ls Батафсил: https://uza.uz/posts/607731 Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
Показать все...
🔥 3
#Hududlardan_xabarlar #reyd 🔗 Qoidabuzar iste’molchilarga qariyb 100 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi Kuni kecha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda reyd tadbirlarini o‘tkazishdi. Xususan, viloyatning Termiz shahri, Sho‘rchi, Oltinsoy va Boysun tumanlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 29 ta holatda iste’molchilar ichimlik suvidan noqonuniy hamda o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelganliklari aniqlanib, 98,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi. Ularning jamiyatga yetkazgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan hisob-kitob qilinmoqda. Reyd tadbirlari hududlar bo'ylab davom etmoqda. #SURXONDARYO Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показать все...
2.mp42.74 MB
👍 1
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ йил  1️⃣4️⃣июнь кунги 4️⃣5️⃣-4️⃣6️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинади. Ушбу сонда: ✅БАРҚАРОР ВА ЭКОЛОГИК ТОЗА КЕЛАЖАК САР ✅ БСК ходимлари учун семинар-тренинг ✅ Сейсмик хавфсизликни таъминлаш тизими такомиллашмоқда ✅ Коммунал фаолият назоратда ✅ ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ҚУРИЛИШ СОҲАСИ: КЕЧА, БУГУН ВА ЭРТАГА ✅ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ ✅ Имом ота туризм қишлоғига саёҳат ✅ Қарши туманида туризм-дам олиш маркази иш бошлади ✅ Тўртта маҳалла аҳолиси ичимлик суви билан таъминланди ✅ ЯНГИ МАССИВДАГИ УЙЛАР ЎЗ ЭГАЛАРИГА ТОПШИРИЛДИ ✅ Қўғирчоқ театри янги бинода ✅ Сизга бошқа ҳукм, менга бошқа ҳукм буюрилга каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз. Газетада берилаётган материаллар билан TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб TELEGRAM  | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK
Показать все...
45-46 lite.pdf2.36 MB
👍 2 1🔥 1