ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку 👈

UzA | Tezkor xabarlar

UzA | Tezkor xabarlar

Открыть в Telegram

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала UzA | Tezkor xabarlar

Канал UzA | Tezkor xabarlar (@uzauz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 26 701 подписчиков, занимая 9 032 место в категории Новости и СМИ и 3 011 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 26 701 подписчиков.

Согласно последним данным от 13 октября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 487, а за последние 24 часа — 41, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 16.84%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 14.87% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 4 498 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 3 971 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 14 октября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Новости и СМИ.

26 701
Подписчики
+4124 часа
+5787 дней
+48730 дней
Архив постов
Prezidentimiz amaliy tashrif bilan Bokuga keldi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Prezident qarori (PQ–368-son, 12.10.2026 y.): ✅ 2026-yil 1-noyabrdan xalqaro kurerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi; 💰 2040-yilgacha transport-logistika markazlari yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi (buning uchun markaz ESKATO quruqlik portlari to‘g‘risidagi bitimga kiritilgan, tizimlarni joriy etgan va “E-logistika” platformasida “BB” va undan yuqori reytingga ega bo‘lishi shart); 🚗2027-yil-31-dekabrgacha M2, M3, N toifadagi transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlarni bojxona boji to‘lashsiz import qilishi mumkin; 🆓 Transport-logistika markazlari reyestriga kiritilgan markazlar uchun 2029-yil-1-avgustgacha ishlab chiqarilmaydigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar va extiyot qismlar bojxona bojidan va majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi. Kanalga ulanish: @uzauz

Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foy
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Kanalga ulanish: @uzauz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Mamlakatimiz yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi. Kanalga ulanish: @uzauz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi. Kanalga ulanish: @uzauz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Botir Baxromovich Kudratxodjayev O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Botir Baxromovich Kudratxodjayev O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bundan ilgariroq B.Kudratxodjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi; Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

RASMIY BAYONOT Bir qator rasmiy va norasmiy kanallarda 12-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ishtirokida Sirdaryo viloyati hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgani hamda unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. 12-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Sirdaryo viloyatida hech qanday yig‘ilish o‘tkazilmagan. Sirdaryo viloyat hokimligi P/S: O‘zA tasdiqlanmagan maʼlumot eʼlon qilgani uchun o‘quvchilardan uzr so‘raydi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

💼💼💼 Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi Bekobod tumani hokimi boʻlgan Zaynilobiddin Nizomi
💼💼💼 Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi Bekobod tumani hokimi boʻlgan Zaynilobiddin Nizomiddinov egallab turgan lavozimidan ozod etilib Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv
“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. “Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi prezident. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi. “Kapitalning, ilg‘or g‘oy
Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi.
“Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q!”,
- dedi davlatimiz rahbari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi g‘oya – “O‘Z” falsafasini ilgari surdi. “O‘Z” – O‘zbekiston, O‘zgarish, O‘zlik va Mas’uliyat degani. Kimki yurtimizga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish o‘rni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qat’i nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.
– Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u to‘laqonli o‘zimizniki!
– dedi Prezidentimiz. Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan o‘zining qat’iy himoyasida bo‘lishini qayd etdi. Shundan so‘ng Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar e’tiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytildi. Mamlakatimiz yetakchisi bir oydan so‘ng Yangi Toshkentga yana kelib, berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqishini ta’kidladi. Yakunda davlatimiz rahbari investor va tadbirkorlarni “O‘z g‘oyang! O‘z sarmoyang! O‘z kelajaging! Yangi O‘zbekiston, Yangi Toshkent – o‘zimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirdi. Yangi Toshkentda mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ko‘plab o‘ziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

“Har bir elchi bir oyda bitta investor olib kelmaguncha kabinetda o‘tirmaydi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston elchilari oldiga har oy kamida bittadan investor olib kelish vazifasini qo‘ydi. “Yangi Toshkentga yangi investitsiya, sarmoya olib kelayotgan har bir tadbirkorga alohida munosabat bo‘ladi. Kim uchun qilyapmiz? Tadbirkorlar uchun. Nima uchun? Yo‘limiz oson bo‘lishi, daromadimiz ko‘payishi, sizlarga sharoit yaratish uchun”, — dedi davlat rahbari. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin 13–14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin 13–14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi mavjud: 🔹 Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor tumanlari; 🔹 Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari; 🔹 Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari; 🔹 Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari; 🔹 Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari; 🔹 Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari; 🔹 Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari; 🔹 Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq hududlari; 🔹 Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri. ⚡️ Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Prezidentimiz Samarqand shahridagi “Shirin” massivi qurilishiga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilganini eslatdi. Bir
Prezidentimiz Samarqand shahridagi “Shirin” massivi qurilishiga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilganini eslatdi. Biroq bu yerda ishlar sust borayotgani tanqid qilindi: tadbirkorlarga atigi 19 gektar ajratilgan, qolgan maydonlar bo‘sh turibdi. Massivni shahar markazi bilan bog‘laydigan ko‘prik 1-sentabrgacha ishga tushirilishi kerak edi. Viloyat hokimligi va boshqarmalar binolarini ko‘chirish hali ham boshlanmagan.Davlat idoralarining o‘zi faollik ko‘rsatmayotgani tadbirkorlarning sarmoya kiritish qarorlariga ta’sir qilayotgani aytildi. Shu bois, Yangi Toshkent uchun e’lon qilingan imtiyoz va imkoniyatlar “Shirin” massiviga ham tatbiq etiladi. Bu yerda ham investorlarga aniq loyihalar va ishlash uchun qulay shartlar taklif qilinishi lozim. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Yangi Toshkent loyihalariga xorijlik sarmoyadorlar qiziqishi ham yuqori. Ular uchun dastlabki 50 ta lot belgilandi. Ularning
Yangi Toshkent loyihalariga xorijlik sarmoyadorlar qiziqishi ham yuqori. Ular uchun dastlabki 50 ta lot belgilandi. Ularning joylashuvi, loyiha imkoniyatlari, iqtisodiy hisob-kitoblari va yangi yengilliklarni o‘z ichiga olgan aniq takliflar paketi elchilarga yetkaziladi. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga chet eldagi sarmoyadorlarni Yangi Toshkentdagi imkoniyatlar bilan kengroq tanishtirish topshirildi. Vazirlarga xorijlik hamkorlar va yirik kompaniyalar bilan har bir uchrashuvda Yangi Toshkent imkoniyatlarini taqdimot qilib, ularni qo‘shma loyihalarga taklif qilish vazifasi qo‘yildi. Prezidentimiz e’lon qilingan imkoniyatlar qog‘ozda qolmasligi, ular yer uchastkalari, iqtisodiy hisob-kitoblar va amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan tayyor taklif sifatida sarmoyadorga yetib borishi zarurligini ta’kidladi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Yangi imkoniyatlarni faqat poytaxt tadbirkorlari bilan cheklamaslik uchun Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100
Yangi imkoniyatlarni faqat poytaxt tadbirkorlari bilan cheklamaslik uchun Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100 gektardan hudud biriktirildi. Endi tuman hokimlari o‘z tadbirkorlari bilan ishlab, yangi loyihalarni shu maydonlarga olib kelishi kerak. Xuddi shunday mamlakatimizning qolgan 13 ta hududiga ham 100 gektardan maydon ajratiladi. U yerlarda amalga oshirilgan investitsiyalar tegishli viloyat yoki poytaxt tumanining ko‘rsatkichlarida hisobga olinadi. Biriktirilgan hududlardagi yerlar bo‘yicha birinchi auksionda faqat o‘sha viloyat yoki tuman tadbirkorlari qatnashadi. Prezidentimiz Yangi Toshkent butun mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi imkoniyat maydoniga aylanishi lozimligini ta’kidladi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil
Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llanmoqda. Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat ekani inobatga olindi. Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirish talabi ham Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi. Yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etiladi. Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi. “50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Yangi Toshkentda xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishiga turtki berish uchun infratuzilma to‘lovlari qayta ko‘rib
Yangi Toshkentda xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishiga turtki berish uchun infratuzilma to‘lovlari qayta ko‘rib chiqiladi. Davlatimiz rahbari turar joy qurish bilan shaharga xizmat qiladigan mehmonxona yoki savdo markazini barpo etishning iqtisodiy yuki bir xil emasligini ta’kidladi. Infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi savdo, servis va biznes markazlari uchun 3 barobar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun 5 barobar, madaniy hamda ko‘ngilochar maskanlar uchun 10 barobar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun to‘lov 1 foiz etib belgilanadi. Bu tartib qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi. Dunyoning yetakchi arxitektorlari ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalarga tezkor tartib qo‘llanadi. Loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi, bir xil ma’lumotni qayta-qayta talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

⚡Yangi Toshkentda har oy ochiq muloqot o‘tkaziladi
"Qurilish sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ldi desak, loyihalashtirish bo‘yicha, arxitektura bo‘yicha shoshilmadik, ochiq gap, izlandik. Lekin hali o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalarimiz juda ko‘p. Qurilishning eng katta ma’no-mazmuni bir narsaga bog‘liq. Bizga 100-yildan keyin ham odamlar to‘g‘ri baho berishi kerak", — dedi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari Yangi Toshkentda har oyda bir marta ochiq muloqot o‘tkazilishini ma’lum qildi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz