ru
Feedback
Boshqaruv samaradorligi agentligi | Navoiy viloyati

Boshqaruv samaradorligi agentligi | Navoiy viloyati

Открыть в Telegram

Mazkur kanal orqali davlat xizmatiga oid yangiliklar, xabarlar, e’lonlar va tahliliy ma’lumotlarni, bundan tashqari test va suhbat bosqichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin. Murojaat uchun: t.me/argos_navoiy_murojaat_bot

Больше
296
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1030 день
Архив постов
Davlat idoralari HR bo'linmalari uchun vacancy.gov.uz platformasida ishlash yanada osonlashdi Davlat fuqarolik xizmatida vaka
Davlat idoralari HR bo'linmalari uchun vacancy.gov.uz platformasida ishlash yanada osonlashdi Davlat fuqarolik xizmatida vakant lavozimlarni boshqarish va tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor hamda samarali tashkil etish maqsadida vacancy.gov.uz platformasida inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari (HR) uchun yangi funksional imkoniyatlar joriy etildi. Endilikda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar xizmati hamda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga mas’ul xodimlari uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar yagona, zamonaviy va foydalanishga qulay interfeysda jamlandi. Yangi tizim qanday imkoniyatlarni yaratadi?
⚫️Markazlashgan monitoring – davlat organlari va tashkilotlari tasarrufdagi tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari holatini yagona elektron tizim orqali kuzatish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi. ⚫️Real vaqt rejimida nazorat – vakansiyalarni e’lon qilish jarayoni, tanlov bosqichlari va belgilangan muddatlarga rioya etilishi onlayn tarzda nazorat qilinadi. ⚫️Tezkor ogohlantirish tizimi – muddati yakunlangan, yakunlanishiga 3 kundan kam vaqt qolgan yoki hali e’lon qilinmagan vakansiyalar haqida avtomatik axborot olish imkoniyati mavjud. ⚫️Jarayonni bosqichma-bosqich kuzatish – ariza qabul qilishdan tortib, malakasini baholash, test sinovlari va suhbat bosqichlarigacha bo‘lgan jarayonlarni tahlil qilish mumkin. ⚫️Qog‘ozbozlikni qisqartirish – qo‘shimcha hisobotlar tayyorlash zarurati kamayib, barcha zarur ma’lumotlarni yagona elektron platforma orqali tez va oson olish imkoniyati yaratildi.
Yangi imkoniyatlar qanday natija beradi? Yangi funksional imkoniyatlar vakansiyalarni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, kadrlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va inson resurslarini strategik boshqarishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur yangiliklar aniq tahlillarga tayangan holda tezkor va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

📌 "Давлат хизматчилари учун халқаро стажировка: замонавий компетенциялар, имкониятлар ва истиқболлар" мавзусида учрашув ташк
+3
📌 "Давлат хизматчилари учун халқаро стажировка: замонавий компетенциялар, имкониятлар ва истиқболлар" мавзусида учрашув ташкил этилди. 🤝 Тадбирнинг асосий мақсади ёш давлат хизматчиларининг касбий салоҳиятини ошириш, уларни халқаро таълим ва стажировка имкониятлари билан таништириш ҳамда замонавий компетенцияларни ривожлантиришдан иборат бўлди. 🌍 Учрашув давомида давлат хизмати тизимида халқаро тажрибани ўрганиш, хорижий стажировка дастурларида иштирок этишнинг аҳамияти ва илғор бошқарув амалиётини жорий этиш масалалари муҳокама қилинди. 💡 Шунингдек, бугунги кунда давлат хизматчилари учун чет тилларини билиш, сунъий интеллект технологияларидан самарали фойдаланиш, танқидий фикрлаш ва самарали коммуникация кўникмалари муҳим аҳамият касб этиши таъкидланди. ❓Учрашув якунида иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар. ✨ Халқаро тажриба, замонавий билим ва компетенциялар — янги Ўзбекистоннинг рақобатбардош ёш давлат хизматчисини шакллантиришнинг муҳим омилидир. |Telegram |YouTube|Facebook |

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ–186-сонли Фармони ижроси доирасида Навоий вилоятининг Нурота ва Хатирчи туманларида
+3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ–186-сонли Фармони ижроси доирасида Навоий вилоятининг Нурота ва Хатирчи туманларида ўрганиш ишлари амалга оширилмоқда. 〽️ Ўрганишлар давомида ҳокимликлар тузилмасига ўтказилган бўлинмалар фаолиятининг самарадорлиги, соҳалар кесимида эришилган натижалар, аҳоли ва тадбиркорларга хизмат кўрсатиш сифатини ошириш борасидаги ишлар, шунингдек, амалда учраётган муаммолар таҳлил қилинди.
Шу билан бирга, янги бошқарув тизимини янада такомиллаштириш, давлат органлари ўртасидаги ҳамкорликни мустаҳкамлаш ҳамда маҳаллий даражада қарор қабул қилиш жараёнларининг самарадорлигини оширишга қаратилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилмоқда.
Ўрганишлар натижалари бўйича тегишли таҳлилий маълумотлар тайёрланмоқда.

Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (20.05.2026-y.)ga ko‘ra, 2026-yil 27-may Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. 👍 Bayram munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi: ▫️ 27-may (chorshanba) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni; ▫️ 28-may (payshanba) va 29-may (juma) - ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari; ▫️ 30-may (shanba) – 6 kunlik ish xaftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish xaftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni; ▫️ 31-may (yakshanba) - dam olish kuni. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |
+6
Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |

Навоийда сув ва энергия сарфини қисқартириш имкониятлари ўрганилди Президентимизнинг 2026 йил 2 апрелдаги “Қишлоқ ва сув хўжа
+3
Навоийда сув ва энергия сарфини қисқартириш имкониятлари ўрганилди
Президентимизнинг 2026 йил 2 апрелдаги “Қишлоқ ва сув хўжалиги муҳандисларини тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ижроси доирасида Навоий вилоятининг Хатирчи туманида сув ресурсларидан самарали фойдаланиш ва насос орқали сув етказиб бериш тизимларида энергия сарфини қисқартириш имкониятлари бўйича илмий-амалий ўрганишлар ўтказилди. Ўрганиш жараёнда “Кўксарой” сув омбори ва “ТОСС” насос станциясининг кўп йиллик ишлаш режими, сув узатиш кўрсаткичлари ҳамда электр энергияси сарфи бўйича маълумотлар таҳлил қилинди. Мутахассислар томонидан “Кўксарой” сув омборининг лойиҳавий ҳажми 7,5 миллион куб метрни ташкил этиши, сувли йилларда эса омборга келиб тушаётган сув ҳажми 12 миллион куб метргача етиши мумкинлиги қайд этилди. Шунингдек, омбор орқали 1600 гектар суғориладиган ер майдони сув билан таъминланаётгани ўрганилди. Таҳлиллар давомида жами 6 та насос агрегатига эга "ТОСС" насос станциясининг умумий қуввати 2500 кВт/соат, сув чиқариш қуввати эса 3,6 м³/секунд экани ҳамда станция орқали 1913 гектар суғориладиган майдон сув билан таъминланаётгани маълум қилинди. Ўрганиш давомида “Кўксарой” сув омбори ташламаларини насос станцияси сув етказиб бераётган тармоқлар билан ёпиқ қувур ва лоток тизимлари орқали боғлаш имкониятлари кўриб чиқилди. Мутахассислар бу орқали насос агрегатларига тушаётган юкламани камайтириш ва электр энергияси сарфини қисқартириш мумкинлигини таъкидланди.
Расмий саҳифалар👇 📱Веб-сайт | 📱Tелеграм | 📱Фейсбук |📱 Инстаграм

Repost from Siyosiy ma'rifat
#20_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Ludovika universiteti bilan suv resurslari boshqaruvi va akademik almashinuv bo‘yicha hamkorlik kengaytirilmoqda Vengriyaning
+5
Ludovika universiteti bilan suv resurslari boshqaruvi va akademik almashinuv bo‘yicha hamkorlik kengaytirilmoqda Vengriyaning Ludovika davlat xizmati universiteti Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha koordinatori Fanny Felvinczi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Maqsad suv resurslarini boshqarish, suv diplomatiyasi, davlat boshqaruvi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Tashrif dasturi doirasida delegatsiya vakillari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Buxoro davlat universitetida uchrashuv va seminarlar o‘tkazdi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan uchrashuvlar davomida:
▫️Markaziy Osiyodagi transchegaraviy suv resurslari; ▫️Amudaryo va Sirdaryo havzalari boshqaruvi; ▫️ xalqaro suv huquqi; ▫️suv xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar suv diplomatiyasi va “Integrated water resource management” yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda esa hamkorlikning ta’lim va akademik almashinuv yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan: ▫️“Siyosatshunoslik” hamda ochilishi rejalashtirilayotgan “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishlari uchun Ludovika universitetining ta’lim dasturlari va metodik materiallarini joriy etish; ▫️“Yurisprudensiya” yo‘nalishi talabalari uchun xorijiy professorlar ishtirokida muntazam onlayn ma’ruzalar va master-klasslarni tashkil qilish; ▫️Ludovika universiteti huzuridagi Turkiy davlatlar tadqiqot markazida o‘zbek tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish; ▫️Buxoro viloyati hamda boshqa hududlar davlat xizmatchilari uchun zamonaviy boshqaruv, xalqaro munosabatlar va kommunikatsiya yo‘nalishlarida onlayn va oflayn trening kurslarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar suv diplomatiyasi, davlat boshqaruvi, ekologiya, barqaror rivojlanish va oliy ta’lim sohalaridagi hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Ma'lumot uchun, 2025-yil dekabr oyida Ishchi guruhning Vengriyaga xizmat safari doirasida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Vengriyada stajirovka dasturlarini tashkil etish, vengriyalik ekspertlarni jalb qilish hamda Buxoro davlat universiteti bilan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandi.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

#yoshlarkuni Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida
+6
#yoshlarkuni Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida “O‘zbekiston taraqqiyotida suv xo‘jaligi sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan tashkil etilib, unda ayni paytda havza boshqarmasida amaliyot o‘tayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida suv xo‘jaligi sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarga sohaga oid islohotlar, davlat xizmatida zamonaviy yondashuvlar va kelgusidagi professional rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. |Telegram |YouTube|Facebook |

Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |
+6
Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |

Repost from Siyosiy ma'rifat
#19_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Repost from Siyosiy ma'rifat
#18_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |
+6
Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |

Repost from Siyosiy ma'rifat
#17_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda profession
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, davlat organlarida ish beruvchi sifatidagi imij holatini baholash, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatib borish maqsadida maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi.
So‘rovnoma: 🔒davlat organlarida mehnat muhiti, 🔒kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, 🔒ish beruvchi imiji va jozibadorligi kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
👍Sizning fikringiz — islohotlar samaradorligini oshirishda muhim omil hamda har bir javob kelgusida yanada adolatli, ochiq va samarali tizimni shakllantirishga xizmat qiladi. ⚡️ So‘rovnoma natijalari asosida har 2 yilda takroriy tahlillar o‘tkazilib, o‘zgarishlar dinamikasi baholab boriladi. 👍 So‘rovnomada ishtirok etish Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

Repost from Siyosiy ma'rifat
#16_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

#DIQQAT_TANLOV 🏫Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor lavozimiga ochiq tanlov Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’l
#DIQQAT_TANLOV 🏫Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor lavozimiga ochiq tanlov
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh (vakant) direktor lavozimlari uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi.
Mazkur tanlovda davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan hamda belgilangan malaka talablariga javob beradigan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. 👨‍💼 Nomzodlar uchun asosiy malaka talablari: — kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; — menejerlik sertifikati mavjudligi; — ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik ish tajribasi; — davlat tilini mukammal bilish; — xorijiy tillar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish (ustuvorlik beriladi). 📍Navoiy viloyati bo‘yicha vakant lavozimlar: 🔹 Navoiy shahri — 2-, 9-sonli maktablar; 🔹 G‘ozg‘on shahri — 1-sonli maktab; 🔹 Karmana tumani — 2-, 3-, 15-, 16-, 23-, 24-, 30-, 32-sonli maktablar; 🔹 Konimex tumani — 1-, 4-, 5-, 8-, 13-, 14-, 22-, 35-, 37-sonli maktablar; 🔹 Navbahor tumani — 1-, 15-, 18-, 25-sonli maktablar; 🔹 Nurota tumani — 9-, 25-, 26-, 30-, 31-, 47-, 48-, 51-, 53-sonli maktablar; 🔹 Qiziltepa tumani — 1-, 5-, 8-, 10-, 18-, 19-, 22-, 26-, 32-, 33-, 34-, 35-sonli maktablar; 🔹 Uchquduq tumani — 7-sonli maktab; 🔹 Tomdi tumani — 1-, 3-, 5-, 6-, 7-, 12-sonli maktablar; 🔹 Xatirchi tumani — 7-, 14-, 21-, 25-, 33-, 37-, 43-, 46-, 49-, 62-, 70-, 71-, 76-, 79-, 80-, 81-sonli maktablar. 📅Hujjatlar qabul qilish muddati: joriy yilning 21-aprelidan 25-apreliga qadar (shu kuni ham). 🌐 Arizalar quyidagi platforma orqali qabul qilinadi: 👉http://manager.uzedu.uz 📌 Qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy sahifalar orqali e’lon qilib boriladi. 🇺🇿 Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |
+6
Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi |Telegram |YouTube|Facebook |

Repost from Otabek Hasanov
#15_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

⚡️O‘zbekistonda ilk bor — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilmoqda. Tanlov yo‘nalishlari:
◾️Oziq-ovqat xavfsizligi ◾️Suv resurslarini boshqarish va suv diplomatiyasi ◾️Raqamli qishloq xo‘jaligi ◾️Iqlim o‘zgarishiga moslashuv ◾️Agrar sohasini moliyalashtirish
50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'taydi. 👍 Ariza topshirish ❗️ Arizalar joriy yilning 27 aprel kuniga qadar qabul qilinadi! 👍 Batafsil 👍Tanlovga oid savollar yuzasidan murojaat uchun — @young_talent_bot Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa