en
Feedback
Boshqaruv samaradorligi agentligi | Navoiy viloyati

Boshqaruv samaradorligi agentligi | Navoiy viloyati

Open in Telegram

Mazkur kanal orqali davlat xizmatiga oid yangiliklar, xabarlar, e’lonlar va tahliliy ma’lumotlarni, bundan tashqari test va suhbat bosqichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin. Murojaat uchun: t.me/argos_navoiy_murojaat_bot

Show more
292
Subscribers
-124 hours
-27 days
-430 days
Posts Archive
Repost from Rasmiy axborot
📢AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. ✅ Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. ✅ Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Siyosiy ma'rifat
#33_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Suv resurslari va iqlim diplomatiyasi: Shved instituti bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshiriladi O‘zbekiston Respub
+3
Suv resurslari va iqlim diplomatiyasi: Shved instituti bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Stokgolmda o‘tayotgan World Water Week 2026 doirasida ishlab chiqilgan. Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — mamlakatimizda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, sohada institutsional samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan iborat. Hamkorlikda suv va iqlim diplomatiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 👍 Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: ▪️davlat xizmatchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchi va talabalar uchun suv diplomatiyasi, iqlimga moslashish, xalqaro muzokaralar, nizolarning oldini olish, havza boshqaruvi hamda ilm-fan va siyosat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘quv va amaliy dasturlarni tashkil etish; ▪️milliy qonunchilik va institutsional siyosatni inobatga olgan holda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy nashrlar, yangi uslubiyat va innovatsion ishlanmalar bilan bo‘lishish. Ushbu hamkorlik suv resurslarini barqaror boshqarish va sohaga zamonaviy, xalqaro yondashuvlarni joriy etish orqali mamlakatimiz va butun mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma‘lumot uchun, Stokgolmda o‘tayotgan World Water Week 2026 doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T. Butunbayev O‘zbekistonning suv tanqisligiga qarshi kurashish bo‘yicha tajribasini taqdim etdi. Unda 2017 yilda suv tejovchi texnologiyalar sug‘oriladigan yerlarning 1 foizdan ham kam qismini qamrab olgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshgan — 2,6 million gektarga yetgani va yiliga 11 milliard kub metr suv tejalayotgani, 2030 yilga borib bu raqamni 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgani ta‘kidlandi.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

Davlat xizmatiga kirish imkoniyatlari tushuntirildi Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali xodimlari tomon
+6
Davlat xizmatiga kirish imkoniyatlari tushuntirildi Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali xodimlari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatiga kirish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ishtirokchilarga davlat fuqarolik xizmatiga kirish imkoniyatlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi va qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat xizmatida faoliyat yuritish uchun bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda belgilangan tartibda ishga kirish masalalari tushuntirildi. |Telegram |YouTube|Facebook |

‼️‼️‼️ Навбаҳор тумани ҳокимлиги ходимларига Бошқарув самарадорлиги агентлиги Навоий вилояти филиали бош инспектори М. Турдим
+8
‼️‼️‼️ Навбаҳор тумани ҳокимлиги ходимларига Бошқарув самарадорлиги агентлиги Навоий вилояти филиали бош инспектори М. Турдимов томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентининг жорий йил 4 июнда қабул қилинган «Қурилиш соҳасида натижага асосланган бошқарувни жорий этиш ҳамда соҳада давлат хизматларини соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ПФ-104-сон Фармонининг мазмун-моҳияти ва аҳамияти тушунтирилди. Тадбир давомида Фармон билан қурилиш соҳасида бошқарув самарадорлигини ошириш, натижага асосланган бошқарув тизимини жорий этиш, давлат хизматларини кўрсатиш жараёнларини соддалаштириш ва ортиқча маъмурий тартиб-таомилларни қисқартиришга қаратилган чора-тадбирлар ҳақида батафсил маълумот берилди. Шунингдек, ҳужжатда белгиланган вазифаларни ҳудудда сифатли ва ўз вақтида амалга ошириш, масъул ходимларнинг вазифа ва масъулиятини аниқ белгилаш ҳамда аҳоли ва тадбиркорларга кўрсатилаётган хизматлар сифатини ошириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. 🌟 Навбаҳор тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати 🤍Veb Sayt |Telegram |Facebook | ▪️ Instagram | 📹YouTube

🏗 Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruv Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali xodimlari tomoni
+6
🏗 Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruv Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali xodimlari tomonidan Karmana hamda Navbahor tuman hokimliklari, shuningdek, tuman tashkilotlari rahbarlariga Prezidentning “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–104-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda qurilish sohasida natijadorlikni oshirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va ortiqcha byurokratiyani qisqartirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🎯 Asosiy maqsad — hududlarda qurilish sohasida belgilangan yangi tartib va yondashuvlarni rahbarlarga yetkazish, ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish hamda mas’ullarning xabardorligini oshirish. |Telegram |YouTube|Facebook |

Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi Unda mamlakatimizning siyosiy-i
+4
Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi Unda mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy hayotiga oid dolzarb yangiliklar, qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar taqdim etildi. |Telegram |YouTube|Facebook |

Repost from Siyosiy ma'rifat
#32_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Repost from Siyosiy ma'rifat
#31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Repost from DSBA
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KUN, VAQT VA MANZIL MA’LUM QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KUN, VAQT VA MANZIL MA’LUM QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 18-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi. 📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. 1- va 4-o‘quv binolari) Test sinovlari vaqti: 1-smena — soat 09:00 da; 2-smena — soat 15:00 da. ❗️Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart:
❗️Talabgorlarning qaysi smenada test sinovlarida ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumot ularning qabul.dsba.uzga hamda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta (e-mail) manzili va belgilangan telefon raqamlariga sms xabar orqali yuboriladi.
❗️Diqqat: Talabgorlar belgilangan tartib-taomillardan o‘tishlari uchun test boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan manzilda bo‘lishlari so‘raladi. Murojaat uchun: +998712326070, +998712326144 (Qo‘ng‘iroqlar ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.) Barcha talabgorlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

📌 Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan seminar tashkil etildi Boshqaruv samaradorligi agentli
+3
📌 Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan seminar tashkil etildi Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda uning hududiy tizimi va davolash muassasalari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi. Seminarda davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi, ochiq va shaffof tanlovlarni tashkil etish mexanizmlari hamda hrm.argos.uz platformasi orqali vakant lavozimlarni e’lon qilish, nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tanlov jarayonlarini yuritish va platformadan samarali foydalanish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar va batafsil javoblar taqdim etildi. |Telegram |YouTube|Facebook |

Repost from Siyosiy ma'rifat
#30_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Nurota tumanida davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida vakant lavozimlarga qabul qilish jarayonlari, xususan, tanlovning suhbat bosqichi yuzasidan bildirilgan murojaatga munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Nurota tumanida davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida vakant lavozimlarga qabul qilish jarayonlari, xususan, tanlovning suhbat bosqichini o‘tkazishda qonunchilik talablariga rioya etilmayotganligi haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi. Mazkur Nizomga muvofiq, tanlov jarayoni vakant lavozim to‘g‘risida e’lon berish, nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va saralash, test sinovi hamda suhbat bosqichlaridan iborat. Nizomga ko‘ra, tanlovning suhbat bosqichini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli davlat organida Tanlovlarni tashkillashtirish va o‘tkazish komissiyasi tuziladi. Tanlov komissiyasining raisi tegishli davlat organi rahbari hisoblanadi. Komissiyaning ishchi organi vazifasini esa mazkur davlat organining inson resurslarini boshqarish bo‘linmasi amalga oshiradi. Tanlov komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, qonuniylik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Tanlovning test va suhbat bosqichlari oshkoralik hamda xolislikni ta’minlash maqsadida ovozli videoyozuv orqali qayd etiladi va videoyozuvlar davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Shu bilan birga, tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod Nizomda belgilangan tartibda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida yuqori turuvchi organga, Boshqaruv samaradorligi agentligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Boshqaruv samaradorligi agentligi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish jarayonlarida ochiqlik, shaffoflik va teng imkoniyatlar tamoyillarining ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida asosli ma’lumotlar va dalillar taqdim etilgan taqdirda, murojaatlar vakolat doirasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatlar uchun: 79 223 84 16 |Telegram |YouTube|Facebook |

Assalomu alaykum. Hurmatli hamkasblar, xabaringiz bor filiallarning Telegramdagi sahifalari doimiy monitiring qilinadi. Ayrim filiallar sahifalaridagi joylanayotgan axborotlar yuzasidan e'tiroz bildirilmoqda. Xususan, imlo va texnik xatoliklar, Agentlik oldiga qo'yilgan vazifalarga mosligi yuzasidan. Iltimos, masalaga jiddiy yondashsangiz! O'ylashimcha, filiallarning kanaliga joylanadigan xabarlarni ham oldin biz ko'rib, keyin joylanadigan bo'lsa, har ikki tomon uchun juda noqulaylik tug'diradi😐

Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti Davlat xiz
+2
Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, uzluksiz ta'limni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. ⚡️Platforma statistikasi: 🔒 9 ta o‘quv kursi; 🔒 186 803 nafar foydalanuvchi; 🔒 624 459 ta elektron sertifikat. 👍Platformada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar mavjud: • Ma'muriy tartib-taomillar islohoti; • Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun kiberxavfsizlik asoslari; • Energiya tejamkorligi; • Davlat xizmatchisiga zarur kompetensiyalar; • Yashil energetika; • Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi; • Iqtisodiy bilim asoslari; • Davlat xizmatiga kirish; • Har bir davlat xizmatchisi – ma'naviyat targ‘ibotchisi. Platformaning afzalliklari: ➡️video darslar, o‘quv materiallari va test sinovlari; ➡️kurslarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati; ➡️kurs yakunida elektron sertifikat olish; ➡️mobil qurilmalarda qulay foydalanish; ➡️"Mustaqil ta'lim" bo‘limida ekspertlarning dolzarb mavzulardagi videomateriallari bilan tanishish imkoniyati. 👍Platformadan davlat fuqarolik xizmatchilari, rahbar kadrlar va davlat tashkilotlari xodimlari foydalanishi mumkin. Ayrim kurslar davlat xizmatiga kirishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun ham ochiq. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

Davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi Soʻnggi yillarda davlat xizmatida kadrlarni tanlash, ishga joylash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan alohida qonun qabul qilindi. Davlat organlarida boshqaruv xodimlarining shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingdan 54 mingtaga maqbullashtirildi.
Taqdimotda amaldagi mehnatga haq toʻlash tizimida saqlanib qolayotgan nomutanosibliklar tahlil qilindi. Bugungi kunda davlat xizmatchilari ish haqi tarkibida lavozim maoshining ulushi 15 foizdan oshmaydi. Ish haqi fondining 70 foizgacha qismini xodimning aniq natijasiga bogʻlanmagan turli ustama, mukofot va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tashkil qiladi.
Natijada bir xil lavozimda va oʻxshash vazifalarni bajarayotgan xodimlarning ish haqi oʻrtasida katta farq yuzaga kelgan. Ayrim vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari xodimlari viloyat, tuman va shahar hokimliklaridagi xuddi shunday lavozim egalari bilan solishtirganda tenglik prinsiplariga amal qilinmayotgani qayd etildi.
Mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Aksariyat davlat organlarida qoʻllanilayotgan mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha 50 dan ortiq alohida normativ hujjat amal qilmoqda. Shu bois, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning yagona, ochiq va natijaga asoslangan tizimini joriy etish taklif qilindi. Yangi tizim bilan 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olish koʻzda tutilgan. Davlat organlari milliy, respublika, hududiy hamda tuman va shahar darajalariga, xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab maʼmuriy boshqaruv, asosiy va qoʻllab-quvvatlash guruhlariga ajratiladi. Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pogʻonadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi. Oʻndan ortiq ustama va mukofotlar oʻrniga uchta asosiy ragʻbatlantirish toʻlovi joriy etiladi.
Jumladan, malaka darajasi, xodimning funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi asosida baholanadigan samaradorlik koʻrsatkichlari – KPI uchun ustama toʻlanadi.
Shuningdek, muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan hamda yuqori natija koʻrsatgan xodimlarga hisobot davri yakunlari boʻyicha bonus toʻlovlari berish nazarda tutilmoqda. Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi oʻxshash lavozimlar maoshidan yuqori boʻlmaydi. Tuman va shaharlarda ish haqi hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.
Eng muhimi, har bir davlat xizmatchisi ish haqi qanday shakllanishi, qaysi natija uchun ustama yoki bonus olishini oldindan biladi. Bu xodimlarning samaradorligi, tashabbuskorligi va masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari mehnatga haq toʻlash tizimida adolat va shaffoflikni taʼminlash, ish haqini xodimning malakasi, masʼuliyati hamda erishgan natijalari bilan bogʻlash muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, bonus toʻlovlari xodimning ilgʻor axborot texnologiyalarni, jumladan, sunʼiy intellekt, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgani, tajriba va malakasini oshirgani kabi aniq mezonlar asosida toʻlanishi belgilandi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining oylik ish haqi tizimi va mehnatga haq toʻlash shartlarini muv
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining oylik ish haqi tizimi va mehnatga haq toʻlash shartlarini muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

Navoiy viloyati davlat xizmatchilari ishtirokida navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda siyosiy-ijtimoiy hayotga
+3
Navoiy viloyati davlat xizmatchilari ishtirokida navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda siyosiy-ijtimoiy hayotga oid dolzarb xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar taqdim etildi. |Telegram |YouTube|Facebook |

Repost from Siyosiy ma'rifat
#29_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy-ijtimoiy hayotga
+2
Navoiy viloyatidagi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy-ijtimoiy hayotga oid dolzarb xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar taqdim etildi. |Telegram |YouTube|Facebook |