Boshqaruv samaradorligi agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/ Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Boshqaruv samaradorligi agentligi
Канал Boshqaruv samaradorligi agentligi (@bsa_uz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 68 835 подписчиков, занимая 877 место в категории Политика и 1 008 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 68 835 подписчиков.
Согласно последним данным от 01 августа, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 735, а за последние 24 часа — 32, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 12.05%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 8.75% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 8 295 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 6 028 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi
Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/
Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/
Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%...”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 02 августа, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Политика.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 02 августа | 0 | |||
| 01 августа | +50 |
| 2 | Islohotlar shtabi: Namanganda muammolar o‘rganilmoqda, yechimlar ishlab chiqilmoqda
Namanganda Islohotlar shtabi tomonidan infratuzilmani yaxshilash, elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi bandligini ta’minlash va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, Namangan shahridagi muzlatgich xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Ezoz Broller” MChJ, “Afrikanskiy som” balig‘ini yetishtirish “Namangan Agro Fish Trade” MChJ, temir va yog‘och mahsulotlariga ishlov berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “BMJ” MChJ, oyna kesish xizmatlarini ko‘rsatuvchi YATT, Uchqo‘rg‘on tumanida gidroponika usulida qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Xusainov Faxriddinning faoliyati bilan tanishildi.
Ishchi guruhi o‘rganishlari natijasi bo‘yicha hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta‘minlash, hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari uchun mavjud ehtiyoj asosida malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar tayyorlanadi.
Ishchi guruhi o‘rganishlari davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 502 |
| 3 | Bugun O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni!
Sohaning barcha zahmatkash xizmatchilari, mohir quruvchi va muhandislari, fidoiy mashinist va vagon kuzatuvchilari, shuningdek, ko‘p yillik tajribaga ega faxriylarni bugungi kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz!
O‘z kasbiga sadoqatli, kecha-yu kunduz yo‘lovchilar xavfsizligi va yuk tashish uzluksizligini ta’minlab kelayotgan minglab yurtdoshlarimizning sidqidildan qilayotgan zahmatli mehnati e'tirofga munosib. Sizlarning g‘ayratingiz tufayli po‘lat izlar mamlakatimiz iqtisodiyotining eng muhim va mustahkam poydevoriga aylanmoqda.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ulkan maqsadlaringizni amalga oshirishda Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tuganmas azmu shijoat hamda kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 2 356 |
| 4 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyul oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 5 395 |
| 5 | Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 6 974 |
| 6 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqi
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 7 918 |
| 7 | Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov qanday tartibda tashkil etiladi?
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.
🌐 Batafsil rolikda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 905 |
| 8 | Davlat xizmatiga kirishda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: ish stajisiz ham ochiq tanlovlarda ishtirok etish mumkin
Davlatimiz rahbarining Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda vazirlik va idoralar rahbarlariga iqtidorli yoshlarni mas’uliyatli boshqaruv lavozimlariga tayinlash, buning uchun mavjud sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida vazirlik va idoralarning hududiy hamda tuman (shahar) bo‘g‘inlaridagi boshlang‘ich lavozimlar uchun malaka talablari qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, ko‘plab lavozimlar bo‘yicha ish stajiga oid majburiy talablar bekor qilindi yoki sezilarli darajada yengillashtirildi.
Bugungi kunda vacancy.gov.uz yagona ochiq portalida e’lon qilingan davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining 176 tasi ish stajini talab etmaydi. Bu oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda mehnat faoliyatini endi boshlayotgan yosh mutaxassislar uchun davlat xizmatiga ochiq tanlovlar orqali kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 607 |
| 9 | #Trend_hudud: Quva tajribasi
Quva tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ib olish, qayta ishlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish orqali aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan muvaffaqiyatli tajriba bugun mamlakatimizning boshqa hududlarida ham kengaymoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida meva-sabzavotlarni yuvish, saralash, quritish va qadoqlash tizimlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mahsulotlarni shok usulida muzlatish liniyalarini o‘rnatish belgilanib, bu hududning eksport salohiyatini oshirishga va mahsulotlarning sifatli saqlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu kabi tashabbuslar hududlarning eksport salohiyatini oshirish, fermer va dehqonlar daromadini ko‘paytirish hamda zamonaviy agroindustriya zanjirini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
🇺🇿“Trend-hudud” – bugunning eng yaxshi tajribalari va ertangi taraqqiyot manzillari haqida.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 7 315 |
| 10 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri – I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 904 |
| 11 | O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 262 |
| 12 | #Ekspert_sharhi
Amaldagi tartibga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkinmi?
❔Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 855 |
| 13 | Oʻzbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 9 014 |
| 14 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Ostona aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 9 956 |
| 15 | “Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–279-son, 27.07.2026 y.) qabul qilindi.
👍 Qarorga ko‘ra, 2031-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahrida, eksperiment tariqasida, quyidagi tartib joriy qilinadi:
▫️ barcha tumanlarni maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan bog‘lash, ularning salohiyatini oshirish va yangi loyihalarni ko‘paytirish maqsadida:
▫️ har bir tumanga loyihalarni joylashtirish uchun maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari hududidan Toshkent shahar hokimi qarori bilan yer maydonlari biriktiriladi.
Olmazor tumanida joylashgan Yoshlar markazi binosida yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida Yoshlar kreativ parki tashkil etiladi.
“Toshkent kitob tijorat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan kitoblar savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga aholi gavjum joylarda, bozorlarda, yirik savdo markazlarida, shoh ko‘chalarda yengil konstruksiyali kitob do‘konlarini o‘rnatish, “Book cafe”larni tashkil qilish, poytaxtda barpo etilayotgan 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob ko‘chasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Maydoni 5 ming metr kvadratdan ortiq savdo markazlarida kitob do‘konlarini tashkil etishning majburiy tartibi joriy qilinadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 588 |
| 16 | Yangi tayinlangan rahbarlar oldiga sohada yangicha ish uslubini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 11 247 |
| 17 | Edu.bsa.uz — davlat xizmatchilari uchun raqamli ta’lim platformasi
Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish va uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishda masofaviy ta'lim platformasi muhim raqamli ta’lim muhiti sifatida shakllanmoqda.
Platformada davlat xizmatchilari uchun 9 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, bilim va ko‘nikmalarni masofadan turib oshirish imkoniyati yaratilgan.
Hozirda platforma orqali:
👍185 423 nafar davlat xizmatchisi ro‘yxatdan o‘tgan
👍 613 116 ta sertifikat berilgan.
👍Edu.bsa.uz platformasi orqali malakangizni oshiring, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallang!
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 11 790 |
| 18 | "Kelajak liderlari" qo‘shma qayta tayyorlash dasturi davom etmoqda
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 9 305 |
| 19 | “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1161-son, 27.07.2026 y.) qabul qilindi.
👍 Qonunga ko‘ra, zararning o‘rnini qoplash uchun undiriladigan mablag‘lar miqdori sudning qarori asosida aniqlanadi.
Jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) ma’naviy zararning o‘rni hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan pul shaklida qoplanadi.
🧾Zararning o‘rni sudning zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq berilgan ijro varaqasiga asosan qoplanadi.
👍Agar zarar yetkazilganligi uchun aniq bir shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aybdor deb topilgan bo‘lsa, moddiy va (yoki) ma’naviy zararning o‘rni ushbu shaxs tomonidan qoplanishi lozim.
Sud qarori bilan aybdor deb topilgan shaxs o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini undiruvchiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.
Zararning o‘rni sud qarori asosida hududiy kompensatsiya jamg‘armalari hisobidan qoplab berilganda va keyinchalik zarar yetkazgan aybdor shaxsga nisbatan qonunga muvofiq regress huquqi yuzaga kelgan taqdirda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs faoliyat yuritayotgan yoki muqaddam ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 9 657 |
| 20 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 702 |
