“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Канал “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (@ykfoundation) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 30 624 подписчиков, занимая 6 215 место в категории Образование и 2 611 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 30 624 подписчиков.
Согласно последним данным от 14 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 430, а за последние 24 часа — -106, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 40.04%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 38.27% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 12 270 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 11 728 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 60.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
““Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 15 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 15 июля | 0 | |||
| 14 июля | 0 | |||
| 13 июля | 0 | |||
| 12 июля | 0 | |||
| 11 июля | 0 | |||
| 10 июля | +2 984 | |||
| 09 июля | 0 | |||
| 08 июля | 0 | |||
| 07 июля | 0 | |||
| 06 июля | 0 | |||
| 05 июля | 0 | |||
| 04 июля | 0 | |||
| 03 июля | 0 | |||
| 02 июля | 0 | |||
| 01 июля | +3 702 |
McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.🟡 Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi. ⏺ Moddiy imtiyozlari: – Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi – 1600 dollar oylik stipendiya – Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ – Yozgi tajriba uchun 3600 dollargacha grant ✍️ Arizalar 2026-yil iyun oyidan 19-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2027-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi). Batafsil: Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
| 2 | ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi
2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:
✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;
✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.
☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.
⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 13 366 |
| 3 | ⚡️⚡️⚡️SANA ANIQ BO‘LDI!
✨🇹🇷ISTANBUL BIZNES TUR–2026 ✨🇹🇷
Biznesingizni xalqaro bosqichga olib chiqishga tayyormisiz? Sizni Turkiyaning biznes yuragi — Istanbul hamda dunyoning eng mashhur sayyohlik va investitsiya markazlaridan biri Antaliya shaharlariga eksklyuziv biznes sayohat kutmoqda!
❗️Biznes-tur 27–31-iyul kunlari ustoz Umidjon Ishmuhamedov hamrohligida bo‘lib o‘tadi. Safar davomida Siz:
🤝 Turkiyalik tadbirkorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatasiz;
💼 Biznesingiz uchun yangi hamkor va investorlar topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
📈 Zamonaviy biznes tajribasi va muvaffaqiyatli loyihalar bilan tanishasiz;
🌍 Xalqaro biznes muhitini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.
Shoshiling, joylar soni cheklangan.
📩 Batafsil ma’lumot olish uchun:
Telegram: @Boburbestaudit
☎️ +998 94 940 22 77
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 17 066 |
| 4 | ✅ Mehmonxonangiz uchun “yashil” sertifikatni qo’lga kiritib, xarajatlarning yarmini qaytarib oling!
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-son qaroriga muvofiq, endilikda mehmonxona xo‘jaligi subyektlariga xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
👉 Mazkur xizmatdan:
🗄Xalqaro “yashil” sertifikatga ega bo‘lgan va quyidagi talablarga javob beradigan mehmonxonalar:
⏺Soliq va yig‘imlardan qarzdorligi bo‘lmaganlar;
⏺Qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmaganlar;
⏺Faoliyati vaqtincha to‘xtatilmaganlar;
⏺Sud qarori bilan to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topilmaganlar foydalanishi mumkin.
👨💻 Ariza topshirish juda oson va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz kechadi:
💬 my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilasiz.
💬 Portal orqali ariza yuborilganda elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi.
🔖 Arizaga quyidagilarni ilova qilishingiz kifoya:
⏺ “Yashil” sertifikat nusxasi;
⏺ Sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan shartnoma va to‘lov hujjatlari.
❓ Natija nima bo‘ladi?
💰 Vakolatli organ arizangizni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqib, ijobiy qaror qabul qilingach, sarflangan mablag‘ning yarmi (50%) to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob raqamingizga o‘tkazib beriladi.
👉 Hoziroq ariza qoldiring: https://my.gov.uz/uz/service/1488
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 17 629 |
| 5 | 💶 Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant
Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.
💬 Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).
💬 Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.
💬 Arizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 7 535 |
| 6 | ⚡️ O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Dolzarb viza» oyligini boshladi.
🟡 Tashabbus doirasida xorijiy davlatlar bilan vizasiz rejim, elektron vizalar va soddalashtirilgan viza tartiblari bo‘yicha muzokaralar faollashtiriladi.
🟡 Qayd etilishicha, mazkur tashabbus o‘zbekistonliklarning xalqaro harakatlanish imkoniyatlarini yanada oshirish, xorijga safar qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning ochiq va faol tashqi siyosatini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 8 833 |
| 7 | ☀️ Jaziramada o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!
Aziz yurtdoshlar, shu kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan jazirama ob-havo barchamizdan salomatligimizga yanada mas'uliyat bilan yondashishni talab qilmoqda.
Shifokorlar tavsiyalariga amal qiling, imkon qadar quyoshning eng issiq vaqtlarida tashqarida uzoq qolmang, ko‘proq suv iching va keksalar, bolalar hamda surunkali kasalligi bor yaqinlaringizning holidan xabar olib turing.
Salomatlik — eng katta boyligimiz. Uni asrash esa o‘z qo‘limizda.
♥️ O‘zingizni ham, yaqinlaringizni ham asrang. Ehtiyot va salomat bo‘ling!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 13 327 |
| 8 | #YoshKuch #KimBoʻlmoqchisan
🙋 Psixolog kim? Bu kasb kimlarga mos? Psixolog bo‘lish uchun nimalarni bilish kerak?
🔎 “Kim bo‘lmoqchisan?” loyihasining ilk sonida psixolog Farangis Sharipova bilan shu savollarga javob izladik.
📌 Suhbat davomida:
➡️ psixolog kasbining asl mohiyati;
➡️ bu sohada ishlash uchun zarur fazilatlar;
➡️ kasbning qiyinchiliklari;
➡️ keng tarqalgan stereotiplar ;
➡️ bu yo‘nalishni tanlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun muhim tavsiyalar berilgan;
💬 Agar siz ham kelajak kasbingiz haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu video siz uchun foydali bo‘lishi mumkin.
🔗 To‘liq video
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 15 154 |
| 9 | 🇺🇿⚡️ O‘zbekiston yengil atletikachilari Osiyo U23 chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunladi
Xitoyning Ordos shahrida 9–12-iyul kunlari yengil atletika bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda qit’aning eng kuchli yosh atletlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, musobaqani tarixiy natija bilan yakunladi.
🟡 Chempionatning so‘nggi kunida terma jamoamiz hisobiga yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medal qo‘shildi.
🥇Amir Nagayev balandlikka sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo U23 chempioni bo‘ldi.
🥇Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida ishonchli chiqish namoyish etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
🥉O‘g‘iloy Norboyeva esa yetti kurash bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasining so‘nggi kunidagi muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shdi.
🟡 Natijada O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 8 615 |
| 10 | 🏆 O‘zbekistonlik yosh fiziklar IPhO–2026'da munosib natija qayd etdi
Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada o‘tkazilgan “56-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO–2026)”da O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta kumush, 2 ta bronza medal hamda “1 ta faxriy yorliq (Honorable Mention)”ni qo‘lga kiritdi.
🥈 Asilbek Jumanazarov – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal.
🥈 Muhammad Abdumalikov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal.
🥉 Elbek Uroqov – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — bronza medal.
🥉 Hasan Kamolov – Qo‘qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab — bronza medal.
🎖 Javohir Aknazarov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — Honorable Mention.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 11 118 |
| 11 | 🖋 Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi va Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
➡️ Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi:
➖ 2030-yilga qadar kamida 5 ta oliygoh umumiy reyting bo‘yicha, yana 10 tasi esa fan yo‘nalishlari kesimida dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi;
➖ 100 ta oliygoh dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi;
➖ oliygohlar bitiruvchilari va pedagoglarining kamida 30 foizi xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlanadi, 2,5 ming nafar texnikum hamda 20 ming nafar oliygoh pedagogi xorijga malaka oshirishga yuboriladi;
➖ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida Buyuk Britaniya standartlari asosida ta’lim beruvchi hamda mustaqil maqomga ega bo‘lgan “Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi” tashkil etiladi;
➖ ta’limda maktab, litsey, texnikum va oliygoh uzviyligini ta’minlaydigan integratsiyalashgan modellar (“2+3”, “1+2”, “2+2” va h.k.) tibbiyot, energetika, san’at va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga ham kengaytiriladi;
➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi yangi tizimga moslashtirilib, nufuzli xorijiy universitetlarga shartli qabul qilingan yoshlarning O‘zbekistondagi “Foundation” yoki birinchi kurs o‘qish xarajatlari qoplab beriladi;
➖ xorijiy tajribalar asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 16 421 |
| 12 | 🇺🇿Hurmatli Alisher Zafarovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etaman!
Yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning intellektual salohiyati, tashabbuslari va orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz tahsinga sazovordir. Sizga xos tashabbuskorlik va mas’uliyat, mashaqqatlardan qochmaslik, doim olg‘a intilish kabi fazilatlar mamlakatimiz yoshlari manfaatlariga xizmat qilayotgan ezgu ishlarda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
🥳 Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va yoshlar kamoloti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!
🕊 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! | 331 |
| 13 | 🇺🇿Hurmatli Alisher Zafarovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etaman!
Yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning intellektual salohiyati, tashabbuslari va orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz tahsinga sazovordir. Sizga xos tashabbuskorlik va mas’uliyat, mashaqqatlardan qochmaslik, doim olg‘a intilish kabi fazilatlar mamlakatimiz yoshlari manfaatlariga xizmat qilayotgan ezgu ishlarda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
🥳 Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va yoshlar kamoloti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!
🕊 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! | 1 |
| 14 | 🇺🇿 Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari edi.
👨🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg’armasi jamoasi Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizini yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaydi!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 10 018 |
| 15 | 🔔Buxgalter va moliyachilar diqqatiga: Xalqaro imtihon xarajatlari to‘liq qaytariladi!
Nufuzli xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan soha mutaxassislari imtihon xarajatlarini my.gov.uz orqali onlayn tarzda to‘liq kompensatsiya qilishlari mumkin.
❓Qaysi sertifikatlar uchun xarajatlar qoplanadi?
✍️ ACCA
✍️ ACCA_DIPIFR
✍️ CIMA
✍️ ACA
ℹ️ Eng muhim shart!
Kompensatsiya olish uchun xalqaro tizimda dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish muddati 2026-yil 1-maydan boshlangan bo‘lishi lozim. Ushbu imkoniyat 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Tizimga quyidagi hujjatlarning elektron nusxasini yuklash lozim:
⏺Xalqaro sertifikat
⏺Invoys (Hisob-faktura)
⏺To‘lov kvitansiyasi
❗️Eslatma: Agar to‘lov xorijiy valyutada amalga oshirilgan bo‘lsa, mablag‘ to‘lov o‘tkazilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha so‘mda qaytariladi.
👉 Xizmatdan foydalanish uchun:
⏺my.gov.uz portaliga kiring.
"Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish xarajatlarini qoplash" xizmatini tanlang. So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldiring va kerakli hujjatlarni yuklang.
📱 Ariza 7 ish kuni ichida muvaffaqiyatli tasdiqlangach, belgilangan mablag‘ 5 ish kuni ichida siz ko‘rsatgan bank kartasi yoki hisob raqamiga to‘liq o‘tkazib beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 7 427 |
| 16 | #Bilasizmi #Oʻzbekiston2030_strategiyasi
🇺🇿“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 12-maqsadi barcha sohalarda innovatsion faoliyatni keng joriy etishga qaratilgan
Yaqin yillarda Oʻzbekiston Global innovatsiyalar indeksida dunyoning eng ilgʻor 60 ta davlati qatoridan joy oladi, tadqiqotchilarimiz safi ikki barobarga kengayadi, ilmiy ishlanmalar esa real hayotga tatbiq etiladi. Va, albatta, tarixiy voqea – birinchi oʻzbek kosmonavtining fazoga parvozi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 10 370 |
| 17 | #Bilasizmi #Yoshlar_imkoniyat
⚡️ my.gov.uz portalidagi yoshlar hayotini yengillashtiradigan va maqsadlariga xizmat qiladigan TOP-8 ta raqamli imkoniyat:
1️⃣ Work and Travel dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratish.
2️⃣ O‘qish hamda xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha xarajatlarni qoplash.
3️⃣ Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini qoplash.
4️⃣ Oliy yoki o‘rta maxsus ta’limda o‘qish uchun Ta’lim krediti olish.
5️⃣ Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun kasbiy va oliy ta’lim to‘lov-kontrakt summasini qoplash.
6️⃣ Haydovchilik guvohnomasini olishda o‘qish xarajatlarini qoplash.
7️⃣ Yosh oilalar uchun turar joy ijarasi uchun kompensatsiya.
8️⃣ "Yoshlar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervida bepul xizmat"
👨💻 Uydan chiqmagan holda, ortiqcha qog‘ozbozliksiz ushbu imkoniyatlardan foydalaning va doimo oldinga intiling!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 17 514 |
| 18 | 💸 O‘z biznesingizni boshlamoqchisiz, ammo mablagʻ yetmayaptimi?
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolar uchun 20 mln 600 ming so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
❗️Ssuda — qaytariladigan yordam hisoblanadi. Fuqaroga naqd pul emas, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna beriladi.
📑 Asbob-uskunalar ro'yxati bilan ✈️bu yerda tanishing.
⏳ Muddati: 6 oydan 3 yilgacha.
📝 Ariza berish: online-mahalla.uz
🔍 Asbob-uskunani tanlash: smart-market.uz orqali. (Jarayon yakunlangach, tanlangan asbob-uskunalar bir necha kun ichida fuqaroga yetkazib beriladi.)
☎️Batafsil ma’lumot: (71) 238-69-00, ichki raqam: 3359
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 8 608 |
| 19 | 🇺🇿 Oʻzbekiston: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun biotexnologiya boʻyicha 2 haftalik yozgi maktab
Yozgi maktab mashgʻulotlari 2026-yil 27-iyul - 7-avgust kunlari Toshkentdagi Ilgʻor texnologiyalar markazida olib boriladi.
💬 Biologiya, farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari ariza topshirishi mumkin.
💬 Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul;
– Boshqa viloyatlardan kelganlar uchun turar-joy taʼminlanadi;
– Maxsus sertifikat;
– Bowling day.
✍️ Arizalar 2026-yil 13-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Batafsil:
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 7 976 |
| 20 | ⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi.
🟡 Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha:
▪️Huquq — 165 ball;
▪️Siyosatshunoslik — 140 ball;
▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball;
▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball;
▪️Transport xizmatlari — 104 ball;
▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball;
▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball;
▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
▪️Veterinariya — 60 ball.
🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 10 977 |
