cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Yosh fermerlar

O'zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi Web: http://yoshfermer.uz Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer Youtube: https://youtube.com/@yoshfermer5215

Больше
Рекламные посты
4 143
Подписчики
+1124 часа
+327 дней
-130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

02:04
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Qimmatbaho golubika yetishtirilmoqda" 🍓Unda Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirib kelinayotgan rezavor mevasi hamda uni yurtimiz iqlimiga moslashtirilishi haqida so‘z yuritilgan.
Показать все...
🔰PREZIDENT QARORI LOYIHASI: Ekologik ekspertiza xulosasi bo‘lmagan issiqxonalarga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Prezidentning “Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalar va sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan tutun va zaharli gazlarni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Toshkent shahri va uning atrofida joylashgan issiqxona xo‘jaliklari, sanoat korxonalarga qator talablar yuklanmoqda. Xususan, tabiiy gazdan yonilg‘i sifatida foydalanuvchi issiqxona xo‘jaliklari va sanoat korxonalarining ekologiya ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lmagan taqdirda ularga tabiiy gaz yetkazib berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanganda yoki gaz hisoblagichlardan tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga iste’molchining aybi bilan onlayn ravishda ma’lumotlar uzatilishini to‘xtatish holatlari aniqlanganda, ushbu iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi va bir yil muddatda shartnomalarni qayta tiklash taqiqlanishi belgilanmoqda. Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Toshkent, Qibray, Yuqorichirchiq va Zangiota tumanlarida 2024 yil 1 iyuldan boshlab: Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmagan issiqxona xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini moliyalashtirish va ularga kredit ajratmaslik tavsiya etiladi; Toshkent shahri va uning atrofidagi sanitariya himoya mintaqasida (rejimli ob’yektlar atrofida) qo‘shimcha issiqxona va atmosfera havosini ifloslantiruvchi korxonalar barpo qilinishi to‘xtatiladi; mulkchilik shaklidan qat’iy nazar issiqxonalarda yaroqsiz shinalar, bitum, plyonka, plyonkali-sintetik karton, rezina, jun tolasi kabi chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlanadi, deyiladi xabarda.
Показать все...
❗️Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-74-son, 07.05.2024 y.) qabul qilindi. 🔰Farmonga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi. 🏢Quyidagilar Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi: 🔹yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish; 🔹transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy ko‘llar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali mamlakat suv xavfsizligini ta’minlash; 🔹raqamli texnologiyalarni keng qo‘llagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yo‘lga qo‘yish; 🔹sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etish; 🔹suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Показать все...
01:51
Видео недоступноПоказать в Telegram
Yerga mehr bersang, yer senga mehr beradi ⚡️ Ushbu videodagi qahramonimiz Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Umar" mahallasida istiqomat qiladi. Ashirov Sherbek jami 1 gektar yerga o'ttiz yil davomida dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun ega bo'ldi.
Показать все...
01:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
👩‍🌾Dehqonchilik insondan sabr-toqat talab qiladi, chunki dehqonchilik har yili bir xil bo‘laveradigan kasb emas. Shuning uchun viloyatimizning barcha hududlarida yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlarini ajratish bilan bir qatorda yerdan to’g’ri foydalanish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalar ham berib borilmoqda. 🟢Shuningdek, Koson tumani, “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi yosh Madaminbek Xushvaqtov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 153-sonli qaroriga asosan eksportbop mahsulotlarni yetishtirish maqsadida 1 gektar yer maydoniga “mosh” dukkakli ekin mahsulotlarini ekib yetishtirmoqda.
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Farg'onada yetishtirilgan giloslar Janubiy Koreyaga eksport qilinmoqda 🍒 Fargʻona viloyati Toshloq tumani Qumariq saxovati hududida "Toshloq AIS fruit" servis fermer xoʻjaligi intensiv plantatsiyada gilosning "Ziraat", "Early Burlat", "Straks Gold", "Sweatheart" navlari pishib yetildi. 🇰🇷Bugungi kunda 31.5 gektar yerdan giloslar terilib, Janubiy Koreya davlatiga eksport qilish uchun yuborilmoqda.
Показать все...
1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Gulchilik faoliyati uchun 1 gektargacha yer beriladi.
Показать все...
Surxondaryoda qovun pishdi 🔰Surxondaryo viloytining Angor tumanidagi "Qodir shahb" MCHJ mirishkorlari Yuqori Tallimaron mahallasi hududidagi 9 gektar maydonga aprel oyining boshlarida “Dakara” navli qovun ekgan edi. Ayni kunlarda ilk hosillari pishib yetildi. Tez kunlarda qovun eksporti boshlanishi rejalashtirilgan. 🌻 MCHJning umumiy maydoni 41 gektarni bo‘lib, 20 gektarida bog‘ tashkil etilgan. Shuningdek, qovun, tarvuz, pomidor, kungaboqar va oshqovoq kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladi. 🍉 Investorlarning aytishicha, "Dolbi" navli tarvuzlar ham yaqin kunlarda pishib, bozor rastalaridan o‘rin oladi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Millat qahramonlari xotirasi qalblarimizda barhayot! 🔰Yosh fermerlar kengashi jamoasi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi! ♻️Yurt tinchligi, xalq farovonligi va ozodligi uchun kurashgan ajdodlarni xotirlash, nuroniylarni e'zozlash va ularga munosib avlod bo'lish har birimizning oliy burchimiz hisoblanadi. Tinch va totuvligimiz bardavom bo'lsin!
Показать все...