“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
تُعد قناة “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (@ykfoundation) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 30 814 مشتركاً، محتلاً المرتبة 6 184 في فئة التعليم والمرتبة 2 591 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 30 814 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 02 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -53، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -60، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 37.53%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 31.63% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 11 578 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 756 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 1.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
““Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 03 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.
جاري تحميل البيانات...
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 03 سبتمبر | +1 | |||
| 02 سبتمبر | 0 | |||
| 01 سبتمبر | +1 |
| 2 | 🎓 Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?
O‘zbekistonda 14 ta bank ta’lim kreditlarini ajratmoqda. Ularning aksariyati kreditlarni davlat dasturi doirasida, yillik 14 foiz stavkada taqdim etadi. Faqat 5 ta bank bunday kreditlarni o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi.
Batafsil:
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 519 |
| 3 | 💻 Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.
💻 Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.
💻 Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi. Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 239 |
| 4 | 💳 Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
💳 Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
💳 Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
💳 Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
💳 Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 815 |
| 5 | 💬Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
💬Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
💬Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
💬Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
💬Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 783 |
| 6 | 💬Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
💬Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
💬Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
💬Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
💬Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 1 |
| 7 | 🗒 Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
🗒 Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
🗒 Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 464 |
| 8 | 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
💬 Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
💬 Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
💬 Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
💬 Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 182 |
| 9 | 🇺🇿Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 627 |
| 10 | 🗂 YTT, MChJ yoki o‘z-o‘zini band qilish? Farqlar, afzalliklar va kamchiliklar haqida
O‘zbekistonda biznes yuritish uchun bir nechta tashkiliy-huquqiy shakllar mavjud. Ular orasida eng keng tarqalganlari — o‘zini o‘zi band qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlik (YTT) va mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) hisoblanadi.
🙋 O‘zini o‘zi band qilish biznes faoliyatini qonuniy boshlashning eng sodda shakllaridan biri bo‘lib, ayniqsa yangi g‘oyani sinab ko‘rish yoki kichik hajmdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
🏬 Yakka tartibdagi tadbirkorlik esa biznesni tez va nisbatan sodda tartibda boshlash imkonini beradi. MChJ esa tadbirkorlikning eng ommaviy shakllaridan biri bo‘lib, kichik savdo faoliyatidan tortib ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki IT sohasidagi loyihalargacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlar uchun mos keladi.
Batafsil o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 183 |
| 11 | 🇺🇿UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!
United World Colleges — dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir. Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.
💬 UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.
💬 Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.
💬 Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 385 |
| 12 | ⚡️Mahalliy hokimliklar tomonidan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti to‘lab beriladi.
🔰Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.
✔️ Ushbu imtiyozdan quyidagi toifadagi xotin-qizlar foydalanishi mumkin:
– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);
– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar
– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.
❗️Eslatma: ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 230 |
| 13 | 📚Yangi o‘quv yili muborak!
👨🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi jamoasi barcha o‘quvchi va talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etadi!
🤝 Yangi o‘quv yili barchangizga yangi bilimlar, katta maqsadlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Ilm olish va izlanish yo‘lidagi har bir qadamingiz yorqin kelajak sari xizmat qilsin!
🥳 Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 331 |
| 14 | #Mustaqillik35 #YangiOʻzbekiston
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 378 |
| 15 | 🇺🇿 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!
🎉 Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🥳 Bayram muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 932 |
| 16 | 🇺🇿 O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 533 |
| 17 | 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
Youtube
Facebook
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 863 |
| 18 | 🇺🇿⚡️O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida oʻtkazilayotgan musobaqada yengil vaznli sportchilar oʻrtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibiga aylandi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 196 |
| 19 | 🚀 VERICASE Xalqaro Biznes Keyslar Musobaqasi | Barcha hududlar uchun arizalar ochiq!
O‘zbekiston va Tojikistondagi #1 premier Case Competition musobaqasiga hoziroq ariza topshiring! 🇺🇿 🇹🇯
📌 SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?
📚 “FeedUp”, “CTR Chicken”, “Giotto”, “Mega House” va “Pokiza” kompaniyalarining real biznes keyslar va ekspert hakamlar
🍕 Mazali pizza, sendvichlar, ichimliklar, desertlar
📄 Barcha ishtirokchilar uchun Mirobod Xokimligi / Buxoro Xokimligi / Feed Up / MacCoffee / Giotto tomonidan sertifikatlar
👥 Mehmon spikerlar: Feed Up asoschisi Umid Ergashev / IELTS, SAT yuqori natija sohiblari
📌 SOVG‘ALAR:
🏆 Toshkent: 3.400.000 UZS
🏆 Buxoro: 1.000.000 UZS
🏆 Samarqand: 1.000.000 UZS
🎖 Barcha Hamkor Kompaniyalardan stajirovka takliflari va Recommendation Letterlar
🎖 Rice University va CityUHK talabalari tomonidan 100% grant asosida 1-to-1 Admissions Consultation
Tez kunda:
📆 29-avgust — Toshkent (75.000 so‘m)
📆 30-avgust — Buxoro (Bepul)
📆 5-sentabr — Samarqand (Bepul)
📆 5-sentabr — Dushanbe (Bepul)
⚠️ Har bir hudud uchun joylar soni cheklangan, shoshiling!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: LINK
🎯 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 28-avgust
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 558 |
| 20 | 🌐 Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi
2026-yil 21–22-oktabr kunlari Butunjahon sammiti “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo’l” bo‘lib o‘tadi.
💬 Sammit 100 dan ortiq mamlakat vakillarini — siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati, akademik doira hamda bolalar va o‘smirlarni bir maydonga jamlaydi.
Bugungi kunda bolalar global chaqiriqlar — mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va ortib borayotgan tengsizlikning eng og‘ir oqibatlarini his qilayotgan guruhlar qatorida turibdi.
Muhokamalar markazida kelajak avlod taqdirini belgilovchi yo‘nalishlar bo‘ladi:
• bolalar manfaatiga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya;
• bolalarni himoya qilish va integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish;
• qulay va barqaror sog‘liqni saqlash tizimi;
• bolalar saratoniga qarshi kurash;
• erta bolalik rivoji va inklyuziv ta’limda hamkorlikdagi yechimlar.
Sammit doirasida shuningdek II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.
Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida Samarqand bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha deklaratsiya qabul qilinadi — bu aniq harakatlar va xalqaro hamkorlikka chaqiriq bo‘ladi.
Bolalarga investitsiya qilish — barqaror, adolatli va tinch kelajakka investitsiya qilish demakdir.
📌2026-yil 21–22-oktabr
Samarqand shahri, O’zbekiston
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 274 |
