“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
کانال “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (@ykfoundation) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 30 231 مشترک است و جایگاه 6 294 را در دسته آموزش و رتبه 2 632 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 30 231 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 29 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 2 250 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -182 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 62.05% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 59.96% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 18 757 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 18 126 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 1 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
““Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 30 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 29 سپتامبر | 0 | |||
| 28 سپتامبر | 0 | |||
| 27 سپتامبر | 0 | |||
| 26 سپتامبر | 0 | |||
| 25 سپتامبر | 0 | |||
| 24 سپتامبر | 0 | |||
| 23 سپتامبر | +1 | |||
| 22 سپتامبر | 0 | |||
| 21 سپتامبر | 0 | |||
| 20 سپتامبر | 0 | |||
| 19 سپتامبر | 0 | |||
| 18 سپتامبر | 0 | |||
| 17 سپتامبر | 0 | |||
| 16 سپتامبر | 0 | |||
| 15 سپتامبر | +1 982 | |||
| 14 سپتامبر | 0 | |||
| 13 سپتامبر | 0 | |||
| 12 سپتامبر | 0 | |||
| 11 سپتامبر | 0 | |||
| 10 سپتامبر | 0 | |||
| 09 سپتامبر | +985 | |||
| 08 سپتامبر | +8 | |||
| 07 سپتامبر | 0 | |||
| 06 سپتامبر | 0 | |||
| 05 سپتامبر | +3 | |||
| 04 سپتامبر | +1 | |||
| 03 سپتامبر | +1 | |||
| 02 سپتامبر | 0 | |||
| 01 سپتامبر | +1 |
| 2 | “Eng katta orzuim ushaldi” — qoraqalpog‘istonlik parashaxmatchi Prezident bilan uchrashdi
Parashaxmat olimpiadasi bronza medali sovrindori Selbi Kakishova Yurtboshimiz bilan uchrashuvda hayajonini yashira olmadi.
“Bugun eng katta orzuim — Sizni ko‘rish nasib etdi. Men Sizning qoraqalpog‘istonlik qizingiz, farzandingizman”, — dedi u.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 142 |
| 3 | “Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga va’da beraman” — Javohir Sindarov
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 914 |
| 4 | “Shaxmat O‘zbekistonga qaytib keldi” — Rustam Qosimjonov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida jahon chempioni Rustam Qosimjonov Samarqandda o‘tgan Olimpiadani tarixiy voqea deb atadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 304 |
| 5 | Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi, mahorati va jasorati uchun bir guruh shaxmatchilar, ularning ustozlari va soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzolangan edi. Uchrashuvda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Bu mukofotlar faqat bugungi g‘alabangizning e’tirofi emas, balki oldingizda turgan yanada baland marralarga bildirilgan katta ishonch ramzi bo‘lsin,
– dedi davlatimiz rahbari.
Mamlakatimiz yetakchisi sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylari hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
– Ilohim, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin! Doimo sog‘-omon bo‘linglar, aziz farzandlarim!
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 161 |
| 6 | “Biznikidaqa shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q” — Nodirbek Abdusattorov
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 185 |
| 7 | “Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb juda havas qilardim”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqdi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 844 |
| 8 | Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.
Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi.
Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi.
– Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning o‘zida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu tariqa g‘olib va sovrindorlarning mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 905 |
| 9 | Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 358 |
| 10 | “Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak!” — Prezidentimizdan samimiy hazil
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari — terma jamoamiz a’zolariga uy-joy, zamonaviy avtomobil va pul mukofotlari topshirildi.
Taqdirlash marosimida davlatimiz rahbari yosh chempionlarimizni qutlab, ularga berilayotgan ushbu sovg‘alar va ularning kelgusi oilaviy farovonligi haqida samimiy hamda iliq fikrlarni bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 173 |
| 11 | Prezidentimiz keyingi maqsadni shunday belgiladi:
“Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantiramiz”.
Davlatimiz rahbari buning uchun mamlakatimizda natija, tajriba va yoshlarga namuna bo‘ladigan chempionlar borligini ta’kidladi.
Shaxmatchilarimizning Olimpiadadagi har bir g‘alabasi va yurishini yurtimizda millionlab bolalar kuzatdi. Prezidentimiz ulardan ilhomlangan yana minglab yoshlar shaxmat taxtasi oldiga o‘tirganiga ishonch bildirdi.
– Sizlar endi faqat sportchi emassizlar. Sizlar Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun aql, bilim, sabr, intizom va g‘alabaga ishonch timsolisizlar,
– dedi davlatimiz rahbari chempionlarga murojaat qilib.
Shu bois, har bir viloyat, tuman va mahallada iqtidorli bolalarni erta aniqlash, ularni kuchli ustozlarga biriktirish va xalqaro turnirlarda muntazam qatnashishiga sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi. Qizlar shaxmati va parashaxmatni rivojlantirish bo‘yicha alohida tizim tashkil etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 139 |
| 12 | To‘rt yil avval Hindistonning Chennay shahrida terma jamoamiz ilk bor shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi. 2024-yil Budapeshtda uchinchi o‘rinni egalladi, bugun esa Samarqandda yana oltin medalga erishdi.
– Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – o‘zbek shaxmatining yangi darajasi,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari avval ham yurtimizda iste’dodli shaxmatchilar ko‘p bo‘lganini, biroq ularni qo‘llab-quvvatlaydigan va birlashtiradigan tizim yetishmaganini qayd etdi. 2018-yilda qabul qilingan qarordan so‘ng maktablarda shaxmat o‘qitish, murabbiylar tayyorlash va klublarni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi.
Besh yil avval FIDE reytingidagi eng kuchli o‘n mamlakat qatoriga kirish maqsad qilingan edi.
“Bizning ezgu maqsadimiz ortig‘i bilan reallikka aylanib ulgurdi”,
– dedi davlatimiz rahbari hamda ushbu natijaning asosida uzoq muddatli strategiya va izchil mehnat turganini ta’kidladi.
So‘nggi o‘n yilda 17 nafar shaxmatchimiz xalqaro grossmeyster unvonini oldi, ularning besh nafari ayollardir. Prezidentimiz chempionlar hali juda yosh ekani, ularning ortidan esa yuzlab va minglab iste’dodli bolalar yetishib kelayotganini qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 405 |
| 13 | Prezidentimiz har bir chempion ortida uning ota-onasi, birinchi ustozi, murabbiylari va qo‘llab-quvvatlagan butun bir jamoa turishini ta’kidladi. Shu bois, mazkur g‘alaba ularning ham mehnati samarasidir.
Davlatimiz rahbari Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi. Uning jahon chempionligi o‘zbek shaxmatida yangi davrni boshlab bergani, bugun esa orttirgan tajribasi yangi avlodga o‘tayotgani qayd etildi.
– Ustozning eng katta g‘alabasi – shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir!
– dedi Prezidentimiz hamda bugun o‘zbek shaxmatida ana shunday avlodlar davomiyligi yaqqol ko‘rinayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan "Eng yaxshi federatsiya" deb e’tirof etildi. Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi.
Davlatimiz rahbari bu e’tiroflarni O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatida jahondagi nufuzi yuksalayotganining yana bir dalili sifatida baholadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 549 |
| 14 | Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
“Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.
Davlatimiz rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvga alohida to‘xtaldi. Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Saringa qarshi partiyasida vaziyat bir payt juda og‘irlashganini esladi.
– Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi,
– dedi Prezidentimiz.
Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyin shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, jahon reytingi yetakchisi va olti karra Olimpiada chempioni bo‘lgan AQSh terma jamoasidan ham ustun keldi.
Prezidentimiz Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritganini e’tirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi g‘alabasi ham alohida esga olindi:
“Buning o‘zi alohida katta natija!”.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 561 |
| 15 | Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.
– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin!
– dedi Prezidentimiz.
Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi bo‘lmagani ta’kidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar va amaldagi chempionlar jam bo‘ldi.
– Shunday ulkan raqobat ichida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,
– dedi davlatimiz rahbari.
G‘alabaga o‘z yurtimizda, xalqimiz ko‘z o‘ngida erishilgani unga alohida ma’no bag‘ishladi. Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleekran va internet orqali esa millionlab vatandoshlarimiz o‘yinlarni kuzatdi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 936 |
| 16 | ⚡️ Har doim hayajonli, har doim mas’uliyatli. Prezidentimiz bilan navbatdagi uchrashuv yaqin...
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 189 |
| 17 | 🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashadi hamda ularga davlat mukofotlarini topshiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 275 |
| 18 | 🇺🇿🌺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 302 |
| 19 | 🇺🇿⚡️Akbar Jo‘rayev — Osiyo o‘yinlari chempioni!
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🟡 Sportchimiz dast ko‘tarishda 197 kg, siltab ko‘tarishda 226 kg natija qayd etib, ikki mashq yakuniga ko‘ra 423 kg bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🟡 Shuningdek, Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida Jahon rekordini, dast va siltab ko‘tarish mashqlarida esa Osiyo rekordlarini yangiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 21 046 |
| 20 | 🏆Ikki karra Olimpiada chempionlari tantanali kutib olindi!
Kecha Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolarini poytaxtimizdagi "Shimoliy" vokzalda katta tantana bilan kutib olindi!
🥳 Tungi vaqt bo'lishiga qaramay, qahramonlarimizni qutlash uchun yuzlab yoshlar, shaxmat muxlislari, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik jam bo'ldi.
✨ Yigitlarimiz qo‘lidagi chempionlik kubogi hamda baland hilpirayotgan bayrog‘imiz barchaga o'zgacha bayramona kayfiyat va cheksiz g'urur bag'ishladi!
🇺🇿⚡️Tarixiy g'alaba yana bir bor muborak bo'lsin!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt | 22 219 |
