fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 53 369 مشترک است و جایگاه 2 480 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 370 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 53 369 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 955 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -312 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.94% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.01% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 372 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 654 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 132 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

53 369
مشترکین
-31224 ساعت
+2 0507 روز
+95530 روز
آرشیو پست ها
🛵 Yamaha xavfsizlik yostiqchasiga ega dunyodagi ilk seriyali skuterni chiqaradi. Tricity 300 2026 to‘qnashuvni aniqlash tizi
🛵 Yamaha xavfsizlik yostiqchasiga ega dunyodagi ilk seriyali skuterni chiqaradi. Tricity 300 2026 to‘qnashuvni aniqlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u avariya sodir bo‘lganda xavfsizlik yostiqchasini rul ostidan chiqaradi. Sinovlar yostiqchalardan foydalanish hayot uchun xavfni 30 baravargacha kamaytirishini ko‘rsatdi. Sotuvlar kelasi chorakda boshlanishi rejalashtirilgan, narxi hozircha noma’lum, ammo Tricity 300'ning joriy modeli taxminan 10 000 dollar turadi. 📟 DigiTech

⚡️BYD 12 daqiqada deyarli to’liq quvvatlanadigan elektromobilni namoyish etdi. Xitoyning BYD avtokonserni o‘tgan yili Teslada
+2
⚡️BYD 12 daqiqada deyarli to’liq quvvatlanadigan elektromobilni namoyish etdi.
Xitoyning BYD avtokonserni o‘tgan yili Tesladan o‘zib ketib, dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisiga aylangan edi. Endi esa Yevropaning lyuks avtomobillar bozorida Porsche va BMW bilan raqobatlashmoqchi. Kompaniya Denza brendi ostida Z9GT premium elektromobilini namoyish etdi. U atigi besh daqiqada 70 foizgacha, 12 daqiqada esa deyarli to‘liq quvvatlanishi mumkin, hatto -30 °C gacha bo‘lgan sovuqda ham.
Model bir to’liq zaryadda 800 km masofani bosib o’tadi, BYD ushbu avtomobil sotuvini yaqin orada Yevropada boshlashni rejalashtirmoqda, biroq uning aniq narxi hozircha ma’lum qilinmadi. Agar bu texnologiya amalda o‘zini oqlasa, elektromobilni quvvatlantirish deyarli oddiy avtomobilga yonilg‘i quyish kabi tez va qulay bo‘lishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Dasturchi ChatGPT yordamida o‘z itini saratondan qutqarib qoldi: chat-bot eng samarali davolash rejasini tuzishga ko‘maklas
⚡️Dasturchi ChatGPT yordamida o‘z itini saratondan qutqarib qoldi: chat-bot eng samarali davolash rejasini tuzishga ko‘maklashdi. Yigit o‘zining Rouzi laqabli itini davolashga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng botga murojaat qildi. Bot esa mRNK-vaksinalarini tavsiya qilib, kerakli jihozlarga ega laboratoriyalarni topib berdi. So‘ngra ChatGPT Google AlphaFold xizmati bilan birgalikda itning DNKsini o‘rganish, muammoli oqsillarni aniqlash va samarali dori-darmonlarni tanlashga yordam berdi. Yigit barcha ma’lumotlarni shifokorlarga topshirdi va ular Rouzi uchun maxsus vaksina yaratishdi. Bir necha haftalik davolash kursidan so‘ng uning o‘simtalari 50 foizga kichraydi. 📟 DigiTech

🎥 2025-yilda eng ko’p haq olgan aktyor 59 yoshli Adam Sendler bo‘ldi. U mashhur komediya «Baxtli Gilmor»ning davomi hamda «Jey Kelli» filmi (ikkalasi ham Netflix'niki) uchun bir yil ichida 48 mln dollar ishlab topdi. Top-5 ga esa quyidagilar kirdi: - Tom Kruz: 46 mln dollar - Mark Uolberg: 44 mln dollar - Skarlett Yoxansson: 43 mln dollar - Bred Pitt: 41 mln dollar Sendler 2023-yilda ham ro‘yxatda yetakchilik qilgan edi, biroq 2024-yilda uncha muvaffaqiyatli bo‘lmagan premyeralar sababli birinchilikni Dueyn Jonsonga boy berib, endi esa yana o‘z o‘rnini qaytarib oldi. 📟 DigiTech

⚡️Samsung Galaxy S26 smartfoni 40 GB dan ortiq xotirani egallaydigan oldindan o‘rnatilgan dasturlar uchun tanqid qilinmoqda.
⚡️Samsung Galaxy S26 smartfoni 40 GB dan ortiq xotirani egallaydigan oldindan o‘rnatilgan dasturlar uchun tanqid qilinmoqda. Android Authority nashri jurnalistlari Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonini sinovdan o‘tkazib, unda ko‘plab begona ilovalar borligiga e’tibor qaratishdi. Qurilmaning premium maqomiga qaramay, ishlab chiqaruvchi dastlabki sozlash bosqichida voz kechib bo‘lmaydigan dasturlarni oldindan o‘rnatib qo‘ygan. Smartfonda zavoddan o‘rnatilgan Facebook va Instagram, Microsoft ilovalar to‘plami (M365 Copilot, OneDrive, LinkedIn, Outlook) hamda Spotify mavjud. Tizim fayllari va majburiy Google servislari bilan birga bu kontent 512 GB xotiraga ega versiyada, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yuklanmasidanoq 40 GB dan ortiq joyni egallaydi. 1300 dollarga flagman sotib olasiz, ichi bo‘lsa 40 GB keraksiz narsaga to‘la bo‘ladi) 📟 DigiTech

🧠 Olimlar miyani hech qanday asoratlarsiz muzlatishni o‘rganishdi: ular sichqonlar gippokampini eritib, uning faoliyatini ti
🧠 Olimlar miyani hech qanday asoratlarsiz muzlatishni o‘rganishdi: ular sichqonlar gippokampini eritib, uning faoliyatini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqotchilar to‘qimalarni -130°C dan ham past haroratgacha sovutdilar, natijada hujayralardagi suv bir zumda shishasimon holatga o‘tdi. Bu tirik hujayralarni yemiradi­gan muz kristallarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. Muzdan eritilgach, to‘qimalardagi barcha faollik tiklandi: sichqonlarning neyronlari deyarli odatdagidek ishladi. 📟 DigiTech

📱Xitoyning Dreame kompaniyasi yangi Vertu'ga aylanishga qaror qildi va oltin hamda qimmatbaho metallar bilan bezatilgan hash
+4
📱Xitoyning Dreame kompaniyasi yangi Vertu'ga aylanishga qaror qildi va oltin hamda qimmatbaho metallar bilan bezatilgan hashamatli smartfonlarni namoyish etdi. Tayyor modelni (aytgancha, bular qayta ishlangan ZTE smartfonlaridir) sotib olish ham, maxsus modelga buyurtma berish ham mumkin — taxminan bir oyda tayyorlab berishadi, narxlar esa 70 000 yuandan (10 000 dollar) boshlanadi. Hozircha bunday hashamatli smartfonlar faqat Xitoy bozoriga mo‘ljallangan. Boshqa mamlakatlar uchun esa oddiyroq modellar chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️Endi Photoshop’dagi rasmlarni 360 darajaga aylantirish mumkin — ilovaning beta-versiyasiga «Rotate Object» funksiyasi qo‘shildi. U juda oson ishlaydi: 2D rasmni yuklaysiz, Rotate Object tugmasini bosasiz va uni 3D fazoda aylantirasiz. Qo’shimchasiga obyektga tushayotgan yorug’likni va fonni yaxshilash uchun «Harmonize» funksiyasidan foydalanish mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 MacBook Neo Apple’ning ta’mirlash uchun eng qulay noutbuki bo‘lib chiqdi. Uni bir juft otvyortka yordamida 6 daqiqada q
👨‍💻 MacBook Neo Apple’ning ta’mirlash uchun eng qulay noutbuki bo‘lib chiqdi. Uni bir juft otvyortka yordamida 6 daqiqada qismlarga ajratib tashlash mumkin. Ko‘pincha yelim ishlatiladigan boshqa MacBook'lardan farqli o‘laroq, Neo'ning barcha qismlari faqat boltlar bilan mahkamlangan. AQSh'da Neo'ni talabalik dasturi bo’yicha 100 dollar arzonroqqa, 499 dollarga olish mumkin. 📟 DigiTech

🛰️ NASA Mars yuzasining fotosuratlari bilan bo‘lishdi. Ular «Mars Reconnaissance Orbiter» orbital apparati tomonidan olingan
+3
🛰️ NASA Mars yuzasining fotosuratlari bilan bo‘lishdi. Ular «Mars Reconnaissance Orbiter» orbital apparati tomonidan olingan. Ushbu sun’iy yo‘ldosh sayyora sirtini 20 yildan buyon suratga olib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u qadimiy daryolar, ko‘llar va muzliklar izlarini aniqlashga yordam berdi. 📟 DigiTech

⚡️Intel «dunyodagi eng tezkor o‘yin protsessorlari» bo‘lgan yangi Core Ultra 7 270K Plus va 250K Plus protsessorlarini namoyi
+3
⚡️Intel «dunyodagi eng tezkor o‘yin protsessorlari» bo‘lgan yangi Core Ultra 7 270K Plus va 250K Plus protsessorlarini namoyish etdi. Flagman Core Ultra 7 270K Plus protsessori 5,5 GGs gacha chastotaga ega 24 ta yadro bilan jihozlangan. Sinov natijalariga ko‘ra, ushbu protsessor i9-14900K, Ultra 9 285K va AMD’ning Ryzen 7 9700X modellaridan o‘zib ketgan. Narxi — $300. Sal arzonroq Core Ultra 5 250K Plus esa 5,3 GGs gacha chastotali 18 ta yadroga ega. U sintetik sinovlarda o‘ziga o‘xshash AMD Ryzen 9600X'dan bir necha baravar kuchliroq. Uning narxi $200. Ular 26-martdan boshlab sotuvga chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️Amazon serverlari «vaybkoder»lar sababli doimiy ravishda ishdan chiqmoqda. Kompaniya o‘z muhandislariga qattiq tanbeh berdi
⚡️Amazon serverlari «vaybkoder»lar sababli doimiy ravishda ishdan chiqmoqda. Kompaniya o‘z muhandislariga qattiq tanbeh berdi. So‘nggi oylarda Amazonda to‘rtta jiddiy hodisa yuz berdi. Bularning sabablari qatorida neyrotarmoqlardan foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Hatto bir holatda, ularning o‘z agenti Kiro kichik bir xatolikni tuzatish uchun virtual muhitni ishdan chiqargan. Endi barcha dasturchilarga generatsiya qilingan kodni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va uni yuklashdan oldin katta mutaxassislar (seniorlar) bilan tekshirish tavsiya etilmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻 Huawei «MacBook Neo qotili» — MateBook Neo'ni tayyorlamoqda. Insayderlar xabar berishicha, kompaniya Apple'ning yangi h
+1
👨‍💻 Huawei «MacBook Neo qotili» — MateBook Neo'ni tayyorlamoqda. Insayderlar xabar berishicha, kompaniya Apple'ning yangi hamyonbop noutbukiga raqobatchi bo‘ladigan yangi qurilma ustida ishlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 24 GB tezkor xotira va 1 TB umumiy xotira hamda maxsus chip bilan jihozlanadi, shuningdek, noutbuk faqat ikki xil rangda chiqariladi. 📟 DigiTech

⚽️ Braziliyada futbol o‘yinida maydondan chetlatishlar soni bo‘yicha 1954-yilgi mahalliy rekord yangilandi. “Kruzeyro” va “Atletiko Mineyro” uchrashuvining so‘nggi daqiqalari shu qadar keskin tus oldiki, natijada futbolchilar, murabbiylar va yaqin atrofda bo‘lgan barchaning ommaviy mushtlashuviga aylanib ketdi — hakam esa 23 ta qizil kartochka ko‘rsatdi. Qizig‘i shundaki, jahon rekordi ham Janubiy Amerikada qayd etilgan: 2011-yili Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam barcha futbolchilarni va zaxiradagilarning bir qismini maydondan chetlatib, jami 36 ta kartochka ko‘rsatgan. 📟 DigiTech

🧠 EON Systems kompaniyasi muhandislari pashsha miyasining raqamli nusxasini yaratib, uni barcha neyronlari bilan birga virtual bulutga yuklashdi. Endi pashsha simulyatsiyada «yashamoqda»: uning raqamli miyasi virtual signallarni haqiqiydek qabul qilib, go‘yoki organizm hali ham tirikdek virtual tanani boshqarmoqda. Keyingi bosqichda tadqiqotchilar murakkabroq asab tizimlarini — avval sichqonlarnikini, kelajakda esa inson miyasini ham raqamlashtirishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Insayder buklanadigan iPhone Ultra renderlarini ko’rsatdi. Bular hozircha bo‘lajak smartfonning eng batafsil tasvirlaridir.
+2
⚡️Insayder buklanadigan iPhone Ultra renderlarini ko’rsatdi. Bular hozircha bo‘lajak smartfonning eng batafsil tasvirlaridir. Avvalgi sizib chiqqan ma’lumotlardan: qurilmani yoyilgan holatdagi diagonali 7,76 dyuymni tashkil etadi, Touch ID qaytishi mumkin, narxi esa 2400 dollardan boshlanishi kutilmoqda. Rasmiy taqdimot shu kuzda bo’ladi. 📟 DigiTech

Changan avtomobillari bilan yaqindan tanishishni istaysizmi? Sizni rasmiy dilerlik markazlarimizda mutlaqo bepul test-drayvga taklif etamiz. Hammasi juda oddiy: Dilerlik markaziga kelasiz → test-drayvdan o‘tasiz → kompaniya esa har bir ishtirokchi nomidan xayriya ishlariga mablag‘ yo‘naltiradi. Siz shunchaki avtomobil bilan tanishasiz, biz esa birgalikda xayrli ishni amalga oshiramiz va ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlaymiz! 💚 Sizning yo‘lingiz ezgulikdan boshlanadi! 📲 Barcha tafsilotlarni hoziroq bilib oling: +998 (77)-208-88-55 🌐 changan.uz Reklama

🍫 Olimlar ta’mi haqiqiy shokoladdan farq qilmaydigan — hech qanday aralashma va qo‘shimchalarsiz sun’iy shokolad yetishtiris
🍫 Olimlar ta’mi haqiqiy shokoladdan farq qilmaydigan — hech qanday aralashma va qo‘shimchalarsiz sun’iy shokolad yetishtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Belgiyaning «Puratos» oziq-ovqat giganti «California Cultured» startapi bilan hamkorlikda azaliy muammoni hal qilishga qaror qildi: «Godiva» kabi haqiqiy shokolad qimmat turadi, arzon muqobillarini esa ta'mi yaxshi emas. Olimlar eng yuqori ta’m va xushbo‘y xususiyatlarga ega bo‘lgan sara kakao o‘simliklarini tanlab olib, ularning hujayralarini ozuqa muhiti mavjud maxsus idishlarga joylashtirdilar. Natijada tayyor shokolad olinadi.
Shunday shokolad ishlab chiqaruvchi zavod 2026-yil oxirigacha ishga tushishi kerak — hozirda loyiha mualliflari barcha zarur ruxsatnomalarni olib, zavodni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Agar bu g‘oya o‘zini oqlasa, haqiqiy ta’mli shokoladni hamyonbop narxda olish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

+1
☄️ Xonangizga meteorit kelib tushishi ehtimoli juda kam, lekin hech qachon nolga teng emas. Aynan shunday voqea kecha oqshom Germaniyaning Koblens shahrida yuz berdi: samoviy jismning bo‘laklari bir uyning tomiga qulab, uni futbol to‘pidek teshib o‘tdi va to‘g‘ri yotoqxonaga kelib tushdi. Yaxshiyamki, o‘sha paytda xonada hech kim bo‘lmagan. 📟 DigiTech

🕹️ Ispaniyalik yigit o‘zining DJI Romo qurilmasiga geympad ulashga urinib, tasodifan butun dunyo bo‘ylab 7000 ta robot-chang
🕹️ Ispaniyalik yigit o‘zining DJI Romo qurilmasiga geympad ulashga urinib, tasodifan butun dunyo bo‘ylab 7000 ta robot-changyutgichlarni buzib kirdi. Bu jarayonda jiddiy zaiflikni aniqlagan Semmi Azdufal butun bir robotlar tarmog‘ini masofadan turib boshqarish, shuningdek, ularning kameralari va mikrofonlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ishqiboz bu haqda zudlik bilan DJI kompaniyasiga xabar berdi. Kompaniya allaqachon xatoni tuzatgan va endi yigitni 30 000 dollar mukofot bilan taqdirlaydi. 📟 DigiTech