AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 369 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 480,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 370 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 369 名订阅者。
根据 25 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 955,过去 24 小时变化为 -312,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.01% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 9 654 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 132。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 26 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 369
订阅者
-31224 小时
+2 0507 天
+95530 天
帖子存档
53 326
🛵 Yamaha xavfsizlik yostiqchasiga ega dunyodagi ilk seriyali skuterni chiqaradi.
Tricity 300 2026 to‘qnashuvni aniqlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u avariya sodir bo‘lganda xavfsizlik yostiqchasini rul ostidan chiqaradi. Sinovlar yostiqchalardan foydalanish hayot uchun xavfni 30 baravargacha kamaytirishini ko‘rsatdi.
Sotuvlar kelasi chorakda boshlanishi rejalashtirilgan, narxi hozircha noma’lum, ammo Tricity 300'ning joriy modeli taxminan 10 000 dollar turadi.
📟 DigiTech
53 326
+2
⚡️BYD 12 daqiqada deyarli to’liq quvvatlanadigan elektromobilni namoyish etdi.
Xitoyning BYD avtokonserni o‘tgan yili Tesladan o‘zib ketib, dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisiga aylangan edi. Endi esa Yevropaning lyuks avtomobillar bozorida Porsche va BMW bilan raqobatlashmoqchi. Kompaniya Denza brendi ostida Z9GT premium elektromobilini namoyish etdi. U atigi besh daqiqada 70 foizgacha, 12 daqiqada esa deyarli to‘liq quvvatlanishi mumkin, hatto -30 °C gacha bo‘lgan sovuqda ham.Model bir to’liq zaryadda 800 km masofani bosib o’tadi, BYD ushbu avtomobil sotuvini yaqin orada Yevropada boshlashni rejalashtirmoqda, biroq uning aniq narxi hozircha ma’lum qilinmadi. Agar bu texnologiya amalda o‘zini oqlasa, elektromobilni quvvatlantirish deyarli oddiy avtomobilga yonilg‘i quyish kabi tez va qulay bo‘lishi mumkin. 📟 DigiTech
53 326
⚡️Dasturchi ChatGPT yordamida o‘z itini saratondan qutqarib qoldi: chat-bot eng samarali davolash rejasini tuzishga ko‘maklashdi.
Yigit o‘zining Rouzi laqabli itini davolashga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng botga murojaat qildi. Bot esa mRNK-vaksinalarini tavsiya qilib, kerakli jihozlarga ega laboratoriyalarni topib berdi.
So‘ngra ChatGPT Google AlphaFold xizmati bilan birgalikda itning DNKsini o‘rganish, muammoli oqsillarni aniqlash va samarali dori-darmonlarni tanlashga yordam berdi.
Yigit barcha ma’lumotlarni shifokorlarga topshirdi va ular Rouzi uchun maxsus vaksina yaratishdi. Bir necha haftalik davolash kursidan so‘ng uning o‘simtalari 50 foizga kichraydi.
📟 DigiTech
53 326
🎥 2025-yilda eng ko’p haq olgan aktyor 59 yoshli Adam Sendler bo‘ldi. U mashhur komediya «Baxtli Gilmor»ning davomi hamda «Jey Kelli» filmi (ikkalasi ham Netflix'niki) uchun bir yil ichida 48 mln dollar ishlab topdi.
Top-5 ga esa quyidagilar kirdi:
- Tom Kruz: 46 mln dollar
- Mark Uolberg: 44 mln dollar
- Skarlett Yoxansson: 43 mln dollar
- Bred Pitt: 41 mln dollar
Sendler 2023-yilda ham ro‘yxatda yetakchilik qilgan edi, biroq 2024-yilda uncha muvaffaqiyatli bo‘lmagan premyeralar sababli birinchilikni Dueyn Jonsonga boy berib, endi esa yana o‘z o‘rnini qaytarib oldi.
📟 DigiTech
53 326
⚡️Samsung Galaxy S26 smartfoni 40 GB dan ortiq xotirani egallaydigan oldindan o‘rnatilgan dasturlar uchun tanqid qilinmoqda.
Android Authority nashri jurnalistlari Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonini sinovdan o‘tkazib, unda ko‘plab begona ilovalar borligiga e’tibor qaratishdi. Qurilmaning premium maqomiga qaramay, ishlab chiqaruvchi dastlabki sozlash bosqichida voz kechib bo‘lmaydigan dasturlarni oldindan o‘rnatib qo‘ygan.
Smartfonda zavoddan o‘rnatilgan Facebook va Instagram, Microsoft ilovalar to‘plami (M365 Copilot, OneDrive, LinkedIn, Outlook) hamda Spotify mavjud. Tizim fayllari va majburiy Google servislari bilan birga bu kontent 512 GB xotiraga ega versiyada, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yuklanmasidanoq 40 GB dan ortiq joyni egallaydi.
1300 dollarga flagman sotib olasiz, ichi bo‘lsa 40 GB keraksiz narsaga to‘la bo‘ladi)
📟 DigiTech
53 326
🧠 Olimlar miyani hech qanday asoratlarsiz muzlatishni o‘rganishdi: ular sichqonlar gippokampini eritib, uning faoliyatini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
Tadqiqotchilar to‘qimalarni -130°C dan ham past haroratgacha sovutdilar, natijada hujayralardagi suv bir zumda shishasimon holatga o‘tdi. Bu tirik hujayralarni yemiradigan muz kristallarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.
Muzdan eritilgach, to‘qimalardagi barcha faollik tiklandi: sichqonlarning neyronlari deyarli odatdagidek ishladi.
📟 DigiTech
53 326
📱Xitoyning Dreame kompaniyasi yangi Vertu'ga aylanishga qaror qildi va oltin hamda qimmatbaho metallar bilan bezatilgan hashamatli smartfonlarni namoyish etdi.
Tayyor modelni (aytgancha, bular qayta ishlangan ZTE smartfonlaridir) sotib olish ham, maxsus modelga buyurtma berish ham mumkin — taxminan bir oyda tayyorlab berishadi, narxlar esa 70 000 yuandan (10 000 dollar) boshlanadi.
Hozircha bunday hashamatli smartfonlar faqat Xitoy bozoriga mo‘ljallangan. Boshqa mamlakatlar uchun esa oddiyroq modellar chiqariladi.
📟 DigiTech
53 326
⚡️Endi Photoshop’dagi rasmlarni 360 darajaga aylantirish mumkin — ilovaning beta-versiyasiga «Rotate Object» funksiyasi qo‘shildi.
U juda oson ishlaydi: 2D rasmni yuklaysiz, Rotate Object tugmasini bosasiz va uni 3D fazoda aylantirasiz. Qo’shimchasiga obyektga tushayotgan yorug’likni va fonni yaxshilash uchun «Harmonize» funksiyasidan foydalanish mumkin.
📟 DigiTech
53 326
👨💻 MacBook Neo Apple’ning ta’mirlash uchun eng qulay noutbuki bo‘lib chiqdi. Uni bir juft otvyortka yordamida 6 daqiqada qismlarga ajratib tashlash mumkin.
Ko‘pincha yelim ishlatiladigan boshqa MacBook'lardan farqli o‘laroq, Neo'ning barcha qismlari faqat boltlar bilan mahkamlangan.
AQSh'da Neo'ni talabalik dasturi bo’yicha 100 dollar arzonroqqa, 499 dollarga olish mumkin.
📟 DigiTech
53 326
🛰️ NASA Mars yuzasining fotosuratlari bilan bo‘lishdi. Ular «Mars Reconnaissance Orbiter» orbital apparati tomonidan olingan.
Ushbu sun’iy yo‘ldosh sayyora sirtini 20 yildan buyon suratga olib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u qadimiy daryolar, ko‘llar va muzliklar izlarini aniqlashga yordam berdi.
📟 DigiTech
53 326
⚡️Intel «dunyodagi eng tezkor o‘yin protsessorlari» bo‘lgan yangi Core Ultra 7 270K Plus va 250K Plus protsessorlarini namoyish etdi.
Flagman Core Ultra 7 270K Plus protsessori 5,5 GGs gacha chastotaga ega 24 ta yadro bilan jihozlangan. Sinov natijalariga ko‘ra, ushbu protsessor i9-14900K, Ultra 9 285K va AMD’ning Ryzen 7 9700X modellaridan o‘zib ketgan. Narxi — $300.
Sal arzonroq Core Ultra 5 250K Plus esa 5,3 GGs gacha chastotali 18 ta yadroga ega. U sintetik sinovlarda o‘ziga o‘xshash AMD Ryzen 9600X'dan bir necha baravar kuchliroq. Uning narxi $200.
Ular 26-martdan boshlab sotuvga chiqariladi.
📟 DigiTech
53 326
⚡️Amazon serverlari «vaybkoder»lar sababli doimiy ravishda ishdan chiqmoqda. Kompaniya o‘z muhandislariga qattiq tanbeh berdi.
So‘nggi oylarda Amazonda to‘rtta jiddiy hodisa yuz berdi. Bularning sabablari qatorida neyrotarmoqlardan foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Hatto bir holatda, ularning o‘z agenti Kiro kichik bir xatolikni tuzatish uchun virtual muhitni ishdan chiqargan.
Endi barcha dasturchilarga generatsiya qilingan kodni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va uni yuklashdan oldin katta mutaxassislar (seniorlar) bilan tekshirish tavsiya etilmoqda.
📟 DigiTech
53 326
+1
👨💻 Huawei «MacBook Neo qotili» — MateBook Neo'ni tayyorlamoqda. Insayderlar xabar berishicha, kompaniya Apple'ning yangi hamyonbop noutbukiga raqobatchi bo‘ladigan yangi qurilma ustida ishlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 24 GB tezkor xotira va 1 TB umumiy xotira hamda maxsus chip bilan jihozlanadi, shuningdek, noutbuk faqat ikki xil rangda chiqariladi.
📟 DigiTech
53 326
⚽️ Braziliyada futbol o‘yinida maydondan chetlatishlar soni bo‘yicha 1954-yilgi mahalliy rekord yangilandi.
“Kruzeyro” va “Atletiko Mineyro” uchrashuvining so‘nggi daqiqalari shu qadar keskin tus oldiki, natijada futbolchilar, murabbiylar va yaqin atrofda bo‘lgan barchaning ommaviy mushtlashuviga aylanib ketdi — hakam esa 23 ta qizil kartochka ko‘rsatdi.
Qizig‘i shundaki, jahon rekordi ham Janubiy Amerikada qayd etilgan: 2011-yili Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam barcha futbolchilarni va zaxiradagilarning bir qismini maydondan chetlatib, jami 36 ta kartochka ko‘rsatgan.
📟 DigiTech
53 326
🧠 EON Systems kompaniyasi muhandislari pashsha miyasining raqamli nusxasini yaratib, uni barcha neyronlari bilan birga virtual bulutga yuklashdi.
Endi pashsha simulyatsiyada «yashamoqda»: uning raqamli miyasi virtual signallarni haqiqiydek qabul qilib, go‘yoki organizm hali ham tirikdek virtual tanani boshqarmoqda.
Keyingi bosqichda tadqiqotchilar murakkabroq asab tizimlarini — avval sichqonlarnikini, kelajakda esa inson miyasini ham raqamlashtirishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
53 326
⚡️Insayder buklanadigan iPhone Ultra renderlarini ko’rsatdi. Bular hozircha bo‘lajak smartfonning eng batafsil tasvirlaridir.
Avvalgi sizib chiqqan ma’lumotlardan: qurilmani yoyilgan holatdagi diagonali 7,76 dyuymni tashkil etadi, Touch ID qaytishi mumkin, narxi esa 2400 dollardan boshlanishi kutilmoqda.
Rasmiy taqdimot shu kuzda bo’ladi.
📟 DigiTech
53 326
Changan avtomobillari bilan yaqindan tanishishni istaysizmi?
Sizni rasmiy dilerlik markazlarimizda mutlaqo bepul test-drayvga taklif etamiz.
Hammasi juda oddiy:
Dilerlik markaziga kelasiz → test-drayvdan o‘tasiz → kompaniya esa har bir ishtirokchi nomidan xayriya ishlariga mablag‘ yo‘naltiradi.
Siz shunchaki avtomobil bilan tanishasiz, biz esa birgalikda xayrli ishni amalga oshiramiz va ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlaymiz! 💚
Sizning yo‘lingiz ezgulikdan boshlanadi!
📲 Barcha tafsilotlarni hoziroq bilib oling:
+998 (77)-208-88-55
🌐 changan.uz
Reklama
53 326
🍫 Olimlar ta’mi haqiqiy shokoladdan farq qilmaydigan — hech qanday aralashma va qo‘shimchalarsiz sun’iy shokolad yetishtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Belgiyaning «Puratos» oziq-ovqat giganti «California Cultured» startapi bilan hamkorlikda azaliy muammoni hal qilishga qaror qildi: «Godiva» kabi haqiqiy shokolad qimmat turadi, arzon muqobillarini esa ta'mi yaxshi emas. Olimlar eng yuqori ta’m va xushbo‘y xususiyatlarga ega bo‘lgan sara kakao o‘simliklarini tanlab olib, ularning hujayralarini ozuqa muhiti mavjud maxsus idishlarga joylashtirdilar. Natijada tayyor shokolad olinadi.Shunday shokolad ishlab chiqaruvchi zavod 2026-yil oxirigacha ishga tushishi kerak — hozirda loyiha mualliflari barcha zarur ruxsatnomalarni olib, zavodni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Agar bu g‘oya o‘zini oqlasa, haqiqiy ta’mli shokoladni hamyonbop narxda olish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech
53 326
☄️ Xonangizga meteorit kelib tushishi ehtimoli juda kam, lekin hech qachon nolga teng emas.
Aynan shunday voqea kecha oqshom Germaniyaning Koblens shahrida yuz berdi: samoviy jismning bo‘laklari bir uyning tomiga qulab, uni futbol to‘pidek teshib o‘tdi va to‘g‘ri yotoqxonaga kelib tushdi. Yaxshiyamki, o‘sha paytda xonada hech kim bo‘lmagan.
📟 DigiTech
53 326
🕹️ Ispaniyalik yigit o‘zining DJI Romo qurilmasiga geympad ulashga urinib, tasodifan butun dunyo bo‘ylab 7000 ta robot-changyutgichlarni buzib kirdi.
Bu jarayonda jiddiy zaiflikni aniqlagan Semmi Azdufal butun bir robotlar tarmog‘ini masofadan turib boshqarish, shuningdek, ularning kameralari va mikrofonlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ishqiboz bu haqda zudlik bilan DJI kompaniyasiga xabar berdi. Kompaniya allaqachon xatoni tuzatgan va endi yigitni 30 000 dollar mukofot bilan taqdirlaydi.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
