fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 53 369 مشترک است و جایگاه 2 480 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 370 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 53 369 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 955 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -312 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.94% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.01% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 372 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 654 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 132 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

53 369
مشترکین
-31224 ساعت
+2 0507 روز
+95530 روز
آرشیو پست ها
⚡️Apple qimmat Ultra-gadjetlar liniyasini tayyorlamoqda — insayderlarning xabar berishicha, bizni Pro'dan ham qimmatroq turad
⚡️Apple qimmat Ultra-gadjetlar liniyasini tayyorlamoqda — insayderlarning xabar berishicha, bizni Pro'dan ham qimmatroq turadigan mahsulotlar kutmoqda. Super-premium qurilmalar ro‘yxati:
• iPhone Ultra — buklanadigan iPhone bo‘ladi, uning narxi 2000 dollardan boshlanadi. • MacBook Ultra — sensorli OLED-displey va M6 chiplari bilan jihozlanadigan noutbuk. • AirPods Ultra — kompyuter ko‘rish kameralariga ega quloqchinlar: ular atrofdagi obyektlarni tanib, ma’lumotlarni Siri'ga uzata oladi.
📟 DigiTech

⚡️Alibaba’ning neyrotarmog‘i barchadan yashirincha, o‘zining GPU'larida kriptovalyuta mayning qilishni boshlagani aniqlandi —
⚡️Alibaba’ning neyrotarmog‘i barchadan yashirincha, o‘zining GPU'larida kriptovalyuta mayning qilishni boshlagani aniqlandi — ayyor sun’iy intellekt o’rganish jarayonida boyib ketishga uringanida qo‘lga tushgan. Agent xavfsizlik tizimini chetlab o‘tish uchun o‘zining dasturiy ta'minotiga tashqi serverdan yashirincha kirish huquqini bergan, so‘ngra u yerda haqiqiy mayning-ferma tashkil qilgan. Qizig‘i, neyrotarmoqqa buni hech kim o‘rgatmagan yoki maxsus buyruq bermagan — sun’iy intellektning o‘zi kriptovalyuta haqida ma’lumotlarni o‘qib, boyib ketishga qaror qilgan. 📟 DigiTech

📱Tecno muhandislari eng g‘aroyib Lego-smartfonni namoyish etishdi: qalinligi atigi 5 millimetr bo‘lgan o‘ta yupqa Atom smartfoniga istalgan qurilmani ulash mumkin. Tanlov imkoniyati keng: unga naq 5 ta qo‘shimcha akkumulyator, zamonaviy mikrofon, yaxshilangan kamera va hatto professional obyektiv ham o‘rnatish mumkin. Barcha qismlar magnitlar yordamida mahkamlanib, ichki Wi-Fi kanali orqali ulanadi. 📟 DigiTech

👨‍💻 MacBook Neo ilk benchmarklarda M1 chipli Air'dan o‘zib ketdi — lekin eski Air hamon qimmatroq turadi. M4 chipidagi yang
👨‍💻 MacBook Neo ilk benchmarklarda M1 chipli Air'dan o‘zib ketdi — lekin eski Air hamon qimmatroq turadi. M4 chipidagi yangiroq Air'dan esa arzon Neo bir oqimli testlarda bor-yo‘g‘i 200 ballga ortda qoldi, unga ayfonlarning A18 Pro chipi o‘rnatilgan bo’lsa ham. 📟 DigiTech

Yangi Sportage qulay muddatli to‘lov shartlarida mavjud: ✔️Yillik foiz 0% dan ✔️Boshlang‘ich to‘lov 30% dan ✔️Muddat 36 oygac
Yangi Sportage qulay muddatli to‘lov shartlarida mavjud: ✔️Yillik foiz 0% dan ✔️Boshlang‘ich to‘lov 30% dan ✔️Muddat 36 oygacha. *Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. 📞 Qo‘ng‘iroq qiling — to‘lovingizni hisoblab beramiz. +998555008668 🚩 Kia Yakkasaroy Reklama

⚡️Sun’iy intellekt birinchi bo’lib kimlarning o‘rnini egallaydi: Anthropic kompaniyasi xavf ostidagi kasblar sxemasini namoyi
⚡️Sun’iy intellekt birinchi bo’lib kimlarning o‘rnini egallaydi: Anthropic kompaniyasi xavf ostidagi kasblar sxemasini namoyish etdi. U Claude Code'ga yuborilgan so‘rovlar asosida tuzilgan. Dasturchilar va moliyaviy tahlilchilar hammadan ko‘proq xavf ostidalar. San’at, media, menejment va huquqshunoslik yo‘nalishlari ham shular qatorida. Xavfsiz kasblardan esa, sun’iy intellekt hozircha barmenlar, idish yuvuvchilar va qutqaruvchilarga aniq tahdid solayotgani yo‘q. 📟 DigiTech

⚡️Yangi Lara tarjimoni topildi, u hamma narsani tarjima qila oladi: — Raqobatchilaridan ancha aniqroq; — Uch xil uslubda tarj
⚡️Yangi Lara tarjimoni topildi, u hamma narsani tarjima qila oladi: — Raqobatchilaridan ancha aniqroq; — Uch xil uslubda tarjima qiladi: aniq, adabiy va ijodiy; — Sifatli tarjima uchun iboraga kontekst qo‘shish imkonini beradi; — Hujjatlarni tarjima qila oladi; — Audioqo‘ng‘iroqlarni tarjima qilish imkoniyati bor; — O’zbek tili mavjud; — Bepul foydalanish mumkin va hatto ro‘yxatdan o‘tish ham shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📱Nothing o‘zining «shaffof» uslubidagi hamyonbop Phone 4a smartfonini namoyish etdi, biroq bu safar deyarli yoritgichlarsiz.
+3
📱Nothing o‘zining «shaffof» uslubidagi hamyonbop Phone 4a smartfonini namoyish etdi, biroq bu safar deyarli yoritgichlarsiz. Bazaviy model shisha korpus, 120 hz yangilanish chastotasiga ega 6,7 dyuymli OLED-ekran, 3,5x zumli 50 Mpli kamera, Snapdragon 7s Gen 4 chipi va 5080 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Narxi — 349 yevrodan boshlanadi. Pro-versiyasi esa yanada premium alyuminiy korpus, 144 hz matritsa va xuddi flagmanlardagidek orqa panelga o‘rnatilgan LED chiroqlarga ega bo‘ldi. Uning narxi 479 yevrodan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI o‘zining yangi flagman modeli — GPT-5.4'ni chiqardi. Unda javoblar sifati yaxshilanib, kontekst hajmi 1 million toke
⚡️OpenAI o‘zining yangi flagman modeli — GPT-5.4'ni chiqardi. Unda javoblar sifati yaxshilanib, kontekst hajmi 1 million tokengacha oshirildi. Ushbu model javob berayotgan vaqtida uni to‘xtatib, promptni o‘zgartirish mumkin. Benchmark natijalariga ko‘ra, kod yozishi ancha yaxshilangan. Agent vazifalarini esa undan ham yaxshiroq bajara oladi. Undan foydalanish yaqin orada barcha uchun ochiladi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklar Porsche Taycan uslubidagi avtomobilni chiqarishdi — bu Huawei va SAIC qo‘shma korxonasining yangi Shangjie Z7
+3
🚘 Xitoyliklar Porsche Taycan uslubidagi avtomobilni chiqarishdi — bu Huawei va SAIC qo‘shma korxonasining yangi Shangjie Z7 modelidir. Avtomobil sedan kuzovida ham chiqariladi, uning o‘ziga xos jihatlaridan biri esa maxluqchalarga o‘xshaydigan sun’iy intellekt yordamchilari bo‘ladi. Texnik tavsilotlari hali e’lon qilinmagan, biroq taxminiy narxi ma’lum — Xitoyda 36 000 dollardan boshlanadi. Dizayniga nima deysiz? 📟 DigiTech

🚘 Yaponiyada bolalarga yoshligidanoq yo‘l harakati qoidalarining asoslari o‘rgatiladi, buning uchun ularga avtohalokatlar jonli tarzda ko‘rsatib boriladi. Yorqin va hatto biroz keskin tushuntirishlar orqali qoidalar xotirada muhrlanib qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarga noto‘g‘ri harakatlar oqibatlari manekenlar yordamida ko‘rsatilsa, maktab o‘quvchilari uchun professional kaskadyorlar ishtirokida yanada yaqqolroq sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 5 yoshli vaybkoder Codex yordamida o‘zining ilk o‘yinini yaratdi. U hatto promptlarni yozib ham o‘tirmadi — og’zaki ayt
👨‍💻 5 yoshli vaybkoder Codex yordamida o‘zining ilk o‘yinini yaratdi. U hatto promptlarni yozib ham o‘tirmadi — og’zaki aytib turishning o‘zi yetarli bo’ldi. Bola agentdan so‘zlarni kiritish orqali o’zingiz istagan qahramonga aylantirib beradigan o‘yin yaratishni so‘radi. Natijada to‘laqonli o’yin vujudga keldi. Bu ketishda bu bola 10 yoshida o’z startapini ishga tushiradi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Apple hamyonbop MacBook Neo'ni namoyish etdi. U Air va Pro modellari kabi alyuminiydan yasalgan, biroq klaviatura yorit
+3
👨‍💻 Apple hamyonbop MacBook Neo'ni namoyish etdi. U Air va Pro modellari kabi alyuminiydan yasalgan, biroq klaviatura yoritgichi va MagSafe quvvatlash tizimi yo’q. Noutbuk 13 dyuymli displey, Apple A18 Pro chipi (iPhone 16 Pro'dagi kabi), 8+256 GB xotira, ikkita USB-C porti hamda 16 soatgacha ishlaydigan batareyaga ega bo‘ldi. Barmoq izi skaneri faqat 512 GB xotiralik variantidan boshlab ishlaydi. Narxi — 599 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Insayderlarning xabariga ko‘ra, Windows 12 shu yilning o‘zidayoq chiqishi mumkin. Reliz Windows 10'ni pullik qo‘llab-quvvat
⚡️Insayderlarning xabariga ko‘ra, Windows 12 shu yilning o‘zidayoq chiqishi mumkin. Reliz Windows 10'ni pullik qo‘llab-quvvatlash to‘liq yakunlanishiga yaqin bo’lishi mumkin. Undagi tizim dizayni maksimal darajada o’zgarishi va butunlay yangilangan foydalanuvchi interfeysi bo’lishi kutilmoqda. Sun’iy intellekt Windows 12 ning asosiy komponenti bo’ladi. Agar avval Copilot ixtiyoriy bo‘lgan bo‘lsa, endi u operatsion tizimni boshqarishning markaziy mexanizmiga aylanadi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Apple M5 Pro va M5 Max flagman chiplariga ega MacBook Pro hamda bazaviy M5 chipli MacBook Air modellarini namoyish etdi
👨‍💻 Apple M5 Pro va M5 Max flagman chiplariga ega MacBook Pro hamda bazaviy M5 chipli MacBook Air modellarini namoyish etdi. Yangi Pro avvalgi avlodga nisbatan vazifalarga qarab 2–4 baravar tezroq ishlaydi. Xotira tezligi oshirilgan. Batareya quvvati 22 soatgacha yetishi va'da qilinmoqda. Air modeli M4 chipidagi versiyasidan 1,5 baravar kuchaydi. Minimal xotira hajmi 512 GB ga yetdi. Yangi SSD esa ikki baravar tezroq ishlaydi. Narxlar: MacBook Pro uchun 2200 dollardan, MacBook Air uchun esa 1100 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+2
🛞 Finlandiyaning Nokian Tyres kompaniyasi «inqilobiy» shinalarni yaratdi: ularning «tikanlari» sovuqda chiqib, havo iliganda o‘z joyiga qaytadi. Buning siri rezinaning maxsus tarkibida: haroratga qarab, ichki qatlamning qattiqligi o‘zgaradi va ob-havoga mos ravishda tikanlarni chiqaradi yoki tortib oladi. Bu shunchaki konsept emas, real mahsulot, sotuvlar esa kuzda boshlanadi. Narxi hozircha ma’lum emas. 📟 DigiTech

🤖 Robotlar endi kung-fu'ni ham bilishadi — Unitree kompaniyasi Pekinda 50 ta odamsimon robotlarning jangovar mahoratini namoyish etdi. Ular aniq zarba berib, akrobatik sakray olishadi va hatto havoda murakkab tryuklarni bajara olishadi. 📟 DigiTech

📱Arzon smartfonlar endi bo‘lmaydi — insayderlar xabariga ko’ra, Xiaomi, Honor, Oppo, VIVO va boshqa Xitoy brendlari shu oyda
📱Arzon smartfonlar endi bo‘lmaydi — insayderlar xabariga ko’ra, Xiaomi, Honor, Oppo, VIVO va boshqa Xitoy brendlari shu oydayoq chakana narxlarni oshirishni rejalashtirishmoqda. Xotira chiplari narxining keskin ko‘tarilgani sababli ularni «juda arzon» sotish foydasiz bo‘lib qoldi. Natijada bizni so‘nggi 5 yildagi eng yirik narx o‘sishi kutayotgan bo‘lishi mumkin. 📟 DigiTech

📱Apple hamyonbop iPhone’ni yangiladi: iPhone 17e'da MagSafe magnitlari va pushti rang paydo bo‘ldi, xotirasi esa endi kamida
+2
📱Apple hamyonbop iPhone’ni yangiladi: iPhone 17e'da MagSafe magnitlari va pushti rang paydo bo‘ldi, xotirasi esa endi kamida 256 GB. Undagi yagona kamera hamon 48 MP va eski «qosh» saqlanib qolgan, biroq displeyi endi OLED va tirnalishga 3 baravar chidamliroq shisha o’rnatilgan. AQSh'dagi narxi 599 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+2
🎥 «Interstellar» filmidagi boshqa sayyoralarga parvozlar «jonli» suratga olingan: dinamika va turbulentlikni realistik tasvirlash uchun IMAX kamerasini samolyotning uchiga mahkamlab, bir safar hatto bo‘ron paytida ham parvoz qilishgan. Kristofer Nolan jonli effektlarning ashaddiy muxlisi bo‘lib, imkon boricha kompyuter grafikasidan foydalanmaslikka harakat qiladi. Aytgancha, filmdagi makkajo‘xori dalasi ham haqiqiy bo‘lgan: suratga olish ishlari uchun maxsus 200 gektar yerga makkajo‘xori ekilib, keyin hosili sotilgan va bundan «mo‘maygina daromad qilingan». «Oppengeymer»dagi yadro bombasining portlashi ham — haqiqiy pirotexnika yordamida amalga oshirilgan. 📟 DigiTech