uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 50 753 підписників, посідаючи 2 617 місце в категорії Технології та додатки та 1 466 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 50 753 підписників.

За останніми даними від 08 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 546, а за останні 24 години на -168, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.51%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.55% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 12 969 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 429 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 114.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 09 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

50 753
Підписники
-16824 години
-1 3757 днів
-2 54630 день
Архів дописів
📲 Zumer qiz yoshligidan ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan va endi buning uchun Meta hamda YouTube'dan 3 MILLION dolla
📲 Zumer qiz yoshligidan ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan va endi buning uchun Meta hamda YouTube'dan 3 MILLION dollar tovon puli oladi — bu G‘arb OAVlarining barchasi muhokama qilayotgan shov-shuvli sud ishidir.
20 yoshli Keyli sudga 6 yoshidan YouTube'da videolar ko‘rishni, 9 yoshidan esa Instagram'ga kirishni boshlaganini ma’lum qildi. U o‘zidagi bezovtalik va tushkunlikda kompaniyalarni aybladi. Sud kontentni emas, aynan dizayn va algoritmlarni ko‘rib chiqdi — yakunda sudya platformalar odamni o‘ziga bog‘lab qo‘yish uchun atayin ishlab chiqilgan degan xulosaga keldi.
Endi Sukerberg qizga 2,1 million dollar, Google esa qo‘shimcha 900 000 dollar to‘lashi kerak. Bundan tashqari kompaniyalar yana qo’shimcha 3 million dollar jarima ham to‘lashlari kerak. Bu juda shov-shuvli ish bo‘lib, sudlarda shunga o‘xshash mingga yaqin da’vo arizalari mavjud. 📟 DigiTech

🎵 Bir yigit hech kim tinglamaydigan sun’iy intellekt musiqalarini yaratib, 10 million dollardan ortiq pul ishladi — u shunch
🎵 Bir yigit hech kim tinglamaydigan sun’iy intellekt musiqalarini yaratib, 10 million dollardan ortiq pul ishladi — u shunchaki qo‘shiqlarini boshqa SI-botlar yordamida «sun’iy aylantirgan». Uning «fermasi» kecha-yu kunduz treklar yaratib, ularni Spotify, Apple Music va Amazon Music kabi platformalarda o‘zi «tinglab», 0 ta auditoriya bilan pul ishlab kelgan. Bunda pullar umumiy jamg‘armadan olingani uchun haqiqiy san’atkorlar kamroq gonorar olishgan. Oxir-oqibat, bu firibgarlik sxemasi fosh etildi va «daho» barchasini tan oldi. Endi u sun’iy intellekt musiqasi bilan bog‘liq firibgarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Kechasi otishma o‘yinlar o‘ynash miya uchun foydali ekani aniqlandi. Seriallar bilan solishtirganda, bu uyqu sifatiga z
👨‍💻 Kechasi otishma o‘yinlar o‘ynash miya uchun foydali ekani aniqlandi. Seriallar bilan solishtirganda, bu uyqu sifatiga zarar yetkazmaydi. Bir nechta o‘yinchilar bir hafta davomida uyqudan bir soat oldin «Call of Duty» o‘ynashdi. Natijada ularda vizual xotira yaxshilangani va stress darajasi pasaygani kuzatilgan. Boshqa bir guruh esa bu vaqtda «Qog‘oz bino» serialini tomosha qilgan. Biroq ularda uyqu sifati yomonlashgani aniqlangan. Butun tun davomida o’yinlar o‘ynash ham zarar bo‘ladi. Shuning uchun vaqtni nazorat qilish kerak. 📟 DigiTech

📲 Apple iOS 26.4’ni rasman chiqardi — endi «olmachilar» uchun 8 ta yangi emoji mavjud, «Suyuq shisha» esa yanada ko‘payadi.
📲 Apple iOS 26.4’ni rasman chiqardi — endi «olmachilar» uchun 8 ta yangi emoji mavjud, «Suyuq shisha» esa yanada ko‘payadi. Yana nimalar yangilandi:
• Apple Music yangilandi: pleylistlarning yangi dizayni, mahalliy konsertlarni qidirish va sun’iy intellekt yordamida pleylistlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. • «Eslatmalar» ilovasiga «Shoshilinch» bo‘limi qo‘shildi. • «Salomatlik» ilovasida o‘rtacha uyqu vaqtini ko‘rish mumkin. • Matnni tez terishda klaviaturaning ishlash aniqliligi oshirildi.
iPadOS, macOS va watchOS uchun ham barqaror versiyalar chiqarildi. 📟 DigiTech

🚤 Xitoyda suv kartingi ishga tushirildi: endi do‘stlar bilan elektr qayiqlarda poyga o‘ynash mumkin. Trassa Xenan provinsiyasidagi dara orqali o‘tadi. Bir martalik poyga narxi 5,5 dollarni tashkil etadi. Xitoyga borish uchun yangi sabab topildi) 📟 DigiTech

⚡️Apple WWDC 2026 ni 8-12 iyun kunlari o‘tkazadi. Yangi iOS va boshqa operatsion tizimlar hamda sun’iy intellekt sohasidagi y
⚡️Apple WWDC 2026 ni 8-12 iyun kunlari o‘tkazadi. Yangi iOS va boshqa operatsion tizimlar hamda sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlarning asosiy taqdimoti ochilish kuni 8-iyunda bo‘lib o‘tadi. Konferensiyaning o‘zi asosan onlayn tarzda o‘tkaziladi, biroq dasturchilar va talabalar uchun Apple Park kampusida maxsus tadbir ham tashkil etiladi. 📟 DigiTech

Yandex'da AI agentlar qanday yaratiladi? YSDA Agents Week'da aytib beramiz! Onlayn-intensiv 2026-yil 6–10-aprelda bo‘lib o‘ta
Yandex'da AI agentlar qanday yaratiladi? YSDA Agents Week'da aytib beramiz! Onlayn-intensiv 2026-yil 6–10-aprelda bo‘lib o‘tadi. Yandex ekspertlari aytib beradi: • Zamonaviy AI-agentlar qanday ishlaydi • Ularning xatti-harakatini loyihalash va sozlashni nimadan boshlash kerak • single-agent- va multi-agent-tizimlarni yaratishning qanday usullari bor • Agentlarni prodakshngacha qanday yetkazish: sifatni baholash, monitoring, masshtablash va ekspluatatsiya Intensiv ML-muhandislar, backend-dasturchilar, tadqiqotchilar va texnikaga oid OTM talabalar — AI-agentlarini yaratishni xohlovchilar uchun qiziqarli bo‘ladi. Intensivda ishtirok etish bepul, roʻyxatdan oʻtish 9-aprelgacha – havola orqali. Yandex va “Yandex ta’lim texnologiyalari” ANO DPO “Yandex School of Data Analysis tomonidan intensiv” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi. Reklama

⚡️GTA VI dasturchisi tasodifan yangi tafsilotlarni oshkor qilib qo‘ydi: o‘yinda transport vositalari va boshqa obyektlardagi
⚡️GTA VI dasturchisi tasodifan yangi tafsilotlarni oshkor qilib qo‘ydi: o‘yinda transport vositalari va boshqa obyektlardagi oynalarni sindirish uchun PCG (protsedurali kontent generatsiyasi) qo‘shilishi mumkin. Bu oynalarning sinishi uchun oldindan tayyorlangan animatsiyalar bo‘lmasligini anglatadi. Ular real vaqt rejimida yaratiladi. Aftidan, GTA VI giperrealistik o’yin bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Samsung smartfonlarni sekinlashtirish bo‘yicha sudda yutqazdi va endi kompensatsiya to’laydi. Aslida unumdorlikni oshirishg
⚡️Samsung smartfonlarni sekinlashtirish bo‘yicha sudda yutqazdi va endi kompensatsiya to’laydi. Aslida unumdorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, kompaniyaning S22 turkumidagi smartfonlar samaradorligini pasaytirib yuborgan o‘yin servislari sababli to‘rt yillik sud ishi boshlangan edi. Da’vogarlar Samsung ushbu servislarning salbiy ta’siri haqida ogohlantirmagan va xaridorlarni chalg‘itgan, deb hisoblamoqda. Endi da’voni imzolagan 1882 kishiga kompensatsiya to‘lanadi. 📟 DigiTech

🛰️ Ilon Mask'ning yangi loyihasi: Sun’iy yo‘ldoshlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oydan uchirishga mo‘ljallangan kosmik katapulta. G’oya bo’yicha: Elektromagnit to‘p kapsulalarni o‘ta yuqori tezlikkacha tezlashtirib, koinotga otadi. Bu esa raketalardan voz kechish (sun’iy yo‘ldoshlarni Oydagi robotlashtirilgan zavodda yig‘ish rejalashtirilgan) va milliardlab dollarni tejash imkonini beradi. Hozircha aniq muddatlar yo’q, biroq milliarder loyihani amalga oshirish mumkinligiga ishonadi, chunki Oyning tortishish kuchi Yernikidan olti baravar zaif va u yerda qarshilik hosil qiluvchi atmosfera mavjud emas. 📟 DigiTech

📲 Blogerlar ataylab kontentni yomonlashtirishni boshlashgan ko‘rinadi. Ideal tasvir, o‘ta silliq nutq, o‘ta sayqallangan kad
📲 Blogerlar ataylab kontentni yomonlashtirishni boshlashgan ko‘rinadi. Ideal tasvir, o‘ta silliq nutq, o‘ta sayqallangan kadr — va tomoshabin endi «vau» deb emas, «bu neyrotarmoqmi?» deb o‘ylayapti. Business Insider nashrining yozishicha, 2026-yilda ajralib turishning asosiy usuli — kadrda insoniy jihatlarning barchasini: yanglishib ketishlar, qiyshiq montaj, g‘alati hissiyotlar va oddiy kundalik hayotni qoldirishdir. 📟 DigiTech

⚡️Endi sigirlarni xuddi videoo‘yinlardagidek boshqarish mumkin — Piter Til Halter startapiga sarmoya kiritdi. Kompaniya sigirlar uchun «aqlli» bo‘yinbog‘lar ishlab chiqaradi.
Fermer shunchaki buyruq beradi va poda o‘zi kerakli nuqtaga yo‘l oladi. Bo‘yinbog‘lar esa tovushli va vibro signallar orqali hayvonlarni baqir-chaqirsiz, itlarsiz va to‘siqlarsiz yo‘naltirib boradi. Bundan tashqari, tizim virtual chegaralarni belgilaydi, hayvonlarning salomatligi va oziqlanishini real vaqt rejimida kuzatadi.
Bo’yinbog’lar Cowgorithm neyron tarmog‘i asosida ishlaydi. Fermerlar har bir sigir uchun oyiga bir necha dollar to‘lab, poda ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadilar. O’zimizda ham joriy qilsa bo’ladigan g’oya, startapchilar olg’a) 📟 DigiTech

+3
💿 2006-yilda chiqarilgan afsonaviy Nokia N91 bugungi kunda ham ko‘pchilikni hayratga soladigan xususiyatga ega edi — tarixdagi eng kichik HDD disk. O‘sha paytlarda flesh-xotira juda qimmat, microSD kartalarning hajmi esa yetarli emas edi, shu sababli ajoyib musiqiy flagman yaratmoqchi bo‘lgan finlar yaponlarning Toshiba kompaniyasiga murojaat qilishgan. Yaponlarda bunga yechim topildi: 4 va 8 GB hajmli kichik qattiq disk. 2006-yil me’yorlari bo‘yicha bu juda katta hajm edi: o‘sha toifadagi raqobatchilar hatto 512 MB xotirani ham kamdan-kam hollarda taklif qilishgan. 📟 DigiTech

📃 Google Drive'da hujjatlar skaneri paydo bo‘ldi — u konspektlar, ekrandagi taqdimot yoki hatto kitobni tezda raqamlashtirishga yordam beradi. U avtomatik tarzda ishlaydi: ilova kamera orqali sahifalarni o‘zi topib, masshtab va perspektivani moslashtiradi. Funksiyani allaqachon iOS va Android qurilmalarida sinab ko‘rish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft foydalanuvchilarning shikoyatlari bo’yicha Windows 11'ni «tuzatadi»: jonga tegadigan yangilanishlarni o‘chirib qo
⚡️Microsoft foydalanuvchilarning shikoyatlari bo’yicha Windows 11'ni «tuzatadi»: jonga tegadigan yangilanishlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beradi va tizimni barqarorlashtiradi. Yangilanishlarni istalgan muddatga to‘xtatib turish hamda kompyuterni ularni majburan o‘rnatmasdan o‘chirish/qayta ishga tushirish, «Vazifalar paneli»ning joyini o‘zgartirish va keraksiz sun’iy intellekt funksiyalarini o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, «Fayl boshqaruvchisi» va «Пуск» menyusi ishlashi tezlashtiriladi. Dastlabki o‘zgarishlar yaqin orada joriy etiladi va operatsion tizimni optimallashtirish ishlari butun 2026-yil davomida olib boriladi. 📟 DigiTech

⚡️AQSH hukumati aliens.gov domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi Whois xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlang
⚡️AQSH hukumati aliens.gov domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi Whois xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlangan ushbu domen 2026-yil 17-martda ro‘yxatdan o’tkazilgan. Hozircha u birorta saytga yo‘naltirmaydi. Ma’lumot uchun: .gov zonasidagi domenni faqat davlat tashkilotlari olishi mumkin. Avvalroq Tramp Pentagonning o‘zga sayyoraliklar haqidagi maxfiy ma’lumotlariga bir necha bor ochiq izoh bergan, biroq uning aytishicha, «o‘zga sayyoraliklar mavjud yoki mavjud emasligini bilmaydi». 📟 DigiTech

📲 Android'da tekshirilmagan manbalardan ilovalarni o‘rnatish uchun 24 soatlik «kutish davri» joriy etiladi. Bu chora firibga
📲 Android'da tekshirilmagan manbalardan ilovalarni o‘rnatish uchun 24 soatlik «kutish davri» joriy etiladi. Bu chora firibgarlarga qarshi kurash bilan izohlanmoqda. APK faylni o‘rnatish uchun dasturchi rejimini yoqish, o‘z ixtiyoringiz bilan harakat qilayotganingizni tasdiqlash, bir kun kutish va so‘ng o‘rnatishni biometrik ma’lumot yoki PIN-kod yordamida qayta tasdiqlash kerak bo‘ladi. Ushbu jarayon bir martalik bo‘lishi va avgust oyida ishga tushirilishi va’da qilinmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Avstraliyaliklar dunyodagi birinchi kvant akkumulyatorini yaratishdi — u bir zumda quvvatlanadi. Avstraliyalik olimlar yaqi
+1
⚡️Avstraliyaliklar dunyodagi birinchi kvant akkumulyatorini yaratishdi — u bir zumda quvvatlanadi. Avstraliyalik olimlar yaqingacha ilmiy fantastikadek tuyulgan narsani, ya’ni kvant akkumulyatorining ilk ishlaydigan prototipini namoyish etishdi. Bu shunchaki nazariya emas — qurilma allaqachon zaryadlanishi, energiya saqlashi va uni uzatishi mumkin.
Bu yerdagi eng asosiy «vau effekt» – tezlikda: batareya lazer yordamida zaryadlanadi, buning uchun esa atigi femtosoniyalar kifoya. Hozircha energiya saqlanishi faqat bir necha nanosoniya davom etadi, lekin bu ham zaryadlash jarayonining o‘zidan millionlab marta uzoqroqdir. Qolaversa, tadqiqotchilar o‘ta g‘ayrioddiy holatni aniqlashdi: bunday kvant batareyasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik tez zaryad oladi.
«Bir zumda quvvatlanadigan» smartfon, elektromobillar va powerbank'largacha hali ancha bor. Hozircha bu faqat kichik konsept bo‘lib, asosiy muammo zaryadni bir necha nanosoniyadan ko‘proq vaqt ushlab turishdir. Lekin shuni o’zi ham kvant texnologiyasidagi katta inqilob. 📟 DigiTech

👨‍💻 Apple vaybkoderlar bilan kurashishni boshladi: Replit va Vibecode kabi ilovalarga yangilanishlar chiqarish taqiqlandi.
👨‍💻 Apple vaybkoderlar bilan kurashishni boshladi: Replit va Vibecode kabi ilovalarga yangilanishlar chiqarish taqiqlandi. Ular App Store qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Bu kabi xizmatlarga Apple qurilmalari uchun kod yozishni taqiqlashlari va ilova ichidagi loyihalarni oldindan ko‘rishni cheklashlari mumkin. Shu bilan birga, Apple aynan «vayb kodlash» ilovalari uchun alohida taqiq joriy etilmaganini ma’lum qilgan. Biroq, amalda dasturchilar moderatsiyadan o‘tish uchun o‘z servislarining ish mexanizmini o‘zgartirishga yoki ba’zi funksiyalarni olib tashlashga majbur bo‘lmoqda. 📟 DigiTech

⚡️MSI videokartalar narxini rasman 30 foizga oshirmoqda. Kompaniya, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni qisqartiradi. Barch
⚡️MSI videokartalar narxini rasman 30 foizga oshirmoqda. Kompaniya, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni qisqartiradi. Barchasiga chiplarga bo‘lgan talabni qondira olmayotgan Nvidia aybdor qilinmoqda. Mavjud zaxiralar faqat bir necha oyga yetadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu yil ular uchun tashkil etilganidan beri eng yomoni bo‘lishi mumkin. 📟 DigiTech