fa
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

رفتن به کانال در Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

نمایش بیشتر
1 069
مشترکین
+124 ساعت
+107 روز
+11530 روز
آرشیو پست ها
Bu post Koreyaga ishga joylashmoqchilar uchun juda muhim! Har bir Kompaniyaning o’ziga yarasha 복지 (imtiyoz va ijtimoiy paket)
Bu post Koreyaga ishga joylashmoqchilar uchun juda muhim! Har bir Kompaniyaning o’ziga yarasha 복지 (imtiyoz va ijtimoiy paket) bo’ladi. Koreyslar aynan shu jihatiga ham qattiq e’tibor beradi. Bizchi biz? Unchalik ham muhim sanamaymiz, bilasizmi nega? Sababi: 1. Biz Koreyslarga o’xshab bu yerda “palak” yozmaymiz. 2. Umrimizni oxirigacha Koreyada qolishni reja qilmaymiz. 3. Bir ishxonada bir necha 10 yillab ishlashni reja qilmaymiz Va hokazoo Ijtimoiy paketlar har xil bo’lishi mumkin. 1. Bayram kunlariga sovg’a yoki pul 2. O’qish uchun kontrakt to’lovi yoki malaka oshirishga yuborish 3. Uy olishda deyarli foisiz pul (bo’lib to’lash uchun) 4. Bolalarning universitetiga yordam puli (kontrakt bo’lsa) 5. Bolalar uchun tour paketlar (chana uchish yoki dam olish maskanlariga) 6. O’z ustida ishlash uchun har yili ajratiladigan pul (taxminan 500-1000$) 7. Mashina bilan ta’minlash 8. Chet elliklarga kvartira puli yoki deposit da yordam berish puli 9. Har yili trendga chiqadigan kasalliklarga qarshi emlash (grip) 10. Har yili sog’liq tekshiruvidan o’tish paketi 11. Yuqori rasmdagi kabi, davolanish uchun yordam paketi 12. Tug’ilgan kunda dam olish kuni yoki sovg’a (puli) 13. Uzoq ishlaganlarga qo’shimcha dam olish kunlari va pul mukofoti 14. Har yili aniqlanadigan eng yaxshi xodimlarga rag’batlar 15. Dam olish uchun tour paketlar (Koreya va Chet elga) 16. Mukofot va bonuslarni ishchilarga taqsimlash 17. Ishga kerakli jihoz va kitoblar sotib olish 18. Chet elga ko’p chiqadigan xodimlarga Business Lounge Card (men har yili juda ko’p foydalanaman) 19. Ta’til va bayram kunlarida xodimlarga yuklama yuklamaslik 20. Psixologik qo’llov, muammolarni anonim eshitish va tog’irlash 21. Eng yaxshi g’oya egalarini taqdirlash (yutuq 10 mln wongacha) 22. Xilma xil sug’urta paketlari 23. Dekret uchun dam olish ajratish 24. Dekret payti oylikni belgilangan miqdorda berish 25. Sport zall, fitness va pilates uchun yo’llanma va majmualar. 26. Shirinliklar va kofelar har bir ishchiga 27. Tushlik puli yoki ovqat 28. Chet elga chiqganda qo’shimcha komandirovka puli 29. Muhim uchrashuvlar uchun kiyim, buyumlar (kostyum va hokazoo) 30. Telefon va simkarta to’lovlari 31. To’y uchun sovg’a va to’yona 32. To’yga boruvchilar uchun katta transport tashkil qilish (samalyot emas😁) Yuqoridagi sanaganlarim, shaxsan men ishlaydigan Kompaniyaga tegishli. Deyarli katta kompaniyadek ijtimoiy paketlar mavjud. Men ham shulardan juda ko’pini ishlataman. Xatto dam olish uchun Amerikagacha yuborgan. O’z qadringizni biladigan ishxona tanlay bilish ham mahorat ekan. Men foydalanadiganni yozmoqchi edimku, ammo shaxsiyligicha qolgani ma’qul😁 (kamida 24 tadan foydalanaman) Oilaviy bo’lsangiz, farzandlar uchun ham ijtimoiy paketlardan foydalaning. Axir siz ham Koreyslardek ishlab, soliq to’layabsiz. @Elyorbilan #ishgakirish@Elyorbilan #aktual@Elyorbilan

Safia ga yetadigani yo’q! Barcha filiallarda juda xushmuoamala xizmat ko’rsatishar ekan. Har safar Toshkentga borganimda 1-2
Safia ga yetadigani yo’q! Barcha filiallarda juda xushmuoamala xizmat ko’rsatishar ekan. Har safar Toshkentga borganimda 1-2 marotaba kirib shirinlik olaman. Sifati va mazasi ham yuqori. (Narxi ni esa bilmadim)

Koreyada ko’pchilik O’zbeklarimiz har xil sabablarga ko’ra qamalib qolayotganini eshitib kelayabmiz. Ammo o’zimning tanishlarimda ham shu holat kuzatilsa, juda achinarli va alamli bo’lar ekan. Potensiali yuqori, imkoniyatdan maksimal foydalanadigan do’stlarimiz, e’tiborsizlik sabab shu ishlarga aralashib qolishi, kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatayabdi. “Fishing” “Kripto” kabi qallobliklarga o’ralashmang do’stlar. 1-2 so’m topaman deb, 1-2 yilingiz qurbon bo’lib ketadi. @Elyorbilan #aktual@Elyorbilan #ogoh@Elyorbilan

Negativ fikrlash Har qanday mavzu yoki hodisa payt negativ fikrlash ko’p ehtimol bilan keyinchalik o’sha narsa sodir bo’lishiga olib kelishi mumkin. Negativ fikrlayverish nafaqat insonni o’zini, yon atrofdagilarni ham charchatib yuboradi. Bekorga aytishmas ekanda, avvalo gumonni yaxshi qilish kerak deb. @Elyorbilan

Ozgina nozik masala bu Koreyada O’zbek tarjimonlari yetarli bilasiz. Ular odatda 2 ga bo’linishadi. Biri, O’zbek muhitida va O’zbek oilasi bilan yashaydigan tarjimon. Ikkinchisi esa, Koreysga turmush qurgan, Koreys atmosferasida yashaydigan tarjimon. Ana endi, sizda qaltis vaziyatmi yoki uyatli ish bo’lib qolsa iloji boricha O’zbek atmosferasida yurgan tarjimonga murojaat qiling. Men shuncha vaqt davomida har xil odamga duch keldim. Koreysga turmushga chiqgan O’zbek tarjimonlarni qisqa qilib “F6” kodi bilan berib ketay. F6 larning aksari negadur O’zbeklardan alamzada, va xuddi uning Koreyasini bulg’ayotgandek tuyulamiz. Vaholanki biz kerak bo’lsa ko’proq soliq to’lab, kamroq xizmatlardan foydalanamiz. Albatta o’z ishini professional, vijdonan qiladiganlarni ham ko’rdim. Ammo ular juda kam. Chonanda qamoqxonada tarjimonni tog’ri tarjima qilayotganini tekshirishga chaqirishgandi bir paytlar. Katta tergovchi va men oynaning qora tarafida, ayblanuvchi, tarjimon va tergovchi xona ichida o’tirar edi. Ayblanuvchi Qozog’istonlik O’zbek bo’lib, terror tashkilotga xomiylik qilishda ayblanayotgan edi o’sha payt. Shu vaqt tarjimonga ko’p narsa bog’liq bo’lib qoladi. Odatda suxbatlar yozib olinishiga qaramay, baribir tarjimani iloji boricha Koreya tomonga yoki shu tergovchining aybloviga moslab qilishga urinishlar bo’ladi. (F6 bo’lsa) Parchalar: - Ha siz qilgansizku shu ishni? - Hozir tan olmasangiz keyin ishingiz yanada chuqurlashib yanada og’irroq jazoga tortilasiz. - O’zidan ozgina qo’shib tarjima qilishlar. Tarjimon bu prokuror yoki advokat degani emas, boricha yoritish kerak deganidir. Agar tarjimon xato tarjima qilsa, o’sha zahotiyoq tarjimonni almashtirishni so’rang yoki advokat kelmaguncha gapirmayman deb turishni afzal biling. Eng muhimlaridan biri, o’sha F6 yoki boshqa tarjimon sizga - jim turish (miranda huquqi) avokatni chaqirtirish kabilarni aytib gap boshlayabdimi yoki yo’q? Odatda ular tergov tugaganda, mana shu huquqlaringiz ham bor edi deb imzo chektirib olishadi “shovvoz”lar. Shubhali narsa bo’lsa imzo chekmayman deb turib olsangiz ham bo’ladi. F6 - Ko’pining Islomga nisbatan fobiyasi bor. Nima deb o’ylaysiz ayblanuvchilar 100% aybdor bo’laveradimi? Unday emasda, ba’zilari o’zi nima qilayotganini bilmay, tushunmay qiladi. Ammo tergovda huddi hammasini reja qilgandek tarjima qilib yuboriladi. Tergovchini ishi ham ishi oson va tez bitadi. Bu nafaqat jinoyat yoki ma’muriy javobgarliklarda, sud, strahofka yoki telefon va boshqa ko’plab xizmatlarda shaffof bo’lmaslikni olib keladi. Allohdan qo’rqmaslik, Koreyslarning yugurdagi bo’lib qolishdek “jism”ga aylantirib qo’yishini ko’rayabmiz. Bu gaplarim ko’p F6 larga yoqmasligi turgan gap. Agar siz yuqoridagi toifa ichida bo’lmasangiz havotir olmang. O’zingizga to’g’risizku shundaymi?! @Elyorbilan #aktual@Elyorbilan

Men o’zimni “moral” yosh qarigan odam deb bilar edim. Chuchvarani hom sanagan ekanman. Odam uylanguncha bunday deyishga haqqi yo’q ekan:) P.s: Jismonan esa 21 yoshdaman (tekshiruv natijasi, organizmim yosh - zabardast hali) @Elyorbilan

Suxbatga ko’zim tushdi. Ali: Do’stim 100,000 won berib tur, ertaga oyligim tushsa qaytaraman. Vali: Ertagacha kut, o’z pulingni ishlatasan.

Bu kurs yodingizdami? Deyarli 99% O’zbeklar qatnashadi. Yodingizdan chiqgan bo’lsa, kursga yozilish esizdan chiqmasin. Har holda bepul:)

photo content

Repost from WAYU Korea
#foydali Vatandoshlarimizning Elchixonada ko’rsatiladigan konsullik xizmatlariga bog’liq savollarga oson va tez javob topishlari uchun O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasining konsullik xizmatlari haqida ma’lumot beradigan telegram tarmog’ida bot ishlab chiqilgan. Ushbu botda siz nafaqat konsullik bo’limi ko’rsatadigan barcha xizmat turlari haqida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot olishingiz, balki arizalar namunalarni yuklab olish, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati, fuqarolarni qabul qilish tartibi, konsullik qabuliga elektron navbat olish, to’lanadigan davlat bojlari bilan ham tanishishingiz mumkin! Botdan foydalanish: @UzEmbassy_kr_bot Bot xizmatidan tashqari qo’shimcha savollaringizni Elchixona konsullik bo’limining uzconsul@naver.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Unashtirildik. Fotixa ✅

Hamma sovg’a olganda biroz hijolat bo’ladimi? Men ham yaqinda “ummat bo’lgan” kunimni o’tkazgandim. Uzbda shunday der ekanku:
+1
Hamma sovg’a olganda biroz hijolat bo’ladimi? Men ham yaqinda “ummat bo’lgan” kunimni o’tkazgandim. Uzbda shunday der ekanku:) Yaqin kishilardan sovg’a olsam xursand bo’laman, muhimi e’tiborda. Esdan chiqib yozmay qo’ygandan yaxshida albatta:) Ammo, biroz uzoqroq tanish bilishlar ham kakao yoki boshqa yerlardan sovg’a yuborsa, negadur hijolat chekar ekanman. Hozir hamyonim kofe kuponlariga to’la, kuponni birga ishlatadigan odamim borligi esa - 2 barobar xursand qilayabdi. Endigi muammo, shu sovg’alarni vaqti o’tib ketmasdan uy manzilimga qabul qilib olishda. Aks holda, menga sovg’a yuborgan odamga “sizning sovg’angizni qabul qilmadi” degan xabarnoma boradi. Tug’ilgan kun bilan tabriklaydigan ilova va xizmatlarga esa alohida rahmat. Doimo ko’ngilni ko’tarib kelishgan. CoinShot esa one love💞 #shukronakun@Elyorbilan 😁

Hamma narsa ham biz xohlagandek “silliq” kechmasligiga o’rganishimiz kerak. Ba’zida unday, ba’zida bunday deb bejizga aytishmaydi. Yo’q, faqat men xohlaganimdek bo’ladi deb “ego” lik qilaverilsa alal oqibat toksik odamga aylanib qolinadi. Bunday Odamlar muvaffaqiyatli ko’rinishi mumkin, ammo yon atrofdagilar qanchalik xarakteri og’ir ekanligini yaxshi bilishadi. Og’ir so’zi juda salbiy ma’noda ishlatdim. Yuqoridagi gapim har javhaga taaluqli chamamda. O’qish, ish, oilaviy hayot va boshqa holatlarda ham duch kelasiz bu kabi insonlarga. Men ham o’qishda, hozir ishda va yana shaxsiy hayotimda kamida 1 nafar shunday kishi bilan muloqot qilar ekanman. Bu esa menga biroz noqulay va og’ir. Aloqani uzib yuborish esa oson emas. Shu sabab siz ham biroz o’ylanib ko’ring. Menda shunday xarakter bormi? Faqat o’zimnikini o’tkazaman degan xulosada turib olasizmi yoki yo’q? Yosh bolalarga o’xshab, shu bo’lmasa yo’q deb turib olmaysizmi? Birovlarni ham eshitishni bilasizmi? Men ham ba’zida, ha demak shunday bo’lishi kerak ekan deb - qo’l siltab qo’yadigan vaziyatlar bo’ladi. Ammo prinsiplarga mos kelmasa, aslo chidamayman. Tinchgina sukut saqlagan holda u yerni tark etaman. #kunhikmati@Elyorbilan

Foydali / TIP 📌 Yodimda borida yozib qoldirayabman. Koreyada servis xizmatlaridan foydalanganda kerak bo’ladi. Bir yerga ishim tushib, telefon qilgan edim. Xizmatni menga kerakli formatda qilib bera olishligini so’radim, ular email orqali yuboravering, kelib ketib vaqtingizni yo’qotmaysiz deb aytishdi. Elektron manzilni oldimda, tezda men hohlagan formatni tashlab berdim. Oradan 30 daqiqacha o’tkazib javob olmagach qayta qo’ng’iroq qildim. Suxbat ma’zmuni: Men: Yaqinda telefon qilgan edim, format bo’yicha. Xodim: Xa, esladim Men: Men yuborgan email “eson omon” yetib bordimi yo’qmi shuni bilmoqchi edim. Xodim: Hozir, shoshmay turingchi…haa mana shu emailni siz yubordingiza? Deb men telefon qilganimdan so’ng emailni ochib ko’rdi😅. Agar qo’ng’iroq qilmaganimda qachon javob berishi noma’lum edi. Cho’zilishi aniq edi-da. Shu payt har ehtimolni hisobga olib, qayta so’rab qo’yadigan odat shakillantirganman. Kimdur menga email yuborsa ham, emailni qabul qilib olganimni, taxminan shu kunlargacha javob yozishimni e’slatib qayta email yozaman. Email oxirida, o’sha kunlarigacha mendan email olmasangiz, bir bora eslating deb ham qo’yaman. Bu kichik elementar tuyilishi mumkin, ammo katta ko’ngilsizliklar va vaqt sovurilishini oldini oladi. @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan

Jamiyat standartlari o’zgarib borayabdi, Odamlar o’z ko’rpasiga qarab oyoq uzatish o’rniga, birovlarning qosh-ko’ziga qarab ish ko’radigan bo’lib qolibdi. Shu sabab ham men ko’p blogger/Motvator larni kuzatmayman. Ular faqat eng yaxshi kunlarini ko’rsatadi va “standart” ko’tarib yuboradi. Qolgan olomon ham, bir-birini qiynab shu standartga moslashishga urunadi. Ha tog’risiyamda, kim o’zini og’ir kunini “doston” qiladi?! Har bir kishi o’ziga qarata - o’z hayoting bilan yashasang nima qiladi? degan savolni o’ziga berganda, nisbatan xotirjam yasharmidi 😁

Toshkentdaki bir necha kun haqida 1. To’y harakatlari bilan kiyim do’konlariga kirib chiqayotgan edik. (Meni to’yim emas). O’sha payt bir do’konda qaysidur blogger mobilogrofi bilan kirib, reklama qilishga tushib ketdi. Koreyadan borganimgami, iloji boricha kameraga tushmaslikka, olib qo’ysa boshqatdan olishga undamoqchi edim. O’zini farosati ishlab, odam yo’q tarafdan video qilib ketdi. 2. Koreyaga qaytishda ham qaysidur blogger qiz bor ekan, Koreyadagi. Unga ham ba’zilar kuzatishini bildirgan edi, iloji boricha uzoqroq turishga harakat qildim. Shap etib, telefonida men tushgan sahna ham chiqib qolmasin deb. Sizlarda ham shundaymi? Yoki unchalik ahamiyat bermaysizlarmi siz ham ekranga tushib qolsangiz? Men negadur, ja unday “simpatiya” bilan qaray olmas ekanman. Koreyada faqat shu Berdiyor aka va Nuriddinshoh akani bloglarida behijolat tushishim mumkinu, qolganlarida noqulaylik bo’larkan. @Elyorbilan

Oxirgi paytlar ko’p eshitayabman. Qarindoshlar ishimga ko’p aralashayabdi, unday qil, bunday qil deyabdi deb. (Oilaniku tushunsa bo’ladi). Ko’pchilik ehh, o’z holimga qo’ysa edi deb zarda ham qilishadi. Menda fikrlash sal boshqacha. Agar sizga tog’ri kelmaydigan maslahat yoki tavsiya berishayabdimi, eshiting ammo bilganingizni qiling. Hech ham ularni bu maslahat uchun ma’lomat qilmang. Sizga qiziqish bildirib, vaqtini sarflayabdiku ahir. Umuman bor yo’qligingizdan habar olmasa, yohud sizga umuman qiziqish bildirmasa bu aslida qayg’uli emasmi? Qarindosh degani bir biriga doimo yelkadosh bo’lishi kerak. Do’st birodarlik boshqa masala, ammo qon-qarindosh ham juda kerak sizlarga aytsam. @Elyorbilan #kunhikmati@Elyorbilan

Sizga kimdur “mana men turib beraman!” dedimi, 100% ishonib qolmang. Ko’p ehtimol bilan turib bera olmaydi. Yuqoridagi gapim juda ko’p hollarga, vaziyatlarga tog’ri keladi. “Tak shto” avval o’zingizga ishoning. U odam hal qila olmasachi? Degan savol bilan o’zingizga murojaat qilib, yechimini avvaldan izlayvering. @Elyorbilan #kunhikmati@Elyorbilan

E’lon: OASIS Kursi - bepul! 📌 Ana endi Seul yoki boshqa katta shaharlarga borib o’qishni xojati yo’q. Bepulga Chungnam unive
E’lon: OASIS Kursi - bepul! 📌 Ana endi Seul yoki boshqa katta shaharlarga borib o’qishni xojati yo’q. Bepulga Chungnam universitetida o’qishingiz va keyinchalik o’zingizga mos vizada foydalansangiz bo’ladi. Application link @Elyorbilan https://forms.gle/o2PiTNVGhLR9YmY77

Toshkentdagi taasurot 1-qism Ha aytgancha, O’zbekistonga borganimda avto ulovni muammosiz haydadim, Koreya pravasi bilan. Gai xodimi to’xtatmadida:) O’zimni huddi 10 yillik haydovchiday tutib haydadim 😅 Toshkentim yo’llari ancha ravon va juda go’zallashgan. Ba’zi hududlar huddi yevropadek. Kechqurunlari ishlaydigan market va restoranlar ko’paygan. Kunu Tun hayot qaynamoqda ekan. 5 kun bo’lgani uchun juda ko’pchilik bilan ko’rishishga vaqtim bo’lmadi. Borishdan asosiy maqsad, do’stimni to’yini o’tkazib kelish edi. Kuyov jo’ra ham bo’lib, o’zim uchun ancha tajriba ortirdim. Do’stim bilan Andijon, O’sh va boshqa ko’plab shaharlarga birga sayohat qilgan edim. U yerdan kelgan qarindoshlarini ko’rib, xuddi o’z qarindoshlarimdek juda tez chiqishib ketdim. Ancha yillar bir yerda o’qigan misram bilan postni yakunlayman. “Do’st degani faqat og’ir kundagina emas, balki quvonchli kunda ham birga turishi ishonch bag’ishlar ekan.” P.s: videoda men yashaydigan mahalla, oq uy masjidi ham yaqinda qurib bitkazildi. Yon atrofim bo’shligiga sabab, faqat men oldindan o’rindoq band qilgan edim. Qolganlar randomli oldi:) @Elyorbilan #Toshkent@Elyorbilan