Elga yor (Elyor)
رفتن به کانال در Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
نمایش بیشتر1 062
مشترکین
-124 ساعت
+47 روز
+730 روز
آرشیو پست ها
1 062
Men o’zimni “moral” yosh qarigan odam deb bilar edim. Chuchvarani hom sanagan ekanman.
Odam uylanguncha bunday deyishga haqqi yo’q ekan:)
P.s: Jismonan esa 21 yoshdaman (tekshiruv natijasi, organizmim yosh - zabardast hali)
@Elyorbilan
1 062
Suxbatga ko’zim tushdi.
Ali: Do’stim 100,000 won berib tur, ertaga oyligim tushsa qaytaraman.
Vali: Ertagacha kut, o’z pulingni ishlatasan.
1 062
Bu kurs yodingizdami?
Deyarli 99% O’zbeklar qatnashadi. Yodingizdan chiqgan bo’lsa, kursga yozilish esizdan chiqmasin. Har holda bepul:)
1 062
Repost from WAYU Korea
#foydali
Vatandoshlarimizning Elchixonada ko’rsatiladigan konsullik xizmatlariga bog’liq savollarga oson va tez javob topishlari uchun O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasining konsullik xizmatlari haqida ma’lumot beradigan telegram tarmog’ida bot ishlab chiqilgan.
Ushbu botda siz nafaqat konsullik bo’limi ko’rsatadigan barcha xizmat turlari haqida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot olishingiz, balki arizalar namunalarni yuklab olish, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati, fuqarolarni qabul qilish tartibi, konsullik qabuliga elektron navbat olish, to’lanadigan davlat bojlari bilan ham tanishishingiz mumkin!
Botdan foydalanish: @UzEmbassy_kr_bot
Bot xizmatidan tashqari qo’shimcha savollaringizni Elchixona konsullik bo’limining uzconsul@naver.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
1 062
+1
Hamma sovg’a olganda biroz hijolat bo’ladimi?
Men ham yaqinda “ummat bo’lgan” kunimni o’tkazgandim. Uzbda shunday der ekanku:)
Yaqin kishilardan sovg’a olsam xursand bo’laman, muhimi e’tiborda. Esdan chiqib yozmay qo’ygandan yaxshida albatta:)
Ammo, biroz uzoqroq tanish bilishlar ham kakao yoki boshqa yerlardan sovg’a yuborsa, negadur hijolat chekar ekanman. Hozir hamyonim kofe kuponlariga to’la, kuponni birga ishlatadigan odamim borligi esa - 2 barobar xursand qilayabdi.
Endigi muammo, shu sovg’alarni vaqti o’tib ketmasdan uy manzilimga qabul qilib olishda. Aks holda, menga sovg’a yuborgan odamga “sizning sovg’angizni qabul qilmadi” degan xabarnoma boradi.
Tug’ilgan kun bilan tabriklaydigan ilova va xizmatlarga esa alohida rahmat. Doimo ko’ngilni ko’tarib kelishgan. CoinShot esa one love💞
#shukronakun@Elyorbilan 😁
1 062
Hamma narsa ham biz xohlagandek “silliq” kechmasligiga o’rganishimiz kerak.
Ba’zida unday, ba’zida bunday deb bejizga aytishmaydi.
Yo’q, faqat men xohlaganimdek bo’ladi deb “ego” lik qilaverilsa alal oqibat toksik odamga aylanib qolinadi. Bunday Odamlar muvaffaqiyatli ko’rinishi mumkin, ammo yon atrofdagilar qanchalik xarakteri og’ir ekanligini yaxshi bilishadi. Og’ir so’zi juda salbiy ma’noda ishlatdim.
Yuqoridagi gapim har javhaga taaluqli chamamda. O’qish, ish, oilaviy hayot va boshqa holatlarda ham duch kelasiz bu kabi insonlarga. Men ham o’qishda, hozir ishda va yana shaxsiy hayotimda kamida 1 nafar shunday kishi bilan muloqot qilar ekanman. Bu esa menga biroz noqulay va og’ir. Aloqani uzib yuborish esa oson emas.
Shu sabab siz ham biroz o’ylanib ko’ring. Menda shunday xarakter bormi? Faqat o’zimnikini o’tkazaman degan xulosada turib olasizmi yoki yo’q? Yosh bolalarga o’xshab, shu bo’lmasa yo’q deb turib olmaysizmi? Birovlarni ham eshitishni bilasizmi?
Men ham ba’zida, ha demak shunday bo’lishi kerak ekan deb - qo’l siltab qo’yadigan vaziyatlar bo’ladi.
Ammo prinsiplarga mos kelmasa, aslo chidamayman. Tinchgina sukut saqlagan holda u yerni tark etaman.
#kunhikmati@Elyorbilan
1 062
Foydali / TIP 📌
Yodimda borida yozib qoldirayabman.
Koreyada servis xizmatlaridan foydalanganda kerak bo’ladi.
Bir yerga ishim tushib, telefon qilgan edim. Xizmatni menga kerakli formatda qilib bera olishligini so’radim, ular email orqali yuboravering, kelib ketib vaqtingizni yo’qotmaysiz deb aytishdi. Elektron manzilni oldimda, tezda men hohlagan formatni tashlab berdim. Oradan 30 daqiqacha o’tkazib javob olmagach qayta qo’ng’iroq qildim.
Suxbat ma’zmuni:
Men: Yaqinda telefon qilgan edim, format bo’yicha.
Xodim: Xa, esladim
Men: Men yuborgan email “eson omon” yetib bordimi yo’qmi shuni bilmoqchi edim.
Xodim: Hozir, shoshmay turingchi…haa mana shu emailni siz yubordingiza?
Deb men telefon qilganimdan so’ng emailni ochib ko’rdi😅. Agar qo’ng’iroq qilmaganimda qachon javob berishi noma’lum edi. Cho’zilishi aniq edi-da.
Shu payt har ehtimolni hisobga olib, qayta so’rab qo’yadigan odat shakillantirganman. Kimdur menga email yuborsa ham, emailni qabul qilib olganimni, taxminan shu kunlargacha javob yozishimni e’slatib qayta email yozaman. Email oxirida, o’sha kunlarigacha mendan email olmasangiz, bir bora eslating deb ham qo’yaman.
Bu kichik elementar tuyilishi mumkin, ammo katta ko’ngilsizliklar va vaqt sovurilishini oldini oladi.
@Elyorbilan
#foydali@Elyorbilan
1 062
Jamiyat standartlari o’zgarib borayabdi,
Odamlar o’z ko’rpasiga qarab oyoq uzatish o’rniga, birovlarning qosh-ko’ziga qarab ish ko’radigan bo’lib qolibdi.
Shu sabab ham men ko’p blogger/Motvator larni kuzatmayman. Ular faqat eng yaxshi kunlarini ko’rsatadi va “standart” ko’tarib yuboradi. Qolgan olomon ham, bir-birini qiynab shu standartga moslashishga urunadi. Ha tog’risiyamda, kim o’zini og’ir kunini “doston” qiladi?!
Har bir kishi o’ziga qarata - o’z hayoting bilan yashasang nima qiladi? degan savolni o’ziga berganda, nisbatan xotirjam yasharmidi 😁
1 062
Toshkentdaki bir necha kun haqida
1. To’y harakatlari bilan kiyim do’konlariga kirib chiqayotgan edik. (Meni to’yim emas).
O’sha payt bir do’konda qaysidur blogger mobilogrofi bilan kirib, reklama qilishga tushib ketdi.
Koreyadan borganimgami, iloji boricha kameraga tushmaslikka, olib qo’ysa boshqatdan olishga undamoqchi edim. O’zini farosati ishlab, odam yo’q tarafdan video qilib ketdi.
2. Koreyaga qaytishda ham qaysidur blogger qiz bor ekan, Koreyadagi. Unga ham ba’zilar kuzatishini bildirgan edi, iloji boricha uzoqroq turishga harakat qildim. Shap etib, telefonida men tushgan sahna ham chiqib qolmasin deb.
Sizlarda ham shundaymi? Yoki unchalik ahamiyat bermaysizlarmi siz ham ekranga tushib qolsangiz?
Men negadur, ja unday “simpatiya” bilan qaray olmas ekanman.
Koreyada faqat shu Berdiyor aka va Nuriddinshoh akani bloglarida behijolat tushishim mumkinu, qolganlarida noqulaylik bo’larkan.
@Elyorbilan
1 062
Oxirgi paytlar ko’p eshitayabman.
Qarindoshlar ishimga ko’p aralashayabdi, unday qil, bunday qil deyabdi deb. (Oilaniku tushunsa bo’ladi).
Ko’pchilik ehh, o’z holimga qo’ysa edi deb zarda ham qilishadi.
Menda fikrlash sal boshqacha. Agar sizga tog’ri kelmaydigan maslahat yoki tavsiya berishayabdimi, eshiting ammo bilganingizni qiling. Hech ham ularni bu maslahat uchun ma’lomat qilmang. Sizga qiziqish bildirib, vaqtini sarflayabdiku ahir.
Umuman bor yo’qligingizdan habar olmasa, yohud sizga umuman qiziqish bildirmasa bu aslida qayg’uli emasmi? Qarindosh degani bir biriga doimo yelkadosh bo’lishi kerak.
Do’st birodarlik boshqa masala, ammo qon-qarindosh ham juda kerak sizlarga aytsam.
@Elyorbilan
#kunhikmati@Elyorbilan
1 062
Sizga kimdur “mana men turib beraman!” dedimi,
100% ishonib qolmang. Ko’p ehtimol bilan turib bera olmaydi. Yuqoridagi gapim juda ko’p hollarga, vaziyatlarga tog’ri keladi.
“Tak shto” avval o’zingizga ishoning. U odam hal qila olmasachi? Degan savol bilan o’zingizga murojaat qilib, yechimini avvaldan izlayvering.
@Elyorbilan
#kunhikmati@Elyorbilan
1 062
E’lon: OASIS Kursi - bepul! 📌
Ana endi Seul yoki boshqa katta shaharlarga borib o’qishni xojati yo’q.
Bepulga Chungnam universitetida o’qishingiz va keyinchalik o’zingizga mos vizada foydalansangiz bo’ladi.
Application link
@Elyorbilan
https://forms.gle/o2PiTNVGhLR9YmY77
1 062
Toshkentdagi taasurot 1-qism
Ha aytgancha,
O’zbekistonga borganimda avto ulovni muammosiz haydadim, Koreya pravasi bilan. Gai xodimi to’xtatmadida:)
O’zimni huddi 10 yillik haydovchiday tutib haydadim 😅
Toshkentim yo’llari ancha ravon va juda go’zallashgan. Ba’zi hududlar huddi yevropadek. Kechqurunlari ishlaydigan market va restoranlar ko’paygan. Kunu Tun hayot qaynamoqda ekan. 5 kun bo’lgani uchun juda ko’pchilik bilan ko’rishishga vaqtim bo’lmadi.
Borishdan asosiy maqsad, do’stimni to’yini o’tkazib kelish edi. Kuyov jo’ra ham bo’lib, o’zim uchun ancha tajriba ortirdim. Do’stim bilan Andijon, O’sh va boshqa ko’plab shaharlarga birga sayohat qilgan edim. U yerdan kelgan qarindoshlarini ko’rib, xuddi o’z qarindoshlarimdek juda tez chiqishib ketdim.
Ancha yillar bir yerda o’qigan misram bilan postni yakunlayman.
“Do’st degani faqat og’ir kundagina emas, balki quvonchli kunda ham birga turishi ishonch bag’ishlar ekan.”
P.s: videoda men yashaydigan mahalla, oq uy masjidi ham yaqinda qurib bitkazildi. Yon atrofim bo’shligiga sabab, faqat men oldindan o’rindoq band qilgan edim. Qolganlar randomli oldi:)
@Elyorbilan
#Toshkent@Elyorbilan
1 062
Repost from Azamat Akbar | Lektorium
Инсоннинг бетоб ҳолатда ишлаши — боғлиқлик рамзи эмас. Бу — касалланган маълум бир маданиятнинг аломатидир. Токсик иш жойларида дам олиш ожизлик белгиси сифатида қаралади. Ишингиз учун ўзингизни фидо қилишингиз кутиляпти.
1 062
Toshkentga kelish quvonch bag’ishlasa,
Uni tark etish shunchalik mag’zun aylagay.
Ha azizlar, men birrovga kelib ketayabman. Ammo hamma rejalarim amalga oshdi, o’ziga shukr.
Keyinroq, 5 kunlik qaytishni ajoyib yoritaman, ancha esda qolarli bo’ldi. Hozircha jiya va tog’a sizlarga salom yo’llaymiz.
Satrlarda ko’rishguncha,
@Elyorbilan
1 062
Repost from Vashington kundaligi
Bolaligimizdan tanish ovozlar. Aksariyati olamdan o’tib ketganini bilmas ham ekanman.
@bmamadiev
1 062
Koreyada yon atrofni ta’siri
Ko’pchiligimiz Koreyada ota-onasiz yolg’iz kelamiz, ba’zilarimiz o’z oilamiz bilan yashaymiz. Qon-qarindosh, ota-onasiz Koreyada yashagandan keyin, bo’sh vaqtni asosan do’stlar bilan o’tkazamiz.
Har qanday do’st ortirishda ehtiyot bo’lishingizni tavsiya qilaman. Ularni fikrlashi, harakatlari sizlarni ham kelajagingizga ta’sir qilishi bor gap.
*Bekorga aytishmaydiku, inson do’stining dinida bo’ladi deb.
Bugun men ham bir necha tanish bilan aloqani uzishga qaror qildim. Ba’zi toksik odamlar bo’ladiki, zarari tekkani tekan jamiyatga.
Har xil jamiyatlarga qo’shilib ketmasdan, avval o’qib izlaning. Koreyaga ko’pchilik hali yosh payti, beg’uborlik davrida keladi. Ular “plastilin” ga o’xshaydi. Hohlagan forma keltirib chiqarishingiz mumkin. Shunday ekan, Koreyaga kelganiga ancha bo’lgan, bu yerni “ob-havo” sidan habardor yaxshi odamlardan maslahat olishni kanda qilmang. Bu faqat sizga foyda, maslahat berayotgan odamga emas.
Hozir Koreyada O’zbeklarimiz ko’paysa ko’payadiki, endi kamaymasa kerak.
Ko’pchilik yoshlar, ba’zilari o’zini uddabiron deb biladiganlar kerakli joylarda o’tiribdi.
Ba’zilari, pravasiz qo’lga tushgan, shilqimlik yoki tegajonlik qilgan, kuch ishlatgan, pul “yuvish” da ishtirok etgan, har xil “giyoh” qabul qilib qo’ygan, faqatgina sha’riy nikoh o’qitib, kayfini qilvogach taloqni birin ketin berib yotgan, klubda muammo chiqarib mahkamada o’ziga kelganlar va ish topib berib o’rtada pul yeb ketadigan va boshqalar tiqilib yotibdi men sizlarga aytsam.
Yuqoridagilar turkumiga kirib qolishdan avval, ota-onangiz sizlarni nima maqsadda Koreyaga jo’natganini unutmang. O’zingizga achinmasangiz, sizlarni kutayorgan shu qorako’zlarning ahvolini o’ylang.
Ba’zida shu haqiqatlarni yozib tursam kerak endi.
@Elyorbilan
#haqiqat@Elyorbilan
#aktual@Elyorbilan
1 062
+1
Muhim eslatma!
Kanalimda manashunday joylanayotgan reklamalar Telegram tomonidan tog’ridan to’g’ri joylanayabdi. Ya’ni menga ko’rinmaydi.
Bu reklamalarga meni umuman aloqam yo’q, keyinchalik ham aloqam bo’lmaydi.
Reklama postini alohida #reklama@Elyorbilan orqali beraman. Qolganlarini barchasi soxta. Aldanib qolmang.
@Elyorbilan
#ogoh@Elyorbilan
#aktual@Elyorbilan
