fa
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

رفتن به کانال در Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

نمایش بیشتر
1 062
مشترکین
+424 ساعت
+37 روز
+730 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اوت '26
اوت '260
در 0 کانال‌ها
ژوئیه '26
+48
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+131
در 2 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+31
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+52
در 2 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+13
در 2 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+31
در 3 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+16
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+55
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+160
در 7 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+99
در 4 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+143
در 11 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+101
در 5 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+161
در 14 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+96
در 5 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+68
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+18
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+19
در 2 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+55
در 3 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+142
در 4 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+79
در 5 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+121
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '240
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '240
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+197
در 1 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
01 اوت0
پست‌های کانال
O’zbekiston va Koreya har jabhada o’zaro hamkorlik qilavergani, Koreyadan ko’ra bizlarga foydaliroq. Sababi Koreyslar ishiga ancha puxta va oxiriga yetkazib qilishga o’rgangan xalq. Biz ham shunga yaqin sohada O’zbekiston hukumati bilan ishlayabmiz. Avgust oxirlariga esa ish safari bilan Toshkentimga borib kelaman. Imkoniyat tug’ilishi bilan Kompaniyamni majburlab bo’lsa ham ushbu loyihaga qo’shtirdim, va o’ylaymanki Chorvachilik sohasida sog’lom mol va buqalarni shaklantiramiz. Biz bo’lsa sifatli vaksinlarni taqdim qilamiz. Xalqimiz esa, sifatli sut va go’sht mahsulotlari bilan to’yinadi. Ish bilan O’zbekistonga borib kelish kayfiyati boshqacha bo’lsa keraga? O’zimni yonimdan xarajat qilmay Kompaniyam va Koreya hukumati xarajatlarni qoplasa?:) @Elyorbilan

2
https://share.google/sb9Z8b4mQB5oAbuzZ
462
3
Yopiq guruhimizda shuni muhokama qilayotib o’zim ham qisqa va lo’nda qo’shimcha qilgim keldi. Sabab va yechimlar: Uydagilari qilishi kerak bo’lgan yo’llar. 1. To’y xashamni ixcham qilish 2. Uydigilari mashinani keyinroq olib, jamoat transport yoki taksida yurib turishi 3. Farzandga pul keladigan kanal sifatida emas, avval o’qib olsin degan na’zarda qarash 4. Oilada bu og’ildan boshqa boquvchi bo’lsa, o’sha oylikka qanoat qilib turish 5. Aka-uka, opa-singil kontraktiyu ehtiyojlari kelib chiqishidan avval qanday yetkazamiz? ni o’ylagandan keyin reja tuzish. 6. Uy olish, uy qurishni imkoniyatidan kelib chiqib qilish. 7. Ijtimoiy tarmoqdagi hayp postlarni ko’rishdan tiyilish. Uni bolasi - qo’sha qo’sha Mashina uy olib beribdi ota-onasiga deydiganlarni kamroq ko’rish va farzandiga reels yuboravermaslik. 8. 4-6 ta farzand tug’ib, ha bittasi zo’r bo’lib ketsa hammasini shu boqadi degan na’zariya yoki niyatni qayta o’ylab ko’rish Bola tarafdan qilingani ma’qul yo’llar. 1. O’zi Koreyaga nima uchun kelganini ota-onasi bilan ochiqchasiga gaplashib olish. 2. Qarz-qurz, katta kontrakt bo’lsa avval shuni to’lovini qilishni o’ylash va buni uydagilarga tushuntirish. 3. Koreyaga moslashib olish juda muhim, pul keladigan yo’llarni qarab ko’rish, faqat “alba” yoki tekpe qilavermasdan. 4. Ozgina bo’lsa ham oyiga 2-300$ uyga chiqarishni o’ylab ko’rish. Har oy 2-3 marta shanba yakshanba ishga chiqib kelsa shularni qoplay oladi. 5. O’rtoqlariga do’stlariga havas qilib, topganiga chet elga chiqavermay avval uydagi ehtiyojlarni qondirib qo’yish. 6. Rejali yurish va maksimal og’ir bosiq bo’lish. 7. Shappa mashina olvomasdan avval o’zi menga kerakmi Koreyada mashina, o’qishimga zaruriyati bormi yoki ashulani baland qilib maqtanib yurmoqchimanmi degan savolni berish? 8. SNS dagi ota-onamga mana uy yoki mashina oldim deganlarni kamroq ko’rish va o’zi bilan taqqoslayvermaslik. Ko’pi hayp uchun yoki kreditga olinganligini o’ylab ko’rish. 9. Uydagilarga hadeb Koreyadagi “nelegallarni oyligi” bilan taqqoslayvermasligini tushuntirish, aks holda u hal nelegal bo’lishini va uyga bir necha 10 yillab bora olmay qolishini biroz do’q po’psa qilib tushuntirish. Shularni o’ylab ko’rish kerak. Menda ham ba’zi tanishlar bor, qarz-qurzga botib ketgan ammo Uzbda mashinagu hovli-joylar qilib qo’ydim deb ko’ksini uradi. Shularni qarzini ota-onasi bilmay boshqalarga o’rnak qilaveradi. Qarabsizki balans buziladi. O’zi eski Twitter da gap bor ediku, ana Koreyalik maqtanchoqlar keldi deb. Hozirgi kursda endi maqtanib ham bo’lmay qoldi azizlar:) Ozgina achitib yozdim hafa bo’lmanglar. @Elyorbilan
1 104
4
Kuni kecha bir ukamiz yozib qoldi. O'qib, rostini aytsam, ancha o'ylanib qoldim.Biroz ichim o'g'ridi...😑Ushbu postni farzand
Kuni kecha bir ukamiz yozib qoldi. O'qib, rostini aytsam, ancha o'ylanib qoldim.Biroz ichim o'g'ridi...😑Ushbu postni farzandi Koreyada o'qiyotgan hamma Ota-onalar o'qisin,ulashib qo'yinglar.. Murojaat shunday boshlandi: "Aka, honadoshimning uyidagilar bilan anchadan beri munosabati yaxshi emas. Sababi hammamizga tanish gap: 'Qo'shnining o'g'li sendan ko'p pul jo'natyapti.' Lekin bu bola bekorchi emas. Koreyaga kelganiga hali ikki yil ham bo'lgani yo'q. Bakalavrda haftasiga 5 kun o'qiydi, TOPIK 6 olgan, juda bilimli. O'qishga ishtiyoqi juda baland. O'zi ham aytardi: 'Men ertalabdan kechgacha boshqa shaharlarga qatnab o'qidim, qiynaldim, faqat kelajagim uchun.' Bir kuni menga shunday dedi: 'Agar boshidan "Sen o'qima, ishlashing kerak" deyishganida, balki boshqa yo'lni tanlardim. Lekin endi o'qishning oxiriga kelganda meni zavodda ishlayotgan odam bilan solishtirishyapti. Uning oyligini misol qilishyapti. Men ham ota-onam yaxshi yashasin deb o'qiyapman-ku. Ozgina sabr qilishsa bo'lmaydimi?' Kecha undan: 'Uyidagilar bilan yarashdingmi?' deb so'radim. Javobi og'ir bo'ldi. "Hamma bilan aloqani uzdim. Telefonimni ham o'chirib qo'ydim."😑 Shu joyida ota-onalarga ham bir gapni aytish kerak: Farzandingiz bankomat emas. Har oy pul jo'natadigan apparat ham emas. Siz uni Koreyaga bilim olib, kelajagini qursin deb yubordingizmi yoki faqat pul mashinasi bo'lib qolsin debmi? Har safar "Qo'shnining o'g'li..." degan gapni aytaverish bilan farzandingizning ruhiyatini sindirayotganingizni balki sezmayotgandirsiz. Bir marta ham: "O'qishing qalay?" "Sog'lig'ing yaxshimi?" "Qiynalmayapsanmi?" "Senga qanday yordam bera olamiz?" deb so'rab ko'rganmisiz? Afsuski, ba'zi ota-onalar farzandining diplomi tayyor bo'lishini kutmaydi, mevasi pishishini kutmaydi, daraxtni ildiz otmasidan turib meva talab qiladi. Keyin esa nega farzand uzoqlashib qoldi, nega telefon ko'tarmayapti, nega gaplashmay qo'ydi deb hayron bo'lishadi. Hurmatli ota-onalar, iltimos, farzandingizni qo'shnining o'g'li bilan emas, kechagi o'zi bilan solishtiring.Kimdir zavodda ishlab bugun ko'proq topayotgandir. Kimdir esa o'qib, ertaga undan bir necha barobar ko'proq qiymat yaratadi. Har kimning vaqti har xil.Yana bir narsani unutmang.Bugun siz "Pul jo'nat" deb bosim qilayotgan farzandingiz, ertaga o'qishini tashlab, orzusidan voz kechsa, bundan eng katta zararni nafaqat u, balki butun oila ko'radi. Ba'zan 3–4 yil sabr qilish, 30 yil natija beradi.Bosim esa ba'zida bitta telefonni emas, ota-ona bilan farzand o'rtasidagi mehrni ham butunlay o'chirib qo'yadi.
332
5
Kitobni o’qib Toshkentim yodimga tushdi. Biz ham yoshlikda maktabdan keliboq, ko’chaga yugurar edik. Haqiqatda 2 ta toshdan d
Kitobni o’qib Toshkentim yodimga tushdi. Biz ham yoshlikda maktabdan keliboq, ko’chaga yugurar edik. Haqiqatda 2 ta toshdan darvoza yasab to’pi bor do’stimizni chaqirardik va futbolni boshlardik. Kech kirib kelinlar shlankada yoki chelakda suv sepishga tushushar va bizni o’yinni ham beliga tepishar edi. Ajoyib xitoralarni yodga soldi. Fayziobod mahallasi 8-tor ko’cha. @Elyorbilan
634
6
Yashavor Ispaniya! Ispaniya 2026 yil Jahon chempioniga aylandi! Haftani ko’taringki kayfiyat ila boshlamoqdamiz azizlar 😎+1
Yashavor Ispaniya! Ispaniya 2026 yil Jahon chempioniga aylandi! Haftani ko’taringki kayfiyat ila boshlamoqdamiz azizlar 😎
807
7
Yodingizda bo’lsa immigrantlar bo’yicha statsitikadan ma’lumotlar ulashib turardim. Ma’lumotlarning bir qismini Ahrorjon aka qilgan so’rovnomalar natijasidan olardim. Aka yana O’zbekistonliklar ishtirokida so’rovnoma qilayotgan ekanlar. So’rovnomani to’ldirayotib, men o’zi qanday edimku?.. hozir qanday ahvoldaman - degan savolni berasiz yakunda. Tavsiya qilaman! #ilmniqollaymiz ⚡️ Ilmiy tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shing! Sizni "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi keng ko‘lamli ilmiy so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. 🕒 So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar anonim tarzda yig‘iladi va faqat ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi. 🎁 Rag‘batlantirish So‘rovnomani yakunlagach, uning oxirida berilgan Telegram guruhiga qo‘shiling va so‘rovnoma muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi skrinshotni guruhga yuboring. Tadqiqot yakunida barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 15 nafar g‘olib aniqlanadi. 🏆 Sovg‘alar: 1️⃣ 📚📖Eng omadli dastlabki uch ishtirokchi uchun "Mutolaa" loyihasining 6 oylik Premium obunasi, yoki 💰💳 uning qiymatiga teng pul mukofoti (g‘olibning tanloviga ko‘ra) 2️⃣ Qolgan yana 12 nafar ishtirokchi uchun esa Mutolaa Premium ning bir oylik obunasi yoki uning qiymatiga teng pul mukofoti 🙏 Ilmiy tadqiqotimizni qo‘llab-quvvatlab, uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizdan umidvormiz. Shuningdek, ushbu so‘rovnomani yaqinlaringiz va hamkasblaringiz bilan ulashsangiz, tadqiqot sifatini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz. ✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6
1 125
8
Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar. Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim. 1. Ishga biroz ertaroq boring Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali. 2. Salomlashishni unutmang Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish. Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying. 3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing Kim qaysi bo‘limda ishlaydi? Kim sizning bevosita rahbaringiz? Kim bilan ko‘proq ishlaysiz? Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar? Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin. 4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi: Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda? Suv, choy, kofe qayerdan olinadi? Kofe mashina qanday ishlaydi? Tushlikni qayerda qilish mumkin? Printer qayerda va qanday ishlatiladi? Wi-Fi paroli qayerdan olinadi? Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi. 5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin. Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman. Qaysi meeting room qayerda joylashgan? Ularni qanday band qilish kerak? Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun? 6. Ichki tizimlarni o‘rganing Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi. Ichki chat qaysi platformada yuritiladi? Email imzosi qanday bo‘lishi kerak? Hujjatlar qayerga yuklanadi? Tasklar qaysi platformada beriladi? Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi. 7. Ko‘p savol bering Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang. Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir. Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻
943
9
Бугун эрталаб ўғлимни мактабга кузатиб қўяётиб, унинг корейс синфдош дўстини учратиб қолдик. Бирга кетаётганимизда, орқамизда
Бугун эрталаб ўғлимни мактабга кузатиб қўяётиб, унинг корейс синфдош дўстини учратиб қолдик. Бирга кетаётганимизда, орқамиздан ўша боланинг онасининг баланд овози эшитилди: "Ўғлим! Мактабдан кейин тўғри хагвон (хусусий курс)га борасан! Инглиз тили, санъат, кейин математика, хўпми?! Нега индамайсан, эшитдингми гапимни?!" Тиғиз режалардан чарчаган ҳалиги бола йўлда бизга ҳасрат қилиб қолди: Корейс бола: "Менинг ойим доим шунақа... Тўхтовсиз ўқиш, ўқиш деб жаврайверадилар." Мен: "Ундай эмас, ҳамма оналар хавотир олганидан шундай қилишади, хафа бўлма." Шунда ўғлим дўстига қараб: Ўғлим корейс дустига: "Сенинг ойинг ўқишга эътибор бераркан, лекин менинг ойим кўпроқ одоб-ахлоқли бўлишни ўргатади," — деди. Бу гапни эшитган корейс боланинг кўзлари чақнаб кетдиб: "Вой... Мен ҳам Ўзбекистонга бориб, ўша ерда ўқимоқчиман!" Кулиб юборишимга оз қолганди, лекин ўғлим вазиятга жиддий нуқта қўйди: Ўғлим: "Лекин... бизнинг Ўзбекистонда ўқитувчилар ўқувчиларни уришади!" Мен шошиб: "Йўқ, ҳозир ундай эмас, у эски гаплар!" — деб суҳбатни якунладим. Суҳбатдан кейинги ўйлар... Болаларнинг гапи беғуборлик билан тугади-ю, лекин ҳалиги корейс боланинг "Ўзбекистонда ўқимоқчиман" дегани чуқур уйлантирди. Эрталабдан кечгача тинимсиз ўқиш ва кушимча мактабдан кейинги курслар (ҳагвон) босими болани шунчалик чарчатганки, у ҳатто "ўқитувчиси уриши мумкин бўлган" юртга ҳам кетишга рози 😊 Канал қизиқ бўлса обуна бўлинг☺️ https://t.me/koreyadagihayot
1 219
10
Ishxonamdagi Team leader ni kuzatdik. Qachondir bu kun kelishini taxmin qilayotgan edimku ammo kutayotganimdan tezroq sodir bo’ldi. Men naqd 3 yil birga ishlagan, team boshlig’i boshqa Kompaniyaga ketdi va bugun oxirgi ish kuni edi. Uzunroq bo’ladiyu ammo o’qiganingizga afsuslanmaysiz degan ummidaman. U inson uchun alohida post yozishim zarur edi. - Ba’zida Koreyslar haqida, madaniyati haqida postlar yozardim. 90% ma’lumotlarni shu kishidan o’rganganman va sizlarga ham ulashgandim. - 46 yoshli aka ishxonamizda 17 yil ishladi. Men bilan esa 3 yil. Avval boshqa boshliq bilan 9 oy ishlagan bo’lsa hozirgisi bilan uzoqroq ishladim va farqlarini ochiq aytmoqchiman. - 사회생활 ni yaxshi qila olmas edi, shunga Kompaniyadagilar bilan unchalik ham yaqin emasdi. Ko’pchilik uni mensimasdi ham. Ammo o’z ishining ustasi, juda professional odam edi. - U veterinar va marketing sohasida ham magistr darajasini olgan odam bo’lib, haligacha o’rganishdan charchamasdi. - Meni ilk rasmiy ishxonam bo’lgani, va ishga moslashishimda asosiy ko’makchi shu kishi bo’ldi. Kerak bo’lsa bog’cha bolasiga tushuntirgandek o’rgatdi. Koreyslardan ko’proq ish olganimda ham chet ellik eplay olmasa kerak deyishganda, ishonib ishni menga topshirdi va birga ko’maklashdi. Hozirda o’zimdan ancha uzoq ishlagan Koreyslardan ko’ra ancha natijali ish ko’rsatayabman. Albatta maosh ham shunga yarasha. Bugungi rasmiy “report” da ham eng yaxshi taqdimot qilgan kishi men bo’ldim, 7 kishini ichidan. Albatta bu darajaga yetishishimda shu kishini ham o’rni bo’lakcha. Bugun xayrlashayotib, Elyor shuncha o’rgatganlarimni o’z ishingda qo’llaganing uchun rahmat. Ishim natijasini senda ko’rib juda xursand bo’lib, rozi bo’lib ketayabman deb aytdi. - Hozir nisbatan yuqori lavozimga o’xshash Kompaniyaga ketayabdi. Ketishini aytgan kuniyoq, menga qarab - Elyor agar ishxonadan qachondir ketish fikring bo’lsa o’zimga ayt. Seni o’zimni Kompaniyamga olib ketaman. Seulda yashash Tejondan qiziqroq bo’lsa keraga? deb ancha ishi haqida gaplashdim. - Hozirgacha chet elliklarni va Musulmonlarni shu kishichalik hurmat qilib, teng ko’radigan Koreys uchratmagandim. Kerak bo’lganida tanqid ham qilib, kamchiliklarimni o’zimga yolg’iz aytardi. Birga juda ko’p chet el safarlariga chiqdik va meni Musulmon Davlatlarda umuman uyaltirib yoki hijolat qiladigan ishlar qilgani yo’q. - Biz huddi bir davrda yashagandek odamlar edik. U yoshligidagi holatlarni aytsa meni yoshligimdagi holatlar bilan mos tushardi. O’shandagina Koreya va O’zbekistonim o’rtasida taxminan 20-30 yil farq borligini sezardim. Shu sabab bo’lsa kerak biz huddi sheriklardek ishladik. - Menimcha men u kishidan ko’p o’rgana olishimni yagona sababi - men hali bu sohada yangiman va o’rganishim kerak degan “mind” bo’lganidir. Agar ego kuchlilik qilib ha o’zim bilaman deganimda allaqachon orqaga qarab sho’ng’igan bo’lardim. Aynan shu “fikrlashim” ni u ham ta’kidlab, birga ishlash juda qiziq va yangi din, madaniyatni o’rgana olganini minnatdor bo’lib aytdi. - Qachon yana shunday hamkasb bilan ishlayman bilmadimu ammo men ko’p narsa o’rganganimda ancha rozi bo’lganimni bugun tushunib yetdim. So’zim yakunida: o’tkazgan 3 yilimga qayta ko’z yugurtirar ekanman, siz bilan ishlaydigan odamlarning sizga ta’siri qay darajada bo’lishini real misollar bilan keltirganimdan xursand bo’ldim. @Elyorbilan #ishatmosferasi
1 208
11
Koreya va Janubiy Afrika o’yini boshlanishidan avval Koreys team leader menga qarab: 엘료르 우즈벡 졌네 ㅋㅋㅋ O’yin tugagach u akaga qa
Koreya va Janubiy Afrika o’yini boshlanishidan avval Koreys team leader menga qarab: 엘료르 우즈벡 졌네 ㅋㅋㅋ O’yin tugagach u akaga qarab men: 팀장님, 어떻게 된거예요? ㅋㅋㅋ 팀장님: 야 우즈벡이랑 한국이 똑같아야 ㅋㅋ
1 046
12
참 이제 잘수 있을까… ⚽️ Ertalabdan, 5 - 0 에 졌네 우즈벡 deb kutib oladi Koreyslar endi:) 연차 ham deyarli qolmagan ishlataman desam 🥲
1 071
13
Xursandchilik davom etayabdi Vietnamdan kelgan Yuna, men ko’p ichadigan AA ga moslab kofe olib kelibdi. Heesop brat esa, mana+1
Xursandchilik davom etayabdi Vietnamdan kelgan Yuna, men ko’p ichadigan AA ga moslab kofe olib kelibdi. Heesop brat esa, mana shu suvni olib keldim senga deb - menimcha meni sovg’am eng yaxshisi bo’lsa keraga deb qo’ydi oxirida🥲 *Heesop aka, men ishga kelishimdan avval Musulmon Davlatlarga mas’ul bo’lgan. Hatto Itewondagi Markaziy Masjidga borib malaka ham oshirgan. (Halal product va Islam religion) o’rganish bo’yicha. Ko’pchilik nega ishingizni 4 yildan beri almashtirmaysiz deb so’rasa, hech ikkilanmay, qiziqgan soham va atrofdagi odamlar deb hotirjam ayta olaman. Zam Zam ichmaganimga ham ancha bo’lgandi, oxirgi marta Salom Koreya admini Jamshiddin aka shu suv bilan siylagandilar. @Elyorbilan
1 242
14
Ishxonada 2 haftacha bo’lmadim. Shu vaqt davomida hamkasb lar Malayziya, Vietnam, Misr, BAA va Jazoirda bo’lib kelishdi. Ish+1
Ishxonada 2 haftacha bo’lmadim. Shu vaqt davomida hamkasb lar Malayziya, Vietnam, Misr, BAA va Jazoirda bo’lib kelishdi. Ish stolim ustida u yerdan kelgan shirinliklar turgan ekan. Kichik yozuvda esa “Elyor hammasida halol stikker bor, ataylab tekshirib oldim” kabi yozuvlar ham bor ekan. Yangi haftani o’zgacha kayfiyat bilan boshlayabman.
1 101
15
Ўзбекистонда талабалар сони 1,5 млн нафардан ошди 2025/2026 ўқув йилида олий таълимда 1 млн 535 минг нафар талаба таҳсил олмоқда. Бу ўтган йилга нисбатан 7,1% кўп. Аёллар — 782,9 минг нафар Эркаклар — 752,1 минг нафар Шу билан бирга, мамлакатда олий таълим муассасалари сони ҳам 215 тага етди. Қизиқ парадокс: университетлар ҳам, талабалар ҳам йил сайин кўпаймоқда. Аммо иқтисодиёт ҳали ҳам юз минглаб фуқароларни ташқи меҳнат миграциясига чиқармоқда. Сифатсиз таълимдан чиққан дипломлилар сони ошиб бораётган, ҳамда юқори малакали иш ўринлари етарли суръатда яратилмаётган ҳолат ишсиз университет битирувчилари такси ҳайдовчиси бўлиб ишлаган Миср тажрибасини эслатмоқда.
957
16
F5 vizam chiqibdi. E7-1: 2 kun F2-7: 1 kun F5-10: 15 kunda chiqdi. Hamma vizalarni - Global Visa Talent Center (KAIST) da old+1
F5 vizam chiqibdi. E7-1: 2 kun F2-7: 1 kun F5-10: 15 kunda chiqdi. Hamma vizalarni - Global Visa Talent Center (KAIST) da oldim. 2026 yil 20 - Mayda vizaga topshirgandim, 10 daqiqa ham tekshirmay, 1 oyda chiqadi degandi. Ha hop, deb qaytib bugun tekshirsam chiqib bo’lgan ekan. Shu kunlarda oilaviy ota-onam bilan Koreyani sayohat qilayabmiz. Kecha adam, “bolam vizen chiqibdimi qarab ko’r” degandilar. Bugun vaqtim bo’lib, kirib ko’rsam chiqib turibdiku. Suyunchisini ham adamdan ovoldim:) Shu o’rinda chet ellik o’laroq, maksimal olsa bo’ladigan vizani olganim uchun: ota-onamga, yaqinlarimga va meni qo’llab quvvatlaganlarga rahmat aytaman. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam: O’zingiz qiziqqan sohada o’qing va ishlang. Mablag’ va viza o’z-o’zidan sizni quvib keladi. Hurmat ila, @Elyorbilan
6 010
17
Yashab turgan mamlakatingiz haqida bilib qo’ysangiz zarar qilmasa keraga? Qaytarish bo’lsa undanda yaxshi - agar bu davlat 🇰🇷 bo’lsa:) Yaqinda Podcastga borgandim. Vadaga vafo qilinib aytilgan vaqtda You Tube yuzini ko’ribdi. Shu sabab gaplashilgan gaplar aktual va dolzarb. Oila davrasida ham bemalol ko’rsa bo’ladi. Ulashsangiz ham bo’ladi bemalol. Quyida link: ni bosing. Poscastga obuna bo’lish uchun: https://taplink.cc/sspodcast
2 966
18
Bir necha yildan so’ng. Cho’zib cho’zib yurishdi, endi natijasini ko’ramiz. 이재명 bir shu haqida qiziqib qolgandami, hammasi te
Bir necha yildan so’ng. Cho’zib cho’zib yurishdi, endi natijasini ko’ramiz. 이재명 bir shu haqida qiziqib qolgandami, hammasi tezda xal bo’lib ketardi.
1 569
19
Кейинги 15 йил давомида Кореяда вақти-вақти билан таржимонлик қилиб келаман. Шу йиллар ичида Ўзбекистондан келаётган одамлар+1
Кейинги 15 йил давомида Кореяда вақти-вақти билан таржимонлик қилиб келаман. Шу йиллар ичида Ўзбекистондан келаётган одамлар ҳам, уларнинг турмуш даражаси ҳам анча ўзгарганини кўрдим. Бугун турли соҳаларда ишлайдиган ватандошларимиз Кореяга келиб, Сеулнинг машҳур шоппинг марказларида қиммат бренд дўконларида бемалол харид қилаётганини кўриш қувонарли. Бу Ўзбекистонда ҳам имконияти кенгайган одамлар кўпайганини кўрсатади. Лекин мен ҳар йили Кореяга малака ошириш учун келадиган ўзбекистонлик мактаб ўқитувчиларига ҳам таржимонлик қиламан. Ва ҳар йили деярли бир хил манзарани кўраман: кўпчилик ўқитувчиларнинг асосий харид қиладиган жойи қиммат дўконлар эмас, балки энг қиммат буюми 5 000 вон, яъни тахминан 3 ярим доллар атрофида бўлган Daiso дўкони бўлади. Бугун устозларни ватанга кузатаётиб Аэрапортда бир неча ўқитувчилардан: “Бошқа дўконлардан ҳам харид қилдиларизми?” деб сўраганимда, кўпчилиги: “Йўқ, ҳаммасини Daisoдан олдик”, деб жавоб беришди. Яъни оиласига, фарзандларига, яқинларига олиб кетадиган совғаларнинг деярли ҳаммаси шу дўкондан олинган экан. Ўқитувчиларнинг Daiso магазинида ҳатто арзон буюмларни ҳам нархига қараб, қўлига олиб-қўйиб яна қайтиб ўйланиб танлаётганини кўриш одамни ўйлантирар экан. Умид қиламанки, бир кун келиб келажак авлодга таълим бераётган устозлик касби ҳам жамиятда муносиб қадрланадиган ва юқори ҳақ тўланадиган касблар қаторига киради. 😓 Канал қизиқ бўлса обуна бўлинг☺️ https://t.me/koreyadagihayot
1 373
20
بدون متن...
1 392