uk
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Відкрити в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Показати більше
1 062
Підписники
-124 години
+47 днів
+730 день
Архів дописів
Rasmlarni kuzatish sizlarga ham yoqadimi? Biz qo’nim topgan Lahore dagi mehmonxonada shunday rasmlar bilan bezak berilgan eka
+4
Rasmlarni kuzatish sizlarga ham yoqadimi? Biz qo’nim topgan Lahore dagi mehmonxonada shunday rasmlar bilan bezak berilgan ekan. Har biri ma’lum ma’noga ega. Misol uchun 1 rasm Boburiylar imperiyasida ko’ngilxushlik qilish uchun mayxona bo’lgan deb aytishadi. 2024 yil Fevralda shu restoranda o’tirgandik. Ajoyib maskan, tanish bo’lsa yana o’yga solar ekan. Lahore, Pokiston 🇵🇰 @Elyorbilan

photo content

Repost from Jahongir Ganiev⚖️
“Суриш керак” – Қаерга ва қачонгача? Идеал макон қаер ўзи? Бугун “суриш керак” деган ибора оддий сўз эмас, балки бутун бошли фалсафага айланиб улгурди. Бу сўз орқасида иқтисодий барқарорлик, ижтимоий эркинлик, сиёсий хавфсизлик ва фарзандлар келажаги учун умид ётади. Кимдир “суриш керак” деб Кореяга ёки бошқа давлатга келади. Йиллар ўтади, оила қурилади, фарзандли бўлинади… ва бир кун келиб шу ерда ҳам мисол Кореядан яна бошқа давлатга яна ўша савол пайдо бўлади: яна "Суриш керак" Бир вақтлар Америка “American Dream” тимсоли сифатида кўпчиликнинг сўнмас орзуси эди. Бугун эса кўпчилик учун у орзу эмас, охирги сиёсий ўзгаришлар туфайли хавотирли саволларга тўла ҳудудга айланган. Худди шахмат ўйини каби – кеча кам аҳамиятга эга бўлган макон эса эртага янги орзу масканига айланади ёки акси бўлиши мумкин. Канада? Америка? Австралия? Янги Зеландия? Бугун “суриш керак” деб кўрилган жой эртага хавфсизлик, сиёсий вазият ёки ижтимоий муҳит сабабли идеал бўлмай қолиши ҳам мумкин. Вақт ва шароитга қараб идеал манзил ҳам ўзгаради. Шу ўринда муҳим бир савол туғилади: “Суриш керак” деб бориладиган энг охирги, ҳақиқатан ҳам идеал манзил борми ўзи? Масалан, бугун кўпчилик орзу қиладиган Америка ёки бошқа ривожланган давлатларда яшайдиганлар ҳам “яна суриш керак!” деб ўйлашармикан деб ўйлаб қоламан. Ёки улар ниҳоят “манзил топилди” деб хотиржам ўша жойда яшашармикан? Идеал макон ҳар кимнинг ҳаѐти, қадриятлари ва фарзандлари келажагига бўлган қарашига боғлиқ бўлса керак. Мен турли давлатларда яшайдиган танишларимдан суриш керак бўлган маконни аниқлаш учун бир савол сўрадим: 👉 “Фарзандингиз сиз яшаётган юртда миллати, дини ёки ирқи ва келиб чиқишидан қатъи назар, келажакда шу юртни ҳокими ёки министри бўлиши мумкин деб ўйлай оласизми?” деган саволимга кўпчилиги “ҳа”, деб жавоб беришди. Кореяда эса бу саволга мен ўзим жавоб бера оламан: йўқ, чет эллик фарзандлар учун бундай имконият ҳозирча мавжуд эмас. Бу кичик бир мисол бўлса-да, аслида инсонларнинг “суриш керак” деб ўйлашидаги энг чуқур сабаб – бу фарзанд келажагининг чегарасиз бўлишига бўлган интилишдир. Шу фикрлар устида ўйлаб-ўйлаб, эҳтимол “суриш керак”нинг жавобини топгунча шу ернинг ўзида қариб қоламан шекилли 🙂 https://t.me/koreyadagihayot

Bugun oshga borib, dutor tebratayotgan “brat” so’zlariga e’tibor berib o’tirdim. Har bir xonish ma’noga boy. Qoshiqlarning taqqilashi esa boshqacha kayfiyat berar ekan. Toshkent, O’zbekiston.

Nega kamnamo bo’lib qolganimni sezgandursiz… Ha azizlar, men uylandim. Shu sabab ham ijtimoiy tarmoqlarga deyarli vaqtim bo’l
Nega kamnamo bo’lib qolganimni sezgandursiz… Ha azizlar, men uylandim. Shu sabab ham ijtimoiy tarmoqlarga deyarli vaqtim bo’lmayabdi. Rasmda men va do’stimni ushbu yilda rasman “bo’ydoqlik” ni tark etgan lahzalarimiz muhrlangan. @Elyorbilan #hayot@Elyorbilan

Nega kamnamo bo’lib qolganimni sezgandursiz… Ha azizlar, men uylandim. Shu sabab ham ijtimoiy tarmoqlarga deyarli vaqtim bo’lmayabdi. Rasmda men va do’stimni ushbu yilda rasman “bo’ydoqlik” ni tark etgan lahzalarimiz muhrlangan.

Tog’a va jiyan yana o’sha qadim non shahri - Toshkan damiz. #togajiyan@Elyorbilan
+3
Tog’a va jiyan yana o’sha qadim non shahri - Toshkan damiz. #togajiyan@Elyorbilan

Iye :)
Iye :)

Bangladesh vizasi uchun ariza topshirayotgandim. Eski ma’lumotlar saqlanib qolgan ekan. O’tgan yilgidan ko’ra bu yili yangili
Bangladesh vizasi uchun ariza topshirayotgandim. Eski ma’lumotlar saqlanib qolgan ekan. O’tgan yilgidan ko’ra bu yili yangiliklar ko’p 😁

Quyoshli Bangkokdan alangali salomlar! 🇹🇭 Safarga ish bilan emas, sayohatga borish boshqachada. Biz turgan Hoteldan 2 km uz
+3
Quyoshli Bangkokdan alangali salomlar! 🇹🇭 Safarga ish bilan emas, sayohatga borish boshqachada. Biz turgan Hoteldan 2 km uzoqlikda bugun ertalab yer o’pirilib tushibdi 😅 Shu qayerga bormay “priklucheniya” bo’ladi o’zi😬 Bir necha kun dam olib, keyin boshqa shaharga otlanaman. Taxmin qilib ko’radiganlar bormi?

Xorijlik talabalarning AQShda ishlash uchun qolishi sarobga aylanmoqda AQShda ko'plab xorijlik talabalar o'qishni tamomlab, ishlash uchun qolishni xohlaydi. Buning eng oson va ko'pchilik uchun ehtimol yagona yo'li yirik kompaniyaga ishga kirish va shu orqali "H-1B" ishchi vizasini qo'lga kiritish. Endi bu yo'l aksariyat uchun sarobga aylanmoqda. Tramp ma'muriyati "H-1B" vizasini olish uchun kompaniyalarga 100 ming dollar boj solmoqda. Bu tartib shu paytgacha qanday ishlagan va endi qanday bo'ladi? Har qanday talaba AQShda oliy o'quv yurtini tamomlagach, bu mamlakatda qolish muddatini yana bir yilgacha cho'zish huquqiga ega. Bu muddat OPT (Optional Practical Training) deyiladi. Mana shu bir yil ichida u xorijliklarni ishga yollash huquqiga ega bo'lgan kompaniyadan ish topsa, ish beruvchi unga "H-1B" vizasini olishga homiylik qilishi mumkin. "H-1B" vizasi uchun har yili 85 mingta o'rin ajratiladi va kompanyalar taqdim etgan nomzodlar o'rtasida lotoreya o'tkaziladi va tanlab olinganlar viza oladi. Ya'ni da'vogarlar ajratilgan o'rinlar sonidan, odatda, ko'p. Viza chiqquncha ishga olingan xodimning OPT muddati uzaytirib borilgan. Endi kompaniyalar chet ellikni ishga olib, unga "H-1B" vizasini olish uchun hukumatga murojaat qilsa, 100 ming dollarlik ariza to'lovini amalga oshirishi kerak. Tramp ma'muriyati mantig'iga ko'ra, bu haqiqatdan malakali va kerakli xorijliklarni yollash imkonini beradi va boshqa barcha holatlarda ko'proq amerikaliklar ishga olinadi. Shu yil eng ko'p xorijlikni yollagan kompaniya "Amazon" ekan: 10 mingdan ortiq xodimni "H1-B" vizasi asosida ishga olgan. AQSh bo'ylab "H1-B" olgan jami xorijliklarning 71 foizini hindistonliklar tashkil qilgan, keyingi o'rinda xitoylar. AQSh kompaniyalari, odatda, muhandislar, dasturchilar kabi texnologiya sohalarida xorijliklarni ko'p ishga oladi. Chunki, ularga ko'ra, amerikaliklar orasida yetarli darajada bunday mutaxassislar mavjud emas. Bu qaror, Prezident Tramp da'vo qilganidek, Amerika foydasiga ishlaydimi yoki zarariga? Agar "Amazon" kompaiyasi shu yili yollagan har bir xorijlikka 100 ming dollar to'laganda, ariza xarajatining o'zi 1,000,000,000 (bir milliard) dollar bo'lar ekan. Kompaniyaning bunga qurbi yetadi, lekin xodim yollash uchun buncha xarajat qilishni xohlamasligi aniq. Bu nimaga olib keladi? AQShda qolib ishlash orzusi ko'pchilik uchun de fakto ushalmas orzuga aylanadi. AQShga keladigan xorijlik talabalar soni kamayishi mumkin. AQSh kompaniyalariga ish uchun ariza topshiradigan xorijliklar soni ham sezilarli darajada qisqaradi, chunki umid yo'q, deb o'ylashadi. Amerikaning texnologiya kompaniyalari ishga yollaydigan xorijliklar soni keskin tushib ketadi. Bu orada qancha talantlar, bo'lajak Ilon Mask ("Tesla", "SpaceX"), Satya Nadella ("Microsoft") va Sundar Pichay ("Google") kabi geniylar kashf qilinmay qolib ketadi. Bugun Amerikadagi innovatsiyalar markazida turgan bu shaxslar bir paytlar AQSHda "H-1B" vizasi bilan ishlagan. Xullas, Amerika yutqazadi. @bmamadiev

Akajon, ukajon? Ahamiyat berganmisiz “akajonim”, “ukajonim” deb muoamala qiladiganlar o’z ishini bitkazib olgach tezda g’oyib bo’lishadi. Qayerga deysizmi? Boshqa akajon, ukajonisini yonigada:) Har holda bizda Toshkentda shunday gaplashadiganlar tiqilib yotibdi. O’z manfaati yo’lida nimalar deb tashlamaydiya 😁 Ja yaqiningiz bo’lmasa undaylar bilan oradagi masofani ushlab gaplashgan ma’qul o’zi. Sizga ortiqcha xushomadsiz murojaat qilayotganlar - kerak bo’lsa “ana o’sha” lardan ko’ra ko’proq hurmatingizni joyiga qo’yadi. Borgan sari psixolog bo’lib borayabman shekil:) @Elyorbilan #muomala@Elyorbilan

Uchoqlardagi xulosam: ✈️ Shu vaqtgacha ish sabab ham ko’p uchoqlarda uchishga tog’ri keldi. Ammo O’zbek avialiniyalari boshqacha. Bort kuzatuvchisi: Hurmatli yo’lovchilar deb gap boshlasa, qandaydur xotirjamlik va dam olishga bo’lgan ishtiyoq kuchayadi. Seni doimo intiqlik bilan kutayotgan qorako’zlar borligi va o’zingni haqiqiy uyinga qaytish - har qanday premium klass bortidan yaxshi ekan. Bir necha kundan so’ng yana safarga chiqayotgan, kamina.
P.s: Chemodanni to’ldirayotib, yodimga kelganda yozib qoldirayabman.
@Elyorbilan

Koreyada Halol ovqatga jonli navbat. Manzil: KAIST
Koreyada Halol ovqatga jonli navbat. Manzil: KAIST

Kichik tajribamdan Biror bir mashg’ulotni qilish yoki ta’omni ilk bor iste’mol qilayotgan bo’lsangiz, iloji boricha kayfiyatingiz a’lo bo’lsin. Misol uchun yaqin kishingiz bilan xursandchilik payti qiling. Aslo qiynalgan yoki stress bo’lgan payt emas. Men ham birinchi bor yeb ko’rgan meva yoki ishni eslasam ko’pincha yuzimga kulgu yuguradi. U narsa mazali ekanidan ko’ra, o’sha paytni eslab odam mazza qilar ekan. Misol uchun Dilmahning earl grey choyini, Xitoydagi Bayun biznes launchida birinchi bor ichib ko’rgan edim. O’sha vaqt sayohat payti edi. Hozir ham shu choyni icha turib, beehtiyor o’sha damlarni yod oldim. Yana bir TIP: Yaqin odamingiz, oilangiz va do’stingiz hali qilib ko’rmagan ishni “aynan” birga qilib ko’rishni ham tavsiya qilaman. Bu ajoyib xotiralarga sabab bo’ladi. @Elyorbilan #kichiktajriba@Elyorbilan

Bu post Koreyaga ishga joylashmoqchilar uchun juda muhim! Har bir Kompaniyaning o’ziga yarasha 복지 (imtiyoz va ijtimoiy paket)
Bu post Koreyaga ishga joylashmoqchilar uchun juda muhim! Har bir Kompaniyaning o’ziga yarasha 복지 (imtiyoz va ijtimoiy paket) bo’ladi. Koreyslar aynan shu jihatiga ham qattiq e’tibor beradi. Bizchi biz? Unchalik ham muhim sanamaymiz, bilasizmi nega? Sababi: 1. Biz Koreyslarga o’xshab bu yerda “palak” yozmaymiz. 2. Umrimizni oxirigacha Koreyada qolishni reja qilmaymiz. 3. Bir ishxonada bir necha 10 yillab ishlashni reja qilmaymiz Va hokazoo Ijtimoiy paketlar har xil bo’lishi mumkin. 1. Bayram kunlariga sovg’a yoki pul 2. O’qish uchun kontrakt to’lovi yoki malaka oshirishga yuborish 3. Uy olishda deyarli foisiz pul (bo’lib to’lash uchun) 4. Bolalarning universitetiga yordam puli (kontrakt bo’lsa) 5. Bolalar uchun tour paketlar (chana uchish yoki dam olish maskanlariga) 6. O’z ustida ishlash uchun har yili ajratiladigan pul (taxminan 500-1000$) 7. Mashina bilan ta’minlash 8. Chet elliklarga kvartira puli yoki deposit da yordam berish puli 9. Har yili trendga chiqadigan kasalliklarga qarshi emlash (grip) 10. Har yili sog’liq tekshiruvidan o’tish paketi 11. Yuqori rasmdagi kabi, davolanish uchun yordam paketi 12. Tug’ilgan kunda dam olish kuni yoki sovg’a (puli) 13. Uzoq ishlaganlarga qo’shimcha dam olish kunlari va pul mukofoti 14. Har yili aniqlanadigan eng yaxshi xodimlarga rag’batlar 15. Dam olish uchun tour paketlar (Koreya va Chet elga) 16. Mukofot va bonuslarni ishchilarga taqsimlash 17. Ishga kerakli jihoz va kitoblar sotib olish 18. Chet elga ko’p chiqadigan xodimlarga Business Lounge Card (men har yili juda ko’p foydalanaman) 19. Ta’til va bayram kunlarida xodimlarga yuklama yuklamaslik 20. Psixologik qo’llov, muammolarni anonim eshitish va tog’irlash 21. Eng yaxshi g’oya egalarini taqdirlash (yutuq 10 mln wongacha) 22. Xilma xil sug’urta paketlari 23. Dekret uchun dam olish ajratish 24. Dekret payti oylikni belgilangan miqdorda berish 25. Sport zall, fitness va pilates uchun yo’llanma va majmualar. 26. Shirinliklar va kofelar har bir ishchiga 27. Tushlik puli yoki ovqat 28. Chet elga chiqganda qo’shimcha komandirovka puli 29. Muhim uchrashuvlar uchun kiyim, buyumlar (kostyum va hokazoo) 30. Telefon va simkarta to’lovlari 31. To’y uchun sovg’a va to’yona 32. To’yga boruvchilar uchun katta transport tashkil qilish (samalyot emas😁) Yuqoridagi sanaganlarim, shaxsan men ishlaydigan Kompaniyaga tegishli. Deyarli katta kompaniyadek ijtimoiy paketlar mavjud. Men ham shulardan juda ko’pini ishlataman. Xatto dam olish uchun Amerikagacha yuborgan. O’z qadringizni biladigan ishxona tanlay bilish ham mahorat ekan. Men foydalanadiganni yozmoqchi edimku, ammo shaxsiyligicha qolgani ma’qul😁 (kamida 24 tadan foydalanaman) Oilaviy bo’lsangiz, farzandlar uchun ham ijtimoiy paketlardan foydalaning. Axir siz ham Koreyslardek ishlab, soliq to’layabsiz. @Elyorbilan #ishgakirish@Elyorbilan #aktual@Elyorbilan

Safia ga yetadigani yo’q! Barcha filiallarda juda xushmuoamala xizmat ko’rsatishar ekan. Har safar Toshkentga borganimda 1-2
Safia ga yetadigani yo’q! Barcha filiallarda juda xushmuoamala xizmat ko’rsatishar ekan. Har safar Toshkentga borganimda 1-2 marotaba kirib shirinlik olaman. Sifati va mazasi ham yuqori. (Narxi ni esa bilmadim)

Koreyada ko’pchilik O’zbeklarimiz har xil sabablarga ko’ra qamalib qolayotganini eshitib kelayabmiz. Ammo o’zimning tanishlarimda ham shu holat kuzatilsa, juda achinarli va alamli bo’lar ekan. Potensiali yuqori, imkoniyatdan maksimal foydalanadigan do’stlarimiz, e’tiborsizlik sabab shu ishlarga aralashib qolishi, kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatayabdi. “Fishing” “Kripto” kabi qallobliklarga o’ralashmang do’stlar. 1-2 so’m topaman deb, 1-2 yilingiz qurbon bo’lib ketadi. @Elyorbilan #aktual@Elyorbilan #ogoh@Elyorbilan

Negativ fikrlash Har qanday mavzu yoki hodisa payt negativ fikrlash ko’p ehtimol bilan keyinchalik o’sha narsa sodir bo’lishiga olib kelishi mumkin. Negativ fikrlayverish nafaqat insonni o’zini, yon atrofdagilarni ham charchatib yuboradi. Bekorga aytishmas ekanda, avvalo gumonni yaxshi qilish kerak deb. @Elyorbilan

Ozgina nozik masala bu Koreyada O’zbek tarjimonlari yetarli bilasiz. Ular odatda 2 ga bo’linishadi. Biri, O’zbek muhitida va O’zbek oilasi bilan yashaydigan tarjimon. Ikkinchisi esa, Koreysga turmush qurgan, Koreys atmosferasida yashaydigan tarjimon. Ana endi, sizda qaltis vaziyatmi yoki uyatli ish bo’lib qolsa iloji boricha O’zbek atmosferasida yurgan tarjimonga murojaat qiling. Men shuncha vaqt davomida har xil odamga duch keldim. Koreysga turmushga chiqgan O’zbek tarjimonlarni qisqa qilib “F6” kodi bilan berib ketay. F6 larning aksari negadur O’zbeklardan alamzada, va xuddi uning Koreyasini bulg’ayotgandek tuyulamiz. Vaholanki biz kerak bo’lsa ko’proq soliq to’lab, kamroq xizmatlardan foydalanamiz. Albatta o’z ishini professional, vijdonan qiladiganlarni ham ko’rdim. Ammo ular juda kam. Chonanda qamoqxonada tarjimonni tog’ri tarjima qilayotganini tekshirishga chaqirishgandi bir paytlar. Katta tergovchi va men oynaning qora tarafida, ayblanuvchi, tarjimon va tergovchi xona ichida o’tirar edi. Ayblanuvchi Qozog’istonlik O’zbek bo’lib, terror tashkilotga xomiylik qilishda ayblanayotgan edi o’sha payt. Shu vaqt tarjimonga ko’p narsa bog’liq bo’lib qoladi. Odatda suxbatlar yozib olinishiga qaramay, baribir tarjimani iloji boricha Koreya tomonga yoki shu tergovchining aybloviga moslab qilishga urinishlar bo’ladi. (F6 bo’lsa) Parchalar: - Ha siz qilgansizku shu ishni? - Hozir tan olmasangiz keyin ishingiz yanada chuqurlashib yanada og’irroq jazoga tortilasiz. - O’zidan ozgina qo’shib tarjima qilishlar. Tarjimon bu prokuror yoki advokat degani emas, boricha yoritish kerak deganidir. Agar tarjimon xato tarjima qilsa, o’sha zahotiyoq tarjimonni almashtirishni so’rang yoki advokat kelmaguncha gapirmayman deb turishni afzal biling. Eng muhimlaridan biri, o’sha F6 yoki boshqa tarjimon sizga - jim turish (miranda huquqi) avokatni chaqirtirish kabilarni aytib gap boshlayabdimi yoki yo’q? Odatda ular tergov tugaganda, mana shu huquqlaringiz ham bor edi deb imzo chektirib olishadi “shovvoz”lar. Shubhali narsa bo’lsa imzo chekmayman deb turib olsangiz ham bo’ladi. F6 - Ko’pining Islomga nisbatan fobiyasi bor. Nima deb o’ylaysiz ayblanuvchilar 100% aybdor bo’laveradimi? Unday emasda, ba’zilari o’zi nima qilayotganini bilmay, tushunmay qiladi. Ammo tergovda huddi hammasini reja qilgandek tarjima qilib yuboriladi. Tergovchini ishi ham ishi oson va tez bitadi. Bu nafaqat jinoyat yoki ma’muriy javobgarliklarda, sud, strahofka yoki telefon va boshqa ko’plab xizmatlarda shaffof bo’lmaslikni olib keladi. Allohdan qo’rqmaslik, Koreyslarning yugurdagi bo’lib qolishdek “jism”ga aylantirib qo’yishini ko’rayabmiz. Bu gaplarim ko’p F6 larga yoqmasligi turgan gap. Agar siz yuqoridagi toifa ichida bo’lmasangiz havotir olmang. O’zingizga to’g’risizku shundaymi?! @Elyorbilan #aktual@Elyorbilan