fa
Feedback
Neomind

Neomind

رفتن به کانال در Telegram

Medical Doctor (MD) Polyglot Reader Science Communicator 🇩🇪🇨🇭🇲🇫🇧🇪🇪🇺 Science: @themantiq

نمایش بیشتر
3 291
مشترکین
+224 ساعت
+557 روز
+13930 روز
آرشیو پست ها
Neomind
3 291
Bizga haqiqatan ham tegishli bo'lgan narsalar juda kam Ismimizni biz tanlamaymiz. Qayerda tug‘ilishimizni ham. Qaysi tilda gaplashishimizni, qaysi oilada ulg‘ayishimizni, boy yoki kambag‘al bo‘lib dunyoga kelishimizni ham. Hatto dastlabki e'tiqodlarimiz va dunyoqarashimizning katta qismi ham biz tug‘ilgan muhit tomonidan shakllantiriladi. Buni til misolida juda yaxshi tushunish mumkin. Hech kim o‘z ona tilini tanlamaydi. U bizga tug‘ilganimizdan boshlab ona suti, allalar va qorong‘ida eshitilgan ona ovozi bilan birga beriladi Ammo ikkinchi til bunday kelmaydi. U darsliklar, xatolar, uyalish hissi va qayta-qayta urinishlar orqali egallanadi. Har bir yangi so‘z, har bir grammatik qoida va har bir to‘g‘ri tuzilgan gap ortida mehnat yotadi. Ba'zan tushkunlik, ba'zan o‘zingizga bo‘lgan ishonchning pasayishi ham bo‘ladi. Shunga qaramay, davom etasiz. Shuning uchun ikkinchi tilni bilish tug‘ma qobiliyat emas. U sabr, intizom va matonatning mahsuli Ona tili - bu sizga berilgan sovg‘a. Ikkinchi til esa o‘z mehnatingiz bilan qo‘lga kiritgan yutug‘ingiz. Ikkalasi ham qadrli. Ammo ulardan faqat bittasi chin ma'noda sizniki. Chunki uni tayyor holda olmadingiz. Uni minglab kichik qadamlar, son-sanoqsiz xatolar va taslim bo‘lmaslik evaziga qo‘lga kiritdingiz. Aslida hayotdagi eng qimmatli narsalar ham shunday. Biz ularni meros qilib olganimiz uchun emas, balki ularga mehnatimizni, vaqtimizni va sabrimizni sarflaganimiz uchun qadrlaymiz. Inson o‘zi mehnat qilib erishgan narsaning haqiqiy qiymatini his qiladi. Aynan shundagina undan chin dildan rohatlana oladi.

Neomind
3 291
photo content

Neomind
3 291

Neomind
3 291
Bir xil kitobni ikki odam o‘qiydi. Birinchisi kitobni yopadi va keyingisiga o‘tadi. Ikkinchisi esa, konspekt yozadi, o‘z fikrini qo‘shadi, bu haqida post qiladi, do‘stlari bilan muhokama qiladi. Ikkinchi odam kitobning asosiy g‘oyalarini ancha yaxshi eslaydi. Hayotda uning bilimidan foydalana oladi Inson tayyor ma'lumotni o‘qigandan ko‘ra, uni o‘zi qayta ishlab chiqsa, ancha yaxshi eslab qoladi. Masalan, biror kitobini o‘qish boshqa. O‘sha mavzuni boshqalarga tushuntirib yozish boshqa. "If you can't explain it simply, you don't understand it well enough."

Neomind
3 291
Nega odamlar qorong'u xonadan qo'rqishadi? U yerdagi qandaydir maxluqdan qo'rqishadimi? Yo'q. Qo'rquvning asosiy sababchilaridan biri - bu bilmaslik, noaniqlik hissi Qorong'u xonada nima borligini bilmganimiz sabab qo'rqamiz. Bu tabiiy instinktimiz Richard Feynmanning kitoblarini o'qib bir narsani o'rganasan: bilmaslikdan qo'rqmaslikni. Dunyodagi barcha savollarga javobimiz yo'qligidan qo'rqmaslikni o'rganasan Ilm-fanning eng muhim asoslaridan biri ham shu - bilmasligingni tan olish va haqiqatni izlashdan to'xtamaslik.
Notoʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlgan javoblardan koʻra, savollarda izlanib, oʻrganib yashash ancha qiziqroq. Menda taxminiy javoblar, mumkin boʻlgan ishonchlar va turli xil narsalarga nisbatan turli darajadagi noaniqlik bor, lekin men hech narsaga mutlaqo ishonchim komil emas va men bilmaydigan koʻp narsalar bor, masalan, biz nima uchun bu yerda ekanligimizni soʻroqlashga oʻxshash narsalar. Men javobni bilishim shart emas. Men savollarga javobni bilmaslikdan, sirli koinotda maqsadsiz adashib qolishdan qoʻrqmayman. - Richard P. Feynman - fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori
"Hayotda hech narsadan qo‘rqish kerak emas, faqat tushunish kerak. Endi ko‘proq tushunish vaqti keldi, shuning uchun biz kamroq qo‘rqishimiz mumkin" - Mariya Kyuri

Neomind
3 291
Ramirez-Esparza va hamkasblari ispan-ingliz bilingvallar ustida tadqiqot o'tkazishgan. Ular ishtirokchilarga shaxsiyat testlarini ikkala tilda ham alohida to'ldirishni so'rashgan. Ingliz tilida javob berganlar o'zlarini mustaqilroq, ochiqroq va to'g'ridan-to'g'ri tasvirlashgan. Ispan tilida esa oilaparvarroq, kamtarroq va ijtimoiy munosabatlarga ko'proq e'tibor beruvchi javoblar berilgan. Chet tilida gapirganda odamning nafaqat nutqi, balki o‘zini tutishi, his-tuyg‘ularni ifodalashi va muloqot uslubi ham ma’lum darajada o‘zgarishi mumkin. Bu hodisa ko‘pincha cultural frame switching bilan izohlanadi. Ya’ni til bilan birga o‘sha madaniyatga xos ijtimoiy me’yorlar ham faollashadi. Har bir tilni o'rganayotganda o'sha madaniyatdagi muloqot uslubi, hazillari, hissiyotlarni ifodalash, odob-axloq qoidalari ham ongimizga singib boradi. Natijada, qaysi tilda gapirayotgan bo'lsak, shu til bilan bog'liq ijtimoiy rol biroz faolroq bo'ladi. Nemis tilida odamlar odatda aniq va tartibli gapirishga harakat qiladi. Ingliz tilida fikrni qisqa va bevosita ifodalash ko'proq uchraydi. Ispan tilida hissiyotlarni ochiqroq ifodalash odatiy hisoblanadi. Til faqat grammatika va lug‘at emas. U hissiyot ham. U o‘sha xalqning tarixi, madaniyati, qadriyatlari va dunyoni ko‘rish tarzini ham ifodalaydi.

Neomind
3 291
Har qanday murakkab ko'nikma aslida vaqt va energiyaning mahsuli Biror yangi ishni boshlaganda yoki yangi narsani o'rganayotganimda, miyamda deyarli hech qachon "Buni eplay olarmikanman?" degan savol bo'lmaydi Buni qila olishimni deyarli aniq bilaman. Bu faqat qancha vaqt va energiya masalasi deb hisoblayman Har qanday inson har qanday sohaga yetarlicha vaqt va kuch ajrata olsa, uni yetarli darajada o'rgana oladi Albatta, har kim boshida yomon boshlaydi. Bu mutlaqo tabiiy. Hech kim tug'ilganidan mutaxassis bo'lmaydi. Har kim yangi narsa boshida uni yomon bajarishi tabiiy hol, lekin unga ming soat vaqt sarflagandan keyin uni yomon bajarishni deyarli iloji yo'q Shuning uchun o'rganish jarayonida qila olarmikanman? degan ikkilanishning o'zi ortiqcha. To'g'riroq savol esa shunday "Men bunga yetarlicha vaqt, diqqat va energiya sarflashga tayyormanmi?" Chunki ko'p hollarda natijani iste'dod emas, balki uzoq muddat davomida muntazam qilingan mehnat belgilaydi.

Neomind
3 291
photo content

Neomind
3 291
photo content

Neomind
3 291
Diffuse Mode Dam olayotganingizda ya'ni piyoda sayr qilganda, dush qabul qilayotganda miya ichkarida yangi ma'lumotlarni bog'lay boshlaydi. Ko'p "Aha!" lahzalari aynan dam olayotganda keladi. Bu tasodif emas.

Neomind
3 291
Mana bu holat haqida oldin yozgan ekanman, yana bir marta o'qib qo'yich uchun - Inson miyasi millionlab yillar davomida kichik guruhlarda yashab qolish uchun evolyutsiyalashgan. Bu mexanizm bizga "biznikilar" bilan birlashish va "begonalar"dan himoyalanish imkonini bergan. Biroq, zamonaviy global dunyoda bu qadimiy instinkt ko‘pincha bizga pand beradi. Miyada empatiya uchun mas'ul bo‘lgan asosiy hududlar orqali boshqa odamning og‘rig‘ini ko‘rganimizda, miyamiz xuddi o‘zimiz og‘riq sezayotgandek faollashadi. Ammo bu jarayon doim bir xil emas. Miya "u bizdan emas" degan signalni olganda, og‘riqqa javob berish tizimi sustlashadi yoki umuman faollashmaydi. Ba'zi hollarda, agar "begona" deb hisoblangan guruh bizga raqobatchi bo‘lsa, ularning azobini ko‘rganda miyadagi rohatlanish markazi ham faollashishi mumkin. Ijtimoiy masofa qancha katta bo‘lsa, masalan, boshqa din, millat yoki hatto boshqa futbol jamoasi, miya shunchalik sovuqqon bo‘lib qoladi. Oksitotsin odatda faqat ijobiy gormon sifatida talqin qilinadi, lekin uning ikkinchi tomoni ham bor. U guruh ichidagi bog‘lanishni kuchaytiradi, lekin shu bilan birga guruhdan tashqaridagilarga nisbatan mudofaa agressiyasini oshiradi. "Biz" va "Ular" o‘rtasidagi chegarani kengaytiradi. Zamonaviy dunyoda turli guruhlar bilan muloqot qilish va birga yashay olish qobiliyati rivojlanishning eng muhim omillaridan biri bo‘lgan davrda bu instinkt ba'zan bizga pand berishi mumkin. Buning yana bir tomoni, miya har bir insonni alohida shaxs sifatida o‘rganishga juda ko‘p energiya sarflaydi. Shu sababli u stereotiplardan foydalanadi. "Bu odam falon guruhdan, demak u mana shunday", degan xulosa chiqarish miya uchun osonroq va energiya jihatidan arzonroq. Evolyutsiya davomida notanish odam potensial xavf manbai bo‘lgan. Shu sababli miyamizdagi qo‘rquv markazi "begona" qiyofasini ko‘rganda, biz buni anglab ulgurmasimizdan oldin, soniyaning mingdan bir ulushida xavf signalini yuboradi. Biologiya - bu tamg‘a emas, bu shunchaki boshlang‘ich nuqta. Bizning ongli tanlovimiz miyamizning avtomatik reaksiyalaridan kuchliroq bo‘lishi kerak. Dunyoning bo‘linishi biologik asosga ega bo‘lishi mumkin, ammo uning birlashishi ongli mehnat mahsuli bo'ladi Miyamizning bunday tuzoqlariga tushmaslik uchun faqat biologik instinktlarga tayanish kifoya qilmaydi. Insonni ma'lum bir guruh a'zosi - din, millat yoki kasb sifatida emas, balki individual shaxs sifatida ko‘rishga harakat qilish va dunyoqarashni "Biz - insoniyat" darajasigacha kengaytirish kerak.

Neomind
3 291
Batxsiz his qilyapsan, chunki o'zingdan faxrlanishga arziydigan ish qilmayapsan Bu fikr biroz keskin tuyulishi mumkin. Ammo unda haqiqat ham bor. Baxt ko‘pincha oson hayotdan emas, balki ma'noli mehnat va qiyinchiliklarni yengishdan keladi. Faqat iste'mol qilish, serial ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, xarid qilish va hokazolar uzoq muddatli qoniqish bermaydi. Kichik bo'lsada biror vazifani mustaqil bajarish qoniqish olib keladi "O'zingni qiynaydigan ish qilmading Hech narsa yaratmading Hech narsa uchun kurashmading. Sen shunchaki oqim bo‘ylab yurib, iste'mol qilib, shikoyat qilib, yana shu hayotni takrorlayapsan Keyin esa nega hayot bo‘sh tuyulayotganiga hayron bo‘lasan. Haqiqiy qoniqish kayfiyatingga bog‘liq bo‘lmagan, sendan keyin ham qoladigan biror narsani yaratishdan keladi" Baxt - shunchaki yoqimli his-tuyg'ular emas, balki hayotning ma'nosini his qilish, o'sish va maqsad sari intilish Yangi ko'nikma o'rganish, sport bilan shug'ullanish, kitob, maqola yoki loyiha yaratish, boshqalarga foyda keltirish ko'pincha oddiy hordiq chiqarishdan ko'ra ko'proq ichki qoniqish beradi. O'zingdan faxrlanishga harakat qilish kerak

Neomind
3 291
photo content

Neomind
3 291
Har qanday vaziyatda faqat ijobiy fikrlashni talab qilish va salbiy his-tuyg'ularni butunlay inkor etish yoki bostirish ya'ni Toksik Positivlik inson uchun ko'proq zarar keltiradi. Aynan mana shu narsa bizni jamiyatda keng tarqalgan. Ya'ni, odamning qayg'u, g'azab, qo'rquv yoki umidsizlik kabi tabiiy hislarini "positiv fikrla" degan shior bilan rad etish. O'zi odamlar orasida shunday bir fikr bor, odam faqat baxtli bo'lishi, faqat hayotga pushti ochkilar bilan qarashi kerakdek. Lekin yo'q, insonning barcha his tuyg'ulari birdek zarur. U kerakli vaqtda qayg'uga tushishi, ba'zida yig'lab olishi kerak va bu normal holat Masalan, "Xafa bo'lma, hammasi faqat yaxshilikka" "Faqat ijobiy fikrla." "Boshqalarning muammosi sendan ham yomon." "Yig'lama, kuchli bo'l." "Har narsada yaxshilik bor." kabi gaplar ko'proq tokik pozitivlikka olib keladi Bu gaplar yaxshi niyat bilan aytilgan bo'lishi mumkin, ammo odamning his-tuyg'ularini qadrsizlantirib qo'yadi. Odam bu bilan o'z his-tuyg'ularini bostiradi, boshqarmaydi Stress va xavotir kuchayishi mumkin. Yaqinlar bilan samimiy muloqot kamayadi. Odam o'zini aybdor his qiladi Psixologik tadqiqotlarga ko'ra, his-tuyg'ularni inkor etish emas, balki ularni tan olish va sog'lom tarzda boshqarish ruhiy salomatlik uchun foydaliroq. Toksik pozitivlik o'rniga nima qilish kerak? Masalan, do'stingiz yaqin insonini yo'qotgan bo'lsa: "Hammasi yaxshilikka" emas, "Bu juda og'ir. Sening og'riqlaringni tushunishga harakat qilyapman. Agar gaplashishni istasang, yoningdaman." Yoki imtihondan yiqilgan odamga: "Shunchaki ijobiy fikrla, bu ham yaxshilikka." emas, "Bu seni xafa qilganini tushunaman. Bir oz dam ol, keyin xohlasang, keyingi urinish uchun reja tuzamiz" Ijobiy fikrlashning o'zi yomon emas. Ijobiylik haqiqiy his-tuyg'ularni inkor etish vositasiga aylansa, u toksik pozitivlik bo'lib qoladi. Vaziyatga sog'lom yondashuvda "Ha, vaziyat qiyin. Men xafaman. Lekin vaqt o'tishi bilan bu muammoni hal qilish uchun qo'limdan kelganini qilaman." deyishi kerak Bu yondashuv his-tuyg'ularni tan oladi va shu bilan birga umidni ham saqlab qoladi.

Neomind
3 291
"I need to feel motivated before I start working" No Research shows motivation is an after-effect of action, not the cause. You feel motivated only after you’ve started and made progress. Waiting for "the right feeling" is a physiological dead end. Ignore your mood. Do 5 minutes of work. Watch the motivation show up afterward.

Neomind
3 291
Miya atrofdagi dunyoni shunchaki kuzatmaydi, balki keyingi lahzada nima sodir bo'lishini oldindan taxmin qilib turadi. Qo'lin
Miya atrofdagi dunyoni shunchaki kuzatmaydi, balki keyingi lahzada nima sodir bo'lishini oldindan taxmin qilib turadi. Qo'lingiz bilan stakanni ushlayotganingizda, miya stakanning qanday og'irlikda bo'lishini oldindan kutadi. Suhbatlashayotganda keyingi so'z qanday kelishini taxmin qiladi. Yo'lda ketayotganda mashinalarning qayerga harakatlanishini oldindan hisoblaydi. Miya ichida dunyoning ichki modeli bor. Bu model hayot davomida tajribalar asosida shakllanadi. Miya bashorat qiladi. Haqiqiy ma'lumot, ya'ni ko'rish, eshitish, sezish keladi. Agar bashorat to'g'ri bo'lsa, model tasdiqlanadi. Agar noto'g'ri bo'lsa, prediction error ya'ni bashorat xatosi yuzaga keladi. Miya aynan shu xatodan o'rganadi va modelini yangilaydi. Shuning uchun o'rganishning asosi xatolarni aniqlash va ularni tuzatish Misol, birinchi marta limonni tatib ko'rayotganda, miya uning ta'mini bilmaydi. Keyingi safar limonni ko'rishingiz bilan miya nordon ta'mni, hidni, yuzingizning qanday burishishini oldindan bashorat qiladi Ko'pincha bu bashorat to'g'ri chiqadi. Agar yangi limon shirinroq bo'lsa, miya kutilmagan natijani qayd etadi va modelini yangilaydi. Miyaning asosiy vazifasi faqat tashqi dunyoni qabul qilish emas, balki kelayotgan sensor ma'lumotlarni oldindan bashorat qilish va bashorat xatolarini kamaytirish Shuning uchun bizning idrokimiz, o'rganishimiz, e'tiborimiz va hatto qarorlarimiz ham ko'p jihatdan shu doimiy bashorat qilish jarayoniga tayanadi. Xatolar esa muvaffaqiyatsizlik emas, balki miyaning o'rganish mexanizmining eng muhim qismi

Neomind
3 291
O'qishga oid 20 ta yaxshi videodarslarni va kitoblarni keyin koʻraman deb saqlab qoʻyasiz. Ammo baribir ularning bortasini ham koʻrmaysiz. Variantlarning koʻpligi harakat qilishdan toʻxtatib qoʻyadi. Bunga Tanlov Paradoksi deyiladi. Tanlovlar soni ortgani sayin, ularni solishtirish uchun ketadigan kognitiv yuklama ham geometrik progressiyada oʻsib boradi. Miya charchaydi va qaror qabul qilishni ortga suradi. Koʻpchilik variantlar qanchalik koʻp boʻlsa, oʻzimizni shunchalik erkin his qilamiz deb oʻylaydi. Lekin bu xato. Variantlar haddan tashqari koʻpayib ketsa, miya erkinlikni emas, kuchli stress va bosimni his qiladi. Natijada, yoki umuman tanlov qila olmaymiz, yoki qilgan tanlovimizdan baribir afsuslanib yuramiz Yechim minimalizm va harakatni boshlashda. Vaziyatni soddalashtirish. Manbalar sonini maksimal darajada qisqartirish. Notoʻgʻri harakat ham, umuman harakatsiz oʻtirishdan koʻra foydaliroq. Baribir jarayon davomida xatoni toʻgʻrilab ketish imkoni boʻladi. Bugun faqat shu 1 ta videoni koʻraman, boshqasini qidirmayman yoki Bu haftalik rejam uchun faqat mana shu kitobning 20 sahifasini o'qiyman. Variantlarni oʻzingiz cheklamasangiz, internet sizni cheklamaydi. Hozir maqsad eng mukammal manbani topishda emas, tolilgan manbadan maksimal foydalana olishda

Neomind
3 291
Yoshlikdan faqat bir sohada shug'ullangan inson shu sohada muvaffaqqiyatliroq bo'ladi deb o'ylaymiz, ammo tadqiqotlarga ko'ra
Yoshlikdan faqat bir sohada shug'ullangan inson shu sohada muvaffaqqiyatliroq bo'ladi deb o'ylaymiz, ammo tadqiqotlarga ko'ra ko'p sohalarda aynan yoshligidan o'zini ko'p sohalarda sinab ko'rgan insonlar ko'proq yutuqlarga erishar ekan Katta hajmdagi sport tadqiqotlariga ko'ra, kelajakda elita darajasiga yetgan olimpiada chempionlari, xalqaro masterlar aylangan sportchilar bolaligida maxsus bitta sport turi bilan kamroq shug'ullanishgan. Ular dastlab sinov davrini o'tkazishgan, turli sport turlarini sinab ko'rishgan Bu ularga umumiy harakat koordinatsiyasi, moslashuvchanlik va jismoniy poydevor bergan. Erta ixtisoslashgan, faqat bir sport bilan cheklangan bolalar esa ko'pincha 20 yoshga yetmasdan jismoniy jarohatlar yoki ruhiy burnout tufayli sportni tashlab ketishadi Albatta, bu barcha sohalarda ham emas. Masalan, shaxmat yoki klassik musiqa kabi qoidalar tez o'zgarib turmaydigan, "yumshoq" sohalarda serqirra bo'lish shart emas bo'lishi mumkin Ammo o'yin qoidalari doim o'zgarib turadigan, oldindan aytib bo'lmaydigan real hayotiy sohalarda, masalan, tibbiyot, biznes, ilm-fan, boshqaruv, ko'plab sport turlari esa keng qamrovli tajribaga ega, ko'plab sohalarni sinov davridan o'tgan insonlar ancha ustunlikka ega bo'lishar ekan Oldingi sohalardagi sinov davri insonga o'zi uchun eng yuqori moslik darajasiga ega sohani aniqlashga yordam beradi. O'ziga mos sohani topgach, undagi samaradorlik va ichki motivatsiya juda yuqori bo'ladi. Bola dastlabki qat'iy qoliplarsiz, erkin muhitdagi o'yinlar miyaga ortiqcha kognitiv yuklama bermasdan, kreativ fikrlash va muammolarni turli burchaklardan ko'rish qobiliyatini shakllantiradi. Inson keyinchalik bitta sohaga chuqur kirishganda, o'sha turli sohalardan olgan yashirin ko'nikmalarini yangi sohaga transfer qila oladi.

Neomind
3 291
Nega bugungi dunyoda skeptitsizm iqtisodiy jihatdan yutqazmoqda? Tasavvur qiling, YouTube'ga ikkita video chiqdi. Birinchisining nomi: "Osmonda ko'ringan noma'lum jism oddiy meteorologik hodisa ekan" Ikkinchisining nomi: "NASA haqiqatni yashiryaptimi? Yerga begona sayyoraliklar kelgan bo'lishi mumkin!" Qaysi biri ko'proq ko'riladi? Javobni deyarli hamma biladi Muammo shundaki, odamlar har doim ham haqiqatni emas, qiziqarli hikoyani tanlaydi. Aynan shu nuqtada skeptitsizm bugungi media olamida yutqaza boshlaydi. Ilgari vaziyat boshqacha edi. 1990-yillarda AQShda televideniya yoki gazeta paranormal hodisalar, astrologiya, NUJ yoki mo''jizalar haqida material tayyorlasa, deyarli har doim qarama-qarshi fikr ham berilardi. Masalan, ekstrasens o'zining "g'ayritabiiy qobiliyati"ni namoyish qilsa, undan keyin olim yoki skeptik chiqib, bu hodisaning tabiiy izohini tushuntirardi. Maqsad oddiy edi, tomoshabinga ikkala nuqtai nazarni ham ko'rsatish. Bugun esa bu an'ana deyarli yo'qolgan. Nega? Sababi e'tibor iqtisodiyoti. Bugungi internetda eng qimmat resurs pul emas. Eng qimmat resurs – insonning diqqati. Har bir YouTube blogeri, TikTok muallifi, podkaster yoki yangilik sayti sizning bir necha soniyalik e'tiboringiz uchun millionlab boshqa kontentlar bilan raqobatlashyapti. Agar odam videoni birinchi 5 soniyada yopib yuborsa, algoritm uni tavsiya qilmaydi. Demak, kontent qanchalik hayratlanarli, qo'rqinchli yoki sensatsion bo'lsa, shunchalik ko'p odam uni ko'radi. Shuning uchun oddiy tushuntirishlar yutqazadi Masalan, noma'lum uchar jismlar kuzatuvlarining katta qismi aslida tabiiy hodislar bo'ladi. Ular oddiy narsalar bilan izohlanadi. Hatto ko'plab ufologlarning o'zi ham kuzatuvlarning taxminan 95 foizi tabiiy sabablar bilan tushuntirilishini tan oladi. Ammo media aynan mana shu 95 foiz haqida emas, balki qolgan 5 foiz izohlanmagan hodisalar haqida gapiradi. Chunki "Izohlanmagan hodisa" degan sarlavha "bu ehtimol samolyot edi" degan sarlavhadan ancha ko'p ko'riladi. Bu yerda juda muhim mantiqiy xato bor. Izoh topilmagan hodisa - bu o'zga sayyorlaiklar sayyoraliklar degani emas. Bilmayman, hali aniq emas degan so'zlar faqat o'z ma'nosida ishlatiladi. Ilm-fan aynan shunday javoblarni ham beradi va bu normal. Bu sizning variantingiz to'g'ri ekanligini anglatmaydi, shunchaki hali noma'lum ekanligini anglatadi Bu faqat"Biz hozircha bilmaymiz." degani xolos. Algoritmlar haqiqatni emas, reaksiyani mukofotlaydi. YouTube, TikTok, Instagram yoki Facebook haqiqatni tekshirib tavsiya bermaydi. Ular shunchaki kim uzoqroq tomosha qildi, kim izoh yozdi, kim ulashdi, kim bahslashdi kabilarga qaraydi. Agar video odamlarni hayratlantirsa yoki g'azablantirsa, u avtomatik ravishda yana ko'proq odamlarga ko'rsatiladi. Natijada sensatsiya o'z-o'zini ko'paytiradigan tizim yuzaga keladi. Nega ekspertlarning ovozi eshitilmayapti? Ilgari ilmiy jurnal yoki telekanalda bir nechta mutaxassis ishlardi. Bugun esa internetda millionlab kontent yaratuvchilar bor. Har kuni minglab podkastlar, yuz minglab videolar, millionlab postlar chiqmoqda. Shunday shovqin ichida oddiy, xotirjam va dalillarga asoslangan fikr ko'pincha yo'qolib ketadi. Olim: "Bu hodisani tushuntirish uchun yana ma'lumot kerak." deydi. Kontent yaratuvchi esa: "Insoniyat tarixidagi eng katta sir ochildi!" deydi. Qaysi biri ko'proq ko'riladi? Muammo odamlarning yomonligida emas. Bu inson miyasining evolyutsion xususiyati. Biz millionlab yillar davomida xavfga, sirli narsalarga, kutilmagan hodisalarga ko'proq e'tibor berishga moslashganmiz. Bir paytlar bu omon qolish uchun foydali bo'lgan. Ammo hozir bu bizning zaif tomonlarimizdan biriga aylanyapti. Aynan shu mexanizm ijtimoiy tarmoqlar tomonidan daromad manbaiga aylantirilgan. Skeptitsizm nima uchun muhim? Skeptitsizm hamma narsani inkor qilish emas. Bu dalil talab qilish, da'voni tekshirish, muqobil izohlarni ko'rib chiqish, "bilmayman" deyishdan qo'rqmaslikdir. Fan aynan shu tamoyil asosida rivojlanadi. Agar har bir noodatiy hodisani darhol mo''jiza yoki fitna deb qabul qilsak, ilmiy tafakkur o'z ahamiyatini yo'qotadi. Bugungi media tizimida eng ko'p foyda keltiradigan narsa doimo eng to'g'ri ma'lumot emas, balki eng ko'p e'tibor tortadigan ma'lumotdir. Shu sababli skeptik fikrlash tobora qiyinlashmoqda. Chunki u odatda shov-shuvli emas, ehtiyotkor va dalillarga asoslangan bo'ladi. Ammo aynan skeptitsizm bizni yolg'on xabarlardan, manipulyatsiyadan va asossiz da'volardan himoya qiladigan eng muhim fikrlash usullaridan biri. Bugungi dunyoda haqiqat uchun kurashish e'tibor uchun kurashishga teng

Neomind
3 291
Uyquning eng muhim qismlaridan biri bu tush ko'rish Uxlashga yotganingizdan keyingi dastlabki soatlarda, masalan, soat 23:00
Uyquning eng muhim qismlaridan biri bu tush ko'rish Uxlashga yotganingizdan keyingi dastlabki soatlarda, masalan, soat 23:00 dan 03:00 gacha miya asosan tushsiz, chuqur uyqu bilan band bo'ladi. Bu vaqtda miya o'zining hujayralarini tozalaydi va kunlik faktlarni vaqtincha xotiradan uzoq muddatli xotiraga ko'chiradi. Inson aynan tong otishiga yaqin tush ko'radi. Soat 05:00 dan 08:00 orasida vaziyat o'zgaradi. Chuqur uyqu deyarli yoʻqoladi va uning o'rnini uzoq davom etadigan, REM fazasi egallaydi.
"Tush koʻrish uni boshdan kechirish baxtiga muyassar boʻlgan barcha turlarga, jumladan, insoniyatga ham oʻziga xos noyob foydalar toʻplamini taqdim etadi. Bu tuhfalar sirasiga ogʻriqli xotiralarni yumshatuvchi tasalli beruvchi neyrokimyoviy vanna hamda miya oʻtmish va hozirgi bilimlarni oʻzaro qorishtirib, ijodkorlikni ilhomlantiradigan virtual reallik makoni kiradi."
Uyquning eng muhim qismi ham aynan shu vaqtda, tush ko'rishda bo'ladi Nima uchun miya tongga yaqin soatlab tush koʻrishga vaqt ajratadi? Walker buni miyaning hissiy qayta yuklanishi bilan izohlaydi. Tush koʻrayotgan vaqtimizda miyamizda stress uygʻotuvchi noradrenalin moddasi ishlab chiqarilishi butunlay toʻxtaydi. Bu uygʻoq paytimizda ham, chuqur uyquda ham sodir boʻlmaydigan yagona holat. Ya'ni inson stressdan butunlay holi bo'lgan vaqt bu tush ko'rish vaqti. Shu sabab tush ko'rish vaqtini ya'ni tonggi uyquni olish juda muhim Miya tun davomida, ya'ni oʻsha 1,5–2 soatlik tush koʻrish vaqtida kun davomida sodir boʻlgan barcha hissiy va ogʻriqli voqealarni qayta tomosha qiladi. Ammo miyada stress gormoni yoʻqligi sababli, bu safar oʻsha xotiralar ogʻriqsiz va sovuqqonlik bilan qayta ishlanadi.
"Vaqt barcha jarohatlarni davolaydi, degan gap notoʻgʻri. Aslida, hissiy jarohatlarni stressiz muhitda qayta ishlovchi tush koʻrish vaqti davolaydi. Tush koʻrish - bu kechalari tekinga taqdim etiladigan ruhiy terapiyadir." - Why We Sleep
Ko'pchilik alkogol yaxshi uxlatadi deb o'ylaydi. Agar odam uzoq vaqt davomida spirtli ichimlik yoki REM fazasini oʻldiradigan dorilar isteʼmol qilsa, miyada "tush qarzdorligi" yigʻilib boradi. Miya tush koʻrish vaqtini talab qila boshlaydi. Natijada, odam ichishni toʻxtatgan zahoti, miya uygʻoq paytda ham tushlar olamini ichkariga qoʻyib yuboradi. Bu esa ogʻir gallyutsinatsiyalar shaklida namoyon boʻladi. Uygʻoq paytimizda mantiq va qonun-qoidalar tufayli miyamiz bir-biriga bogʻlay olmagan gʻoyalarni, tush koʻrish jarayoni soniyalar ichida birlashtirib, yangi va kreativ yechimlarni taqdim etadi.