Neomind
Open in Telegram
Medical Doctor (MD) Polyglot Reader Science Communicator 🇩🇪🇨🇭🇲🇫🇧🇪🇪🇺 Science: @themantiq
Show more3 705
Subscribers
+624 hours
+277 days
+23630 days
Posts Archive
3 701
Nega ba’zan ko‘p o‘qisak ham kam o‘rganamiz?
Cognitive Load Theory
Imtihonga tayyorlanyapsan. Ko'plab sahifalar ochiq, telefonda Telegram xabarlari kelyapti, fonda musiqa, bildirishnomalar ochiq, bir vaqtning o‘zida kitob, video va konspekt bilan ishlayapsan.
Oxirida esa ko‘p vaqt sarflaganing bilan, nima o‘qiganingni yaxshi eslay olmaysan. Bu dangasalik emas. Working memory - ishchi xotirang bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsani qayta ishlashga majbur bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Cognitive Load Theory aynan shu muammoni tushuntiradi. Ishchi xotira - hozir ayni paytda ongimizda ushlab, qayta ishlayotgan ma'lumotlar uchun ishlatiladigan tizim. Uning sig‘imi cheklangan.
Miya ma'lumotni shunchaki qabul qilmaydi - uni albatta qayta ishlashi kerak.
Agar bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsani qayta ishlashga majbur qilsang, o‘rganish sifati pasayadi.
Lekin barcha kognitiv yuklamalar ham bir xil emas. Uning ham asosiy uch turi bor
1. Intrinsic load. Ya'ni o'rganayotgan narsaning o'zidan kelib chiqadigan kognitiv yuklama. Bu foydali. Chunki bu orqali o'rganish amalga oshadi. Bu murakkablikni butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Murakkab mavzu murakkabligicha qoladi baribir qandaydir darajagacha. Lekin uni kichik qismlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
2. Extraneous load. Mana shu bizni dushmanimiz. Bu juda muhim. O‘rganishning o‘ziga yordam bermaydigan, lekin miyadan resurs talab qiladigan yuklama.
Ma'lumotning o‘zi qiyin emas, uni noto‘g‘ri taqdim etish miyaga ortiqcha ish beradi. Keraksiz ma'lumotlar, tartibsiz slayd, bir vaqtning o‘zida 3 xil manbadan o‘qish, o‘qiyotganda doim telefonni tekshirish
Bular bilimning o‘ziga hech narsa qo‘shmaydi, lekin working memory resursini yeydi. “Men yetarlicha ko‘p o‘qimayapman” va “Men o‘qish uchun mavjud kognitiv resursimning bir qismini keraksiz narsalarga sarflayapman.” o'rtasida farq mana shunda
3. Germane load. Bu foydali aqliy mehnat. Bu aksincha, o‘rganishning o‘zi uchun foydali bo‘lgan fikrlash. Bunda yangi ma'lumotni oldingi bilimlaring bilan bog‘laysan. Mana shu jarayon bilimni yaxshiroq tashkil qilishga yordam beradi.
Miyaga qancha ko‘p ma’lumot bersak, shuncha ko‘p o‘rganamiz degan fikr noto‘g‘ri. Miya bir vaqtning o‘zida cheklangan miqdordagi ma’lumotni qayta ishlay oladi. Shuning uchun o‘qishda asosiy maqsad - ko‘proq ma’lumot yig‘ish emas, keraksiz kognitiv yukni kamaytirish. Telefon, ortiqcha manbalar, multitasking va tartibsiz materiallar faqat vaqtni o'g'irlamaydi balki miyaga qo‘shimcha yuk beradi.
Samarali o‘rganish - ko‘proq ma'lumotni olish emas.
Bu keraksiz kognitiv yukni kamaytirib, mavjud aqliy resursni tushunish, bog‘lash va xotiradan qayta chaqirishga yo‘naltirish
3 701
Tibbiyotda Klinik ordinatura degan tizim keyingi o‘quv yilidan boshlab yo‘qolar ekan. Uning o‘rniga chet elda, masalan, AQSh va Germaniyadagi tizimlarga o‘xshash rezidentura asosiy klinik mutaxassis tayyorlash bosqichiga aylanar ekan O'zbekistonda. Magistrlar esa asosan ilmiy yo'nalish bilan shug'ullanadi
Va nihoyat, nimanidir tushundik
Men O'zbekistonda Magistraturaga ham, Ordinaturaga ham Neyroxirurgiya yo'nalishiga topshirganman va ikkalasiga ham qabul qilingandim. Lekin ikkalasida ham o'qimaganman.
Klinik Ordinatura bizda juda mantiqsiz edi, ham klinikada ter to'kib ishlaysiz, ham bu uchun pul ham to'laysiz. Bu haqda Farhod aka ham juda yaxshi yozgandi. O'qib ko'ringlar
Endi rezidenturada faqat grant asosida o'qiladi va sizga boshlanishiga chet eldagidek ko'p bo'lmasada, ma'lum miqdor pul berib turiladi. Mana buni ish desa bo'ladi.
Lekin endi kech, meni qaytara olmaysilar baribir)
3 701
Hayvonlar va insonlarni ajratib turadigan ko'plab asosiy xususiyatlar aytiladi. Shulardan yana biri - bu diqqatni bir narsaga uzoq vaqt qarata olish qobiliyati.
Hayvon uchun atrof-muhitni doimiy kuzatib turish hayot-mamot masalasi. U yirtqichni, raqibni yoki boshqa xavfni o‘z vaqtida sezishi uchun vaqti-vaqti bilan atrofga qarashi, tovushlarga quloq tutishi va vaziyatni nazorat qilishi kerak. Diqqatni faqat bitta obyektga uzoq vaqt qaratib qo‘yish esa uni xavfga nisbatan zaiflashtirishi mumkin.
Insonda esa diqqatni atrofdagi barcha signallardan vaqtincha uzib, bitta vazifaga chuqur va uzoq vaqt sho‘ng‘ish imkoniyati ancha rivojlangan. Kitob o‘qish, murakkab masalani yechish, musiqa tinglash, ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror narsa yaratish paytida inson atrofdagi ko‘plab signallarni ongli ravishda e’tibordan chetlashtira oladi. Aynan mana shu qobiliyat bizni kim ekanimizni belgilab beradi
Bu qobiliyat insoniyatning bilim va madaniyat yaratishida nihoyatda muhim rol o‘ynagan. Chunki insoniyatning bilim va madaniyat yaratishi ko‘p jihatdan uzoq vaqt davomida bir fikr ustida ishlash qobiliyatiga bog‘liq. Murakkab g‘oyalarni rivojlantirish, uzoq muddatli reja tuzish, ilmiy nazariya yaratish yoki san’at asari yaratish uchun diqqatni bir nuqtada uzoq vaqt ushlab turish kerak.
Ammo zamonaviy insonda ham haligacha o'sha qadimiy xavfdan saqlanish instinkti bor, u biologik jihatdan bunday diqqatni jamlash qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, tez-tez almashib turadigan axborot uning diqqatini qayta-qayta boshqa tomonga tortadi.
Shuning uchun bugungi kunda uzoq vaqt davomida bir narsaga chalg‘imasdan e’tibor qaratish oddiy ko‘nikma emas, balki ancha qimmatli kognitiv qobiliyatga aylangan
3 701
Hayvonlar va insonlarni ajratib turadigan ko‘plab asosiy xususiyatlar mavjud. Shulardan yana biri - diqqatni uzoq vaqt davomida bitta narsaga jamlay olish qobiliyati.
Hayvon uchun atrof-muhitni doimiy kuzatib turish hayot-mamot masalasi. U yirtqichni, raqibni yoki boshqa xavfni o‘z vaqtida sezishi uchun vaqti-vaqti bilan atrofga qarashi, tovushlarga quloq tutishi va vaziyatni nazorat qilishi kerak. Diqqatni faqat bitta obyektga uzoq vaqt qaratib qo‘yish esa uni xavfga nisbatan zaiflashtirishi mumkin.
Insonda esa diqqatni atrofdagi barcha signallardan vaqtincha uzib, bitta vazifaga chuqur va uzoq vaqt sho‘ng‘ish imkoniyati ancha rivojlangan. Kitob o‘qish, murakkab masalani yechish, musiqa tinglash, ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror narsa yaratish paytida inson atrofdagi ko‘plab signallarni ongli ravishda e’tibordan chetlashtira oladi. Aynan mana shu qobiliyat bizni kim ekanimizni belgilab beradi
Bu qobiliyat insoniyatning bilim va madaniyat yaratishida nihoyatda muhim rol o‘ynagan. Chunki insoniyatning bilim va madaniyat yaratishi ko‘p jihatdan uzoq vaqt davomida bir fikr ustida ishlash qobiliyatiga bog‘liq. Murakkab g‘oyalarni rivojlantirish, uzoq muddatli reja tuzish, ilmiy nazariya yaratish yoki san’at asari yaratish uchun diqqatni bir nuqtada uzoq vaqt ushlab turish kerak.
Ammo zamonaviy insonda ham haligacha o'sha qadimiy xavfdan saqlanish instinkti bor, u biologik jihatdan bunday diqqatni jamlash qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, tez-tez almashib turadigan axborot uning diqqatini qayta-qayta boshqa tomonga tortadi.
Shuning uchun bugungi kunda uzoq vaqt davomida bir narsaga chalg‘imasdan e’tibor qaratish oddiy ko‘nikma emas, balki ancha qimmatli kognitiv qobiliyatga aylangan
3 701
28-31-avgust kunlari Germaning München shahrida juda katta xalqaro kardiologiya kongressi bo‘lib o'tdi
Asosiy mavzulardan biri kardiologiyada sun’iy intellekt bo‘lgan. Yetakchi nemis va xalqaro kardiologlar ma’ruzalar qildi. Bepul.
Videoda shu yig'ilishdan olingan yurakning yuqori aniqlikdagi illyustratsiyasi
3 701
“Autumn” - kuzning musiqiy tasviri. U ham 3 qismdan iborat. Birinchi qismida hosil bayrami, raqs, quvonch va ziyofat. Odamlar sharob ichib, bayram qilishadi. Keyin sokin manzara, bayramdan keyingi uyqu va osoyishtalik. Oxirida ov manzarasi, ovchilar, itlar va otishma tasvirlanadi. Ya'ni bunda ko'proq kuzdagi asosiy voqealar tasvirlangan
3 701
+1
AQSh va Germaniyada eng ko'p pul topuvchi shifokorlar
AQSh va Germaniyada eng ko‘p pul topuvchi shifokorlar
AQShda shifokorlar mamlakatdagi eng yuqori daromadli kasb egalari qatoriga kiradi. Shifokorlik mutaxassisliklari ichida esa neyroxirurgiya odatda eng yuqori daromadli yo‘nalishlardan biri, ko‘pincha birinchi o‘rinda turadi. Buni aniq aytish mumkin
Lekin Germaniyada “eng ko‘p pul topadigan shifokor mutaxassisligi - falonchi” deb qat’iy aytolmaymiz. Chunki daromad ishchi shifokor yoki klinika xodimi ekaniga yoki o‘z shaxsiy Klinikasiga ega ekaniga juda kuchli bog‘liq. Ammo xususiy klinika egalari orasida radiologiya juda kuchli moliyaviy pozitsiyaga ega. Chunki bemor oqimi ko'p tekshiruvlar esa ancha foyda keltiradi. Keyingi o'rinlarda Ortoped-jarrohlar va kardiologlar ekan
3 701
Tomas Kapapa Germaniyada fan doktori, professor va neyroxirurgiya bo'limi boshlig'i o'rinbosari bo'lib ishlar ekan. O'zi nogironlar aravachasida harakatlanishiga qaramasdan neyroxirurgik eng murakkab operatsiyalarni bajaradi. U xavfli miya o‘smalarini olib tashlaydi, hayot uchun xavfli bo‘lgan qon tomir malformatsiyalarini operatsiya qiladi hamda umurtqalararo disk churrasi tufayli chidab bo‘lmas og‘riqdan aziyat chekayotgan bemorlarni davolaydi. O'zi asli Zambiyalik, ota-onasi yoshligida Germaniyaga qochib kelishgan ekan.
“Hayotim va faoliyatimdagi eng katta to‘siqlar infratuzilmadagi muammolar - masalan, juda tor zinapoyalar yoki eshiklar emas edi. Eng katta to‘siqlar boshqa odamlarning ongida edi va men aynan shu to‘siqlarni yengishimga to‘g‘ri keldi. Men ularning fikrlash tarzini, mantiqini va men haqimdagi oldindan shakllangan tasavvurlarini o‘zgartirishim kerak edi. Ularning nogironlar aravachasidagi jarroh haqidagi cheklangan tasavvurini yengib o‘tishim kerak edi”, - doktor Kapapa.Uning loyihasi natijasida Zambiyadagi birinchi ayol neyroxirurgni tayyorlashga muvaffaq bo‘linibdi. Video
3 701
O'rganishda eng muhim shakllantirish kerak bo'lgan qobiliyatlardan biri - bu o'qish, matn ustida ishlay olish qobiliyati
Bolaga matnlarni o'qib, undan asosiy g'oyani tushuna olish qobiliyatini o'rgatish birinchi ishlardan biri
Bolaga hamma narsani o‘rgatishga urinishdan ko‘ra, unga o‘zi o‘rganishni o'rgatish yaxshiroq. Kitob o‘qish - buning eng universal vositalaridan biri.
Har qanday matnni, xoh badiiy asar, xoh ilmiy maqola yoki yo'riqnoma bo'lsin, o'qish jarayonida miya ma'lumotni tahlil qilish, asosiy fikrni ajratib olish va uni tizimlashtirishni o'rganadi.
Shunchaki ko'z yugurtirib chiqish emas, balki matn ustida ishlash, diqqatni jamlay olish, matnni tanqidiy tahlil qilish va muallifning fikrini ilg'ay olish qobiliyati boshqa fanlarni o'zlashtirishni ham keskin osonlashtiradi.
Til o'rganishda ham eng asosiy ko'nikmalardan biri - o'qish qismi. U orqali boshqa kognitiv jarayonlarni ham shakllantirib olsa bo'ladi.
3 701
Yaqinda Meta (Instagram va Facebook) ustidan eng yirik sud jarayoni boshlangan va hozir ham davom etayapti
Gap asosan bolalar va o‘smirlar xavfsizligi haqida
29 ta AQSh shtati Meta'ni sudga bergan.
Meta Facebook va Instagram'ni bolalarni uzoqroq ushlab turadigan, qaramlikka olib keluvchi mexanizmlar bilan ataylab loyihalaganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ma'lumotlarini ota-ona roziligisiz yig‘ish masalasi ham bor.
Shtatlar juda katta miqdorda - yuzlab milliard dollargacha zarar undirishni so‘ramoqda.
Jarayon taxminan 6-8 hafta davom etishi kutilyapti ekan
Sobiq Meta xavfsizlik muhandisi Arturo Béjar ham guvohlik bergan va Meta ichida yoshlar xavfsizligi bo‘yicha muammolar oldindan ma'lum bo‘lganini aytgan.
Agar sud Meta’ni aybdor deb topsa, kompaniya faqatgina moliyaviy jarima bilan qutulib qolmaydi. Sud qaroriga ko‘ra, platformalarning ishlash mexanizmini tubdan o‘zgartirish majburiyati yuklatilishi mumkin. Bunga algoritmlarni cheklash, cheksiz lentalarni (infinite scroll) o‘zgartirish, yoshni qattiqroq tekshirish tizimlarini joriy etish va voyaga yetmaganlarning ma'lumotlarini yig‘ishni cheklash kabi talablar kiradi.
3 701
+3
Odamning ahmoqligi qanday aniqlanadi?
Iqtisodchi Carlo Cipolla “The Basic Laws of Human Stupidity” asarida juda qiziq fikrni ilgari surgan:
Insonning ahmoqligini ko'proq uning aql-zakovati emas, qilgan ishining natijasi belgilaydi.
U odamlarning xatti-harakatlarini 4 turga ajratadi
1. Intelligent ya'ni aqlli
O‘ziga ham, boshqalarga ham foyda keltiradi. Masalan, biror odam bilimini boshqalar bilan bo‘lishadi. O‘zi ham rivojlanadi, boshqalar ham undan foyda oladi.
2. Helpless - "beg‘araz", "o‘zini qurbon qiluvchi"
Boshqalarga foyda keltiradi, ammo o‘zi zarar ko‘radi. Doimo boshqalarga yordam berib, o‘z manfaatlarini butunlay unutib qo‘yish bunga misol.
3. Qaroqchi - manfaatparast
O‘zi foyda ko‘radi, boshqalarga esa zarar yetkazadi. Ya’ni o‘z yutug‘ini birovning zarari hisobiga quradi.
4. Stupid - ahmoq
Eng paradoksal holat, o‘zi ham yutqazadi, boshqalarga ham zarar yetkazadi.
Masalan, biror odam boshqa kishiga ataylab xalaqit beradi. Natijada ikkinchi odam zarar ko‘radi, lekin birinchi odam ham bundan hech qanday foyda olmaydi.
Har birimiz turli vaziyatlarda bu to‘rt toifaning istalgan biriga tushishimiz mumkin.
Shuning uchun o‘zimizga ba’zan mana bunday savol berish foydali:
Men bundan nima olaman?
Boshqa odam bundan nima oladi?
Agar javob ikkala tomonda ham ijobiy bo‘lsa - bu yaxshi qaror.
Chunki aqllilik faqat o‘z foydangni topish emas. Eng yaxshi qaror - o‘zingga ham, boshqalarga ham foyda keltiradigan qaror.
3 701
Kecha rasm chizishning o'qishdagi foydalari haqida yozgandim. Bugun The Washington Post'da 10 daqiqa rasm chizish asab sistemasini tinchlantirishi haqida gi yaqinda chiqqan maqolani o'qib qoldim. Postni maqolani ko'rishdan oldin yozgandim)
Agar Toshkentda o'z san'at asaringizni yaratishni xohlasanglar, Art Terapiya yoki professional Art Studio xizmati kerak bo'lsa, link mana bu
Studio tashkiliy ishlarida o'zim yordamlashganman, kirib ko'ringlar)
