es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Neomind

Neomind

Ir al canal en Telegram

Medical Doctor (MD) Polyglot Reader Science Communicator 🇩🇪🇨🇭🇲🇫🇧🇪🇪🇺 Science: @themantiq

Mostrar más
4 021
Suscriptores
Sin datos24 horas
+137 días
+11130 días
Archivo de publicaciones
Neomind
4 021
O'ngda AQSh tibbiy kitoblari, chapda esa rus tibbiy adabiyotidan misol Ikkalasini ham o'qigan odam sifatida aytaman, AQSh tib
O'ngda AQSh tibbiy kitoblari, chapda esa rus tibbiy adabiyotidan misol Ikkalasini ham o'qigan odam sifatida aytaman, AQSh tibbiy kitoblariga yetadigani yo'q. Illyutsratsiyalar bo'yicha ham, tushuntirishlar, qiziqtira olishlar bo'yicha ham. Nemislarni kitoblari ham yaxshi, ularda ham ancha qiziq illyustratsiyalarni o'qiyman, kitoblari ham ko'p. Rus adabiyotlari asosan yangi uvon olishni rejalashtirgan bir professorni qo'llanmasidek) U senga o'rgatish, tushunarli bo'lishi uchun emas, bilimini maqtanish uchun yozilgandek) Bizda esa haligacha shunday rus adabiyotlari oliygohlarda o'qitiladi Xullas, to'g'ri darslik tanlay olish ham juda muhim. Hozir tibbiyotda yana qaytadan o'qiganimda, hech ikkilanmasdan yana qaytadan AQSh yoki Nemis tibbiy kitoblarini o'qigan bo'lardim
17 nov, 10:53

Neomind
4 021
O'zim ko'zoynak taqmayman. Ko'zimni ayamay o'qigan vaqtlarim ham bo'lgan) Lekin hozir ham ko'zim ancha yaxshi ko'radi. Ammo k
O'zim ko'zoynak taqmayman. Ko'zimni ayamay o'qigan vaqtlarim ham bo'lgan) Lekin hozir ham ko'zim ancha yaxshi ko'radi. Ammo kompyuterda ishlaganimda xohlamaymanmi-yo'qmi ko'zim baribir charchaydi. Kompyuter ko'k nuridan himoya qiluvchi maxsus ko'zoynaklarni reklamasida shu ko'z charchashini kamaytirishi, ko‘rish qobiliyatini himoya qilishi va hatto uyqu sifatini yaxshilashi aytishadi. Shu bo'yicha tadqiqotlarni qidirib ko'rgandim. Qisqa qilib aytsam, ilmiy tadqiqotlar ularni foydasiga ishonchli dalil topmagan. 2023-yilda Cochrane tashkiloti 17 ta klinik tadqiqotni tahlil qilgan. Natijalarga ko‘ra, blue-light filter ko‘zoynaklari oddiy linzali ko‘zoynaklarga nisbatan ko‘z charchashini sezilarli kamaytirmaydi. Ko‘rish qobiliyatini ekran nurlaridan himoya qilishi ham isbotlanmagan. American Academy of Ophthalmology ham kompyuter uchun maxsus blue-light ko‘zoynaklarini tavsiya qilmaydi. Aslida, ekran qarshisida uzoq vaqt o'tirganda ko‘z charchashining asosiy sababi ko‘k nur emas. Uzoq vaqt yaqin masofaga qarash, kamroq ko‘z qoqish va ko‘z yuzasining qurishi bunga ko‘proq sabab bo‘ladi. Qimmatga kompyuter ko'zoynak sotib olgandan ko'ra, yaxshisi mana bularni sinab ko'rish kerak: 1. Har 20 daqiqada 20 soniya davomida uzoqroq masofaga qarash 2. Ko‘zlarni tez-tez ochib yopib turish. Ekranga qaraganda ko'zimizni kamroq ochib yopamiz 3. Monitor yorug'imi xona yorug‘ligiga moslashtirish. Xonani qopqorong'u qilib, kompyuter o'ynash yaxshi emas. 4. Monitorni ko‘z darajasidan biroz pastroqda joylashtirish Xullas, chiroyli ramka va blue-light filter yozuvi bor ko‘zoynaklar har doim ham ko‘zlarimiz uchun foydali degani emas. Reklama va ilmiy dalillar orasida ancha katta farqlar ham bo‘ladi. Oddiy shishali ko'zoynaklarni moda qilib taqib yursanglar bo'ladi)
15 nov, 02:40

Neomind
4 021
Oxirgi vaqtlarda ko'proq shaxmat o'ynayapman. Har holda maqsadsiz internetda o'tirishdan ancha yaxshi va foydaliroq mashg'ulo
Oxirgi vaqtlarda ko'proq shaxmat o'ynayapman. Har holda maqsadsiz internetda o'tirishdan ancha yaxshi va foydaliroq mashg'ulot) Shaxmat bizga asosiy hayotiy narsalarni o'rgata oladi. O'zi shaxmat aslida hayotning kichik bir modeli desa bo'ladi. Unda har bir qarorning oqibati bor. Ba'zan bitta e'tiborsizlik bilan uzoq vaqt davomida qurgan ustunligingni yo‘qotasan. Ba'zan esa vaziyat qanchalik umidsiz ko‘rinmasin, to‘g‘ri yurish bilan o‘yinga qaytish mumkin. Mag‘lubiyatni qabul qilish. Har doim ham g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Muhimi, yutqazganingdan keyin o‘zingni ayblash emas, xatolaringni tahlil qilish. Sabr-toqat. Shoshqaloqlik ko‘pincha xatoga olib keladi. Ba'zan eng yaxshi yurish - kutish va vaziyatni kuzatish. Oldindan o‘ylash. Har bir yurishdan oldin uning oqibatlarini, raqibning ehtimoliy javoblarini hisobga olish kerak. Mas'uliyat. O‘z yurishing uchun hech kimni ayblay olmaysan. Qarorni o‘zing qabul qilasan va uning oqibatini ham o‘zing ko‘tarasan. Moslashuvchanlik. Rejang har doim ham ishlamaydi. Vaziyat o‘zgarganda, sen ham strategiyangni o‘zgartirishing kerak. Kamtarlik. Qanchalik kuchli o‘yinchi bo‘lma, sendan kuchliroq raqib doim topiladi. O‘rganish esa hech qachon tugamaydi. Bu o'yinda nafaqat raqib bilan, balki o‘zing bilan ham kurashishga majbur bo'lasan. Xo‘sh, reytinglaringiz nechchi?)
13 nov, 08:14

Neomind
4 021
O'lim, hayot, inson qadr-qimmati, oila va jamiyatdagi stereotiplar haqida juda yaxshi kino ko'rdim yaqinda. "Biz o‘lim haqida
O'lim, hayot, inson qadr-qimmati, oila va jamiyatdagi stereotiplar haqida juda yaxshi kino ko'rdim yaqinda. "Biz o‘lim haqida gapirishdan qochamiz, lekin u hayotning ajralmas qismi. Uni anglash tirikligimizning qadriga yetishga yordam beradi" Film Oscar mukofotiga sazovor bo'lgan. iMDb - 8/10 Filmni shoshilmasdan, imkon qadar sokin muhitda tomosha qilishni maslahat beraman. Ayniqsa, uning musiqasi va sokin sahnalari juda ta'sirli.
13 nov, 07:36

Neomind
4 021
1. "Jismoniy harakat psixologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi." - Robert Greene 2. "Ishonch hech qachon ishonchsiz holatd
+5
1. "Jismoniy harakat psixologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi." - Robert Greene 2. "Ishonch hech qachon ishonchsiz holatda qolishga tayyor bo‘lmasak, rivojlana olmaydi" - Dr Julie Smith 3. "Biz ko‘proq ma’lumot iste’mol qilish orqali emas, balki o‘zimizni sinab ko‘rish orqali o‘rganamiz" - Ali Abdaal 4. "Agar butun e’tiboringizni faqat Everest cho‘qqisiga qaratsangiz, unga hech qachon yetib bora olmaysiz" - Dr Yusuf Sahar 5. "Odatni mukammallashtirishdan oldin, avvalo uni shakllantirish kerak" - James Clear 6. "Tayyor bo'lishingizdan oldin boshlang" - Marie Forleo
12 nov, 11:36

Neomind
4 021
Agar men har hafta bittadan kitob o‘qisam, butun umrim davomida atigi bir necha mingta kitob o‘qiy olaman. Bu esa katta kutubxonadagi kitoblarning hatto bir foiziga ham yetmaydi. Demak, qoladigan eng yaxshi yo‘l - qaysi kitoblarni o‘qishni to‘g‘ri tanlash. Iskandariya kutubxonasi tashkil etilganiga 2300 yil bo‘ldi. Shu vaqt ichida yuzga yaqin avlod tug‘ilib, yashab, hayotdan ko‘z yumdi. Agar bilimlar faqat og‘zaki tarzda avloddan avlodga o‘tganida, biz o‘tmish haqida juda kam narsani bilgan bo‘lardik va taraqqiyotimiz ancha sekin kechardi. Chunki og‘zaki uzatiladigan ma'lumotlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi va oxir-oqibat yo‘qolib ketadi. Insoniyat Yer yuzida mavjud bo‘lgan vaqtining 99 foizida odamlar na o‘qishni, na yozishni bilishgan. Bu buyuk ixtiro hali amalga oshirilmagan edi. O‘z tajribamizdan tashqari, biz biladigan deyarli barcha narsalar og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan. O‘nlab, hatto yuzlab avlodlar davomida ma'lumotlar asta-sekin o‘zgarib, buzilib va oxir-oqibat yo‘qolib borardi. Kitoblar esa bularning barchasini o‘zgartirdi. Arzon va hammabop kitoblar bizga o‘tmishni ancha yuqori aniqlikda o‘rganish, insoniyat to‘plagan donishmandlikdan foydalanish imkonini berdi. Ular orqali nafaqat hokimiyatga ega insonlarning, balki jamiyatning boshqa qatlamlari vakillarining ham dunyoqarashini tushunishimiz mumkin. Kitoblar butun sayyoramiz va tariximiz davomida yashab o‘tgan eng buyuk aqllarning tabiatni anglash yo‘lida mashaqqat bilan qo‘lga kiritgan bilimlari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Menimcha, sivilizatsiyamizning sog‘lomligi, tafakkurimizning ravshanligi va kelajakka bo‘lgan qiziqishimizni kutubxonalarimizni qanday asrashimizga qarab baholash mumkin. Oddiy bir taom narxiga sen Rim imperiyasining qulashini va qayta tiklanishini boshdan kechirishing mumkin. Kitoblar istalgan joyda bizga hamroh bo‘la oladi. Biz tushunishga qiynalayotgan joylarda esa sabr bilan kutadi. Murakkab boblarni xohlaganimizcha qayta-qayta o‘qishimiz mumkin Kitob - naqadar hayratlanarli narsa. U daraxtdan yasalgan oddiy, yassi buyum bo‘lib, uning egiluvchan varaqlariga juda ko‘p g‘aroyib qora belgilar bosilgan. Ammo kitobga bir nazar tashlashingiz bilan boshqa bir insonning ovozini eshitasiz va uning xayolot olamiga sayohat qilasiz. Ehtimol, bu inson bundan ming yillar oldin vafot etgandir. O‘qish - vaqt bo‘ylab sayohat qilishdir. Ming yillar oldin yashagan muallif sizning ongingizda go‘yo bevosita siz bilan gaplashadi. Yozuv, ehtimol, insoniyat yaratgan eng buyuk ixtirolardan biridir. U bir-birini hech qachon tanimagan, turli davrlarda yashagan insonlarni o‘zaro bog‘lay oladi. Kitoblar vaqt va makon chegaralarini buzadi. Kitoblar - genlardan miyaga, miyadan kitoblarga qadar davom etgan uzoq evolyutsion sayohatimizning guvohi. Genlardan miyaga, miyadan esa kitoblarga qadar bo‘lgan sayohatimiz hali ham davom etmoqda. - Karl Sagan, Cosmos
09 nov, 07:04

Neomind
4 021
Shifokorlar va tibbiyot talabalari ko‘rishi kerak bo‘lgan 10 ta film Tibbiyot universitetida bizga tibbiy bilimlarni o‘rgatis
+5
Shifokorlar va tibbiyot talabalari ko‘rishi kerak bo‘lgan 10 ta film Tibbiyot universitetida bizga tibbiy bilimlarni o‘rgatishadi. Ammo yaxshi shifokor bo‘lish faqat kasalliklarni bilish bilan cheklanmaydi. Bemorni tushunish, unga hamdard bo‘lish, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va inson qadr-qimmatini hurmat qilish ham juda muhim. Bu filmlar tibbiyotga biroz boshqacha nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi. Ba'zilarini Stanford Medicine ham tibbiyot va bioetika nuqtayi nazaridan tavsiya qilgan. 1. Awakenings (1990) - Nevrologiya, Parkinsonizm, L-DOPA va tibbiyot imkoniyatlarining chegaralari haqida. Real voqealarga asoslangan. 2. Something the Lord Made (2004) - Yurak jarrohligi tarixidagi muhim kashfiyotlar, innovatsiya va ilmiy hamkorlik haqida. Kardioxirurguyaga qiziquvchilar uchun juda qiziqarli bo'ladi. 3. Wit (2001) - Saraton kasalligi bilan kurashayotgan bemor, uning shifokorlar bilan munosabati va og‘ir vaziyatlarda insoniylikni yo‘qotmaslik haqida. 4. The Doctor (1991) - Bir shifokorning o‘zi bemorga aylanganidan keyin tibbiyotga va bemorlarga munosabati qanday o‘zgarishi haqida. 5. The Diving Bell and the Butterfly (2007) - Locked-in syndrome bilan yashayotgan insonning hayoti, ong va tana o‘rtasidagi murakkab munosabat haqida. 6. Contagion (2011) - Epidemiologiya, viruslarning tarqalishi, pandemiyaga qarshi kurash va jamoat salomatligi haqida. 7. The English Surgeon (2007) - Neyrojarrohning faoliyati, murakkab operatsiyalar va tibbiy imkoniyatlar cheklangan sharoitda qabul qilinadigan qarorlar haqida hujjatli film. 8. The Father (2020) - Demensiya bilan yashayotgan inson dunyoni qanday qabul qilishi, xotira va shaxsiyatning o‘zgarishi haqida. Bemorning holatini uning nuqtayi nazaridan his qilishga yordam beradi. 9. Lorenzo’s Oil (1992) -- Juda kam uchraydigan genetik kasallik, ilmiy izlanishlar va davolash yo‘lida taslim bo‘lmaslik haqida. 10. And the Band Played On (1993) - OIV/OITS epidemiyasining dastlabki yillari, ilmiy hamjamiyat, epidemiologiya va sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar haqida. 11. Patch Adams (1998) - film haqiqiy shifokor Hunter Doherty “Patch” Adams hayotidan ilhomlangan. Unda bemor bilan muloqot, empatiya, hazil-mutoyiba va davolash jarayonida insoniy munosabatlarning ahamiyati ko‘rsatiladi. 12. Gifted Hands: The Ben Carson Story (2009) - film mashhur amerikalik neyrojarroh Ben Carson hayoti haqida. Unda uning og‘ir bolaligi, ta'lim yo‘lidagi qiyinchiliklari va dunyoga mashhur neyrojarrohlardan biriga aylanishigacha bo‘lgan yo‘li tasvirlangan. Bunday filmar kasallikni ortida ham his-tuyg‘ulari, qo‘rquvlari va umidlari bor inson turganini ko'rsatadi. Tibbiyot bilan shug‘ullanadigan har bir inson vaqti-vaqti bilan shunday filmlarni ham ko'rib turishi kerak. Neomind
08 nov, 01:24

Neomind
4 021
Bugun tibbiyot xodimlari kuni ekan. Ikki marta bayram qilishga arziydigan kun ekan. Meni oilamda shifokorlar juda ko'p. Bobom
Bugun tibbiyot xodimlari kuni ekan. Ikki marta bayram qilishga arziydigan kun ekan. Meni oilamda shifokorlar juda ko'p. Bobom mashhur jarroh bo'lgan, Moskvada o'qib kelgan. Ilmiy ish yoqlagan. Uyimizda shaxsiy klinikasi ham bor edi. Esimda, ishdan kelib uyda qo'shnilarni ko'rib qo'yardi. Ko'pincha pul ham olmasdi. Buvim ham shifokor. Amakimlar, ammalarim va ikkita tog'am ham kuchli shifokorlar. Yana kimlardir bor. Onamni ham birinchi diplomi hamshiralik, keyin o'qituvchilikka o'qigan. Xullas, meni oilamizdagi yagona shifokor deb o'rnilaridan turib kutib olishmaydi) Bunaqa muhitda tug'ilib o'sganimdan keyin shifkorlikdan boshqa variantni tanlash ham qiyin edi Endi bugun oilaviy guruhimizda nimalar bo'layotganini tasavvur qilaveringlar. Hamma bir-birini tabriklagan. Bir dunyo narsalar yozgan. Shu munosabat bilan men ham barcha shifkorlarni va bo'lajak shifkorlarni tabriklayman. Hozir silarga ko'rish uchun yanxshi kinolardan yozaman)
08 nov, 00:45

Neomind
4 021
Bugun tibbiyot xodimlari kuni ekan. Ikki marta bayram qilishga arziydigan kun ekan. Meni oilamda shifokorlar juda ko'p. Bobom mashhur jarroh bo'lgan, Moskvada o'qib kelgan. Ilmiy ish yoqlagan. Uyimizda shaxsiy klinikasi ham bor edi. Esimda, ishdan kelib uyda qo'shnilarni ko'rib qo'yardi. Ko'pincha pul ham olmasdi. Buvim ham shifokor. Amakimlar, ammalarim va ikkita tog'am ham kuchli shifokorlar. Yana kimlardir bor. Onamni ham birinchi diplomi hamshiralik, keyin o'qituvchilikka o'qigan. Bunaqa muhitda tug'ilib o'sganimdan keyin shifkorlikdan boshqa variantni tanlash ham qiyin edi) Endi bugun oilaviy guruhimizda nimalar bo'layotganini tasavvur qilaveringlar. Hamma bir-birini tabriklagan. Bir dunyo narsalar yozgan. Shu munosabat bilan men ham barcha shifkorlarni va bo'lajak shifkorlarni tabriklayman. Hozir silarga ko'rish uchun yanxshi kinolardan yozaman)
08 nov, 00:43
08 nov, ~00:43

Neomind
4 021
Bugun yana bir yoshga ulg‘aydim. Hali o‘zim yoshman, oldinda o‘rganishim, ko‘rishim va anglashim kerak bo‘lgan narsalar juda
Bugun yana bir yoshga ulg‘aydim. Hali o‘zim yoshman, oldinda o‘rganishim, ko‘rishim va anglashim kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p. Lekin shu paytgacha hayot, insonlar va o‘zim haqimda tushungan ayrim narsalarim bilan bo‘lishmoqchiman. Balki kim uchundir foydasi tegar. 1. Hech qachon o‘rganishdan to‘xtama. Diplom, lavozim yoki yosh insonning qanchalik bilimli ekanini belgilamaydi. Qiziquvchanlikni yo‘qotish esa haqiqiy yo‘qotish. 2. Ko‘p kitob o‘qish aqlli bo‘lib qolganingni anglatmaydi. O‘qiganlaring haqida mustaqil fikrlash, savol berish va o‘z xulosangni chiqarish juda muhim. 3. Hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lish mumkin, lekin hammani hayotingda saqlab qolish shart emas. 4. O'zingni boshqalar bilan solishtirishni kamaytir. Har kimning sharoiti, imkoniyati, boshlang‘ich nuqtasi va hayot yo‘li har xil. Bu poygada faqat kechagi, bugungi va ertangi sen bor. 5. Sog‘liqni yo‘qotmaguningcha uning qadriga yetmasliging mumkin. Uyqu, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va ruhiy xotirjamlikni keyinga qoldirma. 6. Xato qilishdan qo‘rqma. Lekin bir xil xatoni qayta-qayta takrorlab, uni tajriba deb atama. 7. Odamlarni gaplariga qarab emas, ko‘proq harakatlariga qarab bahola. Insonning asl xarakteri qulay vaziyatlarda emas, qiyin paytlarda ko'rinadi. 8. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqma. Ba'zan inson o‘zini, nimani xohlashini va qayerga ketayotganini aynan yolg‘izlikda yaxshiroq tushunadi. 9. Har doim ham o‘zingni haq ekaningni isbotlashga urinma. Ba'zan fikring noto‘g‘ri ekanini tan olish yoki o'z haqligingni isbotlashga o'rinmaslik - intellektual yetuklik belgisi bo'ladi. 10. Pul hamma narsani hal qilmaydi, lekin uning yetishmasligi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun pul bilan munosabatni ham o‘rgan. 11. Ota-onang bilan ko‘proq vaqt o‘tkaz. Ular bilan birga o‘tkazish mumkin bo‘lgan vaqt cheksiz emas. 12. Biror narsaga haqiqatda qiziqib qolgan bo‘lsang, ayaman shuni chuqurroq o‘rgan. Yuzaki bilim ko‘p narsani bilgandek his qildiradi, ammo chuqur bilim qanchalik kam bilishingni ko‘rsatadi. 13. Hamma narsaga munosabat bildirishing shart emas. Ba'zi bahslar, tortishuvlar va vaziyatlardan shunchaki uzoqlashish yaxshiroq. 14. Bizni katta maqsadlarimizdan chalg'itadigan narsalar ko'pincha kichik yutuqlar bo'ladi. Kichik ovunchoqlar uchun katta potensialingni ko'rsatishdan voz kechma. 15. Hayotni faqat kelajakdagi maqsadlar bilan ham bog‘lab qo‘yma. Yaxshi universitetga kirish, ish topish, pul topish yoki boshqa marraga yetish muhim. Ammo shu yo‘lda yashashning o‘zini unutib qo‘yma. 16. Fikringni o‘zgartirishdan uyalma. Yangi dalillar va bilimlar asosida avvalgi qarashlaringdan voz kecha olish zaiflik emas. 17. Odamlarga yaxshilik qil va iloji bo'lsa buning evaziga doimo nimadir kutma. Biroq yaxshilik qilish bilan o‘zingni boshqalarning manfaatlari uchun qurbon qilishni adashtirma. 18. Hayotda hamma narsani nazorat qila olmaysan. Lekin vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishingni va keyingi qadamingni tanlashing mumkin. 19. O‘zingga tegishli hayotni boshqalarning kutilmalari asosida qurma. Bu hayotda sen yashaysan, ular emas. 20. San'at, musiqa, adabiyot, tarix va tabiatga vaqt ajrat. Inson faqat ishlash, pul topish va kundalik vazifalarni bajarish uchun yashamaydi. Aynana shu vaqtda haqiqiy tiriklikni his qilish mumkin 21. Shoshilma. Ba'zi narsalar vaqt talab qiladi. O‘zing hali erta deb hisoblagan paytingda ham boshqalar bilan bellashishga majbur emassan. 22. Faqat o‘zingga yoqadigan fikrlarni o‘qima. Senga zid qarashlarni ham o‘rgan. Haqiqatni izlash o‘z e'tiqodlaringni himoya qilishdan muhimroq. 23. Insonning qadrini uning kasbi, daromadi, diplomi yoki ijtimoiy mavqeyi bilan o‘lchama. Har bir inson hurmatga loyiq 24. Ko‘proq yoz. Fikrlaringni qog‘ozga tushirish ularni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Ba'zan yozish orqali o‘zing bilmagan narsalaringni ham kashf qilasan 24. Eng muhimi, hayotning ma'nosini faqat katta yutuqlardan izlama. Ba'zan yaxshi suhbat, o‘qilgan kitob, yangi o‘rganilgan narsa, yaqinlaring bilan o‘tkazilgan oddiy kun ham yashashga arziydigan hayotning bir qismi bo'ladi.
07 nov, 23:10

Neomind
4 021
"Men doim insoniyat tarixidagi eng go‘zal hikoyalarni sayyor yozuvchilar yoki dramaturglar emas, balki ilm-fan hikoya qiladi,
+1
"Men doim insoniyat tarixidagi eng go‘zal hikoyalarni sayyor yozuvchilar yoki dramaturglar emas, balki ilm-fan hikoya qiladi, deb o‘ylaganman. Ilm-fan so‘zlab beradigan voqealar har qanday adabiy asardan ko‘ra ulug‘vorroq, ko‘lamdorroq, qiziqarliroq, teranroq, g‘aroyibroq, dahshatliroq, sirliroq va hatto ta’sirchanroqdir. Faqat bu hayratomuz hikoyalar ko‘pchilik o‘qiy olmaydigan sovuq tenglamalar satrlari orasiga yashiringan. Turli xalqlar va dinlar yaratgan olamning paydo bo‘lishi haqidagi afsonalar Katta portlashning hayratlanarli manzarasi oldida kuchsizlanib qoladi. O‘z-o‘zini ko‘paytira oladigan molekulalardan boshlab butun boshli sivilizatsiyagacha bo‘lgan tirik mavjudotlar evolyutsiyasining uch milliard yillik tarixi shunday voqealar va kutilmagan burilishlarga boyki, hech bir doston unga teng kelolmaydi. Nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasining g‘aroyib subatom olami ham makon va zamon haqida o‘ziga xos bir she’riyatni hikoya qiladi. Kitob: "The Three-Body Problem" Lyu Cixin Bugun ikki karra Nobel mukofoti sohibi, ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan Mariya Kyurining tavallud kuni. Shu munosabat bilan "Radioaktiv" filmini ko'ramiz
06 nov, 22:26

Neomind
4 021
Kunduzgi uyqu foydali, lekin uning ham o‘z vaqti bor. Tushdan keyin biroz mizg‘ib olish ya'ni kunduzgi uyqu diqqat va aqliy f
+4
Kunduzgi uyqu foydali, lekin uning ham o‘z vaqti bor. Tushdan keyin biroz mizg‘ib olish ya'ni kunduzgi uyqu diqqat va aqliy faoliyatga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Bu haqida ko'p aytganman. Endi batafsilroq yozmoqchiman. International Journal of Environmental Research and Public Health jurnalida chop etilgan bir sistematik sharh va meta-tahlilda 11 ta nazoratli tadqiqot hamda jami 381 nafar katta yoshli inson ma’lumotlari tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, kunduzi uxlab olgan ishtirokchilar shunchaki dam olgan, kitob o‘qigan yoki televizor ko‘rgan odamlarga qaraganda keyingi vazifalarni yaxshiroq bajargan. Ayniqsa, hushyorlik va diqqatni jamlash qobiliyatida ijobiy o‘zgarish kuzatilgan. Tadqiqotdagi eng qiziq jihatlardan biri uyquning qaysi vaqtda boshlanishi ham ahamiyatli ekanligi. Tushlikdan oldinroq, ya’ni soat 13:00 gacha boshlangan uyqudan keyingi natijalar 13:00 dan keyin uxlaganlarga nisbatan yaxshiroq bo‘lgan. Uyg‘ongandan keyin esa birdaniga qiyin vazifalarga kirishmaslik kerak. Dastlabki 30 daqiqada natijalar turlicha bo‘lgan. Bunga uyqudan keyingi karaxtlik - sleep inertia sabab bo‘lishi mumkin. Eng sezilarli ijobiy ta’sir esa uyg‘ongandan taxminan 30 daqiqa - 2 soat o‘tgach kuzatilgan. Yana bir qiziq tushuntirish bor. Mualliflarning fikricha, tushdan keyingi uyqu bosishini faqat ovqat bilan bog‘lash to‘g‘ri emas. Bunda organizmning biologik soati ham muhim rol o‘ynaydi. Odatda bizda tungi 01:00–05:00 oralig‘ida uyquchanlik kuchayadi. Shunga o‘xshash ikkinchi pasayish kunduzgi 13:00–17:00 oralig‘ida ham kuzatiladi. Agar imkoniyat bo‘lsa, kunduzgi uyquni 13:00 dan oldinroq rejalashtirish kerak. Uyquning davomiyligi ham muhim. Eng yaxshisi 20 - 30 daqiqa davom etishi. Chuqur uyqu holatiga kirmagan yaxshi, bo'lmasa tungi vaqtda uyquga yotish ham qiyinlashadi. Tomas Edisonning bir mashhur usuli bor, u kresloda uxlayotganda qo‘liga metall shar ushlab o‘tirgan. Uyquga ketishi bilan shar tushib, ovoz chiqarib uni uyg‘otgan. Shu tariqa u uyquning dastlabki bosqichidagi g‘oyalarni eslab qolishga harakat qilgan. Rassom Salvador Dalí ham shunga o‘xshash usuldan foydalangan: qo‘liga kalit olib, tagiga metall likopcha qo‘ygan. Kalit tushib ketganda uyg‘ongan. Tadqiqotda bu usul ilmiy jihatdan ham tekshirilgan. Uyquning eng dastlabki bosqichiga kirib, shu paytda uyg‘otilgan ishtirokchilar yashirin matematik yechimni topishda yaxshiroq natija ko‘rsatgan. Yana bir qiziq usul bor - Coffee Nap. Ya'ni kofe + qisqa uyqu. Bu kunduzgi uyquning biroz noodatiy turi. Avval bir finjon kofe ichasiz, keyin darhol 15–20 daqiqaga uxlab olasiz. Kofe tarkibidagi kofein miyadagi adenozin retseptorlarini bloklaydi. Adenozin esa kun davomida to‘planib, uyquchanlikni kuchaytiradigan moddalardan biri. Kofeinning ta’siri odatda 15–45 daqiqada sezila boshlaydi. Shu vaqt ichida qisqa uxlab olish adenozin bilan bog‘liq uyquchanlikni vaqtincha kamaytirishga yordam beradi. Uyg‘onganingizda esa uyqudan keyingi tiklanish va kofeinning ta’siri bir-birini to‘ldirishi mumkin. Qisqasi, kunduzgi uyqu vaqtni bekorga sarflash emas. To‘g‘ri vaqtda va me’yorida bo‘lsa, diqqat va hushyorlikni tiklashga yordam berishi mumkin. Foydalaninglar.
05 nov, 04:28

Neomind
4 021
Germaniyada hozirda nechta O'zbekistonlik shifokor faoliyat olib bormoqda? Germaniya Federal shifokorlar palatasi (Bundesärzt
Germaniyada hozirda nechta O'zbekistonlik shifokor faoliyat olib bormoqda? Germaniya Federal shifokorlar palatasi (Bundesärztekammer) 2025-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra mamlakatdagi shifokorlar soni bo‘yicha statistikani e’lon qilibdi. Unga ko‘ra, Germaniyada O‘zbekiston fuqaroligiga ega 287 nafar shifokor ro‘yxatga olingan. Shulardan 263 nafari ayni paytda shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 252 nafar edi. Ya’ni bir yil ichida O‘zbekistonlik shifokorlar soni 35 nafarga yoki 13,9 foizga oshgan. Albatta, bu hali Germaniyadagi barcha o‘zbek shifokorlarining soni emas. Chunki statistikada shifokorning fuqaroligi hisobga olinadi. Allaqachon Germaniya fuqaroligini olgan yurtdoshlarimiz bu raqamga kiritilmagan. Germaniyada shifokor sifatida tan olinish uchun Approbation/Berufserlaubnis talab qilinadi. Diplomi tan oldirish jarayonida bo‘lgan yoki hozircha ruxsatnoma olmaganlar ham Germaniyada anchagina. Bu statistikada ular shifokor sifatida hisoblanmagan Umuman olganda, raqamlar yomon emas. Bir yil ichida qariyb 14 foizlik o‘sish. Yaqin yillarda O'zbekistonlik shifokorlar soni yanada oshadi hali. Medizin
04 nov, 01:43

Neomind
4 021
Silarga san'at obkeldim. Sun'iy intellekt davrida krativlik, qo'l mehnati, san'at qadri yanada oshishi kerak deb o'ylayman. T
+1
Silarga san'at obkeldim. Sun'iy intellekt davrida krativlik, qo'l mehnati, san'at qadri yanada oshishi kerak deb o'ylayman. Tasavvuq qiling, aylana chizish kerak. Mashina sanoqsiz aylanalarni hammasini mukammal darajada bir xil qilib chizadi, inson esa har safar chizganda turli xil shakllar yaratdi. Qayerdadir hayolingizga nimadir kelishi sabab qo'lingiz chetga surilib ketadi, kayfiyatingiz, hozirgi hissiy holatingiz ham har safar aylana chizishga harakat qilganda ta'sir qiladi. Bu narsalar insonni mukammal aynana yaratishga qo'ymasligi mumkin, ammo individuallikni yaratadi. Dunyod boshqa hech kim aynan sizdek shakldagi aylanani boshqa yarat olmaydi. Bu o'ziga xoslik. San'atda mana shu individeallik qadrlanadi. Yoshligimizda singlim bilan kimni sohasi yaxshiroq deb rosa toritishuvlar bo'lardi, men shifokorlik, ilm-fandan gapirsam, u san'at, kreativlik haqida gapirardi. Yuqoridagi fikrniyam o'shanda eshitgandim. Uyimizda bo'lgan atmosferani tasavvur qilaveringlar endi) Shunaqa vintaj san'atni Italiyada o'rganib kelgan, hozir boshqalarga o'rgatadi. San'atinglarni o'z qo'llaringlar bilan yaratishni xohlasanglar mana bu Instagram manzil
04 nov, 01:09

Neomind
4 021
Chet tilini o‘rganish miyani "brain rot"dan himoya qiladigan eng yaxshi hobbylardan biri Bugun deyarli hammamiz qisqa videola
+7
Chet tilini o‘rganish miyani "brain rot"dan himoya qiladigan eng yaxshi hobbylardan biri Bugun deyarli hammamiz qisqa videolar, Reels, TikTok va turli tezkor kontentlarni ko'rishga o‘rganib qolganmiz. Bir ma’lumotdan boshqasiga o‘tamiz, ko‘ramiz, skroll qilamiz va ko‘pincha bir necha daqiqadan keyin nima ko‘rganimizni ham eslay olmaymiz. Chet tilini o‘rganish esa bu odatni biroz o‘zgartiradigan odatlardan biri 1. Ko‘proq o‘qishga majbur qiladi. Tilni yaxshi o‘zlashtirish uchun 15 soniyalik videolarning o‘zi yetarli emas. Bir payt kelib kitoblar, maqolalar, gazetalar, jurnallar, podkastlar va hujjatli filmlarni ko'rishga to‘g‘ri keladi. O'zim ham ko'p maqolalarni shu o'rganayotgan tilni yaxshilash bahonasida o'qiganman) Qizig‘i, ba’zan o‘z ona tilingizda o‘qishga erinadigan narsalarni chet tilini o‘rganish bahonasida o‘qiy boshlaysiz. 2. Diqqatni jamlashni o‘rgatadi. Bugungi kunda axborotni juda tez iste’mol qilamiz. Ko‘z yugurtiramiz, keyingisiga o‘tamiz, unutamiz. Til o‘rganish esa buning teskarisi. Darslik bilan o‘tirish, matnni tushunish, yangi so‘zlarni yozib olish va mashqlar bajarish sizdan vaqt va e’tibor talab qiladi. Ayniqsa, qo‘lda konspekt yozish jarayonni sekinlashtirib, diqqatingizni bir joyga jamlashga yordam beradi. Buni xuddi qiziqarli o'yinga o'xshataman. Balki shu sabab komyuter o'yinlar o'ynamasam kerak) 3. Grammatika miya uchun mashq vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik grammatikani zerikarli deb hisoblaydi. Aslida esa u matematikaga o‘xshaydi: qonuniyatlarni topasiz, so‘zlar va gaplar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunasiz, o‘rgangan qoidalaringizni yangi vaziyatlarda qo‘llaysiz. Bularning barchasi mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal etish qobiliyatini ishga soladi. 4. Sabr qilishni va uzoq muddatli maqsadlar ustida ishlashni o‘rgatadi. Tilni bir kunda yoki bir oyda o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Buning uchun yuzlab, ba’zan minglab soat vaqt ketadi. Shunday kunlar bo‘ladiki, qancha shug‘ullanmayotganingizdan qat’i nazar, hech qanday natija sezmayotgandek tuyulasiz. Lekin davom etishingiz kerak. Kichik yutuqlarni qadrlash, hafsalangiz pir bo‘lganda ham ishni tashlab qo‘ymaslik va natijani kutishni o‘rganasiz. Ayniqsa, hamma narsani bir zumda olishga odatlanib qolgan zamonamizda bu juda foydali ko‘nikma. 5. Yangi insonlar bilan tanishishga imkon beradi. Bir payt kelib o‘rgangan tilingizda kim bilandir gaplashgingiz keladi. Balki kafedagi til almashish uchrashuvlariga borarsiz yoki dunyoning boshqa chekkasida yashaydigan inson bilan videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlasharsiz. Yoki chet elga borganda ishlatarsiz. Natijada odatiy ijtimoiy doirangizdan chiqasiz, notanish insonlar bilan muloqot qilasiz, ularning tajribasi, dunyoqarashi va fikrlari bilan tanishasiz. Ba’zan 30 daqiqalik shunday suhbat 30 daqiqa telefonda behuda skroll qilishdan ko‘ra ancha ko‘p narsa beradi. 6. Yozishni yana hayotimizga qaytaradi. Bugun yozish ishlarini ham tobora ko‘proq sun’iy intellektga topshiryapmiz. Xatlar, hisobotlar, taqdimotlar, hatto yaqinlarimizga yozadigan tabriklarimizni ham boshqaga tayyorlatamiz) Bu tekstni ham xatolarini u to'g'irlab bergan) Ammo tilni jiddiy o‘rganayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yozishga majbur bo‘lasiz. Fikrlaringizni tartibga solasiz, dalillar keltirasiz, o‘z nuqtayi nazaringizni ifodalash uchun kerakli so‘zlarni izlaysiz. Hatto biror insho yozishdan oldin ham o‘zingizga: "Bu masalada mening fikrim qanday?" degan savolni berishingizga to‘g‘ri keladi. Darrov ChatGPT'dan fikr so‘rashdan oldin, albatta) Xullas, til o‘rganish shunchaki yangi tilda gapirishni o‘rganish emas. Bu ko‘proq o‘qish, ko‘proq yozish, chuqurroq fikrlash, uzoqroq diqqatni jamlash va odatda tanishish imkoniyati bo‘lmagan insonlar bilan muloqot qilish uchun ham bir sabab. Buning ustiga, yana bir tilni o‘zlashtirasiz. Menimcha, Hobby uchun eng yaxshi tanlov)
03 nov, 10:17

Neomind
4 021
Shifokorlar eng ko'p ishoniladigan kasb bo'libdi bu yil ham. Keyingi o'rinlarda olimlar va o'qituvchilar - Ipsos tadqiqoti So
Shifokorlar eng ko'p ishoniladigan kasb bo'libdi bu yil ham. Keyingi o'rinlarda olimlar va o'qituvchilar - Ipsos tadqiqoti Sog'liq va bilim yo'nalishidagilar doimgidek birinchi o'rinlarni olgan. Siyosatchilar va ijtimoiy tarmoq inflyuenserlari eng ishonchsiz deb topilgan. Odamlar o‘z hayotini, sog‘lig‘ini yoki kelajagini kimningdir qo‘liga topshirishga majbur bo‘lganda, o‘sha insonning nafaqat bilimiga, balki halolligi va mas'uliyatiga ham ishonishni xohlaydi. Shifokorlikda esa bu ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Ba'zan bemor shifokorning qaroriga to‘liq tushunmagan holda ham ishonishga majbur bo‘ladi. Yana bir e'tiborli tomoni, olimlarning ikkinchi o‘rinda ekanligi. Bu ham bekorga emas, menimcha. Ilm-fan insoniyatning dunyoqarashini o‘zgartiradi, muammolarga yechim topadi va biz bilmagan narsalarni tushuntirib beradi. Albatta, bu natijalar barcha mamlakatlarda vaziyat bir xil degani emas) So‘rovda qatnashgan 31 mamlakatdagi odamlarning fikri umumlashtirilgan. Lekin jamiyatda eng katta ishonchga ega bo‘lish uchun shunchaki bilimli bo‘lish yetarli emas. Odamlar senga ishonib topshirgan narsaga munosib bo‘lish ham kerak.
03 nov, 00:00

Neomind
4 021
Oxirgi vaqtlarda turli xil tashkilotlarning gaplariga odamlarni aldangani haqida eshityapman. Va bundan hecham hayron qolgani
+2
Oxirgi vaqtlarda turli xil tashkilotlarning gaplariga odamlarni aldangani haqida eshityapman. Va bundan hecham hayron qolganim yo'q. Chunki bizda ko'pchilik ilmiy fakt, tanqidiy fikrlashdan ko'ra avtoritetni gapini birinchi o'ringa qo'yishadi. Biror mulla yoki ko'p obunachisi bor bloger biror nimani reklama qilsa butun vujudi bilan, tanqidiy fikrlashni o'chirib qo'yib ishonib ketaverishadi. Har qanday tushunarsiz vaziyatda yahudiylar aybdor deydigan konspirologlardan yana nimani kutish mumkin. Asosiysi, hech qachon birovda ideal inson obrazini yaratib olmanglar. Inson yaxshi bilimli bo'lishi, xotirasi kuchli bo'lishi, shu bilan birga konspirologiyalarga ham ishonishi, oddiy narsalarda ham adashishi mumkin. O'zi shunday bilimli odamlar fitna nazariyalariga ko'proq ishonishadi ham, chunki ular hatto yolg'onni ham kuchliroq asoslay olishadi. Har qanday sohada bilimli bo'lsang ham qo'shimcha tanqidiy fikrlashni mashq qildirish kerak. Psixolog do'sitimiz shu mavzuga mos yaxshi kitobni tarjima qilibdi, olib o'qib ko'ringlar
02 nov, 22:29

Neomind
4 021
Rejalaring haqida kamroq gapirgan yaxshi Ba’zan biror maqsadimizni boshqalarga aytganimizda, hali unga erishmagan bo‘lsak ham
Rejalaring haqida kamroq gapirgan yaxshi Ba’zan biror maqsadimizni boshqalarga aytganimizda, hali unga erishmagan bo‘lsak ham, o‘zimizni go‘yo nimagadir erishgandek his qilamiz. Atrofdagilar bizni qo‘llab-quvvatlaydi, maqtaydi, yaxshi niyatlarimizni olqishlaydi. Shu bilan, maqsad sari harakat qilishdan oldinroq, uning bir qismini hissiy jihatdan boshdan kechiramiz. Psixologiyada bu hodisaning ba'zi tomonlari o‘rganilgan. Peter Gollwitzer va uning hamkasblari o‘tkazgan tadqiqotda o‘z maqsadlarini boshqalarga aytgan ayrim ishtirokchilar maqsad sari kamroq harakat qilgani kuzatilgan. Buning ehtimoliy sabablaridan biri maqsadimiz boshqalar tomonidan tan olinishi bizga muddatidan oldin qoniqish berishi bo'lgan. Buni kundalik hayotda ham ko‘rish mumkin. Kimdir kitob o‘qishni boshlashini aytadi, boshqasi sport bilan shug‘ullanishga qaror qiladi, yana kimdir yangi til o‘rganish yoki hayotini butunlay o‘zgartirish haqida gapiradi. Shu vaqtning o'zida boshqalardan aynan jarayondan olinishi kerak bo'lgan qoniqish hissi olinadi. Natijada harakat sekinlashadi. Shu sabab, nima qilayotganim, nima qilmoqchiligim haqida juda kam gapiraman. Lekin nima qilganlarim haqida yatishim mumkin) Biror ishni qilishni xohlash bilan uni muntazam bajarish o‘rtasida katta farq bor. Rejalar haqida gapirish yoqimli, ammo ularni amalga oshirish ko‘pincha zerikarli takrorlar, intizom va sabrni talab qiladi. Aytganingdan keyin endi sen faqat maqsadingga erishish uchun emas, boshqalarning oldida o‘z so‘zingning ustidan chiqish uchun ham harakat qilayotgandek bo‘lasan. Diqqating esa ishning o‘zidan odamlarning fikriga ko‘chishi mumkin. Ba’zan fikr almashish, maslahat olish yoki kimdandir yordam so‘rash ham foydali. Muhimi, gapirishning o‘zi harakatning o‘rnini egallab olmasligi kerak. "Maqsadlaring sari jimgina harakat qil, natijang sen uchun baland ovozda gapirsin" deb yozid yaqinda Oltin to'p olgan Harry Kane) Va u haq. Menimcha, ayrim rejalarni o‘zing uchun saqlab, ular ustida jimgina ishlashning o‘ziga xos zavqi bor. Hamma narsani tushuntirish, e’lon qilish yoki boshqalarga isbotlash shart emas. Ba’zan shunchaki o‘qish, o‘rganish, mashq qilish va kun sayin oldinga siljishning o‘zi yetarli. Rejalaring haqida kamroq gapir. Ularga ko‘proq vaqt ajrat. Natija esa bir kun kelib sening o‘rningga gapiradi.
02 nov, 07:15

Neomind
4 021
Keyingi yildan tibbiyot oliygohlari bitiruvchilari tor mutaxassis bo'lish uchun klinik ordinatura yoki magistratura o'rniga r
Keyingi yildan tibbiyot oliygohlari bitiruvchilari tor mutaxassis bo'lish uchun klinik ordinatura yoki magistratura o'rniga rezidenturada o'qilishi sentabrda tasdiqlangandi. Endi qancha yil o'qilishi ham nisbatan aytildi. Agar jarroh bo'lmoqchi bo'lsangiz yana 5 yil o'qish kerak bo'ladi. Neyrojarroh uchun 6 yil bo'lsa kerak, har xolda Germaniyada shunaqa. Endi umumiy hisobda tibbiyot 11-12 yil o'qiladi. Hozir tibbiyotda 6 yil o'qib, bitirib poliklinikada oilaviy shifokor bo'lib ishlasa bo'ladi. Lekin endi oilaviy shifokor rezidenturasi ham ochildi. Demak, keyinchalik poliklinikada oilaviy shifokor bo'lish uchun ham rezenturada o'qish kerak bo'ladi. Masalan, Germaniyada shunday. Ishonavering, 6 yil institutda o'qish vaqti juda tez o'tib ketadi. Menimcha, ko'pchilik bu gapni sizga aytgan. Bu vaqtda bitirgandan keyin nima qilish haqida reja tuzish va shunga sekin tayyorlanib borish kerak. Rezidenturaga o'qishga kirish va o'qish ham moliyaviy, ham ruhiy tomondan hozirgidan farq qiladi. Bitirgandan keyin elda faoliyatni davom etish yoki shu yerda yaxshi shifokor bo'lish, bu o'zilarni xohishilarga bog'liq. Ikkasida ham qiyinchiliklari va yaxshi tomonlari bor.
02 nov, 06:39

Neomind
4 021
Tibbiyot oliygohlarida o'qiyotganlar bormi kanalda? Agar ko'p bo'lsanglar, bitirgandan keyin tezroq chet elda o'qishni davom ettirish uchun hozir o'qish davomida nimalar qilib turishinglar kerakligi haqida, men qilgan xatolarni qilmasligilar uchun maslahatlar yozib turardim)
02 nov, 04:25