fa
Feedback
MM "MUFEED MOLIYA"

MM "MUFEED MOLIYA"

رفتن به کانال در Telegram

Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot

نمایش بیشتر
6 297
مشترکین
+924 ساعت
-247 روز
-8930 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئن '26
ژوئن '26
+97
در 2 کانال‌ها
مه '26
+198
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+82
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+72
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+486
در 10 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+107
در 5 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+241
در 7 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+122
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+351
در 12 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+88
در 4 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+76
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+131
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+73
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+82
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+206
در 12 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+712
در 14 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+86
در 9 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+246
در 8 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+152
در 3 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+188
در 6 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+149
در 1 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+326
در 3 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+87
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+105
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+121
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+130
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+132
در 2 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+517
در 12 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+275
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+385
در 3 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+618
در 9 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+474
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+177
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+261
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+458
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+93
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+158
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+77
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+193
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+968
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '23
+139
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '23
+344
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+438
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+280
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+220
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+99
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+87
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+101
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+295
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+80
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+285
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+130
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+397
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+2 185
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '21
+427
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '21
+5 482
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
17 ژوئن+12
16 ژوئن+11
15 ژوئن+1
14 ژوئن+8
13 ژوئن+1
12 ژوئن+5
11 ژوئن+3
10 ژوئن+7
09 ژوئن+9
08 ژوئن+10
07 ژوئن+3
06 ژوئن+5
05 ژوئن+7
04 ژوئن+9
03 ژوئن+3
02 ژوئن+2
01 ژوئن+1
پست‌های کانال
Islomiy deb taqdim etiladigan 6 ta xato va xavfli tuzilma 1. Tashkillashtirilgan tavarruq Siz shunday bir tovarni “sotib olasizki”, u: - sizga noma'lum; - uni hech qachon ko‘rmagansiz va sotib olishga aniq rozilik bermagansiz; - uni sizga yetkazib berishni talab qila olmaysiz; - uni nazorat qilmaysiz. Natijada: siz 10 olasiz, 11 qaytarasiz. Bu savdo emas. Bu (aksariyat hollarda) bitimlar zanjiri orqali rasmiylashtirilgan foizli qarzdir. Ko‘plab ulamolar buni riboni chetlab o‘tishga urinish deb baholaydilar. 2. Tavarruq asosidagi “islomiy” kredit kartalari Bu o‘sha sxemaning boshqa ko‘rinishi, xolos. Bank sizning nomingizdan tavarruqni amalga oshirib, qarz uchun qo‘shimcha to‘lov olishni asoslashga harakat qiladi. 3. Ba'zi sukuk tuzilmalari Ba'zi sukuklar: - aktivga haqiqiy mulkchilik huquqini bermaydi; - haqiqiy riskni o‘z ichiga olmaydi; - aktivdan real daromadni taqsimlamaydi. Biroq ular oldindan belgilangan “daromad”ni taklif qiladi va da'vo aktivga emas, balki emitentga qaratiladi. Bu investitsiyadan ko‘ra ko‘proq qarzga o‘xshaydi. 4. Bay' al-'ina (qayta sotib olish bitimi) Bu ko‘pincha moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan developerlar tomonidan qo‘llaniladi. Ular aktivni (masalan, yer uchastkasini) investorga "sotadilar" va darhol uni qayta sotib oladilar. Tashqi ko‘rinishda bu savdo. Aslida esa bu aylana bitim: Sohta sotish - sohta qayta sotib olish - qarz bo'lish. Bu yerda haqiqiy savdo ham, risk ham yo‘q. Faqat ustama bilan qarz yaratish mavjud. Mohiyatiga ko‘ra bu riboning ochiq shakli hisoblanadi. 5. Ba'zi “murabaha” platformalari Ba'zi platformalar: - amalda aktivga egalik qilmaydi; - riskni o‘z zimmasiga olmaydi va mulk huquqi o‘tganini hujjatlashtirmaydi; - bitimlarni bir necha soniya ichida amalga oshiradi va haqiqy qabzni ado ettirmaydi. Ular savdo bilan shug‘ullanmaydi, balki moliyalashtirishni tashkil qiladi. Agar risk va egalik bo‘lmasa, haqiqiy savdo ham bo‘lmaydi. 6. Buzib talqin qilingan mudaraba tuzilmalari Ba'zi “mudaraba investitsiyalari”: - investor kiritgan kapital to‘liq qaytmaguncha tadbirkorga foyda olishga ruxsat bermaydi; - loyiha natijasidan qat'i nazar, investor chiqayotganida kapitalning asosiy summasini majburiy qaytarishni nazarda tutadi; - zarar riskini amalda tadbirkor zimmasiga yuklaydi. Bunday holatlarda kapital investitsiyadan ko‘ra qarzga o‘xshab qoladi, chunki investor o‘z kapitalini himoya qiladi, ammo to‘liq tadbirkorlik riskini o‘z zimmasiga olmaydi. Joizlikni tekshirishning oddiy usuli... Arabcha nomini olib tashlang. Agar tuzilma oddiy kreditga o‘xshasa, unda to‘g‘ri savollarni bera boshlang. Islom moliyasi nomlarda emas, mohiyatdadir. Mohiyatni tushunish uchun esa o‘rganish kerak. Aks holda, tashqi ko‘rinishda joiz bo‘lib tuyuladigan, ammo daromadning pokligi haqida shubha, xavotir va savollar qoldiradigan sxemalarga tushib qolish juda oson. @chiroylimoliya baho berishdan oldin, avvalo tushunish kerak

2
پیام صوتی
1 014
3
پیام صوتی
1 123
4
Assalomu alaykum, Xo‘sh, Ilon Maskning boyligi hozir AQSh YaIM-ining taxminan 3% darajasiga teng. Ya’ni AQShning 340 million aholisi ichidan bitta inson (ya’ni u AQSh aholisining taxminan 0.0000000000029% qismi) dunyoning eng yirik iqtisodiyoti yillik hajmining qariyb 3%iga teng boylikni nazorat qiladi. Bu shunchaki Mask haqidagi hikoya emas, balki zamonaviy kapital bozorlarda misli ko‘rilmagan boylik konsentratsiyasi haqidagi hikoyadir. Yana ham qiziq tomoni SpaceX. Uning yillik daromadi 19 milliard dollar atrofida (5 milliard dollar zarar bilan). Bu, albatta, global kosmik sanoatni tubdan o'zgartirgan, Starlink’ni ishga tushirgan va kosmik infratuzilmaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan noyob kompaniya. Ammo masala uning buykligida emas, balki uning 2 trillion dollarlik kapitalizatsiyasida...Masalani tushunish uchun: bu kompaniyaning taxminan 100 yillik daromadiga teng !!! Albatta, bunday baho hozirgi biznesni emas, balki investorlarning SpaceX o‘zining barcha eng katta kelajak loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradi degan haddan tashqari ishonchini aks ettiradi. Ya’ni SpaceX: - dunyodagi dominant kosmik infratuzilmaga aylanadi; - Starlink’ni bir necha barobar kengaytiradi; - kosmik uchirishlar narxini keskin kamaytiradi; - bugungi kunda deyarli mavjud bo‘lmagan yangi bozorlarni yaratadi. Boshqacha aytganda, kelajakdagi ehtimoli ancha past bo‘lgan (yo'ki juda noaniq) katta muvaffaqiyatning sezilarli qismi allaqachon bugungi narxga “oldindan aksiya narhiga kapitalizatsiya qilingan”. Va aynan shu narsa menda savollar uyg‘otadi. Chunki mening fikrimcha, bu baho mukammal kelajak ssenariysiga qilingan "stavkaga" o‘xshaydi. Ya’ni juda murakkab futuristik loyihalarning ko‘p yillar davomida deyarli mukammal bajarilish ssenariysi. Ya’ni amalda investorlar allaqachon kelajak va mavhum orzuni SpaceX aksiyasining bugungi narhi orqali sotib olishgan. Ammo kutishlar haddan tashqari yuqori va realistik bo‘lmaganda, hatto juda yaxshi natija ham yomon ko'rinishi mumkin. Shuning uchun asosiy savol SpaceX muvaffaqiyatlimi yoki yo‘qligida emas. U allaqachon muvaffaqiyatli. Mening uchun asosiy savol shundaki: bugungi narxga allaqachon kiritilgan kelajakdagi juda katta, ammo noaniq va ehtimoli past muvaffaqiyat qanchalik real? Ya'ni SpaceX aksiyalarga tikkan investorlar kelajakdagi katta mavhumlikni aniq kafolatlaganday kabi... Shuning uchun menga, bu kompaniyaning bahosi biroz absurd ko‘rinadi. 2026-yil 30-dekabr kuni uchun o‘zimga eslatma qo‘yaman. Shunda bir SpaceX aksiyani narhini tekshirib, oraliq xulosalar chiqarish uchun. @chiroylimoliya 2 trillionlik g'urur ?
1 231
5
⚖️ Biznes o‘sgani sayin qog‘ozbozlik ham geometrik progressiyada ortib boradi. ▫️ Shartnomalarni tekshirishga alohida — yuris
⚖️ Biznes o‘sgani sayin qog‘ozbozlik ham geometrik progressiyada ortib boradi. ▫️ Shartnomalarni tekshirishga alohida — yurist, ▫️ Fakturalarni jo‘natishga — yordamchi buxgalter, ▫️ Hamkorlarni o‘rganishga — xavfsizlik xodimi, ▫️ Har bir tranzaksiyadan so‘ng "Xatoga yo‘l qo‘ymadimmi?" degan savolga javob topishga esa — soliq maslahatchisi kerak bo‘ladi. 🤔 Yoki... bularning hammasini Bitimchi AI ga topshirish mumkin. Bitimchi AI — kelishuvdan shartnomagacha bir zumda Hoziroq sinab ko'ring: @bitimchi_ai_bot ▫️ Telegram | Instagram
1 416
6
Nega islomda masalan jahon chempionatidagi futbol o‘yini natijasiga pul tikish taqiqlangan, ammo halol aksiyalarni treydingi mumkin? Axir birinchi qarashda vaziyat juda o‘xshash: - har ikkala holatda ham natija oldindan ma’lum emas; - har ikkala holatda ham foyda qilish mumkin; - har ikkala holatda ham zarar ko‘rish mumkin; - har ikkala holatda ham inson kelajakni taxmin qilishga harakat qiladi. Unda futbolga pul tikayotgan odam bilan aksiya treydingi bilan shug‘ullanayotgan odam o‘rtasidagi asosiy farq nimada? Yoki aslida bunday farq yo‘qmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
1 600
7
Assalomu alaykum, Agar siz biror masalada qat’iy e’tiqodlarga ega bo‘lsangiz, avvalo ular mustahkam va ishonchli bilimlarga asoslanganiga amin bo'ling. Qat’iy e’tiqodning o‘zi fazilat emas. Uning qiymati u qaysi bilimlar ustiga qurilganiga bog‘liq. Eng xavfli holatlardan biri bu bilim sayoz bo‘la turib, ishonchning juda kuchli bo‘lishidir. Bundan ham xavflisi - bilmasdan turib qat’iy ishonchga ega bo‘lish. Undan ham yomoni - noto‘g‘ri bilimlarga asoslangan ishonchdir. Ammo eng xavfli vaziyat shundaki, inson o‘zi bilmasligini ham bilmaydi. Ya’ni jaholat o‘zini bilimdon deb hisoblash bilan qo‘shilib ketadi. Bunday inson izlashdan, savol berishdan, dalillarni tekshirishdan va o‘rganishdan to‘xtaydi. U haqiqatga yopilib qoladi, chunki uni (haqiqatni) allaqachon topdim deb o‘ylaydi. Shuning uchun kuch qat’iy ishonchning o‘zida emas. Haqiqiy kuch bu bilimlaringiz qanchalik ishonchli bo‘lsa, ishonchingiz ham aynan shunchalik bo‘lishidadir. Qat’iy e’tiqodlar mustahkam poydevorni talab qiladi. Aks holda ular kuch manbaiga emas, balki xatolar va hatarlar manbaiga aylanadi. @chiroylimoliya sababli fikrlar
1 823
8
پیام صوتی
1 709
9
Ассалому алайкум ҳурматли обуначилар!   Бугун сизларнинг эътиборингизга ҳамкасбим, «Ислом молияси» лойиҳаси (@islommoliyasi ва www.islommoliyasi.uz) ҳамасосчиси, Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) Жаҳонгир Имамназаров томонидан тайёрланган 📖«Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар» китобини ҳавола қилмоқчиман.   Жаҳонгир Имамназаров билан бир нечта лойиҳаларни муваффаққиятли равишда амалга оширган одам сифатида, бу инсон ислом молиясини Ўзбекистонда ривожлантиришда, хусусан ислом молиясини халқимизга чиройли ва тушунарли ўзбек тилида етказишда энг фаол ва жонкуяр инсон деб биламан.   “Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар” китоби яна бир жуда ажойиб ва иншааллоҳ халқимиз учун ниҳоятда манфаатли ташаббус бўлди. Ушбу китобда Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар ажратиб олиниб, тегишли мавзулар бўйича тартиблаштириб берилган. Бундай қилишдан мақсад — ўқувчиларни молиявий-иқтисодий, шу жумладан, савдо-сотиқ, қарз, закот, садақа, мерос, васият, каффорат каби масалалар Қуръони карим оятларида қандай ёритилгани билан таништириш, ушбу масалаларни чуқурроқ тушунишга ёрдам беришдир. Қайд этиш лозим, бундай китоб илгари на ўзбек тилида ва на бошқа тилларда тайёрланмаган. Шуни ўзи ҳам ушбу китоб нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги нодир китоблар қаторидан жой олиши учун етарли асос, деб ўйлайман. Бу китоб ҳар биримизнинг уйимизда бўлиши керак бўлган китоблардан десам нотўғри бўлмаса керак.
1 796
10
#эълон Ассалому алайкум! "Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар" китоби бир икки кун ичида эркин сотув
#эълон Ассалому алайкум! "Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар" китоби бир икки кун ичида эркин сотувга чиқиши кутиляпти. Сотувчилар китобнинг нархини баланд қилиб белгилашлари табиий (таҳминан 85 минг сўм атрофида бўлиши кутиляпти). Шу сабабли фақат @IslomMoliyasi телеграм саҳифаси ҳамда islommoliyasi.uz вэбсайти обуначиларида бугун ва эрта китобни 65 минг сўмдан сотиб олиш имконияти бор. Улгуриб қолинг, чунки китоблар сони чекланган. Китобдан сотиб олмоқчи бўлган обуначиларимиз, қуйидаги телефон рақамлари орқали Islamic Business and Finance компанияси ходимларига мурожаат қилишлари мумкин.   📞 +998977725963; +998338880059 ✈️ @IsBF_admin @IslomMoliyasi
991
11
Assalomu alaykum, Yaqinda Vladimir Malenko tomonidan keltirilgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining suveren kredit reytinglari bo‘yicha qiziqarli taqqoslashni ko‘rib qoldim va shu mavzu yuzasidan bir necha fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Suveren kredit reytinglari: Qozog‘iston BBB- (investitsion reyting) O‘zbekiston BB Turkmaniston BB- Qirg‘iziston B+ Tojikiston B Taqqoslash uchun: Ozarbayjon BB+ Turkiya BB- Pokiston B- Bir qarashda bu harflar kundalik hayotdan uzoq va murakkab tushunchadek tuyilishi mumkin. Biroq xalqaro investorlar uchun ular juda katta ahamiyatga ega. Oddiy qilib aytganda, kredit reytingi bu mamlakatning o‘z moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatiga berilgan bahodir. Reyting qanchalik yuqori bo‘lsa: ✅ investorlar uchun tavakkalchilik shunchalik past bo‘ladi; ✅ davlat va kompaniyalar uchun moliya jalb qilish arzonlashadi; ✅ xalqaro investorlarning qiziqishi ortib boradi; ✅ obligatsiyalar va sukuk bozorini rivojlantirish osonlashadi. Ayniqsa BB va BBB- o‘rtasidagi chegara juda muhim hisoblanadi. Chunki aynan BBB- darajasidan boshlab Investment Grade, ya’ni investitsion reyting boshlanadi. Ko‘plab yirik pensiya jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari, suveren fondlar va institutsional investorlar uchun Investment Grade darajasidan past reytingli mamlakatlarga sarmoya kiritish yoki taqiqlangan, yoki qat’iy cheklangan bo‘ladi. Shuning uchun BB dan BBB- ga o‘tish oddiy bir harf o‘zgarishi emas. Bu mutlaqo boshqa investitsiya "ligasiga" chiqish demakdir. Bugungi kunda O‘zbekiston BB reytingiga ega bo‘lib, mintaqadagi ko‘plab davlatlardan yuqori o‘rinda turibdi. Biroq xalqaro kapital va islom moliyasi uchun yirik markazga aylanish maqsad qilingan bo‘lsa, investitsion reyting darajasiga chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilishimcha, O‘zbekiston 2030-yilgacha investitsion reytingga erishish maqsadini qo‘ygan. Buning uchun nima qilish kerak? Mening nazarimda, investorlar birinchi navbatda prezentatsiyalar yoki chiroyli shiorlarga emas, balki fundamental omillarga qaraydi: - barqaror iqtisodiy o‘sish; - past va nazorat qilinadigan inflyatsiya; - barqaror milliy valyuta; - oqilona davlat qarzi darajasi; - prognoz qilinadigan soliq va regulyator muhit; - mustaqil sud tizimi; - investorlar va kreditorlar huquqlarining ishonchli himoyasi; - davlat institutlarining shaffofligi; - islohotlarning izchil davom ettirilishi. Har bir investor o‘ziga bir oddiy savol beradi: “Agar men bu yerga 10–20 yilga sarmoya kiritsam, kelajagim qanchalik xavfsiz va prognoz qilinadigan bo‘ladi?” Bu savolga ishonchli javob qanchalik kuchli bo‘lsa, mamlakat uchun kapital shunchalik ko‘p va arzon bo‘ladi. Bu sukuk bozori uchun ham ayniqsa muhim. Aslida sukuk sotib oluvchi investorlar ham oddiy obligatsiya investorlari izlaydigan narsalarni qidiradilar. Shuning uchun sukuk bozorini rivojlantirish faqat qonunchilik qabul qilish yoki ilk sukuk chiqarish bilan cheklanmaydi. Bu avvalo mamlakatga bo‘lgan ishonchni oshirishdan boshlanadi. Shu sababli O‘zbekistonning investitsion reytingga erishish yo‘li va to‘liq shakllangan sukuk bozorini barpo etish yo‘li ko‘p jihatdan bir xil tarixdir. Bu ishonch va uzoq muddatli barqarorlik tarixidir. @chiroylimoliya investitsion reytingga intilish
1 159
12
https://www.youtube.com/watch?v=O26iLmedOAc
1 465
13
Mavzu kredit kartalar edi lekin unuman boshqa tomonga burilib ketti )
1 514
14
پیام صوتی
1 682
15
@chiroylimoliya lifespan vs healthspan @islamic_finance_plus рус тилида
1
16
Assalomu alaykum, barchaga. Kecha doktor David Unwin bilan bo‘lgan juda kuchli intervyuni ko'rdim. Bu navbatdagi food bloger yoki BAD sotuvchi emas. Doktor Unwin Buyuk Britaniyada 40 yildan ortiq vaqt davomida umumiy amaliyot shifokori sifatida faoliyat yuritgan, NHS Innovator of the Year mukofoti sovrindori bo‘lgan, 2-toifa diabetni remissiyaga olib chiqish bo‘yicha eng ko‘p o‘qilgan ilmiy ishlardan birining hammuallifi hisoblanadi hamda 157 nafardan ortiq bemorni faqat ovqatlanishni o‘zgartirish orqali, dori vositalarisiz diabet remissiyasiga olib chiqqan. Uning asosiy xulosasi esa juda oddiy: Biz zamonaviy jamiyat asta-sekin kirib borayotgan metabolik falokatning haqiqiy ko‘lamini yetarlicha baholamayapmiz. Eng qizig‘i shundaki, u aytayotgan gaplarning katta qismi aynan bizga tegishli. Ko‘pchiligimizning odatiy ratsionimizga bir nazar tashlang: • kuniga bir necha marta non; • deyarli har kuni guruch; • kartoshka; • shirin choy; • gazlangan ichimliklar; • sharbatlar; • shirinliklar; • pishiriqlar; • tarkibida uzun ingredientlar ro‘yxati bo‘lgan ultra-qayta ishlangan mahsulotlar. Buning ustiga ko‘pincha me’yordan ortiq ovqat yeymiz. Kam harakat qilamiz. Ovqatlanish tartibiga deyarli rioya qilmaymiz. Kamdan-kam ro‘za tutamiz. Iste’mol qilayotgan uglevodlarimiz miqdori haqida esa deyarli o‘ylamaymiz. Keyin esa hayron bo‘lamiz: • qorin nega kattalashib ketdi; • qon bosimi nega oshib bormoqda; • jigar nega yog‘ bosmoqda; • qondagi shakar nega ko‘tarilmoqda; • nega doim energiya yetishmaydi; • nega hayot sifati 40–50 yoshdan keyin yomonlashib bormoqda. Eng qo‘rqinchlisi esa shundaki, ko‘pchilik bu yo‘lning yakuni qanday bo‘lishini tasavvur ham qilmaydi. Juda ko‘p hollarda hayotning so‘nggi 10–20 yili sayohatlar, farzandlar va nabiralar bilan mazmunli vaqt o‘tkazish yoki faol qarilik bilan emas, balki doimiy dori-darmonlar, ukollar, cheklovlar, operatsiyalar, shifokorlar qabuli, holsizlik, bo‘g‘im og‘riqlari, nafas qisishi, qon-tomir muammolari, diabet va asta-sekin mustaqillikni yo‘qotish bilan o‘tadi. Inson uzoqroq yashashi mumkin. Ammo bu hayotning sifati mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Doktor Unwin juda muhim bir fikrni aytadi. Ko‘pchilik shakar deganda faqat shirinliklarni tushunadi. Aslida esa organizm boshqa ko‘plab mahsulotlarni ham glyukozaga aylantiradi. Masalan, oq guruch, kartoshka, non va ayrim quruq nonushtalar organizmga shokolad batonchigidan kam bo‘lmagan, ba’zan esa undan ham kuchliroq yuklama berishi mumkin. Eng achinarlisi odamlar kamroq yashayotganida emas, balki ular uzoqroq yashaydilar, ammo hayotlarining deyarli yarmini diabet, gipertoniya, semizlik, yurak-qon tomir kasalliklari, bo‘g‘im muammolari va to‘laqonli hayot kechirishga xalal beradigan cheklovlar bilan o‘tkazadilar. Aslida bugun ko‘pchilik odamlar har kuni ovqatdan olinadigan bir necha daqiqalik lazzat evaziga o‘nlab yillik faol va sifatli hayotni almashmoqda. Bu post taqiqlar haqida emas. Bu ovqatdan zavqlanish mumkin emas degani ham emas. Bu shunchaki salomatligiga allaqachon qo‘l siltagan va “hozircha hech narsa og‘rimayaptimi, demak hammasi joyida” degan tamoyil bilan yashayotganlarimiz uchun eslatmadir. Afsuski, jigar yog‘lanishi, insulinorezistentlik, diabet va qon-tomir kasalliklari aynan shunday rivojlanadi - sekin, sezilmasdan va yillar davomida. Alomatlar paydo bo‘lgan paytda esa zararning bir qismi allaqachon yetkazilgan bo‘ladi. Biz qarilik uchun qanday mablag‘ yig‘ish haqida ko‘p o‘ylaymiz. Ammo o‘sha qarilikka qanday holatda yetib borishimiz haqida ancha kam o‘ylaymiz. Salomatligingizni asrang. Chunki boylik, martaba, biznes va mol-mulk inson ulardan to‘laqonli foydalana olmay qolganida o‘z qiymatining katta qismini yo‘qotadi. Va albatta ushbu postni hanuzgacha o‘z salomatligiga sarflab yuborish mumkin bo‘lgan resurs sifatida qarayotgan insonlar bilan ham ulashing. Ba’zan o‘z vaqtida eshitilgan bitta eslatma insonning kelajakdagi o‘nlab yillik hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Intervyu havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=zc8Nh4TMB1s To‘liq tomosha qilishni juda tavsiya qilaman (ingliz tilida).
3 203
17
Assalomu alaykum, Ko‘plab postlarim kabi, bu post ham bejiz yozilmadi. Uning ortida ma’lum kuzatuvlar va ayrim fikrlar yotibdi. Lekin odamlarni muhokama qilishdan ko‘ra, har bir inson o‘ziga berishi mumkin bo‘lgan savollar haqida o‘ylash foydaliroq. Bugungi kunda ko‘pchiligimiz ijtimoiy tarmoqlarda to‘xtamasdan nimalarnidir ulashamiz. Kimdir biznes, investitsiyalar, ta’lim, o‘zini rivojlantirish, oila, din yoki jamiyat haqida yozadi. Kimdir mahsulot sotadi, kimdir shaxsiy brend quradi, yana kimdir esa shunchaki eshitilishni xohlaydi. Va buning hech qanday yomon joyi yo‘qdek tuyuladi. Lekin insonlar uchun haqiqiy ta’sir va foyda keltirishni istaydigan har qanday ommaviy inson va kontent yaratuvchi vaqti-vaqti bilan o‘ziga noqulay savollarni berib turishi foydadan holi emas. Pul, mavqe va e’tibor asosiy maqsadga aylanib qolmayaptimi? O‘zi amal qilmaydigan narsalar haqida gapirilmayaptimi? Haqiqiy hayotdan ko‘ra kuchliroq, yaxshiroq va muvaffaqiyatliroq ko‘rinadigan obraz yaratilmayaptimi? Foyda, qadriyatlar va ma’nolar haqidagi chiroyli gaplar ma’qullash va e’tirof olish vositasiga aylanib qolmayaptimi? Agar ertaga obunachilar, layklar va e’tibor yo‘qolib qolsa, bugun qilinayotgan ishni davom ettirish istagi qolarmidi? Maqsad haqiqatan ham odamlarga foyda keltirishmi yoki shunchaki o‘z ahamiyatini his qilish yoqadimi? To‘g‘ri narsalar haqida gapirayotganda boshqalarning muvaffaqiyatiga nisbatan hasad paydo bo‘lmayaptimi? Gaplar amaliy ishlardan ko‘payib ketmayaptimi? Dunyo allaqachon soxtalik, hasad, ko‘z-ko‘z qilish, nafrat va e’tibor uchun cheksiz poyga bilan to‘lib toshgan. Ayniqsa axloq, chuqur fikrlash va mas’uliyat borasida yuqori mezon kutadigan insonlarda buni ko‘rish juda achinarli. Shuning uchun, ehtimol, o‘zimizga oddiy narsalarni tez-tez eslatib turish kerakdir. Faqat haqiqatan biladigan va tushunadigan narsalar haqida gapirish. Muvaffaqiyat tasodifiy natija emas, balki barqaror amaliyotga aylanguncha u haqida gapirishga shoshilmaslik. Har bir qadamni e’lon qilmaslik. Ba’zi narsalar sukunatda yaxshiroq o‘sadi. O‘zingizni aqlliroq, kuchliroq yoki muvaffaqiyatliroq ko‘rsatish uchun boshqalarni kamsitmaslik. Ijtimoiy tarmoqlardagi chiroyli hayotlarga havas qilmaslik. Ko‘pincha biz faqat tashqi ko‘rinishni ko‘ramiz, uning ortida nima borligini bilmaymiz. Niyatlar pokligini "shaxsiy brenddan" kam bo‘lmagan darajada asrash. O‘z motivlarini muntazam qayta ko‘rib chiqish, ularni poklash va o‘zi haqidagi noqulay haqiqatni tan olishdan qo‘rqmaslik. Va vaqti-vaqti bilan o‘ziga ikki oddiy savol berish: Agar pul, shon-shuhrat, ta’sir va insonlarning e’tirofi bo‘lmasa, bugun qilinayotgan ishni davom ettirish uchun sabab qolarmidi? Va bugun yaratilayotgan narsalardan qaysi biri inson vafotidan keyin ham odamlarga foyda keltiradi? Agar bu matn sizga foydali tuyulgan bo‘lsa, uni ommaviy faoliyat bilan shug‘ullanadigan, kontent yaratuvchi, ta’lim beruvchi, mahsulot sotuvchi, ilhomlantiruvchi yoki boshqalarga ta’sir qiluvchi insonlar bilan ulashing. Balki barchamiz vaqti-vaqti bilan to‘xtab, o‘zimizga shunday savollar berib turishimiz, niyatlarimizni tekshirishimiz, ularni poklashimiz va hammasi nimadan boshlanganiga qaytishimiz kerakdir. @chiroylimoliya shaxsiy brenddan ko‘ra niyat pokligi muhimroq.
2 386
18
📢 Семинар: «Трансформация из НСБУ в МСФО» Переход на МСФО — это не просто требование времени, а прозрачность и новые инвести
📢 Семинар: «Трансформация из НСБУ в МСФО» Переход на МСФО — это не просто требование времени, а прозрачность и новые инвестиционные возможности для вашего бизнеса. Разберем механику трансформации на реальных кейсах! 🎯 В программе: ✅ Ключевые различия НСБУ и МСФО. ✅ Пошаговый алгоритм корректировок. ✅ Техника составления отчетности «с нуля». ✅ Разбор сложных кейсов и типичных ошибок из практики. 👨‍🏫 Эксперт: Тимур Хуснутдинов Finance Manager в ACWA Power, член ACCA, экс-менеджер PwC (Ташкент/РФ). Имеет 6 лет опыта в аудите Big4 и 5 лет практики преподавания МСФО. 🗓 Расписание и стоимость: 📅 Даты: 13, 20, 27 июня 2026 г. (субботы). 🕙 Время: 10:00 – 14:00 💰 Стоимость: 5 000 000 сум. 💡 Почему стоит пойти? Минимум скучной теории, максимум практики от эксперта, ежедневно работающего с международной отчетностью в реальном секторе экономики. 📍 Успейте занять свое место: 📞 Телефон: +998 93 388 30 10 ✉️ Написать в чат: @fbuz_professionals 🌳 @fbuz_professional 📖
1 837
19
bu yerda aniq hato bor. kim uni yataoladi ?
bu yerda aniq hato bor. kim uni yataoladi ?
2 488
20
پیام صوتی
2 329