cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Aziz Rahimov

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
37 696
مشترکین
+6924 ساعت
+4667 روز
+2 83630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Do’st tanlash haqida Isloh qilsin. U sabab yaxshilaning. Ko’rib o’zgaring. Yoki aytgani uchun o’zgaring. Biri - u sizga namuna degani. Ikkinchisi - rost gapiruvchi degani. Ikkalovini birda topgan bo’lsangiz - lotoreya yutibsiz. Topmagan bo’lsangiz - namuna bo’lishdan boshlang. Yaqinlaringiz kamchiliklarini xolis tog’rilashdan boshlang. Do’stlar do’st bo’lish orqali topiladi. Mayli uzoq tanlang. Tanlaganingizdan keyin, brillant kabi asrang. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Endi gapingizni oladi U bilan ish boshlashimdan oldin - ogohlantirishdi. Pand yeysan deyishdi. O’zim bilganimni qildim. Katta pulga tushdim. Umrim ketdi. Atrofimga til o’rganing, blog boshlang deb aytdim. Muhtoj, lekin vaqti qolmaganda boshladi. Gapimiz ta’sir qiladi, fikrini o’zgartira olamiz deb o’ylaymiz. Odam fikrini odam o’zgartirishi qiyin, hayot o’zgartira oladi. Og’maxon (Xomyak) qorniga bosib, pul ishlay olmasligini gapirib o’tirmang. U sizga notcoin haqida, bitcoin haqida gapirib beradi. Iqtisod haqida tushuncha berishga shoshilmang. U sizni ko’rolmayotganlikda ayblab qo’yadi. Umrini ketkazsin. Natijasini ko’rsin. Afsus bilan oldingizga kelsin. Endi gapingizni oladi. Kelmaydiganlar ham bo’ladi. Nima ham derdik. Mashhur domla aytganlaridek: Xudo urgan o’ttizda ham bola bo’ladi. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Sun’iy Intellekt U yaxshi yozayapti. Odamlarnikidan ajratish qiyinlashib boryapti. Blog matnlari, brend matnlarini endi ko’proq va ko’proq sun’iy intellekt yoza boshlaydi. Muallif manbaa ko’rsatmay matn chiqarsa, o’qiyotganlar bu uning matni deb o’ylaydi. Algoritm yozib bergan bo’lsa, o’quvchi aldanadi. Blog orqali do’stlar orttirdim. Odamlar bilan fotoshop qilingan rasm, ijaraga olingan aql, yasama vijdon bilan do’st bo’linmaydi. Aslini ko’rsatib do’st bo’linadi. Shu sababli: Bu blogda hech qaysi matn SI yordamida yozilmaydi. Izlanish, manbaalarni topish uchun - balki. Yozish uchun emas. Blogda matnlarini suniy intellektga yozdirayotganlar, (ya’ni o’zgalar matnini o’ziniki qilib ko’rsatayotganlar) blogdan maqsadni tushunmabdi. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Tajribam yo’q, sizni jamoaga mos bo’lmasam kerak, ishimizni endi boshladik. Keladigan xatlarni ko’pi shunday boshlanadi. Agar hamma xatlari shunday ishonchsiz boshlanayotgan bo’lsa, ishlari bitmay yuraveradi. Kuchsiz tomoningizni kuchli tomonga aylantiring. Endi maktab ochganimizda ota-onalar savol berishardi: Hali yangisiz-ku, sizga qanday ishonamiz? “Biz yangimiz. Tajribamiz, nomimiz ham yo’q. Shu sababdan ham tinmay ishlashimiz kerak. O’zimizni ko’rsatish uchun ham boshqalardan ko’proq harakat qilamiz” derdim. Shunday qildik ham. Tajribasizmisiz? Shu tajriba uchun qattiq ishlashingizni ko’rsating. Mijozlar yo’qmi? 100 - mijoz hecham birinchi mijozdek e’tibor ola olmasligini ayting. Kichkinamisiz? Shu sababli muammolarni tez hal qiling. Har bir kamchilik ustunlik bilan keladi, har bir qiyinchilik yengillik bilan kelganidek. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Universal valyuta Shimkentga o’tdim. Sumkamda So’m qolib ketgandi. Pul zarur bo’lganida, shaharda hech kimga o’tkaza olmadim. Qaytganimda tenge bilan shunday bo’ldi. Haligacha keraksiz qog’oz bo’lib yotibdi. Valyutani boradigan joyimga qarab tanlamaganim, kerakli pulni, keraksiz qilib qo’ydi. Geografik manzillarda orqaga qaytsa bo’ladi. Hayot manzillarida esa orqaga yura olmaymiz. Bittasi bilan rosa umrimizni o’tkazamiz, turmush qurishga kelganda - u mos bo’lmay chiqadi. Maktab, universitetlarda baho valyutasini yig’amiz. Ish beruvchi, mijozlar umuman ahamiyat bermaydi. O’yinlarimiz-u, seriallarimiz - tengdoshlarimiz orasida suhbatga mavzu bo’lib beradi. Rostdan muhim davralarga kirganimizda, jim bo’lib qolamiz. 20 yoshda qilgan ishlarimiz 30 yoshda, 30 yoshda qilganlarimiz 40 yoshda kerak bo’lmay qolaversa, pullari qog’ozga aylangan sayyohga o’xshab yutqazaveramiz. Tilla universal valyuta. Amallarni ham tillalari bor - o’ylash, yozish, o’qish, mehnat, yaxshilik. Tilla amallarni yig’ing. Yil o’tgan sari qadri oshib boradi. Hamma yoshingizda kerak bo’ladi. Turgan joyiga emas, boradigan joyiga qarab yashagan odam, borganda afsuslanmaydi. Afsuslanadiganlar uchun esa - kech bo’ladi. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Hayotingiz yaxshilanadi. O’qishni boshlang, yozgingiz keladi. Yozishni boshlang, o’ylashingiz tartiblashadi. O’ylashingiz tartiblashsa, g’oyalar keladi. G’oyalar kelsa, qilgingiz keladi. Qila boshlasangiz, vaqt o’tib natijalar keladi. Natijalarni ko’rib, boshqalar talpinadi. Ko’pchilik bo’lib, kattaroq ishlar qilinadi. O’qing do’stlar. Hayotingiz yaxshilanadi. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Hozir ayni vaqti O’quvchilarimiz haqida yozibman-ku, o’qituvchilarimizni yozmapman. 2000 ta ustoz ichidan tanlab olingan, eng kuchli mutaxassislar bilan ishlaymiz. O’qituvchilarimiz bu yil bir necha treninglarda qatnashishdi. Toifalar olishdi. Bizda ishlab uchta o’qituvchimiz mashina, ikkitalari uy olishdi. Eng muhimi esa 10 dan ortiq o’qituvchilarimiz o’z farzandlarini bizda o’qitib kelishyapti. 62% (eNPS) xodimlarimiz bizda ishlashni tavsiya qilib kelishadi. (Xalqaro standart 70%) Rahimov School jamoasiga qo’shilmoqchimiz? Hozir ayni vaqti. Biz jamoani kengaytirish bosqichidamiz! Mos bo’lsangiz topshiring, mos odamni tanisangiz jo’natib qo’ying) @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Aziz Rahimov

Maktabimiz natijalari JLSAAT matematika olimpiadasida 5ta sovrinli o’rin oldik. Prezident maktabi bitiruvchilari bilan debat o’tkazib, durrang natijaga erishdik. Zakovat o’yinlari Mirzo Ulug’bek tumani bosqichida 2-o’rinni egalladik. 20ta IELTS 7.0+ natija. 2ta 8.0 (umumiy IELTS soni 40tadan oshdi). O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 796 ta kitob o’qib tugatishdi. (300-500 betlik) SATdan 12 ta o’quvchimiz natija tomon harakat qilyapti. Hozircha eng balandi - 1480 O’quv yili tugamasidan 28 ta bitiruvchimiz universitet grantlarini yutishdi. Qolganlari javobini kutyapmiz. Farzandlariga ziyon bo’lmasin deb, bir necha oilani isloh qildik. Bir necha bitiruvchilarimizni muhandislik kabi qiyin sohalarga qiziqtira oldik. O’nlab o’quvchilarimiz kitobga mehr qo’yishdi. 81% ota-onalarimiz bizni doimiy tavsiya qilishni boshlashdi. O’quv yilimiz hali tugamadi. Bizni yana yangiliklar kutyapti. Jamoamizga, bizga ishongan ota-onalarga rahmat! @rahimovschool

“O’zi aqlli-ku, lekin dangasa”. Ota-onalar o’qimaydigan farzandlariga eng ko’p beradigan ta’rif. Kattalar orasida ham - aqlli, dangasalar uchrab turadi. Istalgan mavzuda fikri bor. Bir nimani qoyillatmagan. Do’stlar, aqllilik va dangasalik bitta odamda yig’ilmaydi. Putin aytganidek, hammamiz dangasamiz) Aqlli odam, dangasaligini yenga olgan odam. Aqlli odam, o’sha aqlini ishlatib, bir nima qila olgan odam. Dangasalikka yengilgan, o’yin kulgiga berilganlarda - haqiqiy aqlni ko’ra olmaymiz. Yo’qotilgan dahoning aqliy qoldiqlari sezilib turadi, xolos. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
Maktabimiz natijalari JLSAAT matematika olimpiadasida 5ta sovrinli o’rin oldik. Prezident maktabi debati bitiruvchilari bilan debat o’tkazib, durrang natijaga erishdik. Zakovat o’yinlari Mirzo Ulug’bek tumani bosqichida 2-o’rinni egalladik. 20ta IELTS 7.0+ natija. 2ta 8.0 (umumiy IELTS soni 40tadan oshdi). O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 796 ta kitob o’qib tugatishdi. (300-500 betlik) SATdan 12 ta o’quvchimiz natija tomon harakat qilyapti. Hozircha eng balandi - 1480 O’quv yili tugamasidan 28 ta bitiruvchimiz universitet grantlarini yutishdi. Qolganlari javobini kutyapmiz. Farzandlariga ziyon bo’lmasin deb, bir necha oilani isloh qildik. Bir necha bitiruvchilarimizni muhandislik kabi qiyin sohalarga qiziqtira oldik. O’nlab o’quvchilarimiz kitobga mehr qo’yishdi. 81% ota-onalarimiz bizni doimiy tavsiya qilishni boshlashdi. O’quv yilimiz hali tugamadi. Bizni yana yangiliklar kutyapti. Jamoamizga, bizga ishongan ota-onalarga rahmat! @rahimovschool
نمایش همه...
NGEA (JLSAAT-JATM) 2024

Antihavaslar ko’proq motivatsiya beradi Biografiyalar o’qiymiz, videolar ko’ramiz. Havas qilinadigan odamlarimizdan motivatsiya olamiz. Qisqa muddatda ularga yeta olmasligimizni bilamiz. Motivatsiya kamayadi. Shu payt havasdan tashqari, antihavas odamlarni ham topishimiz kerak. 30ga borib nafasi qisayotgan, 40 ga borib infarkt bo’layotganlar meni sportga undaydi. Oddiy ishlarda xato qilayotganlar ilm olishga undaydi. Vaqtini uvol qilgani uchun botqoqda yurganlar - vaqtni qadrlashga undaydi. Pul uchun auditoriyasini aldayotganlar - moliyaviy erkin bo’lishga undaydi. Havas qilayotganlarimizga yetib olish yillar talab qiladi. O’zimizni bo’sh qo’ysak tamom. Antihavasdagilar darajasiga tushishimizga 1-2 yil yetarli bo’ladi. Antihavaslar toping. Ular ko’proq va doimiy motivatsiya beradi. @azizrakhimov_blog
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.