MM "MUFEED MOLIYA"
Ir al canal en Telegram
Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot
Mostrar más6 716
Suscriptores
+224 horas
+917 días
+27330 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
junio '26
junio '26
+576
en 4 canales
mayo '26
+198
en 2 canales
Get PRO
abril '26
+82
en 3 canales
Get PRO
marzo '26
+72
en 1 canales
Get PRO
febrero '26
+486
en 10 canales
Get PRO
enero '26
+107
en 5 canales
Get PRO
diciembre '25
+241
en 7 canales
Get PRO
noviembre '25
+122
en 2 canales
Get PRO
octubre '25
+351
en 12 canales
Get PRO
septiembre '25
+88
en 4 canales
Get PRO
agosto '25
+76
en 0 canales
Get PRO
julio '25
+131
en 3 canales
Get PRO
junio '25
+73
en 3 canales
Get PRO
mayo '25
+82
en 2 canales
Get PRO
abril '25
+206
en 12 canales
Get PRO
marzo '25
+712
en 14 canales
Get PRO
febrero '25
+86
en 9 canales
Get PRO
enero '25
+246
en 8 canales
Get PRO
diciembre '24
+152
en 3 canales
Get PRO
noviembre '24
+188
en 6 canales
Get PRO
octubre '24
+149
en 1 canales
Get PRO
septiembre '24
+326
en 3 canales
Get PRO
agosto '24
+87
en 1 canales
Get PRO
julio '24
+105
en 1 canales
Get PRO
junio '24
+121
en 3 canales
Get PRO
mayo '24
+130
en 2 canales
Get PRO
abril '24
+132
en 2 canales
Get PRO
marzo '24
+517
en 12 canales
Get PRO
febrero '24
+275
en 5 canales
Get PRO
enero '24
+385
en 3 canales
Get PRO
diciembre '23
+618
en 9 canales
Get PRO
noviembre '23
+474
en 2 canales
Get PRO
octubre '23
+177
en 0 canales
Get PRO
septiembre '23
+261
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+458
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+93
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+158
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+77
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+193
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+968
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+139
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+344
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+438
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+280
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+220
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+99
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+87
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+101
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+295
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+80
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+285
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+130
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+397
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+2 185
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+427
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+5 482
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 30 junio | +4 | |||
| 29 junio | +18 | |||
| 28 junio | +15 | |||
| 27 junio | +18 | |||
| 26 junio | +9 | |||
| 25 junio | +9 | |||
| 24 junio | +33 | |||
| 23 junio | +360 | |||
| 22 junio | +7 | |||
| 21 junio | +1 | |||
| 20 junio | +3 | |||
| 19 junio | +2 | |||
| 18 junio | 0 | |||
| 17 junio | +12 | |||
| 16 junio | +11 | |||
| 15 junio | +1 | |||
| 14 junio | +8 | |||
| 13 junio | +1 | |||
| 12 junio | +5 | |||
| 11 junio | +3 | |||
| 10 junio | +7 | |||
| 09 junio | +9 | |||
| 08 junio | +10 | |||
| 07 junio | +3 | |||
| 06 junio | +5 | |||
| 05 junio | +7 | |||
| 04 junio | +9 | |||
| 03 junio | +3 | |||
| 02 junio | +2 | |||
| 01 junio | +1 |
Publicaciones del Canal
| 2 | Mensaje de voz | 20 616 |
| 3 | Diversifikatsiya siz o‘ylagandek narsa emas...
Diversifikatsiya investitsiyaning eng muhim tamoyillaridan biridir. Ammo muammo shundaki, ko‘pchilik investorlar uning asl mazmunini to‘liq tushunmaydi.
Bozorlar o‘sayotgan paytda deyarli hamma narsa yaxshi investitsiyadek ko‘rinadi. Aksiyalar o‘sadi, ko‘chmas mulk qimmatlashadi, kriptovalyutalar yuqori daromad ko‘rsatadi. Natijada portfel yaxshi diversifikatsiya qilingandek tuyuladi.
Asl diversifikatsiya esa inqiroz davrida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda:
• ayrim aktivlar keskin qadrsizlanadi, boshqalari esa nisbatan barqaror qoladi;
• ayrim aktivlar daromad keltirishda davom etadi, boshqalari esa pul oqimini to‘xtatadi;
• ayrim aktivlarni tez sotish mumkin bo‘ladi, boshqalarini esa oylar davomida sotish qiyin kechadi.
Agar barcha aktivlaringiz bir vaqtda va deyarli bir xil darajada qadrsizlansa, bu diversifikatsiya emas. Bu shunchaki turli xil aktivlar to‘plamidir.
Ko‘pchilik yetarlicha e’tibor bermaydigan yana bir muhim omil bor - likvidlik.
Likvidlik sizga moliyaviy va muhim qarorlar erkinligini beradi. U yangi imkoniyatlardan foydalanish, kutilmagan xarajatlarni qoplash va qiyin davrlarni aktivlarni arzon narxda majburan sotmasdan o‘tkazishga yordam beradi.
Shuning uchun har bir investor kapitalining ma’lum qismini tezda pulga aylantirish mumkin bo‘lgan likvid aktivlarda saqlashi muhim.
Ko‘chmas mulk va o‘z biznesi yaxshi aktivlar bo‘lishi mumkin, biroq aksariyat hollarda ular eng nolikvid investitsiyalar qatoriga kiradi. Mablag‘ zudlik bilan kerak bo‘lganda, ularni tez va munosib narxda sotish juda qiyin bo‘lishi mumkin.
Shu sababli bugun men o‘zimga: «Menda nechta turli aktivlar bor?» degan savolni emas, balki quyidagi savollarni beraman:
• Inqiroz davrida har bir aktiv bilan nima sodir bo‘ladi?
• Qaysi aktivlar daromad keltirishda davom etadi?
• Qaysi aktivlarni va qanchalik tez sotishim mumkin (darhol, zudlik bilan yoki qisqa muddatda)?
• Menda yetarli likvidlik bormi?
Haqiqiy diversifikatsiya faqat yaxshi davrlarda emas, balki vaziyat noqulay tomonga o‘zgarganida ham ishlashi kerak.
@chiroylimoliya diversifikatsiya va likvidlik | 2 765 |
| 4 | Mensaje de voz | 2 613 |
| 5 | 📄 Bilasizmi, xodimlar ish vaqtining qariyb 20 %ni hujjat qidirish va tayyorlashga sarflashadi
Bu degani, haftaning bir butun ish kuni faqat qogʻozbozlikka ketmoqda! Ayniqsa, videodagi qahramonimiz kabi "shoshilinch" vaziyatga tushganingizda, bu yo'qotilgan vaqt stress va xatolar evaziga yanada qimmatga tushadi.
▫️ Odatda bunday paytda yurist yoki mutaxassis yordami kerak bo'ladi, lekin ularning javobini soatlab kutishga vaqt bormi?
🤖 Shunday vaziyatda Bitimchi AI yordamga keladi. U bilan soatlab davom etadigan hujjat ishlari va kutishlar 1 daqiqalik aniq natijaga aylanadi.
Bitimchi AI — kelishuvdan shartnomagacha bir zumda
Hoziroq sinab ko'ring: @bitimchi_ai_bot ▫️
Telegram | Instagram | 3 078 |
| 6 | Islomiy deb taqdim etiladigan 6 ta xato va xavfli tuzilma
1. Tashkillashtirilgan tavarruq
Siz shunday bir tovarni “sotib olasizki”, u:
- sizga noma'lum;
- uni hech qachon ko‘rmagansiz va sotib olishga aniq rozilik bermagansiz;
- uni sizga yetkazib berishni talab qila olmaysiz;
- uni nazorat qilmaysiz.
Natijada: siz 10 olasiz, 11 qaytarasiz.
Bu savdo emas. Bu (aksariyat hollarda) bitimlar zanjiri orqali rasmiylashtirilgan foizli qarzdir. Ko‘plab ulamolar buni riboni chetlab o‘tishga urinish deb baholaydilar.
2. Tavarruq asosidagi “islomiy” kredit kartalari
Bu o‘sha sxemaning boshqa ko‘rinishi, xolos. Bank sizning nomingizdan tavarruqni amalga oshirib, qarz uchun qo‘shimcha to‘lov olishni asoslashga harakat qiladi.
3. Ba'zi sukuk tuzilmalari
Ba'zi sukuklar:
- aktivga haqiqiy mulkchilik huquqini bermaydi;
- haqiqiy riskni o‘z ichiga olmaydi;
- aktivdan real daromadni taqsimlamaydi.
Biroq ular oldindan belgilangan “daromad”ni taklif qiladi va da'vo aktivga emas, balki emitentga qaratiladi. Bu investitsiyadan ko‘ra ko‘proq qarzga o‘xshaydi.
4. Bay' al-'ina (qayta sotib olish bitimi)
Bu ko‘pincha moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan developerlar tomonidan qo‘llaniladi.
Ular aktivni (masalan, yer uchastkasini) investorga "sotadilar" va darhol uni qayta sotib oladilar. Tashqi ko‘rinishda bu savdo. Aslida esa bu aylana bitim:
Sohta sotish - sohta qayta sotib olish - qarz bo'lish.
Bu yerda haqiqiy savdo ham, risk ham yo‘q. Faqat ustama bilan qarz yaratish mavjud. Mohiyatiga ko‘ra bu riboning ochiq shakli hisoblanadi.
5. Ba'zi “murabaha” platformalari
Ba'zi platformalar:
- amalda aktivga egalik qilmaydi;
- riskni o‘z zimmasiga olmaydi va mulk huquqi o‘tganini hujjatlashtirmaydi;
- bitimlarni bir necha soniya ichida amalga oshiradi va haqiqy qabzni ado ettirmaydi.
Ular savdo bilan shug‘ullanmaydi, balki moliyalashtirishni tashkil qiladi. Agar risk va egalik bo‘lmasa, haqiqiy savdo ham bo‘lmaydi.
6. Buzib talqin qilingan mudaraba tuzilmalari
Ba'zi “mudaraba investitsiyalari”:
- investor kiritgan kapital to‘liq qaytmaguncha tadbirkorga foyda olishga ruxsat bermaydi;
- loyiha natijasidan qat'i nazar, investor chiqayotganida kapitalning asosiy summasini majburiy qaytarishni nazarda tutadi;
- zarar riskini amalda tadbirkor zimmasiga yuklaydi.
Bunday holatlarda kapital investitsiyadan ko‘ra qarzga o‘xshab qoladi, chunki investor o‘z kapitalini himoya qiladi, ammo to‘liq tadbirkorlik riskini o‘z zimmasiga olmaydi.
Joizlikni tekshirishning oddiy usuli...
Arabcha nomini olib tashlang. Agar tuzilma oddiy kreditga o‘xshasa, unda to‘g‘ri savollarni bera boshlang.
Islom moliyasi nomlarda emas, mohiyatdadir.
Mohiyatni tushunish uchun esa o‘rganish kerak. Aks holda, tashqi ko‘rinishda joiz bo‘lib tuyuladigan, ammo daromadning pokligi haqida shubha, xavotir va savollar qoldiradigan sxemalarga tushib qolish juda oson.
@chiroylimoliya baho berishdan oldin, avvalo tushunish kerak | 2 432 |
| 7 | Mensaje de voz | 2 047 |
| 8 | Mensaje de voz | 2 262 |
| 9 | Assalomu alaykum,
Xo‘sh, Ilon Maskning boyligi hozir AQSh YaIM-ining taxminan 3% darajasiga teng. Ya’ni AQShning 340 million aholisi ichidan bitta inson (ya’ni u AQSh aholisining taxminan 0.0000000000029% qismi) dunyoning eng yirik iqtisodiyoti yillik hajmining qariyb 3%iga teng boylikni nazorat qiladi.
Bu shunchaki Mask haqidagi hikoya emas, balki zamonaviy kapital bozorlarda misli ko‘rilmagan boylik konsentratsiyasi haqidagi hikoyadir.
Yana ham qiziq tomoni SpaceX. Uning yillik daromadi 19 milliard dollar atrofida (5 milliard dollar zarar bilan). Bu, albatta, global kosmik sanoatni tubdan o'zgartirgan, Starlink’ni ishga tushirgan va kosmik infratuzilmaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan noyob kompaniya.
Ammo masala uning buykligida emas, balki uning 2 trillion dollarlik kapitalizatsiyasida...Masalani tushunish uchun: bu kompaniyaning taxminan 100 yillik daromadiga teng !!!
Albatta, bunday baho hozirgi biznesni emas, balki investorlarning SpaceX o‘zining barcha eng katta kelajak loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradi degan haddan tashqari ishonchini aks ettiradi. Ya’ni SpaceX:
- dunyodagi dominant kosmik infratuzilmaga aylanadi;
- Starlink’ni bir necha barobar kengaytiradi;
- kosmik uchirishlar narxini keskin kamaytiradi;
- bugungi kunda deyarli mavjud bo‘lmagan yangi bozorlarni yaratadi.
Boshqacha aytganda, kelajakdagi ehtimoli ancha past bo‘lgan (yo'ki juda noaniq) katta muvaffaqiyatning sezilarli qismi allaqachon bugungi narxga “oldindan aksiya narhiga kapitalizatsiya qilingan”.
Va aynan shu narsa menda savollar uyg‘otadi. Chunki mening fikrimcha, bu baho mukammal kelajak ssenariysiga qilingan "stavkaga" o‘xshaydi. Ya’ni juda murakkab futuristik loyihalarning ko‘p yillar davomida deyarli mukammal bajarilish ssenariysi.
Ya’ni amalda investorlar allaqachon kelajak va mavhum orzuni SpaceX aksiyasining bugungi narhi orqali sotib olishgan. Ammo kutishlar haddan tashqari yuqori va realistik bo‘lmaganda, hatto juda yaxshi natija ham yomon ko'rinishi mumkin.
Shuning uchun asosiy savol SpaceX muvaffaqiyatlimi yoki yo‘qligida emas. U allaqachon muvaffaqiyatli. Mening uchun asosiy savol shundaki: bugungi narxga allaqachon kiritilgan kelajakdagi juda katta, ammo noaniq va ehtimoli past muvaffaqiyat qanchalik real? Ya'ni SpaceX aksiyalarga tikkan investorlar kelajakdagi katta mavhumlikni aniq kafolatlaganday kabi...
Shuning uchun menga, bu kompaniyaning bahosi biroz absurd ko‘rinadi.
2026-yil 30-dekabr kuni uchun o‘zimga eslatma qo‘yaman. Shunda bir SpaceX aksiyani narhini tekshirib, oraliq xulosalar chiqarish uchun.
@chiroylimoliya 2 trillionlik g'urur ? | 2 538 |
| 10 | ⚖️ Biznes o‘sgani sayin qog‘ozbozlik ham geometrik progressiyada ortib boradi.
▫️ Shartnomalarni tekshirishga alohida — yurist,
▫️ Fakturalarni jo‘natishga — yordamchi buxgalter,
▫️ Hamkorlarni o‘rganishga — xavfsizlik xodimi,
▫️ Har bir tranzaksiyadan so‘ng "Xatoga yo‘l qo‘ymadimmi?" degan savolga javob topishga esa — soliq maslahatchisi kerak bo‘ladi.
🤔 Yoki... bularning hammasini Bitimchi AI ga topshirish mumkin.
Bitimchi AI — kelishuvdan shartnomagacha bir zumda
Hoziroq sinab ko'ring: @bitimchi_ai_bot ▫️
Telegram | Instagram | 2 218 |
| 11 | Nega islomda masalan jahon chempionatidagi futbol o‘yini natijasiga pul tikish taqiqlangan, ammo halol aksiyalarni treydingi mumkin? Axir birinchi qarashda vaziyat juda o‘xshash:
- har ikkala holatda ham natija oldindan ma’lum emas;
- har ikkala holatda ham foyda qilish mumkin;
- har ikkala holatda ham zarar ko‘rish mumkin;
- har ikkala holatda ham inson kelajakni taxmin qilishga harakat qiladi.
Unda futbolga pul tikayotgan odam bilan aksiya treydingi bilan shug‘ullanayotgan odam o‘rtasidagi asosiy farq nimada? Yoki aslida bunday farq yo‘qmi?
Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. | 2 260 |
| 12 | Assalomu alaykum,
Agar siz biror masalada qat’iy e’tiqodlarga ega bo‘lsangiz, avvalo ular mustahkam va ishonchli bilimlarga asoslanganiga amin bo'ling. Qat’iy e’tiqodning o‘zi fazilat emas. Uning qiymati u qaysi bilimlar ustiga qurilganiga bog‘liq.
Eng xavfli holatlardan biri bu bilim sayoz bo‘la turib, ishonchning juda kuchli bo‘lishidir.
Bundan ham xavflisi - bilmasdan turib qat’iy ishonchga ega bo‘lish.
Undan ham yomoni - noto‘g‘ri bilimlarga asoslangan ishonchdir.
Ammo eng xavfli vaziyat shundaki, inson o‘zi bilmasligini ham bilmaydi. Ya’ni jaholat o‘zini bilimdon deb hisoblash bilan qo‘shilib ketadi.
Bunday inson izlashdan, savol berishdan, dalillarni tekshirishdan va o‘rganishdan to‘xtaydi. U haqiqatga yopilib qoladi, chunki uni (haqiqatni) allaqachon topdim deb o‘ylaydi. Shuning uchun kuch qat’iy ishonchning o‘zida emas. Haqiqiy kuch bu bilimlaringiz qanchalik ishonchli bo‘lsa, ishonchingiz ham aynan shunchalik bo‘lishidadir.
Qat’iy e’tiqodlar mustahkam poydevorni talab qiladi. Aks holda ular kuch manbaiga emas, balki xatolar va hatarlar manbaiga aylanadi.
@chiroylimoliya sababli fikrlar | 2 763 |
| 13 | Mensaje de voz | 2 496 |
| 14 | Ассалому алайкум ҳурматли обуначилар!
Бугун сизларнинг эътиборингизга ҳамкасбим, «Ислом молияси» лойиҳаси (@islommoliyasi ва www.islommoliyasi.uz) ҳамасосчиси, Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) Жаҳонгир Имамназаров томонидан тайёрланган 📖«Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар» китобини ҳавола қилмоқчиман.
Жаҳонгир Имамназаров билан бир нечта лойиҳаларни муваффаққиятли равишда амалга оширган одам сифатида, бу инсон ислом молиясини Ўзбекистонда ривожлантиришда, хусусан ислом молиясини халқимизга чиройли ва тушунарли ўзбек тилида етказишда энг фаол ва жонкуяр инсон деб биламан.
“Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар” китоби яна бир жуда ажойиб ва иншааллоҳ халқимиз учун ниҳоятда манфаатли ташаббус бўлди. Ушбу китобда Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар ажратиб олиниб, тегишли мавзулар бўйича тартиблаштириб берилган. Бундай қилишдан мақсад — ўқувчиларни молиявий-иқтисодий, шу жумладан, савдо-сотиқ, қарз, закот, садақа, мерос, васият, каффорат каби масалалар Қуръони карим оятларида қандай ёритилгани билан таништириш, ушбу масалаларни чуқурроқ тушунишга ёрдам беришдир. Қайд этиш лозим, бундай китоб илгари на ўзбек тилида ва на бошқа тилларда тайёрланмаган. Шуни ўзи ҳам ушбу китоб нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги нодир китоблар қаторидан жой олиши учун етарли асос, деб ўйлайман. Бу китоб ҳар биримизнинг уйимизда бўлиши керак бўлган китоблардан десам нотўғри бўлмаса керак. | 2 597 |
| 15 | #эълон
Ассалому алайкум!
"Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар" китоби бир икки кун ичида эркин сотувга чиқиши кутиляпти. Сотувчилар китобнинг нархини баланд қилиб белгилашлари табиий (таҳминан 85 минг сўм атрофида бўлиши кутиляпти). Шу сабабли фақат @IslomMoliyasi телеграм саҳифаси ҳамда islommoliyasi.uz вэбсайти обуначиларида бугун ва эрта китобни 65 минг сўмдан сотиб олиш имконияти бор. Улгуриб қолинг, чунки китоблар сони чекланган.
Китобдан сотиб олмоқчи бўлган обуначиларимиз, қуйидаги телефон рақамлари орқали Islamic Business and Finance компанияси ходимларига мурожаат қилишлари мумкин.
📞 +998977725963; +998338880059
✈️ @IsBF_admin
@IslomMoliyasi | 1 465 |
| 16 | Assalomu alaykum,
Yaqinda Vladimir Malenko tomonidan keltirilgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining suveren kredit reytinglari bo‘yicha qiziqarli taqqoslashni ko‘rib qoldim va shu mavzu yuzasidan bir necha fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Suveren kredit reytinglari:
Qozog‘iston BBB- (investitsion reyting)
O‘zbekiston BB
Turkmaniston BB-
Qirg‘iziston B+
Tojikiston B
Taqqoslash uchun:
Ozarbayjon BB+
Turkiya BB-
Pokiston B-
Bir qarashda bu harflar kundalik hayotdan uzoq va murakkab tushunchadek tuyilishi mumkin. Biroq xalqaro investorlar uchun ular juda katta ahamiyatga ega.
Oddiy qilib aytganda, kredit reytingi bu mamlakatning o‘z moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatiga berilgan bahodir. Reyting qanchalik yuqori bo‘lsa:
✅ investorlar uchun tavakkalchilik shunchalik past bo‘ladi;
✅ davlat va kompaniyalar uchun moliya jalb qilish arzonlashadi;
✅ xalqaro investorlarning qiziqishi ortib boradi;
✅ obligatsiyalar va sukuk bozorini rivojlantirish osonlashadi.
Ayniqsa BB va BBB- o‘rtasidagi chegara juda muhim hisoblanadi. Chunki aynan BBB- darajasidan boshlab Investment Grade, ya’ni investitsion reyting boshlanadi.
Ko‘plab yirik pensiya jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari, suveren fondlar va institutsional investorlar uchun Investment Grade darajasidan past reytingli mamlakatlarga sarmoya kiritish yoki taqiqlangan, yoki qat’iy cheklangan bo‘ladi.
Shuning uchun BB dan BBB- ga o‘tish oddiy bir harf o‘zgarishi emas. Bu mutlaqo boshqa investitsiya "ligasiga" chiqish demakdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston BB reytingiga ega bo‘lib, mintaqadagi ko‘plab davlatlardan yuqori o‘rinda turibdi. Biroq xalqaro kapital va islom moliyasi uchun yirik markazga aylanish maqsad qilingan bo‘lsa, investitsion reyting darajasiga chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilishimcha, O‘zbekiston 2030-yilgacha investitsion reytingga erishish maqsadini qo‘ygan. Buning uchun nima qilish kerak? Mening nazarimda, investorlar birinchi navbatda prezentatsiyalar yoki chiroyli shiorlarga emas, balki fundamental omillarga qaraydi:
- barqaror iqtisodiy o‘sish;
- past va nazorat qilinadigan inflyatsiya;
- barqaror milliy valyuta;
- oqilona davlat qarzi darajasi;
- prognoz qilinadigan soliq va regulyator muhit;
- mustaqil sud tizimi;
- investorlar va kreditorlar huquqlarining ishonchli himoyasi;
- davlat institutlarining shaffofligi;
- islohotlarning izchil davom ettirilishi.
Har bir investor o‘ziga bir oddiy savol beradi: “Agar men bu yerga 10–20 yilga sarmoya kiritsam, kelajagim qanchalik xavfsiz va prognoz qilinadigan bo‘ladi?” Bu savolga ishonchli javob qanchalik kuchli bo‘lsa, mamlakat uchun kapital shunchalik ko‘p va arzon bo‘ladi.
Bu sukuk bozori uchun ham ayniqsa muhim. Aslida sukuk sotib oluvchi investorlar ham oddiy obligatsiya investorlari izlaydigan narsalarni qidiradilar.
Shuning uchun sukuk bozorini rivojlantirish faqat qonunchilik qabul qilish yoki ilk sukuk chiqarish bilan cheklanmaydi. Bu avvalo mamlakatga bo‘lgan ishonchni oshirishdan boshlanadi.
Shu sababli O‘zbekistonning investitsion reytingga erishish yo‘li va to‘liq shakllangan sukuk bozorini barpo etish yo‘li ko‘p jihatdan bir xil tarixdir.
Bu ishonch va uzoq muddatli barqarorlik tarixidir.
@chiroylimoliya investitsion reytingga intilish | 1 744 |
| 17 | https://www.youtube.com/watch?v=O26iLmedOAc | 1 917 |
| 18 | Mavzu kredit kartalar edi lekin unuman boshqa tomonga burilib ketti ) | 1 914 |
| 19 | Mensaje de voz | 2 084 |
| 20 | @chiroylimoliya lifespan vs healthspan
@islamic_finance_plus рус тилида | 1 |
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
