ar
Feedback
MM "MUFEED MOLIYA"

MM "MUFEED MOLIYA"

الذهاب إلى القناة على Telegram

Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot

إظهار المزيد
6 586
المشتركون
-224 ساعات
-37 أيام
-130 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أكتوبر '26
أكتوبر '26
+11
في 1 قنوات
سبتمبر '26
+158
في 3 قنوات
Get PRO
أغسطس '26
+156
في 4 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+117
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+576
في 5 قنوات
Get PRO
مايو '26
+198
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+82
في 3 قنوات
Get PRO
مارس '26
+72
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+486
في 10 قنوات
Get PRO
يناير '26
+107
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+241
في 7 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+122
في 2 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+351
في 12 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+88
في 4 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+76
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+131
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+73
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '25
+82
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+206
في 12 قنوات
Get PRO
مارس '25
+712
في 14 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+86
في 9 قنوات
Get PRO
يناير '25
+246
في 8 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+152
في 3 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+188
في 6 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+149
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+326
في 3 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+87
في 1 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+105
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+121
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '24
+130
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+132
في 2 قنوات
Get PRO
مارس '24
+517
في 12 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+275
في 5 قنوات
Get PRO
يناير '24
+385
في 3 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+618
في 9 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+474
في 2 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+177
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+261
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+458
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+93
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+158
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+77
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+193
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+968
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+139
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+344
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+438
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+280
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+220
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+99
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+87
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+101
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+295
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+80
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+285
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+130
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+397
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+2 185
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+427
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+5 482
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
04 أكتوبر+4
03 أكتوبر+2
02 أكتوبر0
01 أكتوبر+5
منشورات القناة
Repost from AAOIFI Uzbekistan
AAOIFI CPSS имтиҳони илк бор рус тилида! 🇷🇺 AAOIFI Ислом молиясини ривожлантириш маркази CPSS имтиҳонининг илк бор рус тили
AAOIFI CPSS имтиҳони илк бор рус тилида! 🇷🇺 AAOIFI Ислом молиясини ривожлантириш маркази CPSS имтиҳонининг илк бор рус тилида ҳам ўтказилишини маълум қилди.
CPSS (Certificate of Proficiency in Shari'ah Standards) — AAOIFI томонидан ишлаб чиқилган 59 та Шариат стандарти бўйича профессионал билимни тасдиқловчи халқаро сертификат.
📌 Имтиҳонни рус тилида топшириш имкониятини бой берманг!
🎓 Халқаро AAOIFI CPSS сертификати билан малакангизни оширинг ва ислом молияси соҳасида ривожланинг.
Маълумот ўрнида, навбатдаги CPSS имтиҳони 9-декабр куни бўлиб ўтади ва имтиҳонга рўйхатдан ўтиш жараёни 7-ноябргача давом етади.
➡️Имтиҳонга рўйхатдан ўтиш ва CPSS имтиҳонини Mezon Ta'lim орқали топшириш учун ҳозироқ @mezontalim_admin орқали мурожаат қилинг. @IslomMoliyasi @MezonTalim @ChiroyliMoliya

2
🇺🇿 O‘zbekiston allaqachon jahon sporti elitasida Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Menimcha, biz hali ham o‘zbek sportida hozir s
🇺🇿 O‘zbekiston allaqachon jahon sporti elitasida Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Menimcha, biz hali ham o‘zbek sportida hozir sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ko‘lamini to‘liq anglab yetganimiz yo‘q. O‘zbekiston — Osiyoda 5-o‘rin. 21 ta oltin medal! Bizdan yuqorida faqat jahon sportining grandlari - Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya — hamda Hindiston. Qolaversa, 4-o‘rinni Hindiston bizdan so‘nggi kunning o‘zidagina tortib oldi: ular birdaniga 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, oltinlar soni 21 tadan teng bo‘lgan holda, kumush medallar hisobiga bizdan o‘zib ketdi. Natijaning ko‘lamini tushunish uchun: 2024-yil Parij Olimpiadasida 1,5 milliard aholiga ega Hindiston 71-o‘rinni, O‘zbekiston esa 8 ta oltin medal bilan dunyoda 13-o‘rinni egallagan edi! Men bu Osiyo o‘yinlari natijalarini har kuni, ba’zan kuniga bir necha marta kuzatib bordim. Albatta, eng alam qilgani — aynan so‘nggi kuni 4-o‘rinni boy berganimiz bo‘ldi. O‘zbekistonni Osiyoning tan olingan sport grandlaridan keyingi o‘rinda ko‘rishni juda xohlagandim. Mayli, Hudo hoxlasa, 2028-yilgi Olimpiadada revansh olamiz. Buning ustiga, yana bir tarixiy natija: O‘zbekiston - shaxmat bo‘yicha dunyoda №1! Terma jamoamiz FIDE Shaxmat Olimpiadasida dunyoning eng kuchli shaxmat davlatlarini ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi. Fenomenal natija! Bir o‘ylab ko‘ring: - Parij Olimpiadasida 13-o‘rin. - Osiyo o‘yinlarida 5-o‘rin. - Shaxmat Olimpiadasida 1-o‘rin. Parijdan keyin ko‘pchilik: omad keldi, vaziyat yaxshi tushdi, boks kuchli bo‘ldi... deb aytgandi. Ammo bunday natijalar qayta-qayta takrorlanayotgan bo‘lsa bu endi tasodif emas. Bu tizim. Bu sportga kiritilgan investitsiyalar va, eng muhimi, bugunning o‘zidayoq dunyoning eng kuchlilarini yenga olayotgan yosh iste’dodlarning butun bir avlodi yetishib chiqayotganining natijasi. Va alohida Qozog‘istonlik qardoshlarimiz va qo‘shnilarimizni 🇰🇿 ham tabriklamoqchiman. Bu safar oltin medallar borasida ularga biroz omad yetishmadi, ammo Qozog‘iston Osiyoning eng kuchli sport mamlakatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sportchilarimizni, shaxmatchilarimizni, murabbiylarimizni va barcha muxlislarni chin dildan tabriklayman! Bu natijalar O‘zbekiston dunyoning eng kuchli sport mamlakatlari qatoridan allaqachon o‘z o‘rnini egallaganini ko‘rsatmoqda. Va bu hali endi boshlanishi. 🇺🇿 @chiroylimoliya www.mufeed.uz
834
3
لا يوجد نص...
1
4
Ochlik hissidan qo‘rqmang Bugun bir tanishim mendan so‘radi: “Qanday qilib formani ushlab turasiz?” Men aytdim: har xil. Lekin eng oddiy narsalardan biri, ortiqcha yemayman va taxminan haftasiga bir marta ro‘za tutaman. U esa: “Men faqat Ramazonda ro‘za tuta olaman. Ochlik hissini juda yomon ko‘raman. Menga juda noqulay.” Shunda men unga o‘zim ishlatadigan kichik bir “layfxak”ni aytdim. Ochlikni his qilganingizda, uni darrov yoqimsiz, tezda yo‘qotish kerak bo‘lgan holat deb qabul qilmang. Men ba’zida shunchaki ko‘zimni yumib, o‘zimga aytaman: “Hozir organizmim o‘z zaxiralaridan foydalanmoqda. Hozir ortiqcha yog‘larim real tarzda erib erib yoq bopketyapti” Ishoning, bu umuman boshqacha his tuyg'u. Va psixologik jihatdan ochlik hissi darrov boshqacha qabul qilinadi. Siz undan azob chekmaysiz, balki nima uchun bunga chidab turganingizni tushunasiz. Keyin bir muddat o‘tib vazningizni o‘lchab, natijani ko‘ring. Faqat bitta muhim shart bor: kechqurun kun bo‘yi yemaganingizni ikki barobar qilib qoplashga urinmang. Aks holda butun ma’no yo‘qoladi. Albatta, bu shunchaki bitta kichik “layfxak”. Uni universal ozish usuli deb qabul qilish kerak emas. Ro‘zaning eng muhim tomoni, albatta, uning ruhiy va ma’naviy ahamiyatidir. Sog‘liq uchun foydasi esa juda yaxshi qo‘shimcha bonus. LEKIN, yengil ochlik holatining o‘zidan qo‘rqmaslik kerak. Biz har qanday noqulaylikni darrov yo‘qotishga shunchalik o‘rganib qolganmizki, ba’zida kichik ochlikning o‘zi ham g‘ayritabiiy narsadek tuyuladi. Holbuki, 12–15 soat ovqatsiz yurish organizm uchun juda katta biz tasavvur qil olmagan foyda beradi - bu aniq. Ro‘zada menga yana bir narsa juda yoqadi. U iroda kuchini tarbiyalaydi. Siz har bir istakni darrov qondirmaslikni o‘rganasiz. O‘zingizga: “Yo‘q, men kutishim mumkin”, deyishni o‘rganasiz. Menimcha, ayniqsa erkak uchun bu juda muhim sifat. Hayotda hamma narsa siz xohlagan paytda kelavermaydi. Ba’zida sabr qilish kerak. Ba’zida rad etish kerak. Ba’zida noqulaylikdan qochmay, uni xotirjam boshdan kechirish kerak. Shuning uchun men ochlikni faqat yoqimsiz holat deb qabul qilmayman. Ro‘za ruh, tana va xarakterni tarbiyalaydi. @chiroylimoliya www.mufeed.uz
1 073
5
Assalomu alaykum, Agentga qancha va qanday haq to‘lash mumkin? Ko‘pchilikda bitta muammo bor: sizning nomingizdan biror ish qilayotgan agent, vakil yoki boshqaruvchiga qanday haq to‘lash joiz, qaysi shakl esa noto‘g‘ri tuzilishi mumkinligini aniq bilmaydi. Ayniqsa investitsion vakalada bu masala yanada qiziq. Agentga faqat qat’iy komissiya beriladimi? Natijaga qarab ham haq to‘lash mumkinmi? Foydadan ulush berish mumkinmi? Bir xil o‘sish uchun ikki marta komissiya olinmasligi qanday ta’minlanadi? Yangi maqolada aynan shularni sodda misollar bilan tushuntirdim: - agentlik komissiyasi qanday tuzilishi mumkin - boshqaruv komissiyasi va natija uchun komissiya qanday ishlaydi - foydadan ulush qanday belgilanadi - high-water mark nima va nima uchun kerak - investitsion vakalada komissiyani oldindan qanday aniq belgilash kerak Asosiy fikr oddiy: islom moliyasi natijaga bog‘liq haq to‘lashni taqiqlamaydi. Lekin komissiyani hisoblash mexanizmi boshidan aniq, shaffof va to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak. https://mufeed.uz/uz/blog/islomiy-moliyada-agentga-komissiyani-qanday-to-lash-mumkin @chiroylimoliya
1 200
6
رسالة صوتية
1 379
7
Asalomu alaykum, Yaqinda oltin haqida maqola tayyorladim va bir narsaga yana bir bor e’tibor berdim: biz ko‘pincha ikki xil maqsadni aralashtirib yuboramiz: o‘zimiz uchun olinadigan oltin va investitsion oltin. Tashqaridan qaraganda ikkalasi ham oltin. Lekin maqsadi, foydalanilishi, narx va qiymati va moliyaviy mantiqi jihatidan ular bir xil emas. Maqolada aynan shu farqni tushuntirdim. https://kun.uz/kr/news/2026/09/29/tilla-taqinchoqlar-xaridi-oltinga-investitsiya-degani-emas @chiroylimoliya
1 836
8
JOB ANNOUNCEMENT McKinsey is opening an office in Tashkent and currently looking for business analysts and associates. Strong communication skills in all three languages is highly desirable. If you or someone you know is looking for a job in a consulting company, please reach out to Sherzod Odinaev at sherzod_odinaev@mckinsey.com @chiroylimoliya serious stuff...
2 464
9
Assalomu alaykum, Yil oxirida katta maqsadlar qo‘yamiz. Yanvarda ularni chiroyli qilib yozib qo‘yamiz. Martga kelib esa ko‘pincha nima uchun qo‘yganimizni ham unutamiz. «Daromadni ikki baravar oshiramiz». «20 000 dollar jamg‘araman». «Yangi biznes ochaman». «Sport bilan shug‘ullanishni boshlayman». Muammo katta maqsadlarda emas. Muammo - maqsad bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik yo‘qligida. Katta maqsad quyidagi zanjirdan o‘tishi kerak: Yil → chorak → oy → hafta → bugungi amal. Biznesda: foydani ikki baravar oshirmoqchisan → bu oy qancha daromad qilish kerak → bu hafta qancha sotish kerak → jamoa bugun aynan nima qilishi kerak. Shaxsiy hayotda: 20 000 dollar jamg‘armoqchisan → har oy qancha ajratish kerak → bu hafta qancha sarflash mumkin → bugun nimadan voz kechish kerak. Amalda nima qilish kerak? - Yil uchun 1–3 ta asosiy maqsadni yozing. - Har bir maqsadni chorak yakunidagi aniq natijaga aylantiring. - Bu oy nima amalga oshishi kerakligini belgilang. - Uni hafta uchun 2–3 ta o‘lchab bo‘ladigan natijaga ajrating. - Har hafta o‘zingizdan so‘rang: bugun maqsadimga yaqinlashish uchun aynan nima qilishim kerak? - Hafta oxirida natijalarni raqamlar bilan tekshiring va keyingi qadamni to‘g‘rilang. Mana shu yerdan haqiqiy ish boshlanadi. Agar bugun qilayotgan ishingizni yanvar oyida qo‘ygan maqsadingiz bilan bog‘lay olmasangiz, bu reja emas. Bu shunchaki chiroyli istak. @chiroylimoliya quruq va'dalar www.mufeed.uz
2 066
10
Chiroyli gapiradigan odamni to‘g‘ri maslahat beradigan odam bilan adashtirmang Yaqinda bir fikrni eshitdim va o‘ylab qoldim: bu aslida hayotimizga qanchalik tegishli ekan. Juda ishonarli gapiradigan odamlarga ehtiyot bo‘lish kerak. Ba’zilar shunchalik yaxshi tushuntiradi va hikoya qiladiki, siz asta-sekin dunyoga ularning ko‘zi bilan qaray boshlaysiz. Lekin bu yerda ikki narsani adashtirmaslik kerak: chiroyli va ishonarli gapira olish bilan to‘g‘ri maslahat bera olish bir xil narsa emas. Inson ajoyib hikoyachi, bloger yoki spiker bo‘lishi mumkin. Lekin bu uning maslahati siz uchun haqiqatan foydali va, eng muhimi, sizning qadriyatlaringizga mos degani emas. Menimcha, shu yerda masala yanada chuqurlashadi. Umuman olganda, bizning o‘z qadriyatlarimiz va ichki tayanchimiz bormi? Chunki ichkarida bo‘shliq bo‘lsa, u uzoq vaqt bo‘sh qolmaydi. Uning o‘rnini juda tez boshqalarning muvaffaqiyat haqidagi tasavvurlari egallaydi: pul, status, hokimiyat, ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarda taassurot qoldirish istagi, o‘z hayotingizni emas, sizga chiroyli qilib “sotilgan” hayotni yashash. Lekin boshqa holat ham bor. Insonda qadriyatlar bordek. U nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini biladi. Lekin yaxshi manfaat, pul, status yoki kuchli vasvasa paydo bo‘lishi bilan, bu qadriyatlar birdan juda arzonga sotilib ketadi. Yana uchinchi toifa odamlar bor. Ularda ham istaklar, zaifliklar va vasvasalar bor. Lekin ular savdolashmaydigan narsalar ham bor. Menimcha, aynan mana shu ichki tayanch. U o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Qadriyatlar bilim orqali shakllanadi, xulq va amallar orqali mustahkamlanadi. Eng qiyini ham shu: to‘g‘ri narsalarni bilish emas, balki ular sizga foyda bermayotgan paytda ham ularga amal qilib yashash. Shuning uchun jamiyatimizda shuncha ichki ziddiyatlar, oiladagi, yaqinlar bilan, hamkorlar va biznesdagi muammolarni ko‘rayotganimiz ajab emas. Ko‘pincha inson to‘g‘ri gaplarni biladi. Ba’zida ularni juda chiroyli ham aytadi. Lekin qadriyatlarning haqiqiy sinovi ular uchun nimadandir voz kechishga to‘g‘ri kelgan joyda boshlanadi. @chiroylimoliya
1 869
11
رسالة صوتية
1 581
12
An’anaviy bank o‘zining islomiy darchasini moliyalashtirishi mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin asosiy savol pul qayerdan kelganida emas, balki u islomiy darchaga qanday asosda berilganida. Foizsiz qarz, vakala bil-istismar, likvidlikni boshqarishning to‘g‘ri islomiy tuzilmalari — bularning barchasi mumkin bo‘lgan variantlar. Keyin esa undan ham muhimroq masala boshlanadi: hisob-kitob, ajratilganlik va shaffoflik. Chunki an’anaviy bank ichidagi islomiy darcha “qora quti”ga aylanib qolmasligi kerak. Ya'ni mablag‘ qayerdan keldi, qayerga yo‘naltirildi, qanday daromad olindi va bu daromad kimga tegishli aniq ko‘rinishi bo'lishi lozim: . Yangi maqolada quyidagilarni tushuntirdim: - an’anaviy bank islomiy darchani moliyalashtirishi mumkinmi - bu qanday tuzilishi kerak - IFRS nuqtai nazaridan nima sodir bo‘ladi - nega AAOIFI darcha uchun alohida hisobotni talab qiladi - amalda haqiqiy ajratilganlik nimani anglatadi https://mufeed.uz/uz/blog/an-anaviy-bank-o-zining-islomiy-darchasini-moliyalashtirishi-mumkinmi @chiroylimoliya
1 718
13
Nega bizga doim kamdek tuyuladi? Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yashashni xohlaysanmi, ko‘proq pul top. Ko‘proq topdingmi, o‘zingga ko‘proq narsani ravo ko‘rishing mumkin. Keyin yana ko‘proq pul top. Bir qarashda hammasi mantiqli. Men ham inson o‘sishi, ko‘proq daromad topishi va kapital yaratishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bitta muammo bor. Ko‘pincha daromadimiz oshishi bilan ehtiyojlarimiz ham xuddi shunday tezlikda oshib boradi. 15 mln so‘m topardingiz, 12 mln so‘mga yashardingiz. Daromadingiz 25 mln so‘mga chiqdi va negadir endi 22 mln kerak bo‘lib qoldi, ba’zida esa 30 mln ham yetmaydi. Yaxshiroq mashina. Yangiroq telefon. Qimmatroq dam olish. Restoranlarga tez-tez borish. Keyin atrofingizdagi odamlar ham o‘zgaradi va daromadingiz darajasida sizga nimalar “yarashishi” haqida yangi tasavvurlar paydo bo‘ladi. Natijada inson haqiqatdan ham ancha ko‘proq pul topa boshlaydi, lekin qo‘lida qoladigan erkin pul deyarli ko‘paymaydi. Eng qizig‘i, “menga yetadi” degan tuyg‘u ham paydo bo‘lmaydi. Chunki har safar o‘zingizning “yetarli” darajangizga yaqinlashganingizda, u sizdan yana biroz uzoqlashadi... Islomda juda muhim bir tushuncha bor: qanoat, ya’ni Yaratgan sizga bergan narsadan rozi bo‘lish. Ba’zida qanoatni “kamiga rozi bo‘l, ko‘p narsaga intilma” deb tushunishadi. Lekin bu unday emas. Qanoat sog‘lom ambitsiyaning yo‘qligi emas. Kambag‘allik emas. Va albatta, kamroq pul topishga chaqiriq ham emas. Aksincha, ko‘proq daromad toping. Biznes qiling. Investitsiya qiling. Kapital yarating. Lekin shu bilan birga sizga aslida qancha yetarli ekanini tushunishni o‘rganing. Tasavvur qiling, oila 15 mln so‘m daromad topib, 12 mln so‘m sarflardi. Keyin daromadi 30 mln so‘mga chiqdi. Nega endi xarajatlar ham darhol 30–40 mln so‘mgacha oshishi kerak? Agar oilaga normal va komfortli hayot uchun 15–17 mln so‘m yetarli bo‘lsa, qolgan pulni avtomatik ravishda yangi iste’mol darajasiga aylantirish shart emas. Bu investitsiya, jamg‘arma, sadaqa va kelajakdagi moliyaviy erkinligingiz bo‘lishi mumkin. Va aynan shu yerda qanoat faqat ma’naviy fazilat emas. U juda kuchli moliyaviy ko‘nikmaga ham aylanadi. Ichida qanoati bor insonga o‘ziga: “Boshqalarning mashinasi zo‘rroq ekan, deb menga ham yangi mashina kerak emas”, deyish ancha oson. Daromad oshgani uchun har safar iste’mol darajasini ham oshirish shart emas. Muvaffaqiyatli bo‘lib qolganingizni doim boshqalarga isbotlab yurish ham shart emas. Ya'ni boylikdan voz kechish kerak emas. Chunki u juda katta imkoniyatlar beradi: oilani ta’minlash, boshqalarga qaram bo‘lmaslik, investitsiya qilish, odamlarga yordam berish, ish o‘rinlari yaratish, sadaqa qilish. Lekin pul siz uchun ishlashi bilan butun hayotingiz doim o‘sib borayotgan istaklaringiz uchun ishlashi o‘rtasida juda katta farq bor. Shuning uchun, balki shaxsiy moliyadagi eng muhim savollardan biri “Men qancha pul topishni xohlayman?” emas, balki “Menga aslida qancha yetarli?” degan savoldir. Chunki o‘zingiz uchun “yetarli” degan chegarani o‘zingiz belgilamasangiz, uni siz uchun reklama, atrofingizdagi odamlar va nafsiingiz belgilaydi. Ularning javobi esa deyarli har doim bitta: “Yana ozgina.” @chiroylimoliya nafsingizni jilovlang
11 454
14
JOB ANNOUNCVEMENT Executive Opportunity: Chief Business Officer (CBO) — Open Bank We are hiring a Chief Business Officer (CBO) to build and scale Central Asia's first mobile-first, Shariah-compliant digital bank in Tashkent, Uzbekistan! Role Overview: Location: Tashkent, Uzbekistan (Full relocation supported) Reporting to: CEO Scope: Full P&L ownership (Retail, SME, Corporate), digital acquisition, Shariah products (Murabaha, Ijara, Sukuk), and BNPL ecosystem partnerships. Requirements: 12+ years in banking with 4–5+ years in senior executive leadership (C-suite/MD/Group Head). Proven track record scaling digital or Islamic banking franchises (e.g., Maybank Islamic, Bank Islam). Fluent English. @chiroylimoliya
2 515
15
رسالة صوتية
2 258
16
رسالة صوتية
2 545
17
Assalomu alaykum, Ko‘pchilik so‘rovnomani to‘ldirdi, rahmat! Lekin mahsulotni siz uchun haqiqatan ham sifatli va foydali qilishimiz uchun, iltimos, hali to‘ldirmaganlar ham qatnashing. So‘rov juda qisqa. Lekin iltimos, shunchaki belgilab chiqish uchun emas, har bir savol ustida bir oz o‘ylab, o‘zingizning haqiqiy fikringizni yozing. Sizning javoblaringiz mahsulotning qanday bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi.
2 990
18
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Biz hozir Islom moliyasi bo‘yicha yangi kurs ustida ishlayapmiz. Lekin bu kursni shunchaki n
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Biz hozir Islom moliyasi bo‘yicha yangi kurs ustida ishlayapmiz. Lekin bu kursni shunchaki nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirishni xohlamaymiz. Kurs aynan sizga kerak bo‘lgan bilim, real savollar va kundalik moliyaviy ehtiyojlarga javob berishini istaymiz. Shu sababli qisqa so‘rovnoma tayyorladik. Unda: — hozirgi faoliyatingiz; — Islom moliyasi bo‘yicha bilim darajangiz; — bu yo‘nalishni o‘rganishdan maqsadingiz; — sizga qulay bo‘lgan o‘qish formati haqida bir nechta savol bor. ⏱️ So‘rovnomani to‘ldirishga 3–4 daqiqa kifoya. Sizning javoblaringiz kursni shakllantirishda bizga katta yordam beradi. 🎁 Formani to‘liq to‘ldirgan ishtirokchilarga maxsus instrumentimizni taqdim qilamiz. 👇 So‘rovnomani quyidagi havola orqali to‘ldiring: 🔗 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdXcck7tAbHHnDTTZepI6KNlqWkNw8wmZio8l_lS4-F1JLFsA/viewform
2 857
19
Assalomu alaykum hammaga ! Faraz Adamning foydali postini tarjimasi Agar mijozingiz siz unga nima sot'yatganizni aniq tushunmasa, demak, nimadadir allaqachon muammo bor. Islomiy moliyaning eng asosiy tamoyillaridan biri bu rostgo'ylik. Lekin u nima bilamizmi ? Rostgo'ylik hech qachon marketing shiori bo‘lmasligi kerak — u bozor tamoyiliga aylanishi kerak. Nega? ✅ Rostgo'ylik nizolarni kamaytiradi. ✅ Bitimlardagi ortiqcha to‘siq va noqulayliklarni kamaytiradi. ✅ Bir tomon ikkinchi tomon bilmagan narsadan foydalanib, manfaat ko‘rishi imkoniyatini kamaytiradi. ✅ Va oxir-oqibat, ishonchni shakllantiradi. Oddiygina mahsulot sotish misolini olaylik. Agar sotuvchi mahsulotdagi nuqsonlarni ochiq aytishi, mahsulotni to‘g‘ri tavsiflashi hamda muhim ma’lumotlarni yashira olmasligi kerak bo‘lsa, muhim bir jarayon yuz beradi. Sotuvchining sifatsiz mahsulotlarni bozorga olib chiqishga bo‘lgan rag‘bati kamayadi. Bozorda sifatli mahsulotlar ko‘proq aylanadi. Mijozlar yaxshiroq va ongliroq qarorlar qabul qiladi. Ishonch ortadi. Natijada butun bozor yutadi. Islomiy moliya ham xuddi shunday ishlashi kerak: ▪️ Risklar haqida ochiq gapirish. ▪️ Komissiya va to‘lovlarni ochiq ko‘rsatish. ▪️ Narx qanday shakllanganini tushunarli bayon qilish. ▪️ Aktiv kimga tegishli ekanini ochiq aytish. ▪️ Daromad qanday shakllanishini tushuntirish. ▪️ Ishlar kutilganidek ketmasa, nima bo‘lishini ochiq tushuntirish. ▪️ Mijoz aslida nima uchun to‘layotganini aniq ko‘rsatish. Hatto boshqa bir mahsulot sizga ko‘proq daromad keltirishi mumkin bo‘lsa ham, ushbu mahsulot haqiqatan ham mijozga mos keladimi yoki yo‘qmi — bu borada ham rostgo'y bo‘lish kerak. Islomiy moliya maksimal darajadagi shaffoflikka intilishi kerak. Mijoz siz undan qanday daromad olayotganingizni tushunish uchun shartnomani satrma-satr tahlil qilishi, 40 betlik mayda yozuvlarni o‘qishi yoki murakkab moliyaviy formulalarni tushunishi shart emas. U bitimning mohiyatini tushuna olishi kerak: Menga nima tegishli? Men qaysi manfa'atni sotib olyapman? Men nima uchun to‘layapman? Nega aynan shuncha to‘layapman? Riskni kim o‘z zimmasiga oladi? Agar ishlar kutilganidek ketmasa, nima bo‘ladi? Agar biz bu savollarga aniq va tushunarli javob bera olmasak, o‘zimizga bir savol berishimiz kerak: nega? Chunki shaffoflik ba’zan bugun bitta bitimdan ayrilishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo noaniqlik va yashirinlik sizga yillar davomida shakllangan ishonchni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Ishonch esa har qanday moliyaviy tashkilot ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng qimmatli kapital shakllaridan biridir. Islomiy moliya mijoz tushunmaydigan narsadan hech qachon daromad olmasligi kerak. @chiroylimoliya
2 202
20
رسالة صوتية
2 300