Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
رفتن به کانال در Telegram
Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali Murojaat uchun: https://t.me/csti_murojaat_bot
نمایش بیشتر4 194
مشترکین
+324 ساعت
+27 روز
+3630 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+39
در 8 کانالها
اوت '26
+276
در 4 کانالها
Get PRO
ژوئیه '26
+110
در 8 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+171
در 9 کانالها
Get PRO
مه '26
+127
در 8 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+92
در 16 کانالها
Get PRO
مارس '26
+173
در 14 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+163
در 24 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+177
در 30 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+1 130
در 18 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+186
در 23 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+130
در 11 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+153
در 15 کانالها
Get PRO
اوت '25
+76
در 9 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+61
در 8 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+72
در 7 کانالها
Get PRO
مه '25
+143
در 14 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+156
در 27 کانالها
Get PRO
مارس '25
+186
در 47 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+262
در 36 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+164
در 20 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+125
در 11 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+127
در 9 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+167
در 17 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+118
در 18 کانالها
Get PRO
اوت '24
+174
در 44 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+72
در 25 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+96
در 16 کانالها
Get PRO
مه '24
+162
در 32 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+225
در 20 کانالها
Get PRO
مارس '24
+114
در 16 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+407
در 106 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+266
در 28 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+55
در 9 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+103
در 15 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+97
در 14 کانالها
Get PRO
سپتامبر '23
+1 142
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '23
+86
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '23
+152
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '23
+56
در 0 کانالها
Get PRO
مه '23
+1 095
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '23
+82
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '23
+75
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '23
+198
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '23
+1 157
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '22
+117
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '22
+135
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '22
+132
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '22
+195
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '22
+26
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '22
+79
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '22
+399
در 0 کانالها
Get PRO
مه '22
+1 701
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '22
+29
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '22
+62
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '22
+33
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '22
+47
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '21
+37
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '21
+32
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '21
+93
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '21
+94
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '21
+146
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '21
+151
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '21
+220
در 0 کانالها
Get PRO
مه '21
+310
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 14 سپتامبر | +1 | |||
| 13 سپتامبر | +5 | |||
| 12 سپتامبر | +9 | |||
| 11 سپتامبر | +3 | |||
| 10 سپتامبر | +2 | |||
| 09 سپتامبر | +3 | |||
| 08 سپتامبر | +1 | |||
| 07 سپتامبر | +1 | |||
| 06 سپتامبر | +3 | |||
| 05 سپتامبر | +3 | |||
| 04 سپتامبر | +1 | |||
| 03 سپتامبر | +3 | |||
| 02 سپتامبر | +3 | |||
| 01 سپتامبر | +1 |
پستهای کانال
#internship
🇨🇳 USTC Research Internship — Xitoyda ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyati
University of Science and Technology of China (USTC) xorijiy talabalar uchun 3 oydan 1 yilgacha davom etadigan Research Internship dasturini taklif qilmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar USTC laboratoriyalarida professorlar rahbarligida ilmiy tadqiqot loyihalarida qatnashish va amaliy tajriba orttirishlari mumkin.
Kimlar uchun?
⚫️ Xitoy fuqarosi bo‘lmaganlar;
⚫️ 18–40 yoshdagilar;
⚫️ bakalavriatning 3–4-kursi, magistratura yoki doktoranturada kunduzgi ta’lim olayotgan talabalar;
⚫️ ingliz tilini yaxshi biladigan talabalar.
Moliyalashtirish:
🔊 USTC Fellowship A darajasi:
— kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi;
— tibbiy sug‘urta;
— universitet yotoqxonasi;
— oylik stipendiya:
• bakalavr — 2 500 RMB;
• magistratura — 3 000 RMB;
• PhD — 3 500 RMB.
Shuningdek, B daraja doirasida kontrakt, sug‘urta va yotoqxona, C daraja doirasida esa faqat kontrakt to‘lovi qoplanadi.
Talab etiladigan hujjatlar: CV, o‘qish joyidan ma’lumotnoma, Study Plan, akademik transkript, pasport nusxasi va kamida bitta tavsiyanoma.
🗓 Oxirgi muddat: 30-sentyabr, 2026-yil
📍 Manzil: Xefey shahri, Anxoy provinsiyasi, Xitoy
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://grantgo.uz/grant/ustc-research-internship-xitoyda-toliq-moliyalashtiriladigan-ilmiy-tadqiqot-amaliyot-dasturi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
| 2 | 🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:23 – Sun’iy intellekt qarishni sekinlashtiruvchi dori yaratishga yordam berdi;
01:02 – ChatGPT Astra muhandislik loyihalash uchun batafsil CAD modellarini yaratadi;
01:34 – OpenAI 90 yildan beri yechilmay kelgan matematik masala bo‘yicha yechim taqdim etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 417 |
| 3 | #InnoWeek_2026
InnoWeek-2026 doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kuni” forumi o‘tkaziladi
Turkiy davlatlar o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va o‘zaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda InnoWeek-2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar haftaligi doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyati hamkorligida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kuni” forumi o‘tkazilishi belgilangan.
Forumning asosiy maqsadi — turkiy davlatlar o‘rtasida fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni natijaga yo‘naltirilgan va amaliy platformaga aylantirish.
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 366 |
| 4 | #science_interview
O‘zbek olimlari tutqanoqqa qarshi yangi ishlanma yaratdi ⚗️
Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, PhD Sanoyev Zafar Isomiddinovich rahbarligidagi olimlar jamoasi tutqanoqqa qarshi epitriazolin nomli yangi substansiyani yaratdi.
30 ga yaqin geterohalqali birikma orasidan tanlab olingan epitriazolinning optimal sintez texnologiyasi ishlab chiqilib, klinik oldi tadqiqotlari yakunlandi. Tadqiqotlarda uning tutqanoqqa qarshi faolligi va tahminiy ta’sir mexanizmlari o‘rganildi.
Natijalarga ko‘ra, epitriazolin keng terapevtik ta’sirga ega bo‘lib, karbamazepin va Konvuleksga nisbatan 1,5–2 barobar kam zaharli ekani aniqlandi.
🎞️ Loyiha qanday yaratilgani va uning imkoniyatlari haqida batafsil — YouTube'da
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 698 |
| 5 | #internship
🇺🇸 Fulbright Visiting Scholar Program — AQSHda tadqiqot olib borish imkoniyati
Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va tajribali mutaxassislar uchun AQSHda to‘liq moliyalashtiriladigan ilmiy faoliyat imkoniyati.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟠 PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar yoki kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar;
🟠 Fulbright Junior Faculty yo‘nalishi uchun OTMda kamida 3 yillik to‘liq stavkali o‘qituvchilik tajribasiga ega mutaxassislar.
✅ Dastur doirasida AQSHdagi universitet va ilmiy muassasalarda 3–5 oy davomida tadqiqot olib borish yoki ma’ruza/o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin. Junior Faculty yo‘nalishida esa dastur bir semestrgacha davom etadi.
Dastur doirasida:
🟧 borib-kelish xarajatlari;
🟧 moliyaviy ta’minot;
🟧 tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq imtiyozlar qoplanadi.
📅 Ariza topshirish muddati: 20-sentyabr, 2026-yil.
➡️ Batafsil ma’lumot: https://uz.usembassy.gov/fulbright-visiting-scholar-program/
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 3 710 |
| 6 | #InnoWeek_2026
⌛ InnoWeek–2026’ga tayyormisiz?
27–29-oktabr kunlari CAEx’da innovatsiyalar, yangi g‘oyalar va texnologiyalar bir maydonda jamlanadi.
InnoWeek’da ishtirok etish va innovatsion mahsulotingizni Inno Market orqali taqdim etish uchun quyidagi havolalardan foydalaning:
⏺ InnoWeek’da qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
👉 https://t.me/cntiuz/5226
⏺ Inno Market’da mahsulotingizni joylashtirish:
👉 https://t.me/cntiuz/5274
Sizni InnoWeek–2026’da kutamiz! 😉
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 1 051 |
| 7 | #Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!
00:12 – Yer va Oy o‘rtasida “lazer ko‘prigi” yaratildi;
00:51 – Mushaklarni mashqsiz faollashtirishning yangi usuli;
01:35 – Fotobatareya quyosh va xona yorug‘lig‘idan quvvat oladi;
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 588 |
| 8 | #foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Kutib oling, sun’iy intellektning yangi avlodi — GPT-6 Astra 🤖
Sun’iy intellekt endi shunchaki savollarga javob berish bilan cheklanmayapti.
OpenAI tomonidan taqdim etilgan GPT-6 Astra murakkab vazifalarni tushunish, ularni bosqichma-bosqich rejalashtirish va mustaqil bajarishga yo‘naltirilgan yangi avlod AI modeli.
Astra yordamida:
🔘 ilmiy tadqiqotlar uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
🔘 muhandislik va dasturlash masalalarini yechish;
🔘 turli raqamli vositalar va dasturlar bilan ishlash;
🔘 murakkab tahliliy va ijodiy vazifalarni bajarish mumkin.
🌐 Rasmiy ma’lumot: OpenAI — GPT-6 Astra
Bu kabi texnologiyalar sun’iy intellektning oddiy axborot yordamchisidan ilmiy va texnologik jarayonlarda faol ishtirok etuvchi intellektual vositaga aylanayotganini ko‘rsatadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 662 |
| 9 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi — BMT mashhur Merkator proyeksiyasidan voz kechishga qaror qildi
Ushbu proyeksiya XVI asrda tuzilgan bo‘lib, hozirgacha darslik va turli xizmatlarda qo‘llanib kelinadi. Uning asosiy muammosi shundaki, mamlakat ekvatordan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, u haqiqiy o‘lchamidan shunchalik kattaroq ko‘rinadi. Masalan, odatiy xaritada Grenlandiya deyarli Afrika bilan tengdek ko‘rinadi. Lekin, Afrika undan taxminan 14 barobar katta.
Bu o‘zgarish tashabbuskorlari aynan Afrika mamlakatlari bo‘ldi — ularning fikricha, eski xarita qit’a hajmi haqidagi tasavvurni jiddiy buzib ko‘rsatadi. Yangi xaritalar yaqin yillar ichida paydo bo‘la boshlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 710 |
| 10 | #diqqat_tanlov
✅ “Bo‘lajak olim” tanlovi boshlandi!
“InnoLab” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!
⚫️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki uni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi;
1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi.
⚫️Muddat va tartib
Arizalar startup.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yilning 2-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 601 |
| 11 | #InnoWeek_2026
Inno Market’da mahsulotingizni qanday joylashtirish mumkin?
✅ Innovatsion mahsulotingiz bormi? Uni InnoWeek doirasida keng auditoriyaga taqdim eting!
Inno Market platformasi orqali tashkilotlar o‘z innovatsion mahsulotlarini joylashtirib, ularni xaridor va hamkorlarga taqdim etishlari mumkin.
✅ Tashkilotingizni ro‘yxatdan o‘tkazing, mahsulot haqidagi ma’lumotlarni kiriting va uni platformaga joylashtiring.
➡️ Mahsulotni joylashtirish tartibini bilish uchun videoqo‘llanmani tomosha qiling.
⚫️ innomarket.uz
✅ InnoWeek–2026 — innovatsiyangizni namoyish etish, yangi hamkorlar topish va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish maydoni.
📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 667 |
| 12 | 🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Muhandislik sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:24 – Muhandislar suzuvchi titan konstruksiyani ishlab chiqdi;
00:56 – BYD uylar uchun quyosh elektr stansiyalarini taqdim etdi;
01:35 – Issiqlik yordamida ishlaydigan yangi sovutish tizimi yaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 668 |
| 13 | #Ijtimoiy_rolik
🗣Ilm avvalo, halollik, vijdon va mas’uliyat!
Birovning ilmiy g‘oyasi, tadqiqoti yoki natijasini o‘z nomingizdan taqdim etish — oddiy xato emas. Bu ilmiy mehnatga, muallif huquqiga va ilm-fanning o‘ziga nisbatan hurmatsizlikdir.
Haqiqiy olim o‘zgalar mehnatiga da’vo qilmaydi. U o‘z izlanishi, o‘z g‘oyasi va o‘z mehnati bilan ilmga hissa qo‘shadi. Chunki ilmda eng katta yutuq natija emas, unga halol mehnat bilan erishishdir.
⏺O‘zganning ilmiy mehnatiga da’vogarlik qilmang! Ilmda halol bo‘ling!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 575 |
| 14 | Ilmiy g‘oyadan — amaliy texnologiyagacha
Pekindagi Chjunguanchun ko‘rgazma markazi — Xitoyning zamonaviy ilmiy-texnologik yutuqlarini namoyish etuvchi yirik platformalardan biri.
2026-yilgi doimiy ekspozitsiyada 350 dan ortiq tashkilotning 560 dan ziyod texnologiya va mahsulotlari namoyish etilmoqda. Ular orasida sun’iy intellekt, robototexnika, yuqori texnologiyali tibbiyot, aqlli ishlab chiqarish va boshqa ilg‘or yo‘nalishlardagi ishlanmalar mavjud.
Ekspozitsiyaning eng qiziqarli jihati — texnologiyalarni shunchaki ko‘rish emas, balki ularning amaliy imkoniyatlari va real hayotdagi qo‘llanilishini interaktiv formatda kuzatish mumkinligidir.
Bu yerda ilmiy g‘oya qanday qilib innovatsion mahsulot va amaliy yechimga aylanishini yaqindan ko‘rish mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 1 930 |
| 15 | #InnoWeek_2026
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?
Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.
🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!
Bu yerda siz:
🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.
🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 590 |
| 16 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🇺🇿 O‘zbekiston — «Yil mamlakati»: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda
O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi.
StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston «Country of the Year 2026» — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.
📈 Global reytingdagi dinamika:
— 2023-yil — 111-o‘rin
— 2024-yil — 110-o‘rin
— 2025-yil — 98-o‘rin
— 2026-yil — 79-o‘rin
Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi.
Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi.
Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi.
Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan.
✅ 227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi.
➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026.
StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 646 |
| 17 | Merosni asrashda kosmik texnologiyalar 🛰
“Ochiq fan siyosati va amaliyoti” xalqaro treningi doirasida Pekin shahridagi HIST — Tabiiy va madaniy meros uchun kosmik texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
2011-yilda tashkil etilgan markaz tabiiy va madaniy merosni o‘rganish, monitoring qilish hamda muhofaza etishda kosmik texnologiyalardan foydalanishga ixtisoslashgan. Markazda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, masofadan zondlash va geofazoviy ma’lumotlar asosida hududlardagi o‘zgarishlarni aniqlash, meros obyektlarining holatini baholash va ularni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar qo‘llaniladi.
Tashrif davomida kosmik texnologiyalar, ilmiy ma’lumotlar va raqamli yechimlarning tabiiy va madaniy merosni o‘rganish hamda asrashdagi amaliy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 718 |
| 18 | Doktoranturaga qabulda yangi yondashuv: maqsad — yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash
Joriy yil 15-sentabrdan 2027-yil I choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga — mustaqil izlanuvchilik, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul boshlanadi.
E’tiborli jihati ustuvor yo'nalishlarga oid ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha qabul kirish imtihoni orqali emas, ilmiy-tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qo‘yiladigan talablar oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Yangi yondashuvning mohiyati shundaki, doktorantura endi faqat ilmiy darajaga erishish bosqichi emas, balki aniq ilmiy muammoni tadqiq etish va yangi ilmiy natija yaratishga qaratilgan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu esa izlanuvchidan maqsad, tadqiqot yo‘nalishi va ilmiy natijani oldindan aniq belgilashni talab etadi. Natijada ilmiy ish nafaqat dissertatsiya himoyasi uchun, balki soha rivojiga xizmat qiladigan amaliy va nazariy qiymatga ega tadqiqotga aylanishi uchun zamin yaratiladi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 569 |
| 19 | #sana
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak! 🇺🇿
Ilmiy-texnik axborot markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz qalbi xotirjam, kelajagimiz esa yanada porloq bo‘lsin.
Mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyoti, ilm-fan va innovatsiyalar rivoji yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 761 |
| 20 | #InnoWeek_2026
Innoweek doirasida yetakchi olimlar va faol mualliflar taqdirlanadi
InnoWeek — Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida xalqaro ilmiy-nashriyot va bibliometrik bazalarda yuqori natijalarga erishgan olim va izlanuvchilarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Taqdirlash nominatsiyalari
2025-yil yakunlari bo‘yicha quyidagi ikki asosiy nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi “Yilning eng yetakchi muallif”» — 2025-yilda ilmiy maqolalari eng yuqori iqtibos ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan muallif.
“Yilning eng faol noshiri” — 2025-yilda xalqaro ilmiy bazalarda eng ko‘p ilmiy nashrlarni amalga oshirgan muallif.
G‘oliblar har bir fan sohasi kesimida, har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan aniqlanadi.
Saralash mezonlari
Tanlovda xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan keng qo‘llaniladigan Scopus va Web of Science (WoS) ma’lumotlar bazalaridagi ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi.
Scopus xalqaro bazasida — 27 ta fan sohasi;
Web of Science (WoS) xalqaro bazasida — 10 ta fan sohasi bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan mualliflar saralab olinadi.
Muhim shart
Tanlov davrida ilmiy ishlari retsenziya jarayonida salbiy holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki maqolalari retraktsiya qilingan mualliflar tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Mazkur taqdirlash ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishayotgan olimlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy nashrlardagi faollikni rag‘batlantirish hamda mamlakatimiz olimlarining jahon ilmiy hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ilm-fan taraqqiyoti — yuksak natijalar va xalqaro e’tirofdan boshlanadi!
InnoWeek — innovatsiya, ilm-fan va yangi g‘oyalar maydoni!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 909 |
