Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
الذهاب إلى القناة على Telegram
Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali Murojaat uchun: https://t.me/csti_murojaat_bot
إظهار المزيد4 360
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+127 أيام
+15730 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أكتوبر '26أكتوبر '26
أكتوبر '26
+58
في 5 قنوات
سبتمبر '26
+236
في 12 قنوات
Get PRO
أغسطس '26
+276
في 4 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+110
في 8 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+171
في 9 قنوات
Get PRO
مايو '26
+127
في 8 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+92
في 16 قنوات
Get PRO
مارس '26
+173
في 17 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+163
في 25 قنوات
Get PRO
يناير '26
+177
في 31 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+1 130
في 19 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+186
في 25 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+130
في 13 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+153
في 15 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+76
في 9 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+61
في 8 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+72
في 7 قنوات
Get PRO
مايو '25
+143
في 14 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+156
في 27 قنوات
Get PRO
مارس '25
+186
في 47 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+262
في 36 قنوات
Get PRO
يناير '25
+164
في 20 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+125
في 11 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+127
في 9 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+167
في 17 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+118
في 18 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+174
في 44 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+72
في 25 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+96
في 16 قنوات
Get PRO
مايو '24
+162
في 32 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+225
في 20 قنوات
Get PRO
مارس '24
+114
في 16 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+407
في 106 قنوات
Get PRO
يناير '24
+266
في 28 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+55
في 9 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+103
في 15 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+97
في 14 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+1 142
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+86
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+152
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+56
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+1 095
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+82
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+75
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+198
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+1 157
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+117
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+135
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+132
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+195
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+26
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+79
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+399
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+1 701
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+29
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+62
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+33
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+47
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+37
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+32
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+93
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+94
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+146
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+151
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+220
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+310
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 09 أكتوبر | +5 | |||
| 08 أكتوبر | +9 | |||
| 07 أكتوبر | +8 | |||
| 06 أكتوبر | +12 | |||
| 05 أكتوبر | +6 | |||
| 04 أكتوبر | +3 | |||
| 03 أكتوبر | +4 | |||
| 02 أكتوبر | +3 | |||
| 01 أكتوبر | +8 |
منشورات القناة
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#RASMIY_XABAR
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
| 2 | #Nobel
🌍 Tinchlik, huquq va adolat: 2026-yilgi Nobel mukofoti
2026-yilgi Nobel tinchlik mukofoti Janubiy Afrikalik huquqshunos va inson huquqlari himoyachisi Navanethem (Navi) Pillayga berildi. Norvegiya Nobel qo‘mitasi uning xalqaro huquqni mustahkamlash va tinchlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.
Navi Pillay kim?
1941-yilda Janubiy Afrikaning Durban shahrida tug‘ilgan Navi Pillay faoliyatini huquqshunos sifatida boshlagan. U aparteid davrida irqiy kamsitishga qarshi kurashgan va inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan.
U Janubiy Afrika Oliy sudida, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunaldа hamda Xalqaro jinoiy sudda sudya sifatida faoliyat yuritgan. 2008–2014-yillarda esa BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari lavozimida ishlagan.
Mukofot nima uchun berildi?
Nobel qo‘mitasi Pillayning harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid uchun javobgarlikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini alohida qayd etdi. Uning faoliyati xalqaro huquq institutlarini mustahkamlash va og‘ir jinoyatlar uchun javobgarlik tamoyilini ilgari surish bilan bog‘liq.
Xalqaro huquqning izchil qo‘llanilishi nizolarni huquqiy yo‘l bilan hal etish, inson huquqlarini himoya qilish va tinchlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 383 |
| 3 | #InnoWeek_2026
🇰🇬 Gulzat Isamatova — Qirg‘iziston ilm-fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri “InnoWeek-2026” doirasida bo‘lib o‘tadigan “Turkiy davlatlar ilm-fan va innovatsiyalar kuni” forumida ishtirok etadi.
Forumda turkiy davlatlar o‘rtasida fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni natijaga yo‘naltirilgan va amaliyotga qaratilgan platformaga aylantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatorlar hamda real sektor vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
📍 Manzil: CAEx | Alpha Hall
⏳ Vaqt: 14:30–17:30, 27-oktabr
🔴Ro‘yxatdan o‘tish: innoweek.uz
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 302 |
| 4 | #InnoWeek_2026
Biror imkoniyatni o‘tkazib yuborayotgan bo‘lishingiz mumkin…
Balki, aynan siz izlayotgan g‘oya, bo‘lajak hamkor yoki yangi imkoniyat InnoWeek–2026’da sizni kutayotgandir?
📍 27–29-oktabr | CAEx
🌀 Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: innoweek.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 424 |
| 5 | #InnoWeek_2026
🇺🇿 Shavkat Ayupov — O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti “InnoWeek-2026” doirasida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro ilm-fan kengashi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqaviy ofisining rasmiy ochilish marosimi va mintaqaviy ilmiy muloqot tadbirida ishtirok etadi.
Tadbirda ISCning mintaqadagi yangi ofisi rasman ishga tushiriladi. Shuningdek, mintaqada ilmiy hamkorlik, ilmiy diplomatiya, qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, barqaror rivojlanish hamda ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashuvchi platforma sifatidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari taqdim etiladi.
📍 Manzil: CAEx | Conference Hall
⏳ Vaqt: 11:30–17:00, 27-oktabr
🔴 Ro‘yxatdan o‘tish: innoweek.uz
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 376 |
| 6 | #Nobel
Adabiyot bo‘yicha Nobel: 2026-yil laureati ma’lum
2026-yilgi Nobel mukofoti adabiyot yo‘nalishida kanadalik shoir va yozuvchi Enn Karsonga berildi.
Shvetsiya akademiyasi uni klassik an’analar bilan ijodiy muloqotga kirishib, zamonaviy adabiyot uchun yangi shakllar yaratgan jasur va o‘ziga xos ijodkor sifatida e’tirof etdi.
✍️ Enn Karson ijodining o‘ziga xosligi nimada?
Karson ijodida she’riyat, nasr, esse va tarjima kabi turli janrlar bir-biri bilan uyg‘unlashadi. U qadimgi yunon va rim adabiyoti hamda mifologiyasiga murojaat qilib, ularni zamonaviy insonning his-tuyg‘ulari va hayotiy tajribasi bilan bog‘laydi.
Uning mashhur asarlaridan biri — „Autobiography of Red“. Unda qadimgi yunon mifologiyasidagi Geryon obrazi zamonaviy qahramonning ulg‘ayishi va o‘zligini izlash haqidagi hikoyaga aylantirilgan.
✅ Karsonning ijodi adabiyotdagi an’anaviy janr chegaralarini kengaytirib, qadimiy manbalar va zamonaviy adabiy shakllarni bir asarda uyg‘unlashtirish imkoniyatini namoyon etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 435 |
| 7 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Saudiya birinchi, Oʻzbekiston 88,8 ball: dunyoda raqamli taraqqiyot reytingi eʼlon qilindi
Internetdan foydalanish imkoniyati qanchalik keng? Mobil tarmoqlar qamrovi qanday? Ulanish xizmatlari aholiga qanchalik qulay?
Raqamli infratuzilma rivoji qay darajada?
Bu savollarga javob berishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining (ITU) AKTni rivojlantirish indeksi — IDI muhim xalqaro ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
📊 2026-yilgi natijaga ko‘ra, O‘zbekiston 88,8 ball to‘pladi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 86,5 ball edi.
🔎 88,8 ball qanday shakllangan?
Indeks raqamli ulanishning ikki tomonini baholaydi:
1. Universal ulanish — 88,9 ball
Aholining internet va mobil keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari.
2. Mazmunli ulanish — 88,7 ball
Internet sifati, mobil tarmoqlar qamrovi, foydalanish hajmi hamda ulanishning qulayligi va hamyonbopligi kabi omillar.
📼 Taqqoslash uchun, eng yuqori natija Saudiya Arabistonida — 99,8 ball qayd etilgan.
📍 Nega bu ko‘rsatkich muhim?
Raqamli rivojlanish faqat internetga ulanganlar soni bilan belgilanmaydi. Zamonaviy yondashuvda ulanishning sifati, undan foydalanish imkoniyati va raqamli xizmatlarning aholi uchun amalda qanchalik qulay ekani ham hisobga olinadi.
Shu jihatdan, IDI natijalari mamlakatning raqamli infratuzilmasi va undan foydalanish imkoniyatlarini xalqaro mezonlar asosida baholashga yordam beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 373 |
| 8 | #InnoWeek_2026
🇮🇹 Paolo Tarolli — Padova universiteti professori “InnoWeek-2026” doirasida o‘tkaziladigan “Innovate Together: Xalqaro ilm-fan va innovatsiyalar forumi” tadbirida ishtirok etadi.
Forumda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, ilmiy loyihalar hamda xorijda tahsil olgan vatandosh olimlarning ilmiy faoliyati va yutuqlari muhokama qilinadi. Shuningdek, davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtirilgan loyiha rahbarlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
📍 Manzil: CAEx | Beta hall
⏳ Vaqt: 10:00–13:30, 28-oktabr
🔴Ro‘yxatdan o‘tish uchun innoweek.uz.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 348 |
| 9 | #InnoWeek_2026
🤔 InnoWeek–2026’da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!
Agar siz o‘tgan yili InnoWeek’da ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, qaytadan ro‘yxatdan o‘tishingiz shart emas. Avvalgi telefon raqamingiz va parolingiz orqali shaxsiy profilingizga kirish tartibi bilan videoqo‘llanmada batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Bu yil ham InnoWeek’dagi ishtirokingiz uchun sertifikat olish imkoniyati mavjud. Qiziqqan tadbirlaringizni oldindan tanlab, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
⚪️ InnoWeek 2026: ro‘yxatdan o‘tish
⚪️ Inno Market: ro‘yxatdan o‘tish
InnoWeek–2026’da sizni kutamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va innovatsiyalar haftaligida o‘z ishtirokingizni tasdiqlang.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 684 |
| 10 | #InnoWeek_2026
✅ Yangi g‘oya bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoning eng qimmat aktivlardan biri!
➡️ Har qanday katta biznes, yangi texnologiyalar g‘oyadan yaraladi. Muammoga topilgan samarali yechim esa katta imkoniyatga aylanishi mumkin.
InnoWeek-2026 — yangi g‘oyalarni izlayotganlar uchun eng muhim maydon.
Bu yerda siz:
⚫️ yangi texnologik yechimlar bilan tanishasiz;
⚫️ ilmiy ishlanmalar va startaplarni kashf etasiz;
⚫️ tadbirkorlik uchun yangi g‘oya va yo‘nalishlarni ko‘rasiz;
⚫️ istiqbolli loyihalar mualliflari bilan muloqot qilasiz;
⚫️ yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatasiz.
➡️ Sarmoyadorlar va yangi g‘oyalar mualliflarini bir manzilda jamlovchi InnoWeek-2026 — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi oʻzgarayotgan dunyo uchun zarur innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati.
Balki siz izlayotgan keyingi biznes g‘oyasi aynan shu yerdadir.
🔍 InnoWeek-2026 | 27–29-oktyabr | CAEx
Yangi g‘oyalarni ko‘ring. Yangi imkoniyatlarni kashf eting. Kelajak texnologiyalari bilan bugun tanishing!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 402 |
| 11 | #Nobel
🧪 2026-yilgi Nobel mukofoti kimyo yo‘nalishida
2026-yilgi Nobel mukofoti kimyo yo‘nalishida fransiyalik olim Anri B. Kagan va yaponiyalik olim Kenso Soiga berildi.
Olimlar asimmetrik organik sintezda nochiziqli effektlar va avtokatalizni kashf etgani uchun taqdirlandi.
🔬 Bu kashfiyot nimasi bilan muhim?
Ko‘plab molekulalar bir-birining ko‘zgudagi aksi bo‘lgan ikki xil shaklda mavjud bo‘lishi mumkin. Ular tashqi ko‘rinishidan juda o‘xshash bo‘lsa-da, tirik organizmda ta’siri butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ayrim dori molekulalarining ikki xil «ko‘zgudagi» shaklidan faqat bittasi kerakli davolovchi ta’sirni berishi, ikkinchisi esa samarasiz yoki nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Kagan va Soi tadqiqotlari kimyoviy reaksiyalarni molekulaning kerakli ko‘zgudagi shaklini hosil qilish tomon yo‘naltirish imkonini berdi. Bu yondashuv dori vositalari, xushbo‘y moddalar va yangi materiallarni yaratishda muhim ahamiyatga ega.
✅ Olimlarning ishlari, shuningdek, tirik organizmlarda nega ayrim molekulalarning aynan bitta «ko‘zgudagi» shakli ustun ekanini tushuntirishga yordam berdi. Bu hodisa gomoxirallik deb ataladi va kimyoda bir asrdan ortiq vaqt davomida o‘rganib kelinayotgan masalalardan biri hisoblanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 445 |
| 12 | #InnoWeek_2026
🇦🇿 Hasan Hasanli — Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari “InnoWeek-2026” doirasida bo‘lib o‘tadigan “Turkiy davlatlar ilm-fan va innovatsiyalar kuni” forumida ishtirok etadi.
Tadbir maqsadi: turkiy davlatlar o‘rtasida fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatorlar va real sektor vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash.
📍 Manzil: Alpha Hall
⏳ Vaqt: 14:30–17:30, 27-oktabr
🔴Ro‘yxatdan o‘tish uchun innoweek.uz.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 365 |
| 13 | Ilm-fan va texnologiyalar rivojining ustuvor yo‘nalishlari shakllantirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoniga muvofiq, mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari shakllantirilmoqda.
Bu jarayonda sohaviy vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mamlakatning uzoq muddatli ehtiyojlari, mavjud muammolar va ularning ilmiy-texnologik yechimlari muhokama qilinmoqda.
Ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda ilmiy salohiyat va infratuzilma, xalqaro forsayt tadqiqotlari, ilmiy nashrlar tahlili, soha vakillarining takliflari hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari hisobga olinmoqda.
✅ Ushbu yo‘nalishlar amaliy jihatdan nimani anglatadi?
2027-yildan boshlab davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishning kamida 50 foizi ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, oliy ta’lim, ilmiy va soha tashkilotlari salohiyatini birlashtiruvchi ilmiy klaster loyihalari amalga oshiriladi. Ularni moliyalashtirish hajmi 150 mlrd so‘mgacha yetishi mumkin.
Natijada ilmiy resurslarni strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda jamlash, istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish uchun yanada aniq mexanizmlar shakllanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 544 |
| 14 | #Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!
00:12 – Neuralink ko‘rishni miya orqali tiklamoqchi;
00:44 – Gen tahririni endi ultratovush bilan boshqarish mumkin;
01:19 – Yangi devor qoplamasi havodagi namlikdan elektr ishlab chiqaradi;
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 407 |
| 15 | #InnoWeek_2026
Ilmiy nashr sifati va akademik halollik: xalqaro tajriba bir maydonda
InnoWeek–2026 doirasida “Ilmiy nashriyot madaniyati va akademik halollik” mavzusida forum bo‘lib o‘tadi.
Forumda:
🔘 akademik halollik va ilmiy nashriyot etikasi;
🔘 plagiat, “maqola fabrikalari” va soxta jurnallarga qarshi kurash;
🔘 ilmiy faoliyatni mas’uliyatli baholash;
🔘 sun’iy intellektdan ilmiy faoliyatda foydalanishning akademik va axloqiy jihatlari;
🔘 Open Access va xalqaro nashriyot imkoniyatlari muhokama qilinadi.
✅ Tadbirda DORA, Taylor & Francis va MDPI vakillari ishtirok etib, xalqaro nashriyot amaliyoti va ilmiy tadqiqotlarni baholash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.
Forum professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar uchun ochiq.
🗓 27-oktabr | CAEx | Alpha Hall
➡️ Ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: innoweek.uz
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 355 |
| 16 | #InnoWeek_2026
"InnoWeek.Uz-2026" haftaligiga tobora oz fursat qolmoqda. Yilning eng innovatsion haftaligida ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlaridan ilm-fan va innovatsiyalar, texnologiyalar, startaplar bo'yicha nufuzli mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ular orasida Maria Kristina Russo - Yevropa komissiyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar bosh direktorati (DG RTD) bosh direktorining innovatsiyalar, farovonlik va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ham bor.
Tadbir oldidan bergan intervyusida quyidagilarni bildirdi.
2026-yil 27-oktabr kuni O‘zbekistonning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi Innovatsiyalar forumini tanishtirish men uchun katta mamnuniyatdir.
Mazkur forum o‘ziga xos ilk tadbir bo‘lib, u o‘tgan yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitida Yevrokomissiya Prezidenti hamda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan bildirilgan tashabbuslarga asoslanadi.
Sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma deklaratsiyada davlat rahbarlari "O‘zgarib borayotgan global va mintaqaviy geosiyosiy sharoitda hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish" borasidagi qat’iy majburiyatlarini yana bir bor tasdiqladilar.
Shuningdek, rahbarlar ilm-fan sohasidagi hamkorlikni, jumladan, Horizon Europe dasturi doirasidagi imkoniyatlardan foydalanish orqali yanada kengaytirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Mazkur forum Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi strategik sheriklikni ilm-fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar orqali mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishimizni namoyon etadi.
Bugungi kunda texnologik transformatsiya va global muammolar bizdan yanada yaqin hamkorlik qilishni talab etmoqda. Tadqiqotchilar, universitetlar, innovatorlar, biznes vakillari, startaplar va investorlarni birlashtirish orqali biz ilmiy bilim va salohiyatni amaliy yechimlar, yangi texnologiyalar hamda barqaror iqtisodiy imkoniyatlar va o‘sishga yo‘naltirishimiz mumkin.
Forum muloqot, professional networking, hamkorlarni izlash va investitsiyalar uchun platforma vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo tadqiqotchilari va innovatorlarining Horizon Europe dasturi doirasidagi imkoniyatlardan yanada keng foydalanishiga xizmat qiladi.
Bizning maqsadimiz aniq: ushbu forumni innovatsiyalar sohasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik uchun muntazam platformaga aylantirish va fuqarolarimiz, jamiyatlarimiz hamda iqtisodiyotlarimiz uchun amaliy natijalar beradigan yangi hamkorliklarni shakllantirishdir.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | 324 |
| 17 | #Nobel
🔭 2026-yilgi Nobel mukofoti fizika yo‘nalishida
2026-yilgi Nobel mukofoti fizika yo‘nalishida belgiyalik-amerikalik fizik Frensis Xalzenga berildi.
Olim IceCube neytrino observatoriyasini yaratishga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi va astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarning kashf etilishi uchun taqdirlandi.
📡 IceCube — Antarktidadagi Janubiy qutb yaqinida joylashgan ulkan neytrino observatoriyasi. U taxminan 1 kub kilometr hajmdagi muz qatlamiga o‘rnatilgan minglab yorug‘lik datchiklari yordamida neytrinolarning juda kam uchraydigan o‘zaro ta’sirlarini qayd etadi.
Neytrinolar — elektr zaryadiga ega bo‘lmagan va moddalar bilan juda kam ta’sirlashadigan elementar zarralar. Shu sababli ular koinotning eng uzoq va yuqori energiyali jarayonlari haqida ma’lumot olib kelishi mumkin.
IceCube orqali yuqori energiyali neytrinolarning kosmik manbalarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada olimlar koinotni nafaqat yorug‘lik, balki neytrinolar orqali ham kuzatish imkonini beruvchi yangi astronomiya yo‘nalishini rivojlantirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 1 170 |
| 18 | #nobel
🏅 2026-yilgi Nobel mukofoti: optogenetika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun
2026-yilgi Nobel mukofoti fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishida Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga berildi.
Olimlar yorug‘lik yordamida boshqariladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdirlandi.
Ularning tadqiqotlari yordamida olimlar yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu usul miya faoliyati, xotira, harakat va turli nevrologik jarayonlarni o‘rganishda muhim ilmiy vositaga aylandi.
📼 Optogenetika — hujayralar, xususan, neyronlar faoliyatini yorug‘lik yordamida boshqarish imkonini beruvchi usul. Texnologiya asab tizimining qanday ishlashini chuqurroq o‘rganish va ayrim kasalliklarning mexanizmlarini tadqiq etishda qo‘llanadi.
▶️ Nobel mukofotining rasmiy sayti: Nobel Prize
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 649 |
| 19 | #anjumanlar
2026-yil oktyabr oyida xalqaro va respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro‘yxati
Joriy yilning oktyabr oyida jami 220 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o‘tkazilishi rejlashtirilgan bo‘lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 145 tani, respublika miqyosidagi tadbirlar soni esa 75 tani tashkil qiladi.
🌱https://anjumanlar.uz/ sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud.
📃 Anjumanlar ro‘yxati
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 462 |
| 20 | 🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Astronomiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:22 – Saturn yo‘ldoshida mikroorganizmlar yashay olishi aniqlandi;
00:58 – Starship ilk bor Yer orbitasiga chiqdi;
01:36 – Minglab yulduz va galaktikalarni bir vaqtda o‘rganadigan yangi qurilma.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube | 715 |
