cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

ITSM

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi. • Veb sayt: itsm.uz • E-mail: [email protected] • Facebook: facebook.com/itsc.uz • Instagram: instagram.com/itsm_uz • Twitter: twitter.com/itsm_uz • Linkedin: company/itsmuz

نمایش بیشتر
أوزبكستان20 866زبان مشخص نشده استآموزش46 391
پست‌های تبلیغاتی
1 918
مشترکین
-224 ساعت
-227 روز
-9030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🔶 Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida ish faoliyatini optimallashtirish bo’yicha taqdimot o’tkazildi. 📊 Mazkur taqdimot ITSM rahbari Sh.Djurabayev hamda direktor maslahatchisi A.Haydarov tomonidan o’tkazildi. Xodimlarning ish sifatini oshirish, yangi innovatsion loyihalarni jalb etish, shuningdek, markaz yo‘nalishlarini ko‘paytirishga oid mavzular ko‘rib chiqildi. ✅ ITSM ish faoliyatini optimallashtirish kompaniya rivojlanishiga, uning raqobatbardoshligini oshirishga va innovatsion g‘oyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim jarayondir.
نمایش همه...
👍 3👏 1😁 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎗️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni 9 may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🇺🇿 Siz va sizning yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq va ado bo‘lmas tinchlik tilaymiz! Yurtimiz tinch, doimo osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar! Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi!
نمایش همه...
🎉 3👍 1🔥 1👏 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
🔔Qadrli yurtdoshlar! Qalbimizga shodlik, ko’zimizga nur, dasturxonlarga baraka, oilamizga tinchlik neʼmatlarini olib keluvchi Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 🎊 Ushbu ajoyib va nurga to‘la kunda Sizga va oila a'zolaringizga farovonlik, baxt va barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilab qolamiz.✨ Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi!
نمایش همه...
3🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz yurtdoshlar! Bahor faslining ramziy bayrami Navro‘z bilan Sizni muborakbod etamiz! 🎉 Navro‘z - mehr-muruvvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Ushbu bahoriy yangilanish bayrami munosabati bilan Sizga chin qalbimizdan oilaviy baxt, tinch-totuvlik va farovon hayot tilab qolamiz! Quvonch va baxt-saodat xonadoningizning abadiy mehmoniga aylansin! Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi.
نمایش همه...
🎉 6👍 4👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz, munis va muhtaram opa-singillar! 🌸🎊 Barchangizni 8-mart "Xalqaro xotin - qizlar" bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Xonadoningiz nur va sevinch, mehr va muhabbatga to‘lsin, yaqinlaringiz mehri Sizni aslo tark etmasin! Yuzingizdan tabassum arimasin, hayotingiz turli xil ajoyib sovg‘alarga boy bo‘lsin. Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi.
نمایش همه...
2🎉 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🕯📚Bugun respublikamizda ulug‘ mutafakkir, dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi nishonlanmoqda. ❔Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida bilasizmi? - Alisher Navoiyning ilmga boʻlgan ishtiyoqi erta uygʻonib, 4 yoshida maktabda taʼlim ola boshlagan. - Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tugʻilgan. Uning bobosi Abu Said shoir boʻlgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan. - Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan. - Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. - Navoiy turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.🌐
نمایش همه...
👍 4 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
🎊 Bugun, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi! 📣 Shu munosabat bilan siz, azizlarni o’z hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulug’ ishga bag’ishlagan barcha mard va jasur harbiylarni samimiy muborakbod etamiz. 🎖️ Insoniyatning barcha eng yuksak va kuchli tomonlarini jamlagan holda, bir so’zligingizni, idrok va kuchingizni, ishonchli tirgak va suyanch ekanligizni qadrlaymiz. 🇺🇿 O’z vataningizni va yaqinlaringizni seving, doimo mukammallikka intiling! Sizga ishlaringizga zafarlar, yangi cho’qqilar va har biringizga baxt va oilaviy farovonlik tilab qolamiz! Hurmat bilan, ITSM jamoasi!
نمایش همه...
🎉 6 2
00:12
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Kirib kelayotgan Yangi 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-yil muborak boʻlsin!! 🎊 Bugungi quvonchli kunlarda siz azizlarni, kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🥳 Yangi yil Sizga va oilangizga sog’lik-salomatlik, baxt, tinchlik-xotirjamlik, xursandchilik va yangi imkoniyatlar olib kelsin! 🎉 Kelayotgan yilda oldingizga qoʻygan ulkan maqsadlarga erishishingizda sizga doimo kuch-gʻayrat, omad va zafarlar tilaymiz! 🎓 ”Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” jamoasi!
نمایش همه...
5👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun, 8️⃣-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! 🇺🇿 1992-yilning shu kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamlakatning asosiy Qonuni — mustaqil suveren davlat sifatida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilindi. ✔️ Konstitutsiya O’zbekiston Respublikasining bosh Qonuni hisoblanadi. 🇺🇿 Konstitutsiyamizning yangi tahriri 2023-yil 30-apreldagi referendumda qabul qilinib, 1-maydan kuchga kirdi. U 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan. 🔔 Ushbu muhim Konstitutsiya kuni munosabati bilan barcha O'zbekiston fuqarolarini chin qalbdan tabriklaymiz. Mamlakatimiz rivojlanishda va gullab-yashnashda davom etsin hamda Yurtdoshlarimiz tinchlik va farovonlikda yashasin.🎉 Hurmat bilan, ITSM jamoasi!
نمایش همه...
👍 5🎉 3👏 2
🇺🇿 2023-yil 15-noyabrda “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" O'RQ-878-son Qonuni qabul qilindi. 📚 Ushbu Qonunga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan tanishtirish maqsadida, bugun 7-dekabr kuni, ITSM tomonidan markaz xodimlari uchun targ’ibot tadbiri o’tkazildi. ✅ Tadbir doirasida Qonunning mazmun-mohiyati maxsus tayyorlangan prezentatsiyaga asosan ishtirokchilarga yetkazib berildi.
نمایش همه...
👍 6 1