cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
25 364
مشترکین
-2024 ساعت
-517 روز
+15730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Qiziriq tumaniga tashrif: Migratsiyadagilar bilan onlayn muloqot, loyihalar taqdimoti va "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 16🔥 3 1👏 1
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida videokonferensaloqa orqali migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar hamda Qiziriq tumani Xalqobod mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2041 #Surxondaryo #migratsiya #uchrashuv #taqdimotlar #Sayxunobodtajribasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 27👏 2🔥 1
Jarqo‘rg‘onda "Yangi O‘zbekiston" massivi, Termiz tumanida sanoat zonasi loyihalari va issiqxona, Muzrabotda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 28👏 3 2
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040 #Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 34 2👎 2👏 2🙏 1
📢 Muzrabot tumani aholisi diqqatiga! 📆 Bugun, 11-may kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Muzrabot tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. 📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun telefonlar: (76) 223-54-58; (76) 223-54-67 📲 Telegram: (99) 482-00-77 📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 26 2👏 2
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” avtomobil yo‘liga parallel yo‘nalishda 171 kilometr uzunlikdagi, barcha zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan pulli avtomagistral qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Yakunda tomonlar mutasaddi tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda loyihani qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni boshlashga kelishib oldi. Ma’lumot uchun, “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” Xitoyning yirik kompaniyalaridan birib bo‘lib, o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yuqori sifatli pulli yo‘llarni qurgan. #Surxondaryo #Xitoy #pulliavtomagistral #loyiha #muzokara Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 36🔥 2👏 2🎉 2👎 1
Sanoat zonasida loyihalar taqdimoti, IES qurilishi, ishlab chiqarish hamda mahsulot yetishtirish korxonalari faoliyati bilan tanishuv Kuni-kecha viloyat rahbari Termiz shahri va Angor tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 21🔥 2👏 2
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi mavjud konlar, geologiya qidiruv ishlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi. Shuningdek, Angor tumanida “Stone City Energe B.V” kompaniyasi tomonidan 1500-1600 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi, “Durdona Asila Angor” MChJning polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihasi hamda “Tanovar Surxon” MChJning 13,5 gektarlik issiqxonasida mahsulot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2039 #Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #IES #ishlabchiqarish #issiqxona Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 38👏 3👎 2🙏 2🕊 1
Davlatimiz rahbari "Sayxunobod" tajribasi doirasidagi ishlar hamma hududlarda ham birdek tashkil qilinmayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, 7 ta tuman o‘rganilganda, 17 ta mahallada ishlar sustligi aniqlandi. Yoki, ishga tushgani aytilgan 1 mingdan ziyod xonadondagi mikro-loyihalar joyida o‘rganilganda, 76 tasi yoki 7 foizi o‘z tasdig‘ini topmadi. Shu bois, sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ullar ishdan olingan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 16 2👏 2🕊 1
آرشیو پست ها