Shunchaki...
رفتن به کانال در Telegram
Muallifning yozuvchilikka da'vogarligi yo`q. Barcha hikoyalar - ko'rgan-kechirganlari asosidagi xayolot mahsuli, xulosalari, ijod, ta'bir joiz bo'lsa. Shunchaki yozilgan deb hisoblang-u shunchaki o'qing.. hurmat bilan Zulfiya_R
نمایش بیشتر2 058
مشترکین
-224 ساعت
-97 روز
-6130 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئیه '26
ژوئیه '26
+25
در 0 کانالها
ژوئن '26
+51
در 2 کانالها
Get PRO
مه '26
+96
در 10 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+201
در 9 کانالها
Get PRO
مارس '26
+67
در 4 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+259
در 7 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+103
در 4 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+155
در 12 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+165
در 20 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+195
در 19 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+61
در 5 کانالها
Get PRO
اوت '25
+148
در 18 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+106
در 10 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+84
در 5 کانالها
Get PRO
مه '25
+123
در 8 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+66
در 7 کانالها
Get PRO
مارس '25
+146
در 7 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+90
در 2 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+64
در 4 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+329
در 28 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+135
در 6 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+67
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+87
در 3 کانالها
Get PRO
اوت '24
+182
در 11 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+172
در 14 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+115
در 7 کانالها
Get PRO
مه '24
+145
در 9 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+103
در 10 کانالها
Get PRO
مارس '24
+321
در 14 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+125
در 9 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+75
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+117
در 7 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+106
در 2 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+87
در 3 کانالها
Get PRO
سپتامبر '23
+128
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '23
+119
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '23
+286
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '23
+32
در 0 کانالها
Get PRO
مه '23
+51
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '23
+60
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '23
+110
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '23
+51
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '23
+135
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '22
+163
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '22
+79
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '22
+234
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '22
+149
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '22
+91
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '22
+262
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '22
+105
در 0 کانالها
Get PRO
مه '22
+31
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '22
+19
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '22
+29
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '22
+25
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '22
+366
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 10 ژوئیه | +2 | |||
| 09 ژوئیه | +2 | |||
| 08 ژوئیه | 0 | |||
| 07 ژوئیه | +7 | |||
| 06 ژوئیه | +5 | |||
| 05 ژوئیه | +1 | |||
| 04 ژوئیه | +4 | |||
| 03 ژوئیه | +1 | |||
| 02 ژوئیه | +2 | |||
| 01 ژوئیه | +1 |
پستهای کانال
#alifbo
Alifbodagi o’zgarishga munosabat bildirgim keldi. Avvalo, foydalanuvchi sifatida.
Kirilldan lotinga o’tilganida biz 9-sinf edik. O’shanda bir olim aytgandi nimasi muammo 15-20ta yangi harf o’rganishning?-deb.
Menga ham bu e’tiroz jo’yali tuyulgandi o’shanda. Ammo hali-hanuz qo’lda yozishga va kitob o’qishga kirillni tanlaganimga qaraganda, bir alifbodan boshqasiga moslashish oson emas ekan. Qolaversa, Oybek, Qahhor kabi ijodkorlarning uy-muzeyida ular arab harflarida yozishganining guvohi bo’lgandim.
Endi o’qituvchi sifatidagi kuzatishlarimni aytsam, kirillchada o’qitgan o’quvchilarim ancha savodxon edi. (Haligacha menga yozib qolishsa, matnida xato bo’lmaydi hisob)
Alifbo bilan birgalikda imlo qoidalari ham o’zgardi va bu ham xatolar ko’payishiga olib keldi (нуқтаи назар - nuqtayi nazar, тоғдан-тоққа - tog’dan tog’ga , 1977 йил 3 май - 1977-yil 3-may kabi)
Keyin, alifbo almashishi avlodlarni ikkita frontga ajratdi. Kattalar lotin yozuvidagi matnni o’qiyolmaydi, kichiklar - kirilldagi.
Alifboni o’zgartirar ekan, unda, menga qolsa, quyidagi o’zgarishlarni qilish kerak edi:
1.X va Hni birlashtirish. Arab tilidagi uchta Hni ikkita qilish mumkin-u, bitta qilish mumkin emasmi?
Shakldosh bo’lib qo’yaverardi. (Madayev domla aytgandilar mehnat-ish, mehnat -mashaqqat, ular ilki xil x bilan yoziladi arab harflarida, deb)
2 Tutuq belgisini chiqarib yuborish. Tutuq chapga qaraydimi o’nggami degan ikkilanish barham topardi. (Shundoq ham, mo’’jaz, ta’rix deb yozmayapmiz)
Shu ikkalasining o’zi ancha-muncha imlo xatolaridan qutqarardi odamlarni.
3. Ц ni qaytarish. Chunki qachonbsbqachon ts degan savol ham ko’ndalang turmasdi. Shuningdek, lit- sey deb nega bo’g’in ko’chirilayotganiga izoh kerak.
4. 82ta imlo qoidasini takomillahtirish. Masalan, parvoyim, parvoying yoziladi degan qoidada 3-shaxsda qanday yozilishiga izoh berilmagan. (Parvoyi yoki parvosi?)
5. Ng qachon bitta harf sifatida bo’g’in ko’chiriladi- yu, qachon ajraladi ( de-ngiz, ko’- ngil, ammo alanga, mangu so’zlarida-chi?
Aytmoqchimanki, alifbo ham, imlo qoidalari ham “odamlarga qarab yurishi” kerak, zotan, ulardan maqsad odamlarga yengillik yaratish.
IMHO
@suvaydo
| 2 | #mulohaza
Bolaligimda bitta asardan ta’sirlanib rasm chizdim - manzara.
Dadam rahmatli ko’rib qoldi-da, qo’liga olib astoydil tomosha qildi. Keyin meni imlab chaqirdi-da, suratimni ko’rsatib so’ray boshladi:
- Nimani chizgansan mana bu yerda?
- Qo’ylar. O’tlab yurishibdi.
- A mana bunisi nima?
- Qaldirgoch.
Yana ikki- uch narsaga izoh berganimdan keyin dedi:
- Chizgan rasming sensiz yashay olishi kerak. Har birining orqasidan yurib, mana bu yerda falom narsani tasvirlaganman deb yursang, demak, rasming o’xshamagan bo’ladi.
Rassomchilikni-ku shu bilan yig’ishtirib qo’ya qoldim, ammo hozir Andijon haqidagi taassurotlarimga izoh berishga to’g’ri kelayotganiga qaraganda, men yozishni ham uddalay olmabman.
Odamlar, men andijonlikman, boshqa shaharga borvolib o’zidan elita yasaydigan olifta emasman.
Fe’lim ham anjancha. Samoironiya degan so’z bor ruslarda. Bu o’z kamchiliklaring ustidan yengil hazil qilish degani.
Taassurotlarim ham ana shunaqa uslubda edi. (Har holda, men shunday fikrdaman)
Qutlibeka aytganiday, xalqimga muhabbatim farzand yoki oshiqnikiday emas, do’stnikiday..
Gapni gapir uqqanga..
@suvaydo | 558 |
| 3 | #anjan
Oxirgi taassurotni yozay, shu bilan bu mavzuni yopamiz.
Andijonda aksariyat odam izzattalab.
Jimitday bolaga
- Nodir, deb murojaat qiling, u - Nodirbek, deb to’g’rilaydi. Sensirab ko’ring, sizga javob bermaydi.
Jiyanimning o’g’lini ovqatga chaqirsak, yumshoq ohangda chaqirishimiz kerakligi aytdi )))
Bir taksichi yo’l chetidagi motosiklchini ko’rmay qolib, yaqinlashib, undan mashinani olib qochib to’xtagandi,motosiklchi atay keldi oldimizga
- Uzr aka, ko’rmay qopman.
- Ko’zmi bu? Qag’ga to’xtayapsiz?
Bizning haydovchi qo’lini ko’ksiga qo’yib qayta kechirim sp’ragachgina ketdi.
Hamma bir -biriga qo’pollik qilgan holda, yaxshi muomala talab qiladi.
Ajjoyib
@suvaydo | 593 |
| 4 | #anjan
G’alati paradoks: shuncha qo’polligiga qaramay, namoz o’qimaydigani yo’q.
O’zaro suhbatlarda angladimki, hamma farzandiga Qur’on yodlatishga harakat qiladi. Odamlar necha pora yodlagani haqidagi izoh bilan tanishtiriladi.
Keksalar davrasida go’zal duolarni eshitasiz.
Oxirgi ziyofatda hadis va Qur’ondan parchalar keltirildi. O’tgan insonlarning fazilatlari yodga olindi. Va nihoyat, chiroyli suhbat bo’lyapti, deb o’tirganimda, kutilmaganda menga qarab g’alati alqov yangradi. So’zma-so’z aytolmayman-u, ammo maqtagannamo haqorat qilishni biznililar boplaydi.
- O’zi qora bo’lsa ham yoqimtoygina
- Bolalariz chiroyli ekan, kimga o’xshaydi?
kabilar oddiy gap..
@suvaydo | 590 |
| 5 | #anjan
Andijondan qaytish poyezdini ko’rib yengil tortdim, rosti.
Shu 5 kun ichida qulog’im vulgarizmlarga to’ldi.
- Anov horami (haromi ya’ni), iplos deb gapiriladi salbiy munosabatdagi odam haqida
- Voy yetiiim, dedi bittasi qoyil qolganini bildirish uchun (voy yaramas ma’nosida taxm.)
- B. bormidi, he molga o’xshame, ho’lto’shak (so’tak ma’nosida), jodigar ( ayolga nisbatan) va hk so’z va iboralarni naq anjancha ohang bilan eshitaverib .. qochib ketgim keldi.
@suvaydo | 599 |
| 6 | #anjan
Yana bir taksichi. Bunisi juda sersavol va beposand gaporadigan va ustiga ustak,farosatsiz qishloqdosh bo’lib chiqdi. Ayamni savolga tutdi:
- Uyilarda kim yashedi o’zi?
- Anov o’g’liz ko’rinme qoldi qag’da yuribdi? Nima ish qiladi o’zi?
- Bir 80lardan oshgandirsiz-a?
Ayam iloj boricha yumshoq javob berishga harakat qildi. Sening nima ishing bor degim keldi rosa, lekin chidadim.
@suvaydo | 613 |
| 7 | #anjan
Davomi..
Qoq tush. Issiiiiq. Yandex comfort chaqirdim. Onix keldi. Uch dugona o’tirsak, salon ichi dim.
- Konditsioner yoqa olasizmi?
- Yo’q.
- Men atay komfort chaqirgandim konditsioner bor deb.
- Komfortda yo’q konditsioner!
- Nega?
Haydovchining ensasi qotdi:
- Opalar, tushvolorilar, boshqa chaqirorilar!
Shunday qilishga to’g’ri keldi.
@suvaydo | 618 |
| 8 | #anjan
Xullas, Andijon safarim ham qarib-qartaydi.
Yaxshi tomoni: ota uyimda bo’ldim, tanish manzalarni ko’rdim, qarindoshlar, kursdoshlar bilan diydorlashdim.
Eng asabiylashtirgani esa har qadamda uchraydigan anjancha qo’pollik bo’ldi.
Vaholanki, ruhan tayyorlab kelgandim o’zimni, ammo taksichi erkaklarning muomalasiga toqat qilib bo’lmaydi.
Taksi-1.
Salonda ter hidi. Nafas olib bo’lmaydi
Taksi-2
Aytilgan manzil qolib boshqa yoqqa tashlab ketibdi. Tushsam, mutlaqo boshqa kitob do’koni
Taksi-3
Hilolnashr do’koni saytida yozilganiday O’zbekiston 6A uy manziliga borsak, binoning orqasi-mahalla ichiga kirib ketib qoldi. Keyin bilsak, 6Ada emas 5-uyda ekan. Taksichi belgilangan joyda qoldiraman deb turib oldi.
- Ha endi opa, siz qayag’di belgilagan bo’sez ashetga apleldim-ta.
Iltimosga ko’nmadi, 73 yoshli onam bilan piyoda qidirmaylik desam,
Meni boshqa kiliyentim kutyapti dedi
Xullas, besh ming qo’shib beraman dedim va 200 metrga olib borib qo’yadigan bo’ldi.
Kamigaaa do’konga kirib bildimki, telefonim mashinada qolib ketibdi. Ayamning telefonidan qo’ng’iroq qildim- o’chirilgan. 4- urinishdan keyin gudok ketdi. 7-sida ko’tardi. O, bu qo’pollikni harflar bilan yetkazolmayman:
- Alyooo, ha!
- Telefonim qopketibdi mashinangizda.
- Ha, tashab ketibsiz. Endi men qachan bo’shasam ashinda oborberaman!
- Uzr-u, kun bo’yi kutolmayman do’konda axir.
- Odamimi tushirvole boraman 15 minutda.
15 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qildim:
- E men o’tib ketib bo’ldim. Nimaga yo’l chetida turmadiz
- Havo judda issiq shunga do’kon ichidan qarab turgandim, mashina to’xtashi bilan chiqaman degandim. Qaysi do’konda qoldirganingizni bilasiz, nega to’xtamadingiz?
- Men ketdim Hakanga, endi kutasiz!
Yana pul va’da qildim va 20 daqiqada keldi.
- Necha pul bo’ladi?
Negadir xursaand, tantana qilgan odam qiyofasida 50 ming,-dedi.
Pulni olarkan:
- O’zi qag’ga ketyato’dila, oborib qo’yaman.
Rahmat aytib boshqasini chaqirdim.
Bunisi har tugul jim olib borib qo’ydi.
@suvaydo | 681 |
| 9 | Videoni ko’ring, fikrlaringizni video ostiga yozib qoldiring )) | 1 246 |
| 10 | “Unutilmas mutaxassis boʻling” — pedagog Zulfiya Rashidova tavsiyalari
Yoshlarga tavsiya beruvchi “Sening yoshliging menda boʻlsaydi…” nomli loyihamizning navbatdagi mehmoni — pedagog Zulfiya Rashidova.
U 2001-yildan beri maktab va litseylarda ona tili va adabiyot fanidan dars berib keladi. “Ustoz – 2020” milliy tanlovi gʻolibi. YouTubeʼdagi “Hammabop oʻzbek tili” kanali asoschisi.
Toʻliq videoni Gazetaʼning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
📺 Video: https://youtu.be/bb5tr1IL2Cw?si=cvA4WG0NmMESyFma
Telegram | Instagram | YouTube | 1 145 |
| 11 | #xulosa
Poyezdda kela turib, O'lmas Umarbekovning hikoyalaridan o'qib keldim. Deyarli hammasida "yarimta" haqida so'z bor. Mehmon kelsa, xafa bo'lsa, xursand bo'lsa,to'yda, tug'ilgan kunda, bazmda - hammasida ichishgan va bu oddiy holday qabul qilingan ekan.
Yaxshiyam shu odat yo'qoldi
@suvaydo | 1 248 |
| 12 | #andijon
Paxtaobod tumanidagi Tentaksoy.
O’zaniga qaraganda bir paytlar to’lib oqqan.
Muhammad Yusuf “Soyingda qoldimi suving bir yutum, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon!” deb she’r yozgan paytda bu soylarda suv ko’proq bo’lgandir yanayam..
@suvaydo | 1 214 |
| 13 | #otauy
Balki, bolaligimni qo’msab kelganimgadir, nazarimda, men o’sgan qishloqda osmon boshqacha, qadrdon.
Bulutlar ham bolaligimdagiday pag’a-pag’a.
Teraklar saf tortgan ilonizi yo’l xuddi men yurishni boshlashim bilan maktabimga eltadiganday.
Biz “kanda” deb ataydigan anhorda suvo’tlar eshilib oqyapti, xuddi ilgariday.
Hovlimiz ham, dadam qurgan imorat ham o’zgarib ketgan, lekin so’rida o’tirsangiz, devor tagida oqadigan ariqning ovozi, qushlar sayrashi ko’ngilga xotirjamlik beradi.
Ota uy - xotiralar jonlanadigan maskan.
@suvaydo | 1 318 |
| 14 | #anjan
Hech e’tibor berganmisizlar, anjanliklar ko’pirtirib, mubolag’a qilib gapirishni yaxshi ko’rishadi. Qo’pol ifodalarni ko’p qo’llashadi.
- He, seni bu ovqatini-chi itam yemedi!
- Shixtingni qara (yuz degani) kirligini, to’tta it yalasa to’yadi.
- Oshpazi oshti qiyvararkan, guruchlar naq tovoqdan o’rmalab chikete deydi.
- Nimcha )namuncha) sekin kelishding, moshinengam piyada yuryaptimi?
Yana bir e’tiborli jihati shuko, anjanliklarga bitta gap ham ko’p, salga jahli chiqib ketadi. Bozorda savdolashib qo’ysangiz, olasizmi o’zi? deyishlariyam mumkin.
Xullas, o’zimni andijonga lafzlarga tayyorlagan holda safarga otlandim.
Poyezdimiz ham piyoda yuradiganidan chiqib qoldi.
***
Qolmay shaharda toqatim
Qishloq chiqardim odatim
Xoh yayov, xoh bo’lsin otim
Goh safar ham darkor ekan.
degan edi Muqimiy
@suvaydo | 1 028 |
| 15 | #xotira
Nafis san’at litseyida o’qigan paytlarimiz Shodi Otamurodov degan shoir sinfdoshimiz bo’lardi.
Shu she’rini hammamiz bilardik:
Shig’a-shig’a bo’lib yig’ilar
Yuragim tubida armon.
Tong go’zal,-ogoh etar
Tongda uyg’ongan bulbullar.
Bog’lar uyg’ongandir, zog’lar uyg’ongan.
Armonning ko’ksini o’tadi yorib.
Qaygadir ketmoqchi bo’ladi shoshib
Oy ham, yulduzlar go’yoki horib.
Tugallanmay qolaverar she’r.
1993-yildan beri esimda ekan.
@suvaydo | 1 067 |
| 16 | #savol
Hozir aniq chillami?
Iyulda sovqotyapman.
Alhamdullah
@suvaydo | 878 |
| 17 | #mutaxassis
Kaminaga yaxshi nevropatolog deb Professor Zarifboy Ibodullayevni tavsiya qilishgandi.
Internetdan qidirib topdim.
Oflayn konsultatsiyasi uchun navbatga yozilsam, sentyabr oyida qabuliga kirishim mumkin ekan. Shunda ham, klinika faqat kunini aytrakan, vaqtini emas. Borib kun bo'yi jonli navbat kutib keyin kirish mumkin ekan.
narxi: 1 mln so'm
Onlayn konsultatsiya ZOOM orqali o'tkazilarkan va 1-2 kunda navbatim kelishi mumkin ekan. Ammo uning narxi 2 mln so'm.
Bunaqa qimmat konsultatsiyaga hali duch kelmagandim, ochig'i.
Mayli, narxni mutaxassis o'ziga o'zi belgilaydi, deylik. Demak, o'ziga ishonchi, bahosi baland. Talab ham borki, oylab kutishga tayyor odamlar.
Menda boshqa savol bor: odatda, nevropatologlar bolg'achasi bilan oyog'ingizga urib ko'rardi kamida..
Zoom orqali konsultatsiya samaradorligi..necha foiz bo'lsa?
Doktor House esimga tushib ketdi boshqa bir qit'adagi bemorga online tashxis qo'ygan.
@suvaydo | 933 |
| 18 | O’qib tushunmadim.
Keyin sotuvchidan izoh so’radim.
Halim qilish uchun-dedi,- Halim uchun bug’doy yormasi, shekilli.
@suvaydo | 968 |
| 19 | #havaskorsuratkash
Siyob bozori
@suvaydo | 1 006 |
| 20 | #havaskor_suratkash
Samarqand taassurotlari suratlarda
@suvaydo | 919 |
