es
Feedback
Shunchaki...

Shunchaki...

Ir al canal en Telegram

Muallifning yozuvchilikka da'vogarligi yo`q. Barcha hikoyalar - ko'rgan-kechirganlari asosidagi xayolot mahsuli, xulosalari, ijod, ta'bir joiz bo'lsa. Shunchaki yozilgan deb hisoblang-u shunchaki o'qing.. hurmat bilan Zulfiya_R

Mostrar más
2 051
Suscriptores
-324 horas
-17 días
-6130 días

Carga de datos en curso...

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+25
en 2 canales
agosto '26
+88
en 2 canales
Get PRO
julio '26
+151
en 8 canales
Get PRO
junio '26
+51
en 2 canales
Get PRO
mayo '26
+96
en 10 canales
Get PRO
abril '26
+201
en 9 canales
Get PRO
marzo '26
+67
en 4 canales
Get PRO
febrero '26
+259
en 7 canales
Get PRO
enero '26
+103
en 4 canales
Get PRO
diciembre '25
+155
en 12 canales
Get PRO
noviembre '25
+165
en 20 canales
Get PRO
octubre '25
+195
en 19 canales
Get PRO
septiembre '25
+61
en 5 canales
Get PRO
agosto '25
+148
en 18 canales
Get PRO
julio '25
+106
en 10 canales
Get PRO
junio '25
+84
en 5 canales
Get PRO
mayo '25
+123
en 8 canales
Get PRO
abril '25
+66
en 7 canales
Get PRO
marzo '25
+146
en 7 canales
Get PRO
febrero '25
+90
en 2 canales
Get PRO
enero '25
+64
en 4 canales
Get PRO
diciembre '24
+329
en 28 canales
Get PRO
noviembre '24
+135
en 6 canales
Get PRO
octubre '24
+67
en 0 canales
Get PRO
septiembre '24
+87
en 3 canales
Get PRO
agosto '24
+182
en 11 canales
Get PRO
julio '24
+172
en 14 canales
Get PRO
junio '24
+115
en 7 canales
Get PRO
mayo '24
+145
en 9 canales
Get PRO
abril '24
+103
en 10 canales
Get PRO
marzo '24
+321
en 14 canales
Get PRO
febrero '24
+125
en 9 canales
Get PRO
enero '24
+75
en 0 canales
Get PRO
diciembre '23
+117
en 7 canales
Get PRO
noviembre '23
+106
en 2 canales
Get PRO
octubre '23
+87
en 3 canales
Get PRO
septiembre '23
+128
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+119
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+286
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+32
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+51
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+60
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+110
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+51
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+135
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+163
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+79
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+234
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+149
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+91
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+262
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+105
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+31
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+19
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+29
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+25
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+366
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
14 septiembre0
13 septiembre+1
12 septiembre+4
11 septiembre+4
10 septiembre+2
09 septiembre+2
08 septiembre+5
07 septiembre0
06 septiembre+1
05 septiembre+2
04 septiembre+1
03 septiembre+1
02 septiembre+2
01 septiembre0
Publicaciones del Canal
#havaskor_suratkash Magic Safari @suvaydo
#havaskor_suratkash Magic Safari @suvaydo

2
+9
Sin texto...
373
3
#havaskor_suratkash Magic Safari @suvaydo+9
#havaskor_suratkash Magic Safari @suvaydo
331
4
#dam_olish Bugun Sergelidagi Magic Safari parkiga bordik. Daraxtzor, salqin, ayni sayr va bolalarbop joy ekan. Piyoda sayrni+9
#dam_olish Bugun Sergelidagi Magic Safari parkiga bordik. Daraxtzor, salqin, ayni sayr va bolalarbop joy ekan. Piyoda sayrni tanlasangiz, jonivorlarni to’siq ortidan ko’ra olasiz, avtobusni tanlasangiz, u shundoq qo’ton ichidan yurib tomosha qilish imkonini beradi. Butun park Afrika ruhini berishga harakat qiladi: musiqa, rasmlar, jonivorlar, milliy libosidagi qora tanli insonlar.. Menga hudud kattaligi, serdaraxtligi yoqdi. Yosh bolalilar aravani ijaraga olishi mumkin. Ichkarida mini zoopark, qushlar xonasi ham bor, ammo ularga alohida to’lov qilish kerak. Jirafa, bug’u, tuya, jayra, quyon, toshbaqa, tog’ echkisi, tog’ qo’yi va yana ko’plab qushlar va hayvonlar borki, faqat ko’z bilan ko’rish kerak. 3 yoshdan kattaroq bolalarga, ayniqsa, juda qiziqarli bo’ladi. Tavsiya qilaman. @suvaydo
355
5
#shukrona Dramadan savol tuzaman deb 5ta drama o'qib chiqdim. Sharof Boshbekovdan, Qahhordan.. Keyin shular aylandi miyamda.. *** Yosh bolalaringiz uyingizni to'zitib, hadeb xarxasha qilib charchatyaptimi? Shukr qiling, hali shu kunlarini sog'inasiz. O'qish yoki ishxona qog'ozbozliklaridan bezor bo'ldingizmi? Shukr qiling, bu kunlar ham g'animat. Oynaga qarab, semirdim yo ozdim deb tashvish chekyapsizmi? Uyingiz, mashinangiz, telefoningizdan ko'nglingiz to'lmayaptimi? Bekor hammasi. Pulga topiladigan buyumlar qayg'urishingizga arzimaydi! Eng bebaho ne'mat - vaqt. Eng nodir ne'mat - salomatlik. Ularning boriga shukr qiling. *** "Masxaraboz" filmida (Sharof Boshbekovning "Tushov uzgan tulporlar" dramasida) Tesha aytadi-yu: "Senga sehrli so'zlarni o'rgataymi? "Bundan ham battarroq bo'lishi mumkin edi-yu" deysan, deb. Mabodo hozirgi vaziyatingizda bundan battari bo'lmaydi deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz. Bundan ham battarroq bo'lishi mumkin. Alloh sabr va shukr qiluvchilardan qilsin.. va.. har bandaning mushkulini oson qilsin! @suvaydo
524
6
#yangi_harflar Umuman olganda, yozuv "islohotlari" haqida hamma yerda yozildi, aytildi, haliyam fikr bildirilyapti, ammo... hech kimga quloq solmay, shartta mana senga yangi grafik, deganlarga qoyil emasman.. o' va g'ga e'tirozim yo'q, mayli, birinchidan, wordda o' yozish uchun probel bosib, keyin yana orqaga qaytib u probelni o'chirish doim ortiqcha ish edi, ikkinchidan esa yozuvda baribir o'va g'ning tepasiga chiziq tortardik va bunga ko'z va qo'l o'rgangan ham edi. sh va ch ning yangilangani (hatto shu so'z ham tushmaydi, eskilangani desammikin, 1993-yili o'zi shu turkcha Ş va Ç harfini qabul qilishgandi va biz 9-sinf o'quvchilari, bu harfni old va orqadan qanday ulashni mashq qila-qila xunob bo'lgandik) noto'g'ri qaror bo'ldi. Hoynahoy, bu qarorga kelganlar haliyam kirilldan foydalanadi, shuning uchun ham ularga farqsiz ch bo'ldimi Çmi.. O'zim ham haligacha qo'lda matn yozsam, faqat kirill harflarini ishlataman. Ikki yozuvli xalqdan uch yozuvliga aylandik. Ha nima, ikkitagina harf-ku, der, ehtimol, kimdir, Gap shundaki, odam so'zni hijjalab o'qimaydi. Balki butun holda qabul qiladi. Mana o'qib ko'ring: Аччиққина чой дамлаб берсангиз - achchiqqina choy damlab bersangiz- Aççiqgina çoy damlab bersangiz.. Чирчиқ шаҳри — Chirchiq shahri — Çirçiq şahri Шаҳрихондан меҳмонлар келишди — Shahrixondan mehmonlar kelishdi- Şahrixondan mehmonlar kelişdi O'qish noqulay o'rganmagan harflarni. Ko'z yugurtirib o'qib ketolmaysiz, to'xtab, hijjalab, miyada analiz qilib, keyin davom etasiz. O'zi amaldagi lotin harflariga shuncha yil dars berib hali to'liq o'rganmagan edim, vaholanmki, men doimiy matn o'qiydigan odamman. Endi tasavvur qiling yozuv bilan ko'pam ishlamaydigan odamlarni (va ular ko'pchilikni tashkil qiladi). Bir kuni kap-katta taksist Qibraydagi ANVAR OTA deb yozilgan bino oldida kutayotganini aytolmay qayta-qayta o'qidi shu so'zni, Kelib qarasam, bitta "anvar" so'zini o'qoyolmagan, mutlaqo boshqa so'zlarni aytib ko'rgan bo'lib chiqdi. Xullas, bopladik.Bugunoq o'quvchilar qachondan o'tamiz yangi harflarga deb so'ray boshladi. Turklarning o'zi bosma harfda yozadi, harf ulash degan tashvish qilmay, ammo biz nima qilamiz? Yashasin! Yaşasin! 🎉 @suvaydo
661
7
Alifbo o'zgargani albatta yomon bo'ldi. Juda qimmatli xatolardan biri bo'ldi.
536
8
Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi. Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas. Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi. Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi. Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar. Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos. @uzbekonomics
531
9
#roastMeInUzbek E'tibor bergan bo'lsangiz, hozir chatGPTdan "Roast me in Uzbek" (meni o'zbekcha masxara qil) deb so;rash urf bo'ldi. Men ham el qatori chatlardan biriga yozib ko'rgan edim, mana yozib bergani: Zulfiya opa, Uzbekcha Roast Me: Siz ChatGPT’dan foydalanmaysiz. Siz ChatGPT’ni ishga olib qo‘ygansiz. 😂 Ertalab: “Xalq og‘zaki ijodining xususiyatlarini yozib ber.” Besh daqiqadan keyin: “Buni IB formatida qil.” Yana o‘n daqiqadan keyin: “Yo‘q, savollar faktni emas, WHY/HOWni so‘rasin.” Keyin: “Leon’ga email yozamiz.” Keyin: “Buni inglizchaga tarjima qil.” Keyin: “Bu so‘zning o‘zbekcha muqobili bormi?” Va kechqurun birdan: “ChatGPT, men haqimda nima deb o‘ylaysan?” 😂 Sizning miyangizda bir vaqtning o‘zida PhD, IB, Uzbek literature, UWC, syllabus, maqola, dars rejasi va uchta email ochiq turadi. Kompyuter bo‘lsa allaqachon “Not Responding” deb chiqardi. Siz biror narsani shunchaki “yaxshi” deb qo‘ya olmaysiz. “Yaxshi, lekin…” Ana shu **“lekin”**dan keyin odatda yana 47 daqiqalik ilmiy tahlil boshlanadi. 😂 Biror kitob topasiz: “Mana, topdim!” Oddiy odam: Zo‘r, o‘qiyman. Siz: “Kitob haqida qisqacha ma’lumot ber. Nomini o‘zbekchaga tarjima qil. Mana bu bobni ham tushuntir. Bu terminning o‘zbekcha muqobili nima? Yana bir maqola topamizmi?” Sizning “qisqacha” deganingiz ham alohida janr. 😂 Yana bir ajoyib xususiyatingiz bor: sizda perfeksionizm va shoshilish birga yashaydi. “Tezroq tayyorlaylik.” 5 daqiqadan keyin: “Yo‘q, bu joyi menga yoqmadi. Boshqacharoq qilaylik.” Yana 10 daqiqadan keyin: “Oldingi variant yaxshiroq ekan.” 😂 Siz menga eng ko‘p beradigan yashirin topshiriq esa aslida: “Men nimani nazarda tutayotganimni o‘zim hali to‘liq bilmayman, lekin sen tushunishing kerak.” Va eng kulgilisi, ko‘pincha tushunaman ham. 😂 Sizda yana bir kuchli superqobiliyat bor: Bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi, magistr, tadqiqotchi, tutor, syllabus designer, tarjimon, muharrir va loyiha menejeri bo‘lib yurib, baribir “men buni yaxshi qilyapmanmi?” deb so‘raysiz. Zulfiya opa, sizga roast qilish qiyin. Chunki sizni roast qilish uchun avval sizning ish rejangizni o‘qib chiqish kerak, u esa o‘zining o‘zi alohida dissertatsiya. 😂 Xulosa: Siz ChatGPT’dan “javob” olish uchun foydalanmaysiz. Siz ChatGPT bilan birga o‘ylaysiz, tortishasiz, tuzatasiz, yana tuzatasiz va oxirida “ha, mana endi bo‘ldi” deysiz. Va rostini aytsam, eng qo‘rqinchlisi shu: “Ha, yaxshi. Endi yana bitta narsani ko‘raylik…” 😂 Mana, bu mehr bilan qilingan roast edi. 😄 *** Shunaqa gaplar.. @suvaydo
656
10
#bullying Maktab o'quvchilar uchun doim ham ilm maskani emas. Ulkan sinov, mashaqqat, yangi bir jamiyatga moslashish va tan olinish uchun kurash maydoni hamdir. Bu yo'lda unga ustozlar hamisha rahnamo, maslahatgo'y, ilm beruvchi bo'la oladilar..mi? Men bugun aynan o'qituvchilarning o'zlari bolalarga bullying (Bulling — bu biror kishini qasddan, muntazam ravishda xoʻrlash, haqorat qilish, kamsitish yoki unga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik ishlatish holatidir. WIKI) qilishlari mumkin. *** Shaxsan o'zim qilgan xatolarimdan boshlasam misol keltirishni. Ilk ustozlik boshlagan yilim 5-sinf o'quvchisi familiyasini Aasomov deb yozardi negadir. Ikki-uch qayta xatosini to'g'rilab ketdim, eslab qolmadi. Bir kuni darsda hammaning ichida: "Familiyang A-a somov emas-ku!' (ikkita "a"ni ajratib aytdim) deb tanbeh berdim. Men buni masxaraalsh uchun emas, Aa ikkita a ekanligini tushunishi uchun aytdim, ammo sinf kulib yubordi, u qizarib ketdi va keyin bilsam bolalar uni "a-a-somov" deb chaqira boshlashibdi. O'qituvchi bo'laturib laqab to'qishlariga sababchi bo'lganimdan juda afsuslandim. *** Yozgi ta'tildan qaytgan kunimiz zinada uchratgan bir o'quvchimning ancha to'lishganini payqadim. O'zimcha, "O'ho, nima bilan boqishdi seni, juda baquvvat bo'lib ketbsan-ku!" - deb hazil qildim. O'sha soniyada uning ko'zida xijolat aralash tashvish zohir bo'ldi-yu, yuragim shuvullab. ketdi. Keyin bilsam, u dorilar tufayli shunaqa ko'rinishga kelgan ekan. (Men shunchaki so'z o'yini qabilida aytgan gaplarim, qilgan hazil-u kinoyalarim bilan necha kishining diliga ozor bergan bo'lsam o'zim bilmay, Alloh kechirsin..) *** Bolaligimni eslasam.. Litseyda o'qigan paytim Erkin Karimovich degan jismoniy tarbiya o'qituvchimiz bo'lardi. Baquvvat bo'lmaganlarni qattiq masxaralardi. "tuberkulyoz" deb chaqirardi rangpar sinfdoshimizni, "petux" derdi qo'shiqchimizni. Bezillab turardik mazaxlaridan. *** O'tgan hafta R. aytib qoldi. Sinfiga yangi o'quvchi kelibdi. Ustoz ismini so'rabdi. - Xursandbek, - javob beribdi u. -O', tanishganimdan xursandman! - debdi ustoz. Sinf kulibdi va endi unga kun berishmayapti ekan hadeb ismini askiya qilib.. *** Umuman, tashqi ko'rinish bilan bog'liq hazil bolaga eng og'ir botadigani. 1.Qiyofani hech kim tanlamaydi (ayam aytmoqchi, "naqsh ustidan kulyapsizmi, naqqosh ustidanmi?") 2. Shundoq ham, hoynahoy o'zi ham xijolat bo'ladi "nuqs"idan. 3. O'qituvchiki hazil qildi, demak, bolalar bemalol mazaxlashga tushadi. Ko'pincha biz hazillashyapmiz deb o'ylab birovning dilini qattiq og'ritib qo'yamiz, chunki u odam buni mutlaqo hazil deb tushunmaydi, u HAQORAT va KAMSITISH deb qabul qiladi. Shunday ekan, hazillashayotganda ehtiyot bo'ling. Kimdir sizga yoqmaydigan hazil qilsa, bu sizga og'ir botayotganini yuziga ayting. @suvaydo
1 306
11
#havaskor_suratkash Muzey-1 Ta’mirda ekan, faqat atroflarini aylandik. @suvaydo+6
#havaskor_suratkash Muzey-1 Ta’mirda ekan, faqat atroflarini aylandik. @suvaydo
1 161
12
#havaskor_suratkash Muzey-3+8
#havaskor_suratkash Muzey-3
1 045
13
+8
Sin texto...
983
14
#havaskor_suratkash Bugun-oilaviy muzey aylanish kuni.+9
#havaskor_suratkash Bugun-oilaviy muzey aylanish kuni.
1 022
15
Agar kimdir sizni hech qanday sababsiz yomon ko‘rayotgan bo‘lsa, unga shunchaki istaganini, yaʼni sababni bering! 😜😜😜 @birkunimen
1 047
16
#mustaqillik Darvoqe, kecha e’tbor bersam, qirg’izlar mustaqillikni “egamen” derkan. Bu so’zni faqat professor Qozoqboy Yo’ldoshevdan eshitgandim ilgari. Mustaqillik so’zini arab chadan olganmiz, turkiychasi qalay sizlarga? Egamanlik! Biz qirg’iz, qozoq, turklarga qaraganda (borgan joylarim), turkiy so’zlarni emas, arabiy yo forsiy muqobilni tanlagan ekanmiz. Turklar “sas”, qozoqlar “daus” (tovush) deydi, biz “ovoz”, masalan-da. @suvaydo
1 657
17
#muataqillik Assalomu alaykum, Vatandoshlar! Bayramimiz muborak! Ilohim, yurtimiz osmoni musaffo bo’lsin! Har birimizda Vatanimiz rivoji, el tinchligi, ekologiyamiz barqarorligi oldida daxldorlik hissi bo’lsin! Bir-birimizning fikr erkiligi, so’z erkinligi, tanlov erkinligini hurmat qilaylik! Agar har kim o’z ishini sidqidildan qilsa, mamlakat rivojlanadi. Vatan - onamiz, uni chiroyliroq boshqa onaga almashmaymiz, boricha sevamiz, osoyishi uchun harakat qilamiz! *** Mustaqillik e’lon qilinganida bola edim. Boshlang’ichda o’qirdim. Ustozimiz rahmatli sinfga kirib ertaga pioner galstugini taqmay kelishni tayinlaganlarida, ham hayrat, ham biroz xafa bo’lib (axir zo’rg’a yetishgandim bu sharafga): - Galstukni endi umuman taqmaymizmi, tashlab yuboramizmi?-deb so’raganimda, ular biroz o’ylanib turib: -Hozircha sandiqqa solib qo’yinglar,- degandilar. Aytmoqchimanki, nafaqat biz bolalar, balki kattalar ham mustaqillik nimaligini anglashmagan edi. Mana, shu voqeaga ham 35 yil bo’libdi. Juda ko’p o’zgarishlar bo’ldi bu vaqt ichida… Tilagim, Alloh har birimizning xonadonimizga fayz-baraka, qalbimizga imon-insof, tanamizga salomatlik ne’matini bersin! @suvaydo
1 447
18
#kun_savoli Umrim "xo'p deb qo'yaqol", "indamay qo'yaqol", "bitta gapdan qolaqol", "sabr qil", "e'tibor berma" kabi da'vatlarni eshitish bilan o'tmoqda. Oldin yosh bo'lganim uchun isyon qilmaslik kerak edi, endi katta odam bo'lib qolganim uchun o'zimni bosishim kerak. charchadim. @suvaydo
1 633
19
#kun_xulosasi Kema cho’kdi. Suzmoqda kalish. @suvaydo
1 444
20
#kayfiyat Boshlandi… @suvaydo
1 411