uz
Feedback
Shunchaki...

Shunchaki...

Kanalga Telegram’da o‘tish

Muallifning yozuvchilikka da'vogarligi yo`q. Barcha hikoyalar - ko'rgan-kechirganlari asosidagi xayolot mahsuli, xulosalari, ijod, ta'bir joiz bo'lsa. Shunchaki yozilgan deb hisoblang-u shunchaki o'qing.. hurmat bilan Zulfiya_R

Ko'proq ko'rsatish
2 057
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kunlar
-5030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyul '26
Iyul '26
+39
0 kanalda
Iyun '26
+51
2 kanalda
Get PRO
May '26
+96
10 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+201
9 kanalda
Get PRO
Mart '26
+67
4 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+259
7 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+103
4 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+155
12 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+165
20 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+195
19 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+61
5 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+148
18 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+106
10 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+84
5 kanalda
Get PRO
May '25
+123
8 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+66
7 kanalda
Get PRO
Mart '25
+146
7 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+90
2 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+64
4 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+329
28 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+135
6 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+67
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+87
3 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+182
11 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+172
14 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+115
7 kanalda
Get PRO
May '24
+145
9 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+103
10 kanalda
Get PRO
Mart '24
+321
14 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+125
9 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+75
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+117
7 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+106
2 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+87
3 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+128
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+119
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+286
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+32
0 kanalda
Get PRO
May '23
+51
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+60
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+110
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+51
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+135
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+163
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+79
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+234
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+149
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+91
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+262
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+105
0 kanalda
Get PRO
May '22
+31
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+19
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+29
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+25
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+366
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
15 Iyul+3
14 Iyul+1
13 Iyul+4
12 Iyul+2
11 Iyul+4
10 Iyul+2
09 Iyul+2
08 Iyul0
07 Iyul+7
06 Iyul+5
05 Iyul+1
04 Iyul+4
03 Iyul+1
02 Iyul+2
01 Iyul+1
Kanal postlari
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH B
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

2
#raqam Raqamlar bilan hech chiqisha olmadim. Ularni yo eslab qolmayman, yo chalkash eslab qolaman. Deylik, 99878 3261879 bo’lsa, shu sonlar turli kombinatsiyalarda kelaveradi miyamga)) 998 ni aniq bilgan holda qolganini aralash quralash holda taklif qilaveradi xotiram qurg’ur.. Telefon raqamlar, tug’ilgan kunlarni qurilmalar eslatmasa, o’zim xotirlashim qiyin. Mana bu oy 3-marta kimningdir raqamiga pul to’lab berishim. Ikki oy ayb o’zimda deb indamadim, bu oy qo’ng’iroq qilib pulni qaytarishini so’radim. Keksaroq ayol yoqinqiramagan ohangda kechroq uyga borsa tashlab yuborishini aytdi.. Malaka oshirish payti bir ustoz aytgandi diskalkuliya deyiladi bu deb)) Kasallik ekan hatto.. Xullas, nima deb o’ylaysiz: Bunday vaziyatda pulni qaytarishni so’rash to’g’rimi? @suvaydo
566
3
#mulohaza Agar sen birovga o'z muammolaringni yoxud o'tmishda zulm va adolatsizlik ko'rganingni, senga nisbatan pastkashliklar qilinganini aytib bersang, u o'sha suhbat chog'ida senga achinadi. Biroq keyinchalik uyam senga bepisandlik va hurmatsizlik qila boshlaydi, chunki sen xo'rliklarga loyiq va adolatsizliklarni ko'tara oladigan inson sifatida tasavvur hosil qilgan bo'lasan unda. - Ha nima, men falonchiday adolatsizlik qilmayapman-u! qabilida gap eshitsang, bilki, o'zing aybdorsan. Yaxshisi, odamlarga yutuqlaring haqida gapir, senga nisbatan ko'rsatilgan ehtirom haqida hikoya qil. IMHO @suvaydo
754
4
#kun_xulosasi Umrida birovdan mehr ko’rmagan odam o’zgalarga-da mehr ko’rsatishni bilmaydi. Ammo shunisi ham borki, agar atrofingdagilargan hadeb g’amxo’rlik qilaversang, ular xudbinga aylanadi va senga javoban mehribonlik qilishni xayollariga ham keltirishmaydi, aksincha, sendan yana e’tibor kutaverishadi. *** Joning og’riganda hech kim og’riqni bo’lishmaydi, dard bilan yakkama-yakka jang qilasan. Shunday ekan, sog’lig’ing haqida o’zing qayg’ur! *** Vafotingdan bir soat o’tar-o’tmas, sen mensiz ahvoli nima kechadi deb qayg’urganlaringning qorni ochadi, ovqat ustida rejalari haqida suhbat qurishadi, hayot sensiz ham binoyiday davom etaveradi. *** Yig’layotgan odamga “yig’lama”. Siqilayotganda “siqilma” deb maslahat berishdan bema’nisi bo’lmasa kerak. Kimningdir mahzunligi sizni chindan tashvishlantirsa, uning muammosiga yechim topishvoring. Hech bo’lmasa, unga yolg’iz emasligini his qilish imkonini bering. *** Allohning adolatiga umid inson uchun eng yaxshi taskindir. @suvaydo
863
5
#kun_xulosasi Sun’iy idrok bilan hasratlashish yaxshi, u eng kerakli gapni ayta oladi, ammo yagona darddoshing ChatGPT bo’lib qolishi yomon.. @suvaydo
817
6
"Hammabop o'zbek tili" kanalim 3 yoshga kiribdi. Bu davr ichida turli mavzularda 400ga yaqin videodars joylandi, videolarning
"Hammabop o'zbek tili" kanalim 3 yoshga kiribdi. Bu davr ichida turli mavzularda 400ga yaqin videodars joylandi, videolarning jami ko'rilgan soni 2 122 233 ni tashkil qildi. Izohlarga qaraganda, kanal obunachilari asosan, o'qituvchilar milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlardan iborat. Allohga shukur, birovlarga beg'araz foyda keltiradigan darajaga chiqolganim uchun, chunki yoshligimda zo'r mutaxassis bu mehnati qimmat baholanadigani deb o'ylagan bo'lsam, hozir biroz boshqacha fikrdaman. Zo'r mutaxassis bu moddiy manfaat ko'zlamay, ilhom va ishtiyoq bilan ishlay oladigani, jarayondan zavqlanadigani va insonlarga ozgina bo'lsa ham nafi tegishini istaydiganidir. Inshaallah, bu o'quv yili uchun ham rejalarimiz bor, Alloh qodir qilsa, hali ko'p asarlarni tahlil qilishni, o'zim yaxshi ko'rgan she'rlarni sharhlashni ham istayman.. Qo'lab-quvvatlaganlarga tashakkurlarim! @suvaydo
1 192
7
#alifbo Alifbodagi o’zgarishga munosabat bildirgim keldi. Avvalo, foydalanuvchi sifatida. Kirilldan lotinga o’tilganida biz 9-sinf edik. O’shanda bir olim aytgandi nimasi muammo 15-20ta yangi harf o’rganishning?-deb. Menga ham bu e’tiroz jo’yali tuyulgandi o’shanda. Ammo hali-hanuz qo’lda yozishga va kitob o’qishga kirillni tanlaganimga qaraganda, bir alifbodan boshqasiga moslashish oson emas ekan. Qolaversa, Oybek, Qahhor kabi ijodkorlarning uy-muzeyida ular arab harflarida yozishganining guvohi bo’lgandim. Endi o’qituvchi sifatidagi kuzatishlarimni aytsam, kirillchada o’qitgan o’quvchilarim ancha savodxon edi. (Haligacha menga yozib qolishsa, matnida xato bo’lmaydi hisob) Alifbo bilan birgalikda imlo qoidalari ham o’zgardi va bu ham xatolar ko’payishiga olib keldi (нуқтаи назар - nuqtayi nazar, тоғдан-тоққа - tog’dan tog’ga , 1977 йил 3 май - 1977-yil 3-may kabi) Keyin, alifbo almashishi avlodlarni ikkita frontga ajratdi. Kattalar lotin yozuvidagi matnni o’qiyolmaydi, kichiklar - kirilldagi. Alifboni o’zgartirar ekan, unda, menga qolsa, quyidagi o’zgarishlarni qilish kerak edi: 1.X va Hni birlashtirish. Arab tilidagi uchta Hni ikkita qilish mumkin-u, bitta qilish mumkin emasmi? Shakldosh bo’lib qo’yaverardi. (Madayev domla aytgandilar mehnat-ish, mehnat -mashaqqat, ular ilki xil x bilan yoziladi arab harflarida, deb) 2 Tutuq belgisini chiqarib yuborish. Tutuq chapga qaraydimi o’nggami degan ikkilanish barham topardi. (Shundoq ham, mo’’jaz, ta’rix deb yozmayapmiz) Shu ikkalasining o’zi ancha-muncha imlo xatolaridan qutqarardi odamlarni. 3. Ц ni qaytarish. Chunki qachonbsbqachon ts degan savol ham ko’ndalang turmasdi. Shuningdek, lit- sey deb nega bo’g’in ko’chirilayotganiga izoh kerak. 4. 82ta imlo qoidasini takomillahtirish. Masalan, parvoyim, parvoying yoziladi degan qoidada 3-shaxsda qanday yozilishiga izoh berilmagan. (Parvoyi yoki parvosi?) 5. Ng qachon bitta harf sifatida bo’g’in ko’chiriladi- yu, qachon ajraladi ( de-ngiz, ko’- ngil, ammo alanga, mangu so’zlarida-chi? Aytmoqchimanki, alifbo ham, imlo qoidalari ham “odamlarga qarab yurishi” kerak, zotan, ulardan maqsad odamlarga yengillik yaratish. IMHO @suvaydo
1 532
8
#mulohaza Bolaligimda bitta asardan ta’sirlanib rasm chizdim - manzara. Dadam rahmatli ko’rib qoldi-da, qo’liga olib astoydil tomosha qildi. Keyin meni imlab chaqirdi-da, suratimni ko’rsatib so’ray boshladi: - Nimani chizgansan mana bu yerda? - Qo’ylar. O’tlab yurishibdi. - A mana bunisi nima? - Qaldirgoch. Yana ikki- uch narsaga izoh berganimdan keyin dedi: - Chizgan rasming sensiz yashay olishi kerak. Har birining orqasidan yurib, mana bu yerda falom narsani tasvirlaganman deb yursang, demak, rasming o’xshamagan bo’ladi. Rassomchilikni-ku shu bilan yig’ishtirib qo’ya qoldim, ammo hozir Andijon haqidagi taassurotlarimga izoh berishga to’g’ri kelayotganiga qaraganda, men yozishni ham uddalay olmabman. Odamlar, men andijonlikman, boshqa shaharga borvolib o’zidan elita yasaydigan olifta emasman. Fe’lim ham anjancha. Samoironiya degan so’z bor ruslarda. Bu o’z kamchiliklaring ustidan yengil hazil qilish degani. Taassurotlarim ham ana shunaqa uslubda edi. (Har holda, men shunday fikrdaman) Qutlibeka aytganiday, xalqimga muhabbatim farzand yoki oshiqnikiday emas, do’stnikiday.. Gapni gapir uqqanga.. @suvaydo
1 116
9
#anjan Oxirgi taassurotni yozay, shu bilan bu mavzuni yopamiz. Andijonda aksariyat odam izzattalab. Jimitday bolaga - Nodir, deb murojaat qiling, u - Nodirbek, deb to’g’rilaydi. Sensirab ko’ring, sizga javob bermaydi. Jiyanimning o’g’lini ovqatga chaqirsak, yumshoq ohangda chaqirishimiz kerakligi aytdi ))) Bir taksichi yo’l chetidagi motosiklchini ko’rmay qolib, yaqinlashib, undan mashinani olib qochib to’xtagandi,motosiklchi atay keldi oldimizga - Uzr aka, ko’rmay qopman. - Ko’zmi bu? Qag’ga to’xtayapsiz? Bizning haydovchi qo’lini ko’ksiga qo’yib qayta kechirim sp’ragachgina ketdi. Hamma bir -biriga qo’pollik qilgan holda, yaxshi muomala talab qiladi. Ajjoyib @suvaydo
1 084
10
#anjan G’alati paradoks: shuncha qo’polligiga qaramay, namoz o’qimaydigani yo’q. O’zaro suhbatlarda angladimki, hamma farzandiga Qur’on yodlatishga harakat qiladi. Odamlar necha pora yodlagani haqidagi izoh bilan tanishtiriladi. Keksalar davrasida go’zal duolarni eshitasiz. Oxirgi ziyofatda hadis va Qur’ondan parchalar keltirildi. O’tgan insonlarning fazilatlari yodga olindi. Va nihoyat, chiroyli suhbat bo’lyapti, deb o’tirganimda, kutilmaganda menga qarab g’alati alqov yangradi. So’zma-so’z aytolmayman-u, ammo maqtagannamo haqorat qilishni biznililar boplaydi. - O’zi qora bo’lsa ham yoqimtoygina - Bolalariz chiroyli ekan, kimga o’xshaydi? kabilar oddiy gap.. @suvaydo
1 057
11
#anjan Andijondan qaytish poyezdini ko’rib yengil tortdim, rosti. Shu 5 kun ichida qulog’im vulgarizmlarga to’ldi. - Anov horami (haromi ya’ni), iplos deb gapiriladi salbiy munosabatdagi odam haqida - Voy yetiiim, dedi bittasi qoyil qolganini bildirish uchun (voy yaramas ma’nosida taxm.) - B. bormidi, he molga o’xshame, ho’lto’shak (so’tak ma’nosida), jodigar ( ayolga nisbatan) va hk so’z va iboralarni naq anjancha ohang bilan eshitaverib .. qochib ketgim keldi. @suvaydo
968
12
#anjan Yana bir taksichi. Bunisi juda sersavol va beposand gaporadigan va ustiga ustak,farosatsiz qishloqdosh bo’lib chiqdi. Ayamni savolga tutdi: - Uyilarda kim yashedi o’zi? - Anov o’g’liz ko’rinme qoldi qag’da yuribdi? Nima ish qiladi o’zi? - Bir 80lardan oshgandirsiz-a? Ayam iloj boricha yumshoq javob berishga harakat qildi. Sening nima ishing bor degim keldi rosa, lekin chidadim. @suvaydo
1 020
13
#anjan Davomi.. Qoq tush. Issiiiiq. Yandex comfort chaqirdim. Onix keldi. Uch dugona o’tirsak, salon ichi dim. - Konditsioner yoqa olasizmi? - Yo’q. - Men atay komfort chaqirgandim konditsioner bor deb. - Komfortda yo’q konditsioner! - Nega? Haydovchining ensasi qotdi: - Opalar, tushvolorilar, boshqa chaqirorilar! Shunday qilishga to’g’ri keldi. @suvaydo
992
14
#anjan Xullas, Andijon safarim ham qarib-qartaydi. Yaxshi tomoni: ota uyimda bo’ldim, tanish manzalarni ko’rdim, qarindoshlar, kursdoshlar bilan diydorlashdim. Eng asabiylashtirgani esa har qadamda uchraydigan anjancha qo’pollik bo’ldi. Vaholanki, ruhan tayyorlab kelgandim o’zimni, ammo taksichi erkaklarning muomalasiga toqat qilib bo’lmaydi. Taksi-1. Salonda ter hidi. Nafas olib bo’lmaydi Taksi-2 Aytilgan manzil qolib boshqa yoqqa tashlab ketibdi. Tushsam, mutlaqo boshqa kitob do’koni Taksi-3 Hilolnashr do’koni saytida yozilganiday O’zbekiston 6A uy manziliga borsak, binoning orqasi-mahalla ichiga kirib ketib qoldi. Keyin bilsak, 6Ada emas 5-uyda ekan. Taksichi belgilangan joyda qoldiraman deb turib oldi. - Ha endi opa, siz qayag’di belgilagan bo’sez ashetga apleldim-ta. Iltimosga ko’nmadi, 73 yoshli onam bilan piyoda qidirmaylik desam, Meni boshqa kiliyentim kutyapti dedi Xullas, besh ming qo’shib beraman dedim va 200 metrga olib borib qo’yadigan bo’ldi. Kamigaaa do’konga kirib bildimki, telefonim mashinada qolib ketibdi. Ayamning telefonidan qo’ng’iroq qildim- o’chirilgan. 4- urinishdan keyin gudok ketdi. 7-sida ko’tardi. O, bu qo’pollikni harflar bilan yetkazolmayman: - Alyooo, ha! - Telefonim qopketibdi mashinangizda. - Ha, tashab ketibsiz. Endi men qachan bo’shasam ashinda oborberaman! - Uzr-u, kun bo’yi kutolmayman do’konda axir. - Odamimi tushirvole boraman 15 minutda. 15 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qildim: - E men o’tib ketib bo’ldim. Nimaga yo’l chetida turmadiz - Havo judda issiq shunga do’kon ichidan qarab turgandim, mashina to’xtashi bilan chiqaman degandim. Qaysi do’konda qoldirganingizni bilasiz, nega to’xtamadingiz? - Men ketdim Hakanga, endi kutasiz! Yana pul va’da qildim va 20 daqiqada keldi. - Necha pul bo’ladi? Negadir xursaand, tantana qilgan odam qiyofasida 50 ming,-dedi. Pulni olarkan: - O’zi qag’ga ketyato’dila, oborib qo’yaman. Rahmat aytib boshqasini chaqirdim. Bunisi har tugul jim olib borib qo’ydi. @suvaydo
1 075
15
Videoni ko’ring, fikrlaringizni video ostiga yozib qoldiring ))
1 598
16
“Unutilmas mutaxassis boʻling” — pedagog Zulfiya Rashidova tavsiyalari Yoshlarga tavsiya beruvchi “Sening yoshliging menda bo
“Unutilmas mutaxassis boʻling” — pedagog Zulfiya Rashidova tavsiyalari Yoshlarga tavsiya beruvchi “Sening yoshliging menda boʻlsaydi…” nomli loyihamizning navbatdagi mehmoni — pedagog Zulfiya Rashidova. U 2001-yildan beri maktab va litseylarda ona tili va adabiyot fanidan dars berib keladi. “Ustoz – 2020” milliy tanlovi gʻolibi. YouTubeʼdagi “Hammabop oʻzbek tili” kanali asoschisi. Toʻliq videoni Gazetaʼning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 📺 Video: https://youtu.be/bb5tr1IL2Cw?si=cvA4WG0NmMESyFma Telegram | Instagram | YouTube
1 533
17
#xulosa Poyezdda kela turib, O'lmas Umarbekovning hikoyalaridan o'qib keldim. Deyarli hammasida "yarimta" haqida so'z bor. Mehmon kelsa, xafa bo'lsa, xursand bo'lsa,to'yda, tug'ilgan kunda, bazmda - hammasida ichishgan va bu oddiy holday qabul qilingan ekan. Yaxshiyam shu odat yo'qoldi @suvaydo
1 569
18
#andijon Paxtaobod tumanidagi Tentaksoy. O’zaniga qaraganda bir paytlar to’lib oqqan. Muhammad Yusuf “Soyingda qoldimi suving+1
#andijon Paxtaobod tumanidagi Tentaksoy. O’zaniga qaraganda bir paytlar to’lib oqqan. Muhammad Yusuf “Soyingda qoldimi suving bir yutum, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon!” deb she’r yozgan paytda bu soylarda suv ko’proq bo’lgandir yanayam.. @suvaydo
1 607
19
#otauy Balki, bolaligimni qo’msab kelganimgadir, nazarimda, men o’sgan qishloqda osmon boshqacha, qadrdon. Bulutlar ham bolal+7
#otauy Balki, bolaligimni qo’msab kelganimgadir, nazarimda, men o’sgan qishloqda osmon boshqacha, qadrdon. Bulutlar ham bolaligimdagiday pag’a-pag’a. Teraklar saf tortgan ilonizi yo’l xuddi men yurishni boshlashim bilan maktabimga eltadiganday. Biz “kanda” deb ataydigan anhorda suvo’tlar eshilib oqyapti, xuddi ilgariday. Hovlimiz ham, dadam qurgan imorat ham o’zgarib ketgan, lekin so’rida o’tirsangiz, devor tagida oqadigan ariqning ovozi, qushlar sayrashi ko’ngilga xotirjamlik beradi. Ota uy - xotiralar jonlanadigan maskan. @suvaydo
1 585
20
#anjan Hech e’tibor berganmisizlar, anjanliklar ko’pirtirib, mubolag’a qilib gapirishni yaxshi ko’rishadi. Qo’pol ifodalarni ko’p qo’llashadi. - He, seni bu ovqatini-chi itam yemedi! - Shixtingni qara (yuz degani) kirligini, to’tta it yalasa to’yadi. - Oshpazi oshti qiyvararkan, guruchlar naq tovoqdan o’rmalab chikete deydi. - Nimcha )namuncha) sekin kelishding, moshinengam piyada yuryaptimi? Yana bir e’tiborli jihati shuko, anjanliklarga bitta gap ham ko’p, salga jahli chiqib ketadi. Bozorda savdolashib qo’ysangiz, olasizmi o’zi? deyishlariyam mumkin. Xullas, o’zimni andijonga lafzlarga tayyorlagan holda safarga otlandim. Poyezdimiz ham piyoda yuradiganidan chiqib qoldi. *** Qolmay shaharda toqatim Qishloq chiqardim odatim Xoh yayov, xoh bo’lsin otim Goh safar ham darkor ekan. degan edi Muqimiy @suvaydo
1 130