fa
Feedback
BAXT NURLARI 🌔

BAXT NURLARI 🌔

رفتن به کانال در Telegram

"Baxtli bo‘lganlar jannatdadirlar... Bu tuganmas in’omdir" Hud surasi, 108-oyat. 🍀 Jannatdagi baxt sari shiori bilan! 🥰 "Baxtli bo‘lganlar" safida bo‘lish uchun! ✍️ Murojaat: @BaxtnurlariBOT @Statussiz_suratlar @Uvaysiy_Badriya

نمایش بیشتر
1 982
مشترکین
-324 ساعت
-937 روز
+25430 روز
آرشیو پست ها
#SHUKRONALIK_SOATI Teng yozamiz... Qaniiii boshladik 😍

sticker.webp0.17 KB

#Life 🥰 Onajon telefonlariga katta opamni Olima qizim deb yozib qo‘yganlar. 🥰 Kichkina opamlar esa erkatoy qizim deb saqlangan. 😂 Shunda men telefonlarini olib, o‘gay qizim deb yozib qo‘ysammikin?! 😍Nimani his qildingiz?! Mazami? Ha, maza — 🥰👍👏😍 Auf — ❤️‍🔥🔥❤️ ⚡ 😁

#Siyrat #Bismillah 5-DARS: ARQAMNING UYI — ISLOMNING ILK MAKTABI Oldingi darsimizda Islomning ilk kunlari haqida suhbatlashdik. Bir necha qalb iymon bilan yorishdi... Ammo musulmonlar soni asta-sekin ortib borar, Makkadagi mushriklarning qarshiligi ham kuchayib borardi. Ular ochiqchasiga bemalol yig‘ilib, Qur’on o‘qiy olmasdilar. Shunday bir paytda Makkada kichkinagina uy katta bir tarixning guvohiga aylandi. Bu — Arqam ibn Abi Arqam roziyallohu anhuning uylari edi. Arqam roziyallohu anhu Qurayshning Banu Maxzum urug‘idan bo‘lganlar. Ularning uylari Safo tepaligi yaqinida joylashgan edi. Bu uy keyinchalik islom taroxida Dar al-Arqam — “Arqamning uyi” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Ilk musulmonlar shu yerda to‘planar, Rosululloh alayhissalom ularga Qur’on oyatlarini o‘rgatar, dinni tushuntirar va tarbiya berardilar. Shuning uchun siyrat tarixida bu uy Islomning ilk davridagi eng muhim maskanlardan biri sifatida eslanadi. Tasavvur qiling... Bugun biz Qur’on darsiga kirish uchun masjid, madrasa yoki onlayn kurs topamiz. Ammo o‘sha kunlarda... Bir uy bor edi. Uyning ichida bir necha mo‘min va ularning orasida — butun insoniyatga yuborilgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallam. Bu uyga shunchaki yig‘ilish uchun kelishmasdi. Bu yerda iymon tarbiyalanardi. Rosululloh alayhissalom sahobalarga Alloh Taoloning nozil qilgan oyatlarini o‘qib berardilar. Ularning ma’nolarini o‘rgatardilar. Iymon mustahkamlanardi. Yangi musulmon bo‘lgan inson Rosululloh alayhissalomning huzurlariga kelib, Islomni o‘rganardi. Ya’ni bu uyda: Tirik Qur’on bor edi. Ilm, tarbiya, sabr, birodarlik va eng muhimi... Rosululloh alayhissalom bor edilar. Tarixda faqat mashhur insonlarni eslab qolinadi: Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali roziyallohu anhular... Ammo Allohning diniga xizmat qilgan ko‘plab insonlar bor ediki, ularning nomlari bugun kamroq tilga olinadi. Arqam roziyallohu anhu ana shunday zotlardan. U zotning uylaridan biri katta tarixiy voqealarning maskaniga aylangan, uyning egasi yosh sahobiy edilar. U o‘z uyining Rosululloh alayhissalom va ilk musulmonlar uchun xavfsiz maskan bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Qarang... Ular jang maydonida katta qo‘shin boshqarmadi. Minbarlarda mashhur nutqlar so‘zlamadilar. Lekin uylarini Islomga xizmat qildirdilar. Ba’zan insonning Alloh yo‘lidagi eng katta xizmati juda oddiy, kichkina ko‘rinadi. Bir uy... Bir xona... Bir kitob... Bir dars... Bir insonni qo‘llab-quvvatlash... Ammo Alloh huzurida uning qiymati ulkan bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda bizni uyimiz nimaga xizmat qilyapti degan savol tug‘iladi. Makkadagi musulmonlar hali kuchsiz edilar. Quraysh ularni kuzatar, ularga bosim o‘tkazar, ayrim musulmonlarni qiynar edi. Shuning uchun musulmonlar o‘z iymonlarini mustahkamlash va ta’lim olish uchun xavfsizroq joyga ehtiyoj sezganlar. Dar ul-Arqam ana shu davrda muhim maskanga aylandi. Bu menimcha bizga juda muhim bir narsani o‘rgatadi: Islom zaif davrda ham ta’limni to‘xtatmadi. ʼʼO‘QIʼʼ deyilgan buyruqqa har qachon itoat qildi. Aksincha... Sinov kuchaygan sari ilm va tarbiya kuchaydi. Bugun ham hayotimizda shunday bo‘lishi kerak. Muammo ko‘paydimi? — Qur’onni tashlamaymiz. Qalbimiz siqildimi? — Ilmni tashlamaymiz. Oilada qiyinchilik bo‘ldimi? — Namozni tashlamaymiz. Odamlar tushunmadimi? — Alloh bilan aloqani uzmaymiz. Chunki mo‘min insonning kuchi faqat tashqi sharoitda emas. Uning kuchi qalbining kim bilan bog‘langanida va nima bilan to‘lganidadir. Dar ul-Arqamning tarixiy ahamiyati shundaki, ilk musulmonlar jamoasining ko‘plab muhim vakillari u yerda Rosululloh alayhissalom bilan uchrashgan va ta’lim olgan. Siyrat manbalarida bu maskan bilan bog‘liq holda Ammor ibn Yosir, Suhayb ar-Rumiy va keyinchalik Umar ibn Xattob roziyallohu anhum kabi sahobalar zikr qilinadi. O‘ylab ko‘rsak bugun biz ularning nomlarini tarix kitoblarida o‘qiymiz. Ammo o‘sha paytda ular hali: “Buyuk sahobalar” emas edilar. Ular shunchaki: Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning yonida o‘tirib, Qur’on o‘rganayotgan mo‘minlar edilar. Ularning kelajagini o‘sha paytda hech kim to‘liq tasavvur qila olmasdi. Ammo Alloh bilardi. Endi darsimiz nihoyasida xulosalaymiz: Aslida bugun siz ham DAʼVATCHISIZ! Eeeng kamida oilangizga? Siz nimani daʼvat qilyapsiz? BIZ UYIMIZNI NIMAGA AYLANTIRYAPMIZ? Arqam roziyallohu anhuning uylarini esladik. Endi o‘zimizga savol beraylik: Bizning uyimizda nima ko‘proq eshitiladi? Telefon ovozimi? Serialmi? Janjalmi?G‘iybatmi? Yoki... Qur’on ovozimi?Salovatmi? Zikrmi? Ilmmi? Farzandlarga aytilgan chiroyli so‘zlarmi? Uyimizda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan biror narsa yashayaptimi? Daʼvat qilinyaptimi? Yoki....... Tafakkur qilaylikki, uy faqat yashaydigan joy emas. Uy — insonning eng birinchi maktabi. Farzandning birinchi tarbiyachisi — ota-onasi. Onaning birgina muomalasi farzandning butun hayotiga ta’sir qilishi mumkin. Otaning birgina so‘zi farzandning qalbida yillar davomida qolishi mumkin. Shuning uchun: Uyimizni kichkina Dar ul-Arqam qilaylik. Albatta, bu bilan uyimiz Arqam roziyallohu anhuning uylari bilan tenglasholmaydi... Ammo ergashgan bo‘lamiz... Uylarimiz ilohim 🤲 Qur’on o‘qiladigan uy. 🤲 Mehr-muhabbat bor uy. 🤲 Sunnatlar mujassam uy 🤲 Ilm o‘rganiladigan uy. 🤲 Qori(ya) lar yetishgan uy. 🤲 Gunohdan saqlanishga harakat qilinadigan uy. 🤲 Bir-birining haqqiga duo qilinadigan uylardan bo‘lsin! ✅ Mana shunday uyda ulg‘aygan bola ham bir kun kelib boshqalarga nur ulashishi mumkin. Buyuk ishlar kichik joylardan boshlanishi mumkin. Buyuk insonlar ham kichkina uylardan chiqqanini unutmaslik muhim. ✅ Shuning uchun: “Men nima qila olardim?” deb o‘zingizni kichik sanamang: Sizning bir tarbiyangiz... Sahifangizdagi bir postingiz... Bir Qur’on darsingiz... Bir bolaga bergan tarbiyangiz... Bir ayolga aytgan tasalli so‘zingiz... Bir insonni gunohdan qaytargan nasihatingiz... Alloh huzurida siz o‘ylagandan ham qadrli bo‘lishi mumkin. Sizga faqat ixlos bilan boshlash kerak...! Kichik amallarni ham kichik sanamang, balki KATTA XAYRLARNING BOSHLANISHIDIR... Bugun o‘zingiz va uyingiz haqida tafakkur qilib, xatolaringizni ko‘rgan bo‘lsangiz to‘g‘rilashni unutmang! 📌 Keyingi dars: “Umar ibn Xattob roziyallohu anhu — Islomga kelgan kunlari va Makkadagi da’vatning yangi bosqichi.” 🌟SIYRAT DARSLARIMIZNI YAQINLARINGIZGA HAM ULASHING! Allohumma solli va sallim ‘ala nabiyyina Muhammad deya — ❤️😍👍🥰👏❤️‍🔥 bosing! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟 4-DARS BU YERDA

#Xayrli_tun_qadrligim Tun... Chiroqni yoqmaysan... Derazangdan oy yog‘dulari kirib xonangni emas, sajdagohingni yoritadi... Y
#Xayrli_tun_qadrligim Tun... Chiroqni yoqmaysan... Derazangdan oy yog‘dulari kirib xonangni emas, sajdagohingni yoritadi... Yoki sen o‘sha nur tushib turgan yerga mo‘njal qilib solasan joynamozingni... Buning nomidir — halovat... Uyquning eng shirin joyidan uyg‘onib, yo‘lama qilinayotganda "Men shu yerdaman" demoqlikning nomidir — tahajjud...! 🥰 Haa, yana, tahajjud duolarida isming aytilishidir — muhabbat! 🌟 Tahajjudli kechalar, Dildoshim! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟

#SHUKRONALIK_SOATI 👨‍🍳 🧑‍🍼 🙂 ❤️ 🐟 Alhamdulillah, yana bir kunimiz o‘tdi.... Marhamat, bugun nelarga shukur qildingiz?!

#Hayot_haqiqati 📌 18 yoshimizda odamlar haqimizda nima oʻylashlariga qiziqamiz. 📌 30 yoshimizda odamlar biz haqimizda nima oʻylashlariga ahamiyat ham bermay qoʻyamiz. 📌 60 yoshimizda esa aslida hech kim biz haqimizda oʻylamasliklarini tushunib yetamiz. @Baxt_nurlari Jannatdagi baxt sari

#SHUKRONALIK_SOATI Bismillahir Rohmanir Rohiym...
🚩 Bir qo‘lim borligiga minnatdorman. Chunki, Bir qo‘limni ishlatmay ham qadri rossa bilindi. Sog‘lik — tuman boylik ekani rost-da. Allohimga shukronalik keltiraman: Alhamdulillah! 🚩 Bugun oilaviy aylanib kelganinizdan minnatdorman. Chunki, jiyanarimga ham yayradim. Allohimga shukronalik keltiraman: Alhamdulillah! 🚩 Shunaqa dard berganingga ham minnatdorman. Chunki, juda-juda ko‘o‘p tafakkur qilishimga, bolalarim mehrini his qilishimga sabab bo‘ldi. Allohim O‘zingga behisob-behad, cheksiz shukronalik keltiraman: Alhamdulillah! 🚩 Farzandlarimni yuzida kulgu, ko‘zida quvonch borligidan minnatdorman. Sababi, ularni quvonchidan baxtni his qilaman. Allohim O‘zingga behisob shukronalik keltiraman: Alhamdulillah! 🚩 Onajonimdan minnatdorman. Sababi menga yordamlashib, Mittichamga qarashib turibdilar. Beminnat senga jon kiydurguvchi baribir ona bo‘larkan... Allohim O‘zing rohatda qil. Allohim O‘zingga behisob shukronalik keltiraman: Alhamdulillah!
💯 Imkon borida yozmasangiz mana.... Yozolmay ham qolarkansiz. Qo‘lim toldi yozgunimcha... 😢 Bu #chellenge yimizni ham 21 kun to‘lsa yakunlaymiz. Shu kanalchaniyam baʼzan o‘chirib yuborgim keladi... 🤦‍♀😔 Hay, mayli, izohlarni ochiq qoldiraman... Marhamat, yozing... Hech yo‘qsa mazza qilib o‘qiy, kayfiyatim ko‘tarilsin.... 🌟🌟🌟🌟🌟

#Ilinganim 🍂Hozirgi erishgan barcha narsangizga sababchi bo‘lgan hayotingizda ular bor yo yo‘qligi muhim emas, ularga tashakkur ayting... Ular tufayli ba’zi narsalarni his qildingiz, ba’zi narsalarga erishdingiz, ba’zilarini yo‘qotdingiz... 💙 Boriga va bariga Alhamdulillah 🌐 Telegram || Instagram

#Ilman_nafian AMALLARNING 6 HUKMI Qaysi amalni bajarsangizam shu 6 hukm ichida bo‘lasiz? Ularning farqini bilish esa ibodatimizni yanada ongli qilishga yordam beradi.
HANAFIY MAZHABI BO‘YICHA: ✔️ FARZ — Alloh taolo qat’iy buyurgan amal. Bajarilsa — savob. Uzrsiz tark qilinsa — gunoh, katta gunoh. Farzning farzligini inkor qilish esa, agar u dinda zaruran ma’lum bo‘lgan masalalardan bo‘lsa, juda xavfli hukmga olib boradi. Masalan: besh vaqt namoz, Ramazon ro‘zasi. ✔️ VOJIB — bajarilishi shart bo‘lgan, ammo dalili farznikidek qat’iy darajada bo‘lmagan amal. Bajarilsa — savob. Uzrsiz tark qilinsa — gunoh va jazoga sabab bo‘ladi. Shuning uchun “vojib ekan, qilmasam ham bo‘laveradi” deyish to‘g‘ri emas. Masalan: Hanafiy mazhabida vitr namozi, hayit namozi. ✔️ SUNNATI MUAKKADA — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muntazam bajargan va tark etishni odat qilmagan sunnat. Bajarilsa — savob. Ba’zan uzr bilan tark qilinsa — gunoh emas. Ammo uzrsiz ravishda doimiy tark qilish qattiq qoralanadi va gunohga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan: bomdod namozining ikki rakat sunnati. ✔️ MUSTAHAB — Shariatimiz yaxshi ko‘rgan, bajarishga targ‘ib qilgan, ammo majburiy qilmagan amal. Bajarilsa — savob. Tark qilinsa — gunoh yo‘q. Ya’ni mustahabni qilgan inson yutadi, qilmagan inson esa gunohkor bo‘lmaydi. ✔️ MUBOH — qilish ham, qilmaslik ham shar’an teng bo‘lgan amal. Qilsa — o‘z-o‘zidan gunoh ham, maxsus savob ham yo‘q. Qilmasa — gunoh ham yo‘q. Ammo niyat muboh ishni ham savobga aylantirishi mumkin. Masalan: “Sog‘lom bo‘lib, Allohga ibodat qilish uchun ovqatlanyapman”, degan niyat bilan ovqatlanish. ✔️ MAKRUH — Shariat yoqtirmagan, tark etishni afzal ko‘rgan amal. Hanafiy mazhabida makruhning ikki turi bor: 📌 Makruh tahrimiy — haromga juda yaqin hukm. Uni qilish gunoh. 📌 Makruh tanzihiy — tark etish afzal, ammo qilgan kishi harom qilgandek gunohkor bo‘lmaydi.
📚 Rodd ul-Muhtor, Bahr ar-Roiq. Ilmni bilish — amalni og‘irlashtirish uchun emas, uni ongli qilish uchundir. Bir amalni “shunchaki sunnat ekan” deb e’tiborsiz qoldirishdan oldin uning qaysi darajadagi sunnat ekanini bilaylik. Muboh amallarni birgina niyatimiz bilan ibodatga aylantiraylik.... 🤲 Allohim bizga O‘zi rozi bo‘ladigan amallarni sevdirsin... Aʼmiyn deyish tugamachasi — 🥰❤️👍👏 @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋

#Ilinganim
O’ZBEK AYOLI CHIDAMLI BO’LISHI KERAK…
📌 Ko‘ring va xulosa qiling! Ko‘raganingizda sizni qaysi gap juda taʼsirlantirdi? Fikrlariga qo‘shilasizmi? @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋

Hikoyalarim nootbookda edi. Ko‘chirib TG joylayman degandim. Shunaqa ishlar bo‘lib, kanalga sarlavhachasi tushibdi.... Bugun joylab qo‘yaman 😳

😍 Xayrli kun, o‘rtog‘charim! Qo‘lim bog‘langan... Bir qo‘l bilan yozish ham, telefonni ushlash ham noqulay ekan. 😉 ʼʼRejalashtirishdaʼʼ bor postlarni o‘qib, ko‘rib turasizlar endi! 🤲 Xayrlashmay ham chiqadiganlar esa Allohimga omonat bo‘linglar!

#Xayrli_kun_qadrligim 🥰 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🤲 Allohim, bizni Qiyomatning fitnalaridan, Dajjol fi
#Xayrli_kun_qadrligim 🥰 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🤲 Allohim, bizni Qiyomatning fitnalaridan, Dajjol fitnasidan va barcha yomonliklardan O‘zing asrasin. 🤲 Qalbimizni islomda, iymonda sobit qilsin va O‘zi rozi bo‘ladigan holatda jonimizni olsin. 🤲 Ikki dunyoda aziz, saodatmand aylasin! 🥰 Shanba kuningiz mehr-muhabbat, xush kayfiyatda o‘tsin! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋

#SHUKRONALIK_SOATI 1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ 7️⃣ 8️⃣ 9️⃣ 1️⃣0️⃣ 1️⃣1️⃣

Orzu havaslaring kabi....
Orzu havaslaring kabi....

#Hayotiy_hikoyalar ⚖️ TAROZI