BAXT NURLARI 🌔
Kanalga Telegram’da o‘tish
"Baxtli bo‘lganlar jannatdadirlar... Bu tuganmas in’omdir" Hud surasi, 108-oyat. 🍀 Jannatdagi baxt sari shiori bilan! 🥰 "Baxtli bo‘lganlar" safida bo‘lish uchun! ✍️ Murojaat: @BaxtnurlariBOT @Statussiz_suratlar @Uvaysiy_Badriya
Ko'proq ko'rsatish1 780
Obunachilar
-2924 soatlar
-427 kunlar
-17930 kunlar
Postlar arxiv
1 778
#Hayot_haqiqati
📌 Buzish, sindirish, yo'q qilish soniyalarni olishi mumkin!
✅ Qurish, qayta tiklash, saqlashga esa ba'zan bir umr kerak.
@Baxt_nurlari 🦋
Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Xayrli_kun_qadrligim
🌟 Assalomu alaykum va
rohmatullohi va barokatuh!
😊 "Alhamdulillahi aʼla kulli hal" —
Har qanday holatda ham
Allohga hamd bo‘lsin!
🤲 Allohim yangi kun, yangi haftamizni xotirjamlik, baraka va quvonchlarga
toʻldirsin!
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari 🌟
1 778
+4
#Eslatmaaa
🥰 Foydali deb bilganlarimni sizga ham ulashaman!
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari 🌟
1 778
#Eslatmaaa
🥰 Foydali deb bilganlarimni sizga ham ulashaman!
@Baxt_nurlari 🦋
Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Kechinmalar
Men hayotda juda ham serqirra yashayman. Hammasida gullab-yashnab, do‘ndirib yubormasman. Ammo ko‘p mashg‘ulotlarim, hobbylarim bilan shug‘ullanaman. Bu o‘zimga yoqadi. Deylik masalan savdo-sotiq, arab tili kursi, ijod, marafon, mutolaa, xatto hali ommaga olib chiqmagan pullik loyihalarim bor... Va hokazo...
📌 O‘tgan kuni sinfdoshlar guruhida meni ʼʼreklama qilolmagandiʼʼ deya yozishibdi. Men reklama qilolmaganimdam emas, REKLAMA QILISHNI ISTAMAGANIMDAN shunaqa yo‘l tutaman. Masalan etiqodimda hamma narsaning o‘rni bor deb bilaman.
😇 Men hamma xizmatlarimni, sotuvlarimni yoki shu oddiy loyihalarimni ham kanalimda qo‘yishim mumkin, lekin qo‘ymayman. Bir marta eʼlon qilganman. Baʼzida eslatib turaman. Ammo yoppasiga joylayvermayman.
✅ SMM xizmati
✅ Tabriklar loyihasi
✅ Shifo oyatlari bilan asal
✅ Parfumeriyalar
✅ Hikoya, maqola, sheʼrlar
buyurtma qilishadi baʼzan...
💯 Lekin, hamma narsa o‘z joyida qadrli!
Sinfdoshlarimni yaxshi ko‘raman. Ular bilan savdo-sotiqda emas samimiy holatimni bo‘lishgim keladi.
😍 Kanalimni esa boshidan moddiy manfaat ko‘zlab ochmaganman. Ozgina kam 7 yil bo‘lyapti sahifa yuritishni boshlaganimga. Hozir ham reklama so‘rashadi, baʼzan eʼlon qo‘yib bering deyishadi. Ammo istamayman.
🥰 Bularni nega yozyapman!? Shunchaki, hayotda qilayotgan ishingizni mohiyatini tushuning, har bir ishda manfaat ko‘zlayversangiz qadringiz qolmaydi!
😊 ʼʼXolis Alloh yo‘lida...ʼʼ deya davom etsangiz siz kutmagan tomonlardan Robbim yo‘lingizni ochib qo‘yadi...!
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari🌟
1 778
#Hayot_haqiqati
Dunyo sizda qolsa ham,
siz dunyoda qolmaysiz...!
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari 🌟
1 778
#Xayrli_kun_qadrligim
🌟 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
🫠 Baxt baʼzan katta mo‘jizalarda emas, kichik neʼmatlarni qadrlashda yashiringan.
😊 Bugun tabassum qiling, shukr ayting va yaxshilik qilish imkonini qo‘ldan boy bermang.
🥰 Inshaalloh, har bir yaxshi niyat o‘z egasiga eng go‘zal holatda qaytadi!
Dam olish kuningiz go‘zal o‘tsin!@Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Xayrli_tun_qadrligim
😊 Bugun uchun shukr qilib, asta o‘ringa kiramiz...
🥰 Xatolarimiz uchun istig'for aytib, qalbimizga sakinat kiritamiz...
😇 Ertangi kunni esa Allohning rahmatiga omonat qoldiramiz...
🤲 Allohim, bu kecha har bir xonadonga xotirjamlik, har bir qalbga taskin, har bir dardga shifo va har bir bandangga O'zing rozi bo'ladigan tongni nasib etgin!
🌙 Allohimga omonatsiz, Dildoshim!
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari 🌟
1 778
#Hayotiy_hikoyalar
Bir ayol har kuni hayotidan nolirdi.
— Uyim kichkina...
— Pulim kam...
— Ishlarim yurishmaydi...
— Hayotim og'ir...
Bir kuni u kasalxonaga bordi. Yo'lakda nogironlar aravachasida o'tirgan bir qizchani ko'rdi. Qizchaning ikki oyog'i yo'q edi. Shunday bo'lsa-da, u onasiga qarab kulib:
— Oyi, bugun havo qanday chiroyli! Allohga hamd bo'lsin! dedi.
Ayol hayratda qoldi.
Biroz narida esa ko'zlari ojiz bir kishi qo'lida tasbeh bilan:
— "Alhamdulillah. Bugun ham nafas olyapman, Robbimga shukr." deb takrorlardi.
Ayolning ko'zlariga yosh keldi.
U o'zicha shunday dedi:
"Men bor ne'matlarimni oddiy deb bilibman. Yo'qlarimni sanab yashabman. Aslida esa menda boshqalarning eng katta orzulari bor ekan..."
O'sha kundan boshlab u har tong uyg'onganida faqat uch narsani aytadigan bo'ldi:
"Alhamdulillah sog'lig'im uchun. Alhamdulillah oilam uchun. Alhamdulillah bugungi kun uchun."
Qiziq... Muammolari birdaniga yo'qolib ketmadi. Ammo qalbi o'zgardi. Shukr kirgan qalbda nolish kamaydi, nolish kamaygan qalbga esa xotirjamlik kirib keldi.
✅ Unutmang: Baxt — hamma narsaga ega bo'lish emas. Baxt — Alloh bergan ne'matlarning qadrini bilishdir.
Alloh Taolo ham marhamat qiladiki:
"Agar shukr qilsangiz, albatta sizlarga (ne'matimni) ziyoda qilaman." (Ibrohim surasi, 7-oyat).
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari 🌟
1 778
#Eslatmaaa
📌 Qancha yilingizni zoye ketqazgan bo'lsangiz ham...
✅ Qolgan yillaringizni qutqarib qoling...!
@Baxt_nurlari 🦋
Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Juma_muborak_qadrligim
🌟 Assalomu alaykum va
rohmatullohi va barokatuh!
🤲 Alloh taolo bugungi
muborak kunda qalbingizni
Qur'on nuri bilan munavvar qilsin!
🤲 Duolaringizni ijobat aylasin,
rizqingizga baraka, umringizga
xayr, oilangizga tinchlik va
qalbingizga xotirjamlik ato etsin.
🌸Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad!@Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Eslatmaaa
Inson toki boshqalarga qilganini o‘z boshidan kechirmas ekan—bu dunyoni tark etmaydi.✅ Bu shunchaki ogohlantirish emas. 📌 Bu — hayot qonuni. Uni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Biz unutib yuborishimiz mumkin, ammo Alloh hech narsani unutmaydi. Eng mayda amallarimiz ham, xuddi soya kabi, ortimizdan ergashib, bir kun kelib qarshimizga chiqadi.O‘sha yaxshiliklaringiz siz haqingizda yozilayotgan kitobning sahifalariga aylanadi—va aynan o‘sha sahifalar eng muhim kunda ochiladi.
Biroq, agar siz kimgadir ozor yetkazgan bo‘lsangiz, bilingki, u azob bir kun sizning eshigingizni taqillatadi.🤩 U sizni sindirish uchun emas, adolat borligini eslatish uchun keladi. Islomda “bumerang” tushunchasi yo‘q. 💯 Lekin undan ham chuqur va mukammalroq narsa bor — bu Allohning adolatidir. @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Kechinmalar
📌Baʼzan yaxshiligingga,
yaxshi inson ekaningga
O‘zingni ishontir!
✅ Kimdir tanqid qilar...
✅ Kimdir seni bilmas...
✅ Kimdir uchun esa sen
ʼʼOYNASANʼʼ!
😇 Ishon!
⭐Yomon deganlarga parvo qilmaslikni o‘rgangan kuning osonroq yashaysan!
P.S: SI ijodidan.
@Baxt_nurlari 🦋
Jannatdagi baxt sari 🦋
1 778
#Eslatmaaa
📌 Kim ilm olmoqchi bo‘lsa yoki ilmdan baraka topmoqchi bo‘lsa quyidagi 10 ta hislatni o‘ziga lozim tutsin:
1⃣ 2 raʼkat bo‘lsa ham tungi namoz o‘qisin;
2⃣ Doim tahoratli yursin;
3⃣ Zohirida ham Botinida ham taqvo qilsin;
4⃣ Taomni nafs uchun emas quvvat uchun yesin; ( yaʼni to‘yib taomlanmaslik kerak)
5⃣ Misvak ishlatsin;
6⃣ Doim kitob mutolaa qilsin;
7⃣ Ustoziga nisbatan doim odobda bo‘lsin;
8⃣ Doim Qur'on tilovat qilsin;
9⃣ Ota-onasini xizmatida shay tursin;
🔟 Xusni xulqda yursin.
✈️ Talabi ilmda yurganlarga ulashib qo‘ying!
@Baxt_nurlari 🩷
Jannatdagi baxt sari ✈️
1 778
#Ilinganim
40 yillik ibodatni yo'q qilgan bir tomchi ko'z yosh💯 Ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz, istig‘forga yanada mehr qo‘yishingiz, gunohlardan tiyilishingiz shubhasiz... 🥰 Yaqinlaringizga ulashib qo‘yishni unutmang! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari🌟
1 778
Eshitish oson...
Tushunish qiyin!
Tushunish oson...
Fahmlash qiyin!
Farosat kerak...!
1 778
#Eslatmaaa
😊 Qadimgi donishmandlar shunday deyishgan ekan:
📌 Bugʻdoyga toʻlgan boshoqning boshi egilgan boʻladi. Boʻsh boshoq esa tikkayib turadi.
✅ Tavoze bilan gʻururning farqi mana shundadir!
Oqillar tavozeʼ aylaydi doim, Nodonlar kibrga asriy sherikdir. Bugʻdoy boshogʻiga nazar sol, doʻstim – Toʻligʻining boshi mudom egikdir!@Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari🦋
1 778
#Eslatmaaa
📌Fotiha surasida Alloh Taolo marhamat qiladiki: ʼʼBizni toʻgʻri yoʻlga boshlaginʼʼ!
✅ Ibn Mas'ud rodziyallohu anhu: "Ana shu to'g'ri yo'l Qur'ondir. Modomiki Qur'on bilan birga bo'lar ekansan, demak sen toʻgʻri yo'ldasan”, dedilar...
🥹 Bugun to‘g‘ri yo‘ldan ozgandirmiz, ammo, qaytish uchun fursatimiz bor...
Qurʼonga qayting...@Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
