BAXT NURLARI 🌔
Відкрити в Telegram
"Baxtli bo‘lganlar jannatdadirlar... Bu tuganmas in’omdir" Hud surasi, 108-oyat. 🍀 Jannatdagi baxt sari shiori bilan! 🥰 "Baxtli bo‘lganlar" safida bo‘lish uchun! ✍️ Murojaat: @BaxtnurlariBOT @Statussiz_suratlar @Uvaysiy_Badriya
Показати більше2 146
Підписники
-2324 години
+2727 днів
+5030 днів
Архів дописів
2 148
#Xayrli_tun_qadrligim
HUZUR Har kecha uyda hamma o‘z ishi bilan band bo‘ladi. Kimdir telefonda, kimdir televizor qarshisida, kimdir o‘z ishini qiladi... Dilrabo esa choyini olib, deraza yoniga o‘tirdi. Ko‘p qavatli uyning oynasini ocharkan, yuziga kuzning mayin, biroz etni titratadigan shabas urildi. Ko‘chada chiroqlar yonib turardi. Turfa chiroqlarga termulib kun davomida bo‘lgan voqealarni birma-bir esladi... Bugun ishxonada Setora uning ko‘nglini og‘ritdi. Direktor o‘rinbosari gapiga javob bermadi. Nazariga ilmadi chog‘i... Singlisi ham “opa, keyinroq bog‘lanaman” deb ortga surib qo‘ydi. U sokin ko‘rinsa-da ichida bir notinchlik bir edi. Dilrabo telefonini qo‘liga oldi-yu, bir necha soniya o‘ylanib turdi. So‘ngra singlisiga yoza boshladi: “Bugun seni esladim, sog‘ingandim. Va seni kun bo‘yi kutdim... Hozir juda xafa bo‘lib turgandim. Ammo seni kechirdim. Sendan xafaligimni duoga aylantirdim. Umring uzoq, joning sog‘ bo‘lsin singlim, Allohga omonatsanʼʼ. Javob kelmadi, kutmadi ham. Lekin Lekin Dilrabining ko‘ngli ancha yengillashdi. O‘ziga o‘zi yana so‘zlay boshladi: Dilii, bizga katta narsalar emas, shunchaki bir og‘iz yaxshi gap, bir kechirim yoki “yaxshimisan?” degan savol yetarli-ku, qara. Undan xafa bo‘lganingni u xatto o‘ylamagan ham, balki o‘z hayoti bilan banddir. Sen insonlarni kechirib, o‘zingga yaxshilik qilasan xolos-uʼʼ... Shu vaqt qizchasi keldi, oyijon nima qilyapsiz, uxlaymizmi?! — Ha, shirinim, yuraqol. Qizchasini ko‘tardi-yu, uyga kirib ketar ekan, qalbidagi og‘riq huzurga, tilidagi xafalik shukurga aylangan edi. Tamom.✍ OYMOMO. 😊 Siz ham bugun uxlashdan oldin o‘zingizga bir savol bering: “Bugun men kimning ko‘ngliga ozgina bo‘lsa ham yaxshilik ulashdim?”, ʼʼKimni kechirishim kerak?ʼʼ 🤲 Bugungi barcha charchoqlar bugunda qolsin, ertangi kuningiz bugungidan ham go‘zal bo‘lsin, Dildoshim! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
2 148
#LIFE
:) sizga fayzli oqshom tilayapmiz...
🤲 Allohumma barik!
Mittigulimga — ❤️
@Baxt_nurlari
Jannatdagi baxt sari
2 148
#Eslatmaaa
Bu hayotda hamma-hamma narsaning ilmi bor.
✓ Yaxshi ona bo‘lishning ham ilmi bor.
✓ Farzand tarbiyasining ham.
✓ Oila qurishning, er-xotin munosabatining ham.
✓ Pul topishning ham, uni boshqarishning ham.
✓ Sog‘liqni asrashning, kasbning, hunarning ilmi bor.
✓ Hatto odamlar bilan muomala qilishning ham o‘z ilmi bor.
📌 Gohida esa biz biror narsani bilmay turib, ʼʼmen shunaqamanʼʼ, ʼʼqo‘limdan kelmaydiʼʼ, ʼʼhayotimda doim shunday bo‘lganʼʼ, deb qo‘ya qolamiz. Vaholanki, bilmagan narsamizni o‘rganish mumkin. Qur’oni Karimdagi ilk vahiyga e’tibor bering: ʼʼIqro’!ʼʼ — ʼʼO‘qi!ʼʼ. Alloh Taolo Payg‘ambarimiz rosululoh sollalohu alayhi vasallamga ilk bor nozil qilgan oyatlarda O‘QISHga, ilmga, bilishga e’tibor qaratdi. Bu aslida biz musulmonlar uchun juda katta ishora. Demak, musulmon insonning yo‘li ham ʼʼbilmaymanʼʼ degan joyida to‘xtab qolish emas, ʼʼo‘rganamanʼʼ degan joyidan boshlanadi. ✅ Farzandingizni tushunmayapsizmi — tarbiya ilmini o‘rganing. ✅ Pul yetishmayaptimi — moliyaviy savodxonlikni o‘rganing. ✅ Oilada muammo bormi — muomala va munosabat ilmini o‘rganing. ✅ Kasbingizda o‘smoqchimisiz — shu sohaning ilmini o‘rganing. ✅ Qalbingiz bezovtami — diningizni, Qur’onni, sunnatni CHUQURROQ o‘rganing. Chunki har bir natijaning ortida bir bilim bor. 💯 Bugun bilmayotgan narsangiz uchun o‘zingizni ayblamang. Lekin uni bilmasdan qolib ketishga ham rozi bo‘lmang. Bir kitob... Bir ustoz... Bir dars... Bir foydali suhbat.. Bir oyat ustida tafakkur… Inson hayotini o‘zgartirish uchun juda katta imkoniyat emas, to‘g‘ri bilimning o‘zi kifoya. Shuning uchun o‘zimni ham bir umrlik toliba deyman. Chunki, ilm izlash — faqat maktab yoki universitet yillarining ishi emas. Ilm izlash — butun umr davom etadigan yo‘l, sayohatdir.Endi o‘zingizdan so‘rab ko‘ring: Hayotingizda aynan qaysi masala sizga eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirmoqda? Balki uni o‘zgartirish uchun sizga shunchaki — BILIM yetishmayotgandir? 🤍 Siz ayni damda hayotingizning qaysi sohasini o‘rganishingiz kerak deb o‘ylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring. Balki keyingi xabarim aynan siz aytgan mavzuda bo‘lar... @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
2 148
+2
Birinchisini 4 kunda tugatdim. Alhamdulillah, amaliyotda zo‘r natija olyapman. O‘g‘illarimga ham yoqimli usullar bilan yanayam ilmli, xusnixulq va mehribon bo‘lishlariga sababchi bo‘ldi.
58-bet 2-qismidan o‘qidim, bugun ayni vaqtgacha 26 bet bo‘ldi. Kechgacha yana o‘qirman, nasib... InshaAlloh!
Haaaf bir ota-ona o‘qiydigan kitob ekan. Amaliy tavsiyalar tajribasidan o‘tgan ota-onalardan tinglab, o‘rganib, so‘rab yozilgan kitob ekan. Juda manzur bo‘ldi menga. Boshqalarga ham tavsiya qilaman.
2 148
#Kechinmalar
O‘qildi: 58 bet. Kitob o‘qishning foydalari: 1. Mutolaa insonni streslardan oson o‘tishga zo‘r yordam beradi. 2. So‘z boyligi ortadi, fikrlari chiroyli bo‘lib boradi. 3. Muammolar qarshisida tez yengilib qolmaydi. 4. Bosh oo‘rig‘ini qoldiradi, sinalgan usul. Birinchi og‘riq kuchayganga o‘xshaydi, ammo dorilardan tez qoldiradi. 5. Turfa taqdirlarni o‘qib, o‘zingiznikiga shukur qilasiz... 6. Ilmiy kitoblardan ilm oshadi, ilm esa insonga haybat beradi. Haybati bor insonni so‘zi o‘tadi, tinglanadi. 7. Ko‘p kitob o‘qigan inson haddini, odobini, xulqini biladi. 8. Kitobxon insonni oilasida ham hurmati oshadi. 9. Kitob yana eeng yaxshi maslahatchi. Qaysi sohada bo‘lmasin o‘sha sohani adabiyoti sizga BEMINNAT DO‘STDIR. 10. Eng muhimi Robbimning ʼʼIQROʼʼ degan buyrug‘iga ITOAT xosil bo‘ladi. Salovot: 1000+ @Aqllibolajon1🥰 Xabaringiz bor, shu marafonda ishtirok etyapman. Kitobxonligim yanada oshdi, bahonalarni yig‘ishtirib ko‘o‘o‘o‘ppala o‘qiyapman avvalgidek... Kechagi vazifalar ichida kitob o‘qishning foydalarini yozish edi. Yaxshimi?! 😍 Hisobotimni sizlargayam ilindim... 🥰 Men yozmaganlarimdan izohlarda qoldiring... Boshqalarga ham eslatma bo‘lar balki... @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
2 148
#Hayot_haqiqati
📌 Yaxshi desangiz yaxshi,
Yomon desangiz yomonman!
✅ O‘zimni oqlashimga hojat yo‘q...
@Baxt_nurlari
Jannatdagi baxt sari
2 148
#Xayrli_kun_qadrligim
🌟 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
❤ InshaʼAllohlarimiz Alhamdulillahlarga aylanadi! 💯 Bunga ishonaman, Chunki Robbimiz, Ar-Rohman, Ar-Rohim, Al-Vahhab, Al-Malik, Ar-Rozzaq va Al-Mujiybdir! 🌷 Har doim haddingizni biling deyman! Ammo duoda halolingiz bo‘lgan har neni so‘rashda haddingizdan oshing...⭐ Shunda qudratini ko‘raverasiz! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
2 148
😍 Ey Mehribon Allohim
ikki dunyoda ham
mukammal go‘zalliklarini
ko‘rsat menga...!
2 148
#Eslatmaaa
Pullaringizni boshqarishda eeeng zo‘r, sinalgan yana bir foydali odat: har bir xarajatni yozib boring.
❤️ Bir oy davomida hatto 5–10 ming so‘mlik xarajatlarni ham qayd eting. Xatto 3 ming so‘mlik yo‘l haqiniyam. ❤️ Oy oxirida ko‘pincha katta xarajatlardan emas, ʼʼarzimasʼʼ deb qaragan mayda xarajatlaringizdan hayron qolasiz. Boylik haqida yozgan Robert Kiyosakining qarashlaridan biri ham shunga yaqin: pulni shunchaki sarflash emas, pul siz uchun qanday ishlashini o‘rganish kerak. O‘rganish uchun esa harakat qilish kerak. Bilganiga amal qilish kerak. Shuning uchun o‘zingizga uchta savol bering: 1. Men pulim qayerga ketayotganini aniq bilamanmi? 2. Kutilmagan kun uchun oz bo‘lsa ham jamg‘armam bormi? 3. Men ko‘proq topishga emas, topganimni to‘g‘ri boshqarishga ham harakat qilyapmanmi? 💖💖 Bir qunt qilib yozib chiqing 💖💖 shu savollarga javobni. Siz qunt qilib kirishmasangiz, ishoning doimiy PUL MASALASIGA qiynalib yashayverasiz. ➡️ Bugundan bir oddiy ishni boshlang: telefoningizga ʼʼXarajatlarimʼʼ degan yozuv oching va 30 kun davomida hamma xarajatingizni yozib boring. Lekin bu oson emas! Menga ishonavering... O‘zim ham baʼzida esimdan chiqarib qo‘yaman chunki. Balki bir oyda boyib ketmassiz. Ammo pulingiz ustidan nazorat paydo bo‘la boshlaydi. Asta-sekin pul muomalasini tushunasiz, o‘rganishga kirishsangiz ISHONING shu haqidagi foydali maʼlumotlar ham yo‘lingizdan chiqib qoladi. Ammo eng asosiysi moliyaviy tartib — katta daromaddan emas, kichik odatlardan boshlanishini tushuning. Shu lahzadan ham siz qadam qo‘ysangiz natija ko‘rinadi.📌 Va eng muhim qismi shuki, pulning ko‘pligi — hali baraka degani emas. Halol topilgan ozgina rizq ba’zan harom aralashgan katta mablag‘dan ham ko‘proq naf keltiradi. 💯 Shuning uchun daromadimizni hisoblaganda faqat ʼʼqancha topdim?ʼʼ deb emas, ʼʼqanday topdim?ʼʼ deb ham so‘raylik. Chunki, baraka miqdorda emas — HALOLLIKDA...! @Baxt_nurlari ❤️ Jannatdagi baxt sari ❤️
2 148
#Ilinganim
❤️ SABRNING 3 TURI va unga
beriladigan MUKOFOTLAR...!
❤️ O‘zi eng sevimli kitobim,
yana eeng sevimli jumlalarni
Book_lover Nigora chiroyli
talqin qilibdi...
@Baxt_nurlari 🌟
Jannatdagi baxt sari 🌟
2 148
#Kechinmalar
— Men uchun ko‘chalarga suv sepasan!
— Yoshligida asalga tushib ketgan qizgina!
— Galsa galsin, olma terib berayin, yorim galsin!
— Do‘mbog‘im dedim sani!
— Nimadir hanim beshta, peshta... (вапши anlamadım bu cümlesin 🫤)
🎤 Qo‘shiq deb haar nimani aytaverisharkandaaa...
⭐ Qo‘shiqlardan parchalar meeezzami?
🌹 Ko‘chamizda to‘y, kelin kelyapti...😈 Bizga ovsin kelyapti! To‘ylarni sog‘inibmankii, mazza qilib o‘ynadim, haaay-haaay, to‘yda deb o‘ylamangiz, hovlimizda... Uyda yolg‘iz o‘zimgina yayradim 💃🌟😊 🤲 O‘zbegimning to‘ylari bor bo‘lsin! To‘ylar bo‘laversin! Qo‘shnimiz Boburjon ham baxtli oilalardan bo‘lishsin! 😁 (O‘zini ko‘rmaganman, ammo ismi Boburjon ekan-da qo‘shnimizni) ❓ Siz ohirgi marta qachon to‘yga bordingiz? To‘ylar yoqadimi?
2 148
#Kechinmalar
— Men uchun ko‘chalarga suv sepasan!
— Yoshligida asalga tushib ketgan qizgina!
— Galsa galsin, olma terib berayin, yorim galsin!
— Do‘mbog‘im dedim sani!
— Nimadir hanim beshta, peshta... (вапши anlamadım bu cümlesin 🫤)
🎤 Qo‘shiq deb haar nimani aytaverisharkandaaa...
⭐ Qo‘shiqlardan parchalar meeezzami?
🌹 Ko‘chamizda to‘y, kelin kelyapti...😈 Bizga ovsin kelyapti! To‘ylarni sog‘inibmankii, mazza qilib o‘ynadim, haaay-haaay, to‘yda deb o‘ylamangiz, hovlimizda... Uyda yolg‘iz o‘zimgina yayradim 💃🌟😊 🤲 O‘zbegimning to‘ylari bor bo‘lsin! To‘ylar bo‘laversin! Qo‘shnimiz Boburjon ham baxtli oilalardan bo‘lishsin! 😁 (O‘zini ko‘rmaganman, ammo ismi Boburjon ekan-da qo‘shnimizni) ❓ Siz ohirgi marta qachon to‘yga bordingiz? To‘ylar yoqadimi?
2 148
#Eslatmaaa
💰 Bugun siz bilan moliyaviy ishlar haqida gaplashmoqchiman. Chunki, pul ko‘payishidan oldin uni boshqarishni o‘rganish kerak. Men qanday moliyaviy erkin bo‘ldim?! Qanday qilib uyda ham shunaqa erkinman... Albatta Moliyaviy savodxonligimni oshirib... Bu borada biroz bo‘lishib bormoqchiman sizlar ban.
💵 Ko‘pchilik: ʼʼDaromadim ko‘paysa, hammasi joyiga tushadiʼʼ, deb o‘ylaydi. Ammo ko‘pincha muammo qancha topishda emas, topganimizni qanday boshqarishimizda bo‘ladi. 💖 Mashhur investor Uorren Baffetning juda mashhur bir fikri bor: ʼʼXarajatlarni daromadga moslashtiring, daromadni xarajatlarga emas!ʼʼ Ya’ni avval qo‘limizga pul tushsin, keyin qolganiga yashayman, deyish emas. Aksincha, pul kelishi bilan unga vazifa berish kerak. 💖 Masalan, oylik daromadingiz 5 million so‘m bo‘lsa, hammasini bitta joyda tasavvur qilmang. Uni bo‘lib qo‘ying: — zaruriy ehtiyojlar; — jamg‘arma; — qarz yoki majburiyatlar; — o‘zingiz va oilangiz uchun kichik quvonchlar; — bir qismi sadaqa va yaxshilik. ✅ Miqdorlar har kimda har xil bo‘ladi. Muhimi — pulning hammasini sarflab bo‘lgach, ʼʼqani endi ozgina qolganidaʼʼ deb o‘tirmaslik.DAVOMI BOR... ❓ Sizga qiziqmi? Davom etaymi? Ha yozing — 🥰😍👍❤️❤️🔥👏 20+ reaksiyalar bo‘lsa davomini ham yuboraman. @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
2 148
#Xayrli_kun_qadrligim
🌟 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
🍂 Boshlangan yangi kun, yangi haftangiz fayzli bo‘lsin! 🤲 Robbim Allohimga yog‘ayotgan yokg‘ir tomchilari adadicha hamdlar bo‘lsin! 🤲 Xonadoningizga, umringizga, vaqtingizga va solih amallaringizga ham shu yomg‘irlar qadar barakalari yog‘ilsin! 🤲 Alloh roziligi hammaizga nasib etsin!🍂 O‘zingizni ehtiyot qiling! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
