fa
Feedback
MJ

MJ

رفتن به کانال در Telegram

Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar

نمایش بیشتر
4 266
مشترکین
-324 ساعت
-387 روز
+2730 روز
آرشیو پست ها
MJ
4 266
Claudening matvatsa berib qo'yishiga nechchi?
Claudening matvatsa berib qo'yishiga nechchi?

MJ
4 266
Kech bo'lganda ozgina random fikrlar. Bir muhim masala: AI bilan ishlashni boshlaganda bir nechta loyihaga parallel kirishmang. Bittasini boshidan oxirigacha "chetkiy" qilib tugating. Tugagan loyihaning tezligi ustida ishlang. Tepadagi postlarda aytilgandek testlar ishlashini yaxshilang. Bitta loyihada pishgan tajribangiz keyingi loyihada ishni ancha osonlashtiradi, tezlashtiradi. Matt Pocock skillarini o'rganing. Muhim. Qiyin narsa emas.

MJ
4 266
Boshida ChatGPTning o'zini webda ishlatdim. Oz-moz. Har xil mavzularda, strategiya, loyihalash, brainstorming uchun. Keyin AppSheetda tuziladigan loyihalarimga maslahat olish uchun. Davomidan AppSheetdagi loyihalarni Apps Script yordamida pishitish, yaxshilash uchun: - so'rov yozaman - kelgan kodni web editorga joylayman - ishlamay qolganda butun loyiha kodlarini qayta joylab, yana "ruchnoy" yangilayman - orada Apps Script "kalla qo'yadi" - joylangan kodlarni negadir boshqa fayllarga ustma-ust saqlaydi Keyingi bosqichda clasp yordamida huddi GitHub bilan ishlagandek Apps Scriptdagi loyihalarni kompda yozishga o'tdim. Osonroq bo'ldi. AppSheet noqulayligi yaqqol ko'rina boshladi. "Qani ko'raychi" deb risk olib (o'sha paytda risk deb bilgandim) $100 lik Claude obunasi bilan loyiha tuzishni boshladim. Ozgina fast-forward va: Oldingi hafta $200 lik Claude haftalik limitini muddatidan ~1 kun oldin tugatdim. Qarasam, mavjud loyihalarim bilan bu limit yetmaydi. Kecha 2-profil ochib $100 lik tarifni yoqdim. Bugun sal kamroq ishga ulgurganning o'zida openusage 20x tarifdagi haftalik limitni 3 kuncha oldin tugatishim mumkinligini ko'rsatyapti. Marketing va sotuv, kelishuvlarni o'rganish kerak. Yaxshi pulga manfaatli loyiha qilib berib loyihalar olinsa, xarajatini bemalol qoplay oladi, Xudo xohlasa.

MJ
4 266
Foydaning namunasi
Foydaning namunasi

MJ
4 266
AI bilan ishlashda Test Driven Development muhim (o'zi oldindan muhim bo'lgan). Shu bilan birga testlarning sifati, ularning optimal ishlashi ham mumkin. Noto'g'ri yozilgan, to'g'ri tizimlanmagan testlar sifat va vaqtga ta'sir qiladi. Ora-orada AI yozgan testlari samaradorligini tekshirtirib turgan yaxshi.

MJ
4 266
Oq betmobil 😁
Oq betmobil 😁

MJ
4 266
"Odamlar-u odamlar. Kepqolinglar. Issiqqina referal linklar" 😂

MJ
4 266
Mabodo biron kim Claude obunasini olmoqchi bo'lsa, referal link: https://claude.ai/referral/yQ6apJ_m0w Shu link orqali obuna xarid qilsangiz, menga qo'shimcha foydalanish uchun $10 berarkan Claude.

MJ
4 266
Qaysidir oyda obuna olganda extra usage uchun bergan $30 dan ozginasi qolgan ekan. Mabodo hozir ulgurmasam, shuni ishlatvoris
Qaysidir oyda obuna olganda extra usage uchun bergan $30 dan ozginasi qolgan ekan. Mabodo hozir ulgurmasam, shuni ishlatvorish kerak bo'ladi.

MJ
4 266
Haftalik limit dushanba 02:00 da qayta tiklanadi. Qilinadigan ish, ehtimoliy buyurtmalar, imkoniyatlar ko'p. Odam ko'proq narsani tuzib ulgurishni o'ylab shoshilib qolarkan. Kecha "yana bir profil ochib $100 lik obuna olgan yaxshimikin yoki $200 lik" deb o'ylab qoldim. Albatta, loyiha va pul bo'lsa ))))))

MJ
4 266
AI davrida token/limit management, tajribali birodar, akalar aytishayotgan pipeline-lar juda muhim. AI ni ishlatish ilmini o'rganish kerak, foydali instrumentlar (masalan, Matt Pocock skills kabilar) bilan ishlash kerak ekan.

MJ
4 266
20x limitlarini urishdan oldin avval odamning miyasi tokenlari tugab qolyapti )))

MJ
4 266
Limit haqida xabari yo'q Claude o'zicha 9 ta vazifalik jarayonni boshlavormoqchi. Darrov to'xtatdim.
Limit haqida xabari yo'q Claude o'zicha 9 ta vazifalik jarayonni boshlavormoqchi. Darrov to'xtatdim.

MJ
4 266
1 soatdan ko'proq ishlatganda tugaydi deyotgandi OpenUsage. 1 foizgina qolibdi haftalik limitni urishga. 20x tarifda.
+1
1 soatdan ko'proq ishlatganda tugaydi deyotgandi OpenUsage. 1 foizgina qolibdi haftalik limitni urishga. 20x tarifda.

MJ
4 266
Makon AI $300,000 investitsiya jalb qildi O‘zbekistonning AI-ta’lim yo‘nalishidagi startapi Makon AI umumiy qiymati $300,000
Makon AI $300,000 investitsiya jalb qildi O‘zbekistonning AI-ta’lim yo‘nalishidagi startapi Makon AI umumiy qiymati $300,000 bo‘lgan investitsiya raundini muvaffaqiyatli yakunladi. Investorlar: IT Park Ventures — $75,000 Yoshlar Ventures — $125,000 Aloqa Ventures — $100,000 investitsiya kiritdi. Makon AI — SAT imtihoniga tayyorgarlikni sun’iy intellekt yordamida shaxsiylashtiruvchi ta’lim platformasi. Platforma adaptiv o‘quv rejasi, minglab amaliy topshiriqlar hamda 24/7 ishlovchi AI-repetitorni taklif etadi. Bugungi kunda startap 20 ta mamlakatdan 40,000 dan ortiq foydalanuvchiga ega. 2025-yilda esa u Silikon vodiysidagi nufuzli Alchemist Accelerator dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan. @pivotuzbekistan

MJ
4 266
❗️❗️❗️ Diqqat muhim o'zgarish!!! Ba'zi texnik sabablarga ko'ra, ertaga 27-iyun kuni bo'lib o'tadigan UzGeeks Communityning "U
❗️❗️❗️ Diqqat muhim o'zgarish!!! Ba'zi texnik sabablarga ko'ra, ertaga 27-iyun kuni bo'lib o'tadigan UzGeeks Communityning "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" manzili o'zgardi. Demak, 27-iyun shanba kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadigan "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" Toshkent shahar Labzakdagi Amity Universityning katta zalida bo'lib o'tadi. 27-iyun, shanba, Amity University. Meetup 14:00 da boshlanadi. Xarita: https://maps.app.goo.gl/CH7X1cawTGvRsdgU7 Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate https://uzgeeks.com/ @UzGeeksCommunity

MJ
4 266
Ertaga UzGeeks meetup . Bu safar mavzu startaplar haqida boʻlarkan. Kelinglar 😊

MJ
4 266
Dasturchilarni agentlar yolg'izlikka mahkum qilmoqda Fiona Fang (Claude Code’da Head of Engineering) ochig’ini aytdi: AI-agentlar dasturchilarni shunchalik yakkalab qo’ydiki, endi ular faqat o’z agenti bilan gaplashadi. Agent hech qachon “bu sening muammoying, vaqtim yo'q” demaydi 😌 Jiddiy gap: odamlar bir-biri bilan tajriba almashmay qo’ydi. Kod yozish endi yolg’iz, “men va mening agentim” janriga aylandi. Anthropic vaziyatni jiddiy qabul qildi. Hakaton va “coding breakfast” yetmagandek, endi “maker time” ham bor — muhandislarni bir xonaga yig’ib, “qani, birga kod yozinglar, gaplashinglar, odam ekanligingizni eslanglar” deyishadi Ya’ni 2026-yilda kompaniyalar dasturchilarga bir-biri bilan gaplashishni alohida tadbir qilib o’rgatyapti. Kelajak go’zal. Xo’sh, o’zingiz qalaysiz — agentingiz bilan munosabatlaringiz qanaqa? Yonizda o'tirgan hamkasbingiz esingizdan chiqib ketmadimi?)

MJ
4 266

MJ
4 266
Sardor og'a, Aziz aka, Muhammadkarim, bo'ldi, xatomni tan oldim. Kerakli skill, agent, workflowlarni tuzdirib olyapman loyihamga moslab. Bosh homiy - dedlayniga oz qolgan loyihalar )))