MJ
前往频道在 Telegram
4 266
订阅者
-324 小时
-387 天
+2730 天
帖子存档
4 266
Kech bo'lganda ozgina random fikrlar.
Bir muhim masala: AI bilan ishlashni boshlaganda bir nechta loyihaga parallel kirishmang. Bittasini boshidan oxirigacha "chetkiy" qilib tugating. Tugagan loyihaning tezligi ustida ishlang. Tepadagi postlarda aytilgandek testlar ishlashini yaxshilang.
Bitta loyihada pishgan tajribangiz keyingi loyihada ishni ancha osonlashtiradi, tezlashtiradi.
Matt Pocock skillarini o'rganing. Muhim. Qiyin narsa emas.
4 266
Boshida ChatGPTning o'zini webda ishlatdim. Oz-moz. Har xil mavzularda, strategiya, loyihalash, brainstorming uchun.
Keyin AppSheetda tuziladigan loyihalarimga maslahat olish uchun. Davomidan AppSheetdagi loyihalarni Apps Script yordamida pishitish, yaxshilash uchun:
- so'rov yozaman
- kelgan kodni web editorga joylayman
- ishlamay qolganda butun loyiha kodlarini qayta joylab, yana "ruchnoy" yangilayman
- orada Apps Script "kalla qo'yadi" - joylangan kodlarni negadir boshqa fayllarga ustma-ust saqlaydi
Keyingi bosqichda clasp yordamida huddi GitHub bilan ishlagandek Apps Scriptdagi loyihalarni kompda yozishga o'tdim. Osonroq bo'ldi. AppSheet noqulayligi yaqqol ko'rina boshladi.
"Qani ko'raychi" deb risk olib (o'sha paytda risk deb bilgandim) $100 lik Claude obunasi bilan loyiha tuzishni boshladim. Ozgina fast-forward va:
Oldingi hafta $200 lik Claude haftalik limitini muddatidan ~1 kun oldin tugatdim. Qarasam, mavjud loyihalarim bilan bu limit yetmaydi. Kecha 2-profil ochib $100 lik tarifni yoqdim. Bugun sal kamroq ishga ulgurganning o'zida openusage 20x tarifdagi haftalik limitni 3 kuncha oldin tugatishim mumkinligini ko'rsatyapti.
Marketing va sotuv, kelishuvlarni o'rganish kerak. Yaxshi pulga manfaatli loyiha qilib berib loyihalar olinsa, xarajatini bemalol qoplay oladi, Xudo xohlasa.
4 266
AI bilan ishlashda Test Driven Development muhim (o'zi oldindan muhim bo'lgan). Shu bilan birga testlarning sifati, ularning optimal ishlashi ham mumkin.
Noto'g'ri yozilgan, to'g'ri tizimlanmagan testlar sifat va vaqtga ta'sir qiladi. Ora-orada AI yozgan testlari samaradorligini tekshirtirib turgan yaxshi.
4 266
Mabodo biron kim Claude obunasini olmoqchi bo'lsa, referal link:
https://claude.ai/referral/yQ6apJ_m0w
Shu link orqali obuna xarid qilsangiz, menga qo'shimcha foydalanish uchun $10 berarkan Claude.
4 266
Qaysidir oyda obuna olganda extra usage uchun bergan $30 dan ozginasi qolgan ekan. Mabodo hozir ulgurmasam, shuni ishlatvorish kerak bo'ladi.
4 266
Haftalik limit dushanba 02:00 da qayta tiklanadi. Qilinadigan ish, ehtimoliy buyurtmalar, imkoniyatlar ko'p.
Odam ko'proq narsani tuzib ulgurishni o'ylab shoshilib qolarkan.
Kecha "yana bir profil ochib $100 lik obuna olgan yaxshimikin yoki $200 lik" deb o'ylab qoldim. Albatta, loyiha va pul bo'lsa ))))))
4 266
AI davrida token/limit management, tajribali birodar, akalar aytishayotgan pipeline-lar juda muhim. AI ni ishlatish ilmini o'rganish kerak, foydali instrumentlar (masalan, Matt Pocock skills kabilar) bilan ishlash kerak ekan.
4 266
Limit haqida xabari yo'q Claude o'zicha 9 ta vazifalik jarayonni boshlavormoqchi.
Darrov to'xtatdim.
4 266
+1
1 soatdan ko'proq ishlatganda tugaydi deyotgandi OpenUsage.
1 foizgina qolibdi haftalik limitni urishga. 20x tarifda.
4 266
Repost from Pivot.uz | Startap va texnologiya
Makon AI $300,000 investitsiya jalb qildi
O‘zbekistonning AI-ta’lim yo‘nalishidagi startapi Makon AI umumiy qiymati $300,000 bo‘lgan investitsiya raundini muvaffaqiyatli yakunladi.
Investorlar:
IT Park Ventures — $75,000
Yoshlar Ventures — $125,000
Aloqa Ventures — $100,000 investitsiya kiritdi.
Makon AI — SAT imtihoniga tayyorgarlikni sun’iy intellekt yordamida shaxsiylashtiruvchi ta’lim platformasi. Platforma adaptiv o‘quv rejasi, minglab amaliy topshiriqlar hamda 24/7 ishlovchi AI-repetitorni taklif etadi.
Bugungi kunda startap 20 ta mamlakatdan 40,000 dan ortiq foydalanuvchiga ega. 2025-yilda esa u Silikon vodiysidagi nufuzli Alchemist Accelerator dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan.
@pivotuzbekistan
4 266
Repost from UzGeeks Community - Startup Day, 27 June!!!
❗️❗️❗️
Diqqat muhim o'zgarish!!!
Ba'zi texnik sabablarga ko'ra, ertaga 27-iyun kuni bo'lib o'tadigan UzGeeks Communityning "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" manzili o'zgardi.
Demak, 27-iyun shanba kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadigan "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" Toshkent shahar Labzakdagi Amity Universityning katta zalida bo'lib o'tadi.
27-iyun, shanba, Amity University.
Meetup 14:00 da boshlanadi.
Xarita: https://maps.app.goo.gl/CH7X1cawTGvRsdgU7
Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.
Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.com/
@UzGeeksCommunity
4 266
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Dasturchilarni agentlar yolg'izlikka mahkum qilmoqda
Fiona Fang (Claude Code’da Head of Engineering) ochig’ini aytdi: AI-agentlar dasturchilarni shunchalik yakkalab qo’ydiki, endi ular faqat o’z agenti bilan gaplashadi. Agent hech qachon “bu sening muammoying, vaqtim yo'q” demaydi 😌
Jiddiy gap: odamlar bir-biri bilan tajriba almashmay qo’ydi. Kod yozish endi yolg’iz, “men va mening agentim” janriga aylandi.
Anthropic vaziyatni jiddiy qabul qildi. Hakaton va “coding breakfast” yetmagandek, endi “maker time” ham bor — muhandislarni bir xonaga yig’ib, “qani, birga kod yozinglar, gaplashinglar, odam ekanligingizni eslanglar” deyishadi
Ya’ni 2026-yilda kompaniyalar dasturchilarga bir-biri bilan gaplashishni alohida tadbir qilib o’rgatyapti. Kelajak go’zal.
Xo’sh, o’zingiz qalaysiz — agentingiz bilan munosabatlaringiz qanaqa? Yonizda o'tirgan hamkasbingiz esingizdan chiqib ketmadimi?)
4 266
Sardor og'a, Aziz aka, Muhammadkarim, bo'ldi, xatomni tan oldim. Kerakli skill, agent, workflowlarni tuzdirib olyapman loyihamga moslab.
Bosh homiy - dedlayniga oz qolgan loyihalar )))
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
