cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 864
مشترکین
-124 ساعت
-147 روز
-4130 روز
توزیع زمان ارسال

در حال بارگیری داده...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تجزیه و تحلیل انتشار
پست هابازدید ها
به اشتراک گذاشته شده
ديناميک بازديد ها
01
Kuni kecha Surxondaryo viloyati pedagogogika markazida “Filologiya fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni markaz direktori o‘rinbosari I. Hojiboyev ochib berdi. Shundan so‘ng “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri B.Umarov “O‘qituvchilarning yangi darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ona tili va adabiyot fani metodisti R. Mamatqulova tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga metodik ishlarni joylashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi. Tadbirda fan metodistlari D.Axmedova, N.Fozilova, S. Muxammadiyev, markaz professor-o‘qituvchilari hamda fan yo‘nalishi bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida tajribali o‘qituvchilar tomonidan murakkab mavzular bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Seminar yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
4567Loading...
02
#ijodiy_uchrashuv Joriy yilning 8-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda tinglovchilar shoir Shodmonqul Salom va uning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shoir suhbat jarayonida o‘zining ijod maydonidagi ilk qadamlari xususida to‘xtalib, bunda ustozlarining nechog‘lik beqiyos o‘rni borligini ta’kidlab o‘tdi. Ijodkor o‘zi haqidagi ba’zi xotiralar bilan o‘rtoqlashar ekan, Usmon Azim, Shukur Xolmirzayev va Abdulla Oripovning ijodi haqida to‘lqinlanib so‘zladi hamda o‘zining she’rlari bilan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarni mamnun qildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar olishdi.
4353Loading...
03
Joriy yilning 8-Iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida ''Metodik xizmat ko‘rsatish'' bo‘limining davlat va huquq asoslari fani metodisti Suxrob Bozorov tomonidan davlat va huquq asoslari fani tinglovchilariga ''Metodist soati'' tashkil etildi. Dars jarayonida o‘qituvchilarga 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasidagi o'zgarishlar va yangi baholash mezoni, yangi baholash tizimining afzalligi, ustama olish tartibi, fanni o‘qitishda samarali interfaol metodlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish to'g'risida tushuncha va metodik tavsiyalar berildi.
3745Loading...
04
2024-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogika markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda rus tili fani metodisti tomonidan “Идут века, но Пушкин остаётся” mavzusida buyuk rus shoiri Аleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati rus milliy-madaniyati markazi raisi N.А.Fyodorova, markaz professor-o‘qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi. Tadbirda yoshlarni umumbashariy ruhda tarbiyalash, jamiyatda ahillik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda adabiyot muhim oʼrin tutishi taʼkidlandi. Pushkin asarlari Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Аbdulla Qahhor singari taniqli shoir va adiblar tomonidan o‘zbek tiliga mohirona o‘girilganligi va ular o‘zbek adabiyotining durdonasiga aylangani eʼtirof etildi. Tinglovchilar tomonidan Pushkin ijodidan va shoirga atab aytilgan sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarning olqishlariga sabab bo‘ldi.
3754Loading...
05
7-iyun kuni “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi. Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi. Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi. Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi professor-o'qituvchilari va metodistlari ham faol ishtirok etishmoqda.
3473Loading...
06
#Xalqaro_hamkorlik ✅ Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi. ➖ Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi. ✔️Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi. Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ishtirok etishmoqda. Ma’lumot o’rnida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 🔴 Konferensiya davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
20Loading...
07
PEDAGOGIKA MARKAZIDA XALQARO KONFERENSIYA O'TKAZILDI 2024-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “FILOLOGIK TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUV VA INNOVATSIYALAR: TADQIQOT VA O‘QITISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 👉BATAFSIL
1 29215Loading...
08
Bugun “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda. - Сегодня состоялась международная конференция «Успешные реформы — устойчивые результаты», на которой участники поделились своими взглядами на текущие тенденции и качество образования. Повышение качества  образования является важнейшим направлением нашей политики и проводимых реформ. Педагоги — самые важные профессионалы в обществе,  потому что во многом именно они воспитывают и формируют наше отношение к людям, культуре, стране. Если государство представить в виде дерева,  то они будут его корнями. И я убеждена, что дерево без глубоких, сильных корней не вырастет высоким, цветущим и плодоносящим. Поэтому Узбекистан уделяет так много внимания совершенствованию системы образования, поощряет педагогов участвовать в международных программах и внедрять лучшие мировые практики.
3964Loading...
Kuni kecha Surxondaryo viloyati pedagogogika markazida “Filologiya fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni markaz direktori o‘rinbosari I. Hojiboyev ochib berdi. Shundan so‘ng “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri B.Umarov “O‘qituvchilarning yangi darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ona tili va adabiyot fani metodisti R. Mamatqulova tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga metodik ishlarni joylashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi. Tadbirda fan metodistlari D.Axmedova, N.Fozilova, S. Muxammadiyev, markaz professor-o‘qituvchilari hamda fan yo‘nalishi bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida tajribali o‘qituvchilar tomonidan murakkab mavzular bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Seminar yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
نمایش همه...
👍 2
#ijodiy_uchrashuv Joriy yilning 8-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda tinglovchilar shoir Shodmonqul Salom va uning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shoir suhbat jarayonida o‘zining ijod maydonidagi ilk qadamlari xususida to‘xtalib, bunda ustozlarining nechog‘lik beqiyos o‘rni borligini ta’kidlab o‘tdi. Ijodkor o‘zi haqidagi ba’zi xotiralar bilan o‘rtoqlashar ekan, Usmon Azim, Shukur Xolmirzayev va Abdulla Oripovning ijodi haqida to‘lqinlanib so‘zladi hamda o‘zining she’rlari bilan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarni mamnun qildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar olishdi.
نمایش همه...
👍 3
Joriy yilning 8-Iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida ''Metodik xizmat ko‘rsatish'' bo‘limining davlat va huquq asoslari fani metodisti Suxrob Bozorov tomonidan davlat va huquq asoslari fani tinglovchilariga ''Metodist soati'' tashkil etildi. Dars jarayonida o‘qituvchilarga 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasidagi o'zgarishlar va yangi baholash mezoni, yangi baholash tizimining afzalligi, ustama olish tartibi, fanni o‘qitishda samarali interfaol metodlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish to'g'risida tushuncha va metodik tavsiyalar berildi.
نمایش همه...
2024-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogika markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda rus tili fani metodisti tomonidan “Идут века, но Пушкин остаётся” mavzusida buyuk rus shoiri Аleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati rus milliy-madaniyati markazi raisi N.А.Fyodorova, markaz professor-o‘qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi. Tadbirda yoshlarni umumbashariy ruhda tarbiyalash, jamiyatda ahillik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda adabiyot muhim oʼrin tutishi taʼkidlandi. Pushkin asarlari Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Аbdulla Qahhor singari taniqli shoir va adiblar tomonidan o‘zbek tiliga mohirona o‘girilganligi va ular o‘zbek adabiyotining durdonasiga aylangani eʼtirof etildi. Tinglovchilar tomonidan Pushkin ijodidan va shoirga atab aytilgan sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarning olqishlariga sabab bo‘ldi.
نمایش همه...
👍 1
7-iyun kuni “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi. Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi. Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi. Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi professor-o'qituvchilari va metodistlari ham faol ishtirok etishmoqda.
نمایش همه...
#Xalqaro_hamkorlik ✅ Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi. ➖ Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi. ✔️Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi. Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ishtirok etishmoqda. Ma’lumot o’rnida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 🔴 Konferensiya davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
PEDAGOGIKA MARKAZIDA XALQARO KONFERENSIYA O'TKAZILDI 2024-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “FILOLOGIK TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUV VA INNOVATSIYALAR: TADQIQOT VA O‘QITISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 👉BATAFSIL
نمایش همه...
👍 2
Repost from Saida Mirziyoyeva

آرشیو پست ها