cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 898
مشترکین
-124 ساعت
-107 روز
-6030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Metodist_soati Joriy yilning 15-may kuni Pedagogika markazida Metodik xizmat ko‘rsatish  bo‘limi biologiya fani metodisti Abdiqodir Maxmudov tomonidan  biologiya guruhi tinglovchilariga "Biologiya fanidan murakkab masalalar va ularning yechimlari” mavzusida metodist soati tashkil etildi. Metodist soatida biologiya guruhi tinglovchilari murakkab masalalarni oʻzlari mustaqil bajarib, kerakli bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
نمایش همه...
👍 3
2024-yil 15-may kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limining ingliz tili fani metodisti Nigora Fozilova tomonidan Termiz shahardagi 1-sonli umumta'lim maktabida 11-sinf o'quvchilari uchun "Review" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida "Kichik guruhlarda ishlash", "Claster", "Evristik suhbat" metodlaridan foydalanildi.
نمایش همه...
👍 1
KAFEDRA HAFTALIGI DOIRASIDA OCHIQ DARSLAR TASHKIL ETILMOQDA ⚡️ Joriy yilning 15-may kuni Pedagogika markazida malaka oshirayotgan kimyo fani o‘qituvchilari uchun “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodir Ziyodulloyev tomonidan “Kimyo taʼlimi sifatini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. ✅Dars jarayonida Kembrij taʼlim dasturi bo‘yicha "Pozitsiyangni himoya qil" usuli, "Zinama-zina" metodidan foydalanildi. Mavzuni o‘zlashtirilganlik ko‘rsatkichi mentimeter.com platformasi orqali aniqlandi.
نمایش همه...
👍 2
15-may kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida ''Metodik xizmat ko‘rsatish'' bo‘limining boshlang'ich ta'lim metodisti Go‘zal Mavlyanova tomonidan boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 1- va 5-guruh tinglovchilariga ''Metodist soati'' tashkil etildi. Dars jarayonida o‘qituvchilarga ''4K'' modelidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchilarni tayyorlash hamda pedagoglarni ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibi to‘g‘risida tushuncha va metodik tavsiyalar berildi.
نمایش همه...
👍 1
#Metodist soati 2024-yilning 15-may kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida ''Metodik xizmat ko‘rsatish'' bo‘limining matematika fani metodisti Atxam O‘zbekov tomonidan matematika guruhi tinglovchilariga ''Metodist soati'' tashkil etildi. Dars jarayonida o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi “O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodlarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 32-sonli buyrug‘ida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq metodik qo‘llanma va tavsiyalar tayyorlash bo‘yicha ma'lumot berildi.
نمایش همه...
👍 1
2024-yil 14-may kuni Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Fizika va astronomiya fani metodisti Eshmirza Maxmudov tomonidan Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida 11-sinf o‘quvchilari uchun “O'zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo'jaligida foydalanish" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida "So‘z o‘yini”, “Mos atamani top”, “Tushunchalar tahlili”, “Aqliy hujum”, “Blits so‘rov”, “Intervyu” kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi.
نمایش همه...
👍 1
2024-yil 13-may kuni Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Fizika va astronomiya fani metodisti Eshmirza Maxmudov tomonidan Termiz shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilari uchun “Linzalar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Blits so‘rov”, “Intervyu”, “So‘z o‘yini”, “Mos atamani top”, “Tushunchalar tahlili” kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi.
نمایش همه...
👍 2
TABRIKLAYMIZ! "Ma'rifat" gazetasining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Tillarni o'qitish metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi Surayyo Qodirovaning "TILSHUNOSLIK – TA’LIM-TARBIYADA TEMPERAMENT TASHXISI (TIL-TAFAKKUR TARAQQIYOTI)" nomli maqolasi e'lon qilindi. Mazkur maqolani o'qib chiqishingizni tavsiya etamiz. 👇👇👇
نمایش همه...
👍 4
O‘qituvchilar uchun SEL kasbiy rivojlanish dasturi ish boshladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning ijtimoiy, hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi. Tadbirda UNESCO tashkilotining O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, psixolog hamda pedagoglar, shuningdek, Surxondaryo viloyati pedagogika markazi katta o'qituvchisi Gavhar Salomova ham ishtirok etdi. 4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi. Kurslar ingliz tilida olib boriladi va loyihaning keyingi bosqichlarida ishtirokchilar o'z tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lishadi.
نمایش همه...
👍 2
KAFEDRA HAFTALIGI DOIRASIDA OCHIQ DARSLAR TASHKIL ETILMOQDA ⚡️ Joriy yilning 14-may kuni Pedagogika markazida malaka oshirayotgan fizika fani o'qituvchilari uchun “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Jasur Razaqov tomonidan “Fizika darslarida loyihalash texnologiyasidan foydalanish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. ✅Dars jarayonida "T-sxema", "A4 format", "Pazl" va "Sinkveyn" metodlaridan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.
نمایش همه...