Ta'limga oid
—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Ta'limga oid
کانال Ta'limga oid (@talimgaoid) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 860 مشترک است و جایگاه 14 463 را در دسته آموزش و رتبه 5 885 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 860 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 04 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 4 442 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -264 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 14.43% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 8.38% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 2 007 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 166 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 3 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 ژوئیه, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 05 ژوئیه | +17 | |||
| 04 ژوئیه | 0 | |||
| 03 ژوئیه | +942 | |||
| 02 ژوئیه | 0 | |||
| 01 ژوئیه | 0 |
| 2 | ⚡️Davlat xavfsizlik akademiyasiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar diqqatiga!
DXX akademiyasiga hujjat topshirish tartibi, ta'lim yoʻnalishlari, kimlar hujjat topshira olishi, beriladigan imtiyozlar-u, ishga kirish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar e'lon qilindi. Koʻrmoqchi boʻlganlar quyidagi kerakli qismlar ustiga bosing:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 841 |
| 3 | ⚡️Rasman: Ruxsatnomalar e'lon qilindi
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 1 863 |
| 4 | ⚡️Rus tili va adabiyotdan kirish imtihonida qanday savollar tushadi?
🔳 BMB saytidagi ma'lumotga ko'ra, Rus tili va adabiyotdan quyidagi yo'nalishda savollar tushadi.
Rus tili bo'yicha test mazmuni:
➖ Fonetika, orfoepiya va grafika — tovushlar, harf va tovush munosabati, е, ё, ю, я harflarining tovush qiymati
➖ Orfografiya — ildizdagi unlilar, Н va НН imlosi, prefikslar, НЕ va НИ yozilishi, qo'shma so'zlar
➖ Morfemika, so'z yasalishi va leksika — so'z tarkibi, so'z yasash usullari, ko'p ma'nolilik, sinonim, omonim, antonim, paronim, frazeologizmlar
➖ Morfologiya — so'z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, sifatdosh, ravishdosh, ravish, ko'makchi, bog'lovchi, yuklama
➖ Sintaksis va punktuatsiya — so'z birikmasi, gap bo'laklari, sodda va qo'shma gaplar, tinish belgilari, ko'chirma va o'zlashtirma gaplar
➖ Nutq madaniyati va stilistika — nutq uslublari, leksik va stilistik xatolar
Adabiyot bo'yicha test mazmuni:
➖ Adabiyot nazariyasi va XVIII asr adabiyoti — janrlar, badiiy tasvir vositalari, she'r tuzilishi (Lomonosov, Fonvizin)
➖ XIX asr adabiyoti — Griboyedov, Pushkin, Lermontov, Gogol, Turgenev, Dostoyevskiy, Tolstoy, Chexov va boshqalar
➖ XX–XXI asr adabiyoti — "Kumush asr she'riyati", sovet va zamonaviy davr nasri, dramaturgiyasi (Blok, Axmatova, Yesenin, Bulgakov, Sholoxov va boshqalar)
➖ Xorijiy adabiyot — Shekspir, Servantes, Gyugo, Kamyu, Oruell va boshqalar
➖ O‘zbek adabiyoti — o'zbek folklori ("Alpomish"), Navoiy, Bobur, Cho'lpon, G'.G'ulom, Oybek, Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripov ijodi
Qolgan fanlardan ham savollar tarkibini bilmoqchi bo'lsangiz kanalni kuzatib boring.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 2 062 |
| 5 | #Yangi_vakansiya
⭐️ Quyidagi mutaxassisliklarga ega yoshlar Oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga tanlov asosida qabul qilinadi:
🔺Umumqo‘shin mutaxassislari;
🔺Artilleriya mutaxassislari;
🔺Aloqa mutaxassislari;
🔺Tank mutaxassislari;
🔺Haydovchi (B,C toifa);
🔺Muhandis-sapyor mutaxassislari;
🔺Feldsher, hamshiralik ishi;
🔺Moliya mutaxassislari (bakalavr).
✔️ Umumiy talablar
✅ Jinsi: Erkak
✅ Bo‘y balandligi: 165 +
✅Yosh chegarasi: 30 yoshgacha
⚠️ Nomzodlar Muddatli yoki SCHR xizmatini o‘tagan bo‘lishi talab etiladi.
⏳ Arizalar 15-iyulga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
📞71-269-80-19
📞50-030-80-19 🚀
👍 ARIZA BERISH
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 1 675 |
| 6 | ❤️🔥❤️🔥❤️🔥ARAB TILINI NOLDAN O‘RGANISHNI BOSHLAMOQCHIMISIZ?
Agar siz arab harflarini tanimasangiz ham — bu muammo emas. Biz sizni 0 dan boshlab natijagacha olib chiqamiz.
📚 BU KANALDA SIZ:
— Arab harflarini to‘liq o‘rganasiz
— To‘g‘ri o‘qish va yozishni egallaysiz
— Kundalik so‘z boyligingizni tez oshirasiz
— Qur’on tilini tushunishga yaqinlashasiz
— Oddiy va tushunarli uslubda o‘qiysiz
🎯 MAXSUS IMKONIYAT:
✔️ Boshlang‘ich ta’lim olganlar uchun alohida kurs ham mavjud
— Bilimingiz darajasiga mos maxsus o‘quv tizimi
— Murakkab mavzularni tez va oson tushunish
— Amaliy mashqlar va mustahkamlash darslari
🎥 Qisqa, amaliy va esda qoladigan darslar
📈 Har kunlik progress — aniq natija
💡 Murakkab grammatikasiz, sodda tushuntirishlar
⏳ Esda tuting: Arab tili bir kunda o‘rganilmaydi, lekin har kuni 10–15 daqiqa bilan katta natijaga chiqish mumkin.
🔥 ENG MUHIMI:
Siz boshlamasangiz — hech narsa o‘zgarmaydi.
📩 Hoziroq kanalga qo‘shiling va birinchi qadamingizni tashlang!👇👇👇👇
✈️@qolam_arabtili
🌐@qolam_arabtili
🌐@qolam_arabtili | 1 489 |
| 7 | #Doktorantura
⚡️2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangilangan ro‘yxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 193 ta ixtisoslik kiritilgan bo‘lib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅@Talimgaoid | 1 496 |
| 8 | ⚡️Yurisprudensiya yoʻnalishi magistraturasiga qabul boshlangan OTMlar roʻyxati
Yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha magistraturada tahsil olishni rejalashtirayotganlar uchun qabul e'lon qilgan oliy ta'lim muassasalari:
✅Toshkent davlat yuridik universiteti
✅Cyber University
✅Jamoat xavfsizligi universiteti
✅Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
✅Xalqaro Islom akademiyasi
✅Oʻzbekiston Milliy universiteti
✅Fargʻona davlat universiteti
✅Termiz davlat universiteti
✅Namangan davlat universiteti
📅 Magistratura bosqichiga hujjatlar 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅@Talimgaoid | 1 588 |
| 9 | ⚡️Rasman: Magistraturaga qabul boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.
Yuqoridagi havola orqali qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja kerakligini bilib olishingiz mumkin.
❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 1 782 |
| 10 | ⚡️Rasman: Texnikumlarga onlayn qabul boshlandi!
2026-yil 1-iyuldan boshlab texnikumlarga hujjatlarni onlayn qabul qilish jarayoni start oldi.
9-sinf bitiruvchilari uchun:
570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud:
▪️166 ta kasb-hunar yo‘nalishi
▪️Umumiy qabul kvotasi — 202 657 ta
▪️Arizalar 1–20-iyul kunlari qabul qilinadi.
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari
14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
▪️Umumiy kvota — 1 760 ta
▪️Shundan 1 640 tasi davlat granti
Hujjatlarni my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: 2026-yilda 9-sinf bitiruvchilarining 34 foizini texnikumlarga qamrab olish rejalashtirilgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅@Talimgaoid | 1 532 |
| 11 | ⚡️Ingliz tilidan kirish imtihonida qanday savollar tushadi?
🔳 BMB saytidagi ma'lumotga ko'ra, Ingliz tilidan quyidagi yo'nalishda savollar tushadi.
➖ Grammatika — ot, olmosh, sifat va ravish darajalari, fe'l zamonlari (Simple, Continuous, Perfect, Perfect Continuous), aniq va majhul nisbat, modal fe'llar, predloglar, bog'lovchilar
➖ Ko'chirma va o'zlashtirma gaplar — zamonlar moslashuvi, shart ergash gaplar (1-, 2-, 3- va aralash turlari), "Wish" gaplar
➖ Leksika — leksik birliklar, so'z yasash elementlari, ko'p ma'nolilik, antonim va sinonimlar, leksik moslashuv
➖ O'qish — gazeta va jurnal xabarlari, ilmiy-ommabop matnlar, badiiy parchalar, rasmiy hujjatlar va yo'riqnomalarni tushunish
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅@Talimgaoid | 1 584 |
| 12 | ⚡️ONLAYN TEST START OLDI!
Barcha abituriyent va maktab bitiruvchilari uchun Bilimni baholash agentligi standartlariga mos majburiy fanlar bo‘yicha onlayn test boshlandi!
📚 Endi siz:
✅ Majburiy fanlardan test ishlashingiz;
✅ Bilimingizni sinab ko‘rishingiz;
✅ Haqiqiy imtihon formatida tayyorlanishingiz mumkin.
🚀 Test topshiriqlari elektron shaklda bo‘lib, abituriyentlarga imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 Ona tili;
👉 Matematika;
👉 O‘zbekiston tarixi.
📲 Majburiy fanlardan test ishlash havolasi:
👉 @BMB_testbot | 1 534 |
| 13 | ❗️Ertaga magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlanadi
Magistratura mutaxassisliklariga qabul har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Talabgorlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjat topshirishlari mumkin.
📌Amaldagi tartibga ko‘ra, magistratura bosqichiga hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi;
➖xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.
🔹Magistratura qabulida xorijiy til sertifikati darajasi yo‘nalishga qarab B1, B2 yoki C1 etib belgilangan hamda ayrim toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar qo‘llaniladi.
🔹College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
✅Shu bilan birga, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar magistraturaga qabul qilinishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishi shart emas.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 1 944 |
| 14 | ⚡️Ertadan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli muddatlarini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, hujjatlar 2026-yil 30-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.
Qabul quyidagi oliy diniy ta’lim muassasalariga amalga oshiriladi:
– Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (bakalavr, magistratura va modul ta’lim tizimi);
– Mir Arab oliy madrasasi;
– Hadis ilmi maktabi;
– Imom Termiziy nomidagi islom instituti.
Oliy diniy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga hujjat topshiruvchi abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
– 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oy ichida olingan, oq fonda bo‘lishi talab etiladi);
– xorijiy davlatlardagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va O‘zbekistonda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega O‘zbekiston fuqarolari ham hujjat topshirishlari mumkin.
O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshiruvchi abituriyentlardan esa quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
– ma’lumoti to‘g‘risidagi attestat yoki diplom nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
– 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oy ichida olingan, oq fonda bo‘lishi talab etiladi);
– chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi). Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi;
– chet tilini bilish to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod | 2 729 |
| 15 | ⚡️O‘zbekistonda ham 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash reja qilinmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaning aytishicha, ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
“Biz ham hozir ushbu masalani o‘ylayapmiz. Bu bo‘yicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”, — deydi amaldor.
U bolalarni telefondan to‘liq voz kechtirishning imkoni yo‘qligi, ammo undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini qayd etdi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅@Talimgaoid | 3 064 |
| 16 | ⚡️IIV akademiyasiga hujjat topshirgan nomzodlar uchun imtihon sanalari e'lon qilindi
Akademiyaga test, jismoniy tayyorgarlik, yakka tartibdagi suhbat quyidagi jadval asosida bo'lib o'tishi rejalashtirgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 3 112 |
| 17 | #soʻragan_edingiz
❓Savol: Milliy sertifikatni o‘zbek tilida olgan abituriyent rus yoki qoraqalpoq tilidagi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirsa, sertifikati inobatga olinadimi?
✅ Javob: Bu sertifikat qaysi fan bo‘yicha olinganiga bog‘liq. Agar sertifikat ona tili va adabiyot fanidan olingan bo‘lsa, u faqat shu tildagi ta’lim yo‘nalishlari uchun amal qiladi. Masalan, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan olingan milliy sertifikat rus tilidagi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganda inobatga olinmaydi.
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlarda esa imtihon qaysi tilda topshirilganining ahamiyati yo‘q. Bu sertifikatlar ta’lim tilidan qat’i nazar qabul jarayonida inobatga olinadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 2 690 |
| 18 | ⚡️Rasman: To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59 ga qadar uzaytirildi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod | 3 254 |
| 19 | ⚡️Davlat OTTlariga qabul yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi
Davlat oliy ta‘lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bugun yakunlanadi.
Imkon qadar ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyentlar arizalarini soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Mutaxassislar texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida hujjat topshirishni so‘nggi daqiqalarga qoldirmaslikni tavsiya etmoqda.
Ayni paytga qadar davlat OTTlariga o‘qishga kirish uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid | 3 753 |
| 20 | ⚡️Rasman: Ertaga qabul jarayonlari yakunlanadi!
Ertaga 25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
📚 Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga Bilim va malakalarni baholash agentligi standartlariga muvofiq tuzilgan majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash tavsiya etiladi.
❗️Bu abituriyentlarga test sinovlari formatiga moslashish, bilimlarini mustahkamlash va imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 Ona tili;
👉 Matematika;
👉 O‘zbekiston tarixi.
👉🏻 @BMB_testbot | 2 724 |
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
