cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ta'limga oid

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot

إظهار المزيد
Uzbekistan17 178لم يتم تحديد اللغةالتعليم39 340
مشاركات الإعلانات
3 196
المشتركون
-624 ساعات
-1067 أيام
-30230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar 📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. ✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan: 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi; 🔹 Hududga kirish joylari; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili; 🔹 Bino raqami; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar; 🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi). Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar: 👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024 👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud. ❗️Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓@Talimgaoid
إظهار الكل...
⚡️Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓@Talimgaoid
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 📣 Bugundan ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish boshlandi. 🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. 💠 Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. 📝Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.
✍️Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
📣Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. 🔺Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. 🔻Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 🔹 Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓@Talimgaoid
إظهار الكل...
👍 2
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi berila boshlandi. Abituriyentlar ruxsatnomasida:
- Тest sinovi topshirish hududi va hududga  kelish vaqti - Test topshirish joyi nomi - Test topshirish manzili - Test topshirish alifbosi - Tanlov ustuvorigi - Тa'lim shakli va ta'lim tili koʻrsatilgan boʻladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓@Talimgaoid
إظهار الكل...
⚡️Rasman: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! © Bilimni baholash agentligining O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
إظهار الكل...
02:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓 @Talimgaoid
إظهار الكل...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❌​ Endi sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiydiganlarga taʼlim krediti berilmaydi! Endilikda taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlimda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda eʼlon qilindi. Bunga qadar taʼlim kreditini sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi. Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda taʼlim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). Birinchi bosqichlar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓 @Talimgaoid
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Axmadjanov blogi
00:35
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Vazirlik sudga berib, tugatilgan nodavlat oliygohlar ro'yxati:
1. Valley innovative universiti (tugatildi) 2. Namangan Xalqaro Universiteti (tugatildi) 3. Binary university (tugatildi) 4. Toshkent Texnologiyalar Universiteti (tugatildi) 5. Renaissance University (tugatildi) 6. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti (sud jarayonida) 7. ......... (sud jarayonida)
P.s. Koshki bilganlaring haqida har doim ham gapira olsang ... 👉 @Axmadjanoov 👈
إظهار الكل...
0607 (2)(2).mp49.85 MB
🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
📢O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga 9 kun qoldi 15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi. ⬇️Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌐 @Talimgaoid_perevod 🌐Instagram
إظهار الكل...
02:05
Video unavailableShow in Telegram
3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣ 📌 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq YEOJU texnika instituti) Samarqand filialida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!
🚀 Be smart, be skilled, be professional!
🔜 Bizda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida, 5 ta maktab asosida 40 dan ortiq yoʻnalishlar mavjud. ✅ Hujjatlar online tarzda https://https://admission.kiut.uz/#admission sayti orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish mutlaqo bepul. Ushbu https://sam.kiut.uz/uz/qabul/ havola orqali kirsangiz universitet haqida, yo’nalishlar nomi, kontrakt to’lovlari narxlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz. Undan keyingi havola orqali onlayn hujjat topshirish bo’limiga o’tasiz. ⚠️ Eslatib o’tamiz, Universitet faoliyati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Litsenziya: №241991) KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega. ✅ Shuningdek, oliygoh taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun barcha litsenziyalarga ega bo‘lib, universitet bitiruvchilariga taqdim etiladigan diplom Oʻzbekiston hududida toʻlaqonli tan olinadi. ⬇️ Jizzax va Navoiyda istiqomat qiluvchi abituriyentlarimiz uchun Jizzax, Shahrisabz va Navoiy shaharlarida qabul markazlarimiz faoliyat yuritmoqda. 🟢Batafsil maʼlumot sam.kiut.uz saytida. Yana bir yangilik: 15-iyuldan bizda 1-semestr dars mashg'ulotlari boshlanadi! ☎️ Murojaat uchun: +998930616006 +998557024040 📱@KIUT_SAM_ADMISSION 🔗 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
إظهار الكل...
KIUT_tg.mp428.40 MB
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.