cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ta'limga oid

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot

Mostrar más
Uzbekistán15 655El idioma no está especificadoEducación34 360
Publicaciones publicitarias
3 507
Suscriptores
+224 horas
-37 días
-1 34230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🌐@Talimgaoid
Mostrar todo...
Qabul parametrlari-2024.pdf7.10 KB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: Qabul jarayonlari boshlanishiga 2 kun qoldi! Yangi tartibga ko'ra, 5-iyundan oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish uchun qabul jarayonlari boshlanmoqda. Endilikda abituriyentlar avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlaydi. Avvalari bunday imkoniyat bo'lmagan. Mana shu imkoniyatdan hozirda tahsil olayotgan har qanday bosqich talabalari ham foydalanishlar mumkin. 📹 Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C7uWN3uIchM/?igsh=c3NsYm0wNWNmODBy
Mostrar todo...
👍 2
⚡️Hurmatli ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlar! Ariza berishga ulgurib qolinglar! 🇺🇿 30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✈️ @Talimgaoid
Mostrar todo...

👍 1
02:09
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori o‘zi nima?
Klassifikatordagi raqamlar nimani anglatadi?
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✈️ @Talimgaoid
Mostrar todo...
1.1-qism mp4.mp44.80 MB
👍 3
37:06
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Birinchi bosqichda test sinovida qatnashish uchun abituriyentdan 3 ta maʼlumotni kiritish talab etiladi ➖ Fanlar majmuasi: 1- va 2-mutaxassislik fanlari; ➖ Taʼlim tili – test topshiradigan til; ➖ Test sinovini topshiradigan (oʻzi uchun qulay) hudud. Ikkinchi bosqichda hujjat topshirishga 15 kun beriladi. Bunda abituriyent 5 tagacha yo‘nalish, tanlov ustuvorligi, ta’lim shaklini tanlaydi. Qabul tugagach, 1 haftadan so‘ng yakuniy mandat e’lon qilinadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✈️ @Talimgaoid
Mostrar todo...
1.Qabul jarayonlarida nimalar o‘zgardi_.mp4105.00 MB
👍 4
29:34
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?
Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi? ❓ Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi? ❓ Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda? Ushbu savollarga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatida javob olishingiz mumkin. 🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓 @Talimgaoid
Mostrar todo...
1_Bu_yilgi_qabul_jarayonlari_haqida_Oliy_taʼlim_fan_va_innovatsiyalar.mp472.19 MB
⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. ✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓 @Talimgaoid
Mostrar todo...
👍 1
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi
Mostrar todo...
Klassifikator 2024 (@talimgaoid).pdf8.43 KB
😱 1
⚡️Rasman: Endi ta'lim krediti yaxshi o'qimagan talabalarga berilmaydi ➡️ Oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ➡️ OTMlarning birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓 @Talimgaoid
Mostrar todo...
😁 2🤣 1
#tezkor ⚡️Rasman: endilik ta'lim krediti faqat kunduzgi talabalarga beriladi 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. — Prezident Farmoni
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
🎓 @Talimgaoid
Mostrar todo...