Orif Tolib
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Orif Tolib
کانال Orif Tolib (@oriftolib) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 15 037 مشترک است و جایگاه 2 483 را در دسته کتب و رتبه 5 283 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 15 037 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 03 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -264 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 117 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 34.12% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 14.86% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 5 109 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 2 225 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 126 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.
Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar
Sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib
Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575
Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 04 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته کتب تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 04 سپتامبر | +70 | |||
| 03 سپتامبر | +143 | |||
| 02 سپتامبر | +5 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
| 2 | ❗️Bir mashhur fikr bor: Arzon narsa tez unutiladi, sifat esa uzoq esda qoladi.
Shu tamoyil asosida siz uchun Telegramdagi ishonchli, obroʻli va aniq maʼlumot beradigan sifatli kanallarni bir papkaga yigʻdik.
Banklar, taʼlim, iqtisodiyot, huquq, siyosat, tahlil va dolzarb kuzatuvlar — hammasi bir joyda.
📌 Papkani oching va saralangan kontentni kuzating.
👇👇👇
https://t.me/addlist/v6WWoLirQM1mNjky | 2 554 |
| 3 | 2 million dollarlik bitim nega bekor boʻldi?
AQSH nashriyotlari Jerri Faladening detektiv romani uchun 2 million dollardan ziyod narx taklif qildi. Biroq oradan koʻp oʻtmay, adabiy agentlik kitobni kimoshdi savdosidan qaytarib oldi. The Guardian nashri yozishicha, bunga qoʻlyozmada sunʼiy intellekt qoʻllangani haqidagi shubha sabab boʻldi.
Agentlik muallifdan asarning qoralamalarini koʻrsatishni, qanday sayqallanganini isbotlashni soʻradi. Falade yozilish jarayoni tarixini koʻrsatolmagach, noshirlar tavakkal qilishdan chekindi. Chunki amaldagi qonunchilik boʻyicha SIda yaratilgan matnga mualliflik huquqi berilmaydi.
Yozuvchining oʻzi esa ayblovlarni mutlaqo rad etyapti. Bu voqea ijodkorlar uchun jiddiy saboq: bugun qoʻlyozmaning har bir tahrir bosqichini arxivlab borish ham hayotiy zaruratga aylanyapti.
Siz ijodiy matnlaringizning qoralamalarini saqlab borasizmi?
🔥 – Albatta
😎 – Yoʻq
@oriftolib | Sahifalarimiz | 2 983 |
| 4 | Ozarbayjonmi, Ozarboyjon yoki Azerbayjan?
Matbuotda qardosh davlat nomi turlicha yozilyapti: ayrim nashrlar Ozarboyjon shaklini ishlatsa, baʼzilari Ozarbayjon deb yozadi. Ilgari men ham soʻz etimologiyasiga tayanib uchinchi boʻgʻinni o bilan yozardim.
Biroq imloda soʻzning kelib chiqishidan koʻra jonli talaffuz koʻproq tosh bosadi. Biz bu nomni asosan Ozarbayjon deb talaffuz qilamiz, yozuvda ham shu shaklda bergan toʻgʻriroq.
Bir gazetada Azerbayjan shaklida yozilganiga ham koʻzim tushgandi. Bu – xato. Til – tirik tizim, u oʻz qonuniyatlariga boʻysunadi. Ozar tilida yurtimiz Özbəkistan deb yoziladi, biz ulardan Oʻzbekiston shaklida yozishni talab qilmaymiz-ku.
📌 Demak:
Ozarbayjon ✅
Siz qaysi shakldan foydalanasiz?
🔥 – Ozarbayjon
😎 – Ozarboyjon
#Soʻragan_edingiz
@oriftolib | Sahifalarimiz | 7 653 |
| 5 | Tayanch doktorant va doktorantlar ishsizmi?
Amaldagi qonunchilikka koʻra, tayanch doktorantura va doktoranturadagi oʻqish davri ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turiga kiradi. Ammo MyGov, Yagona milliy mehnat tizimi, soliq tizimi elektron bazalarida bu davr aks etmaydi. Agar qoʻshimcha biror joyda ishlamasangiz, tizimda shunchaki “ishsiz”ga aylanasiz.
Dard ustiga chipqon holat ham bor. Aksariyat universitet va institutlar oʻzlarini asosiy ish joyi deb bilib, doktorantlardan mehnat daftarchasini topshirishni soʻraydi. “Sizning asosiy ish joyingiz shu yer, hujjatingiz bizda turishi kerak!” degan talabni qoʻyadi. Mehnat daftarchasini olishga olishadi-yu, lekin doktorant haqidagi maʼlumotni bazaga kiritishmaydi yoki kirita olishmaydi. Sababi my.mehnat.uz tizimi mehnat shartnomasi (ish haqi)ga asoslangan. Doktorantura esa qonunan ish joyi emas, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichidir. U yerda maosh emas, stipendiya toʻlanadi. Lavozimlar klassifikatorida tayanch doktorant yoki doktorant degan lavozim yoʻq.
Biroq bu davr baribir stajga qoʻshilishini hisobga olsak, tadqiqotchining amalda “bekorchi” boʻlib qolishi mantiqsizlikdir. Muammoni hal qilish uchun tizimga alohida “Tadqiqotchi” moduli kiritilishi kerak. Shunda tayanch doktorant va doktorantlarni tizimda aks ettirish mumkin boʻladi va yillar mobaynida hal qilinmay kelayotgan muammo barham topadi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan ushbu masalani ijobiy hal etishlarini soʻraymiz.
Bu mavzuga yana qaytamiz.
@oriftolib | Sahifalarimiz | 5 903 |
| 6 | Tahrir formulasi: minus 10 foiz
Stiven King yozish jarayonini ikkiga boʻladi: yopiq va ochiq eshik.
Dastlabki qoralamani xona eshigini yopib, faqat oʻzingiz uchun yozing. Ilhomni yoʻqotib qoʻymaslik uchun xatolarga chalgʻimay, fikrni qogʻozga tezroq tushirishga urining.
Nuqta qoʻygach, darhol tahrirga kirishmang. Matnni roppa-rosa olti haftaga unuting, toki u oʻzingiz uchun ham begonalashsin. Shundan keyingina “ochiq eshik” bosqichi, yaʼni tahrir boshlanadi. Endi uni oʻzingiz emas, begona oʻquvchi koʻzi bilan oʻqiysiz.
King bu bosqichda yoshligida bir muharrir oʻrgatgan qatʼiy formulaga amal qiladi: 2-qoralama = 1-qoralama – 10%. Yaʼni tahrir paytida matn hajmi kamida oʻn foizga qisqarishi shart.
Gapni ogʻirlashtiradigan ortiqcha soʻzlar, keraksiz tasvirlar va choʻziq jumlalarni shafqatsizlarcha qisqartirib tashlang. Shunda matn yengillashib, nafas ola boshlaydi.
Siz tahrir qilganda matn qisqaradimi yoki uzayib ketadi?
🔥 – doim qisqartiraman
🤔 – baʼzan tahrirda matn uzayadi
@oriftolib | Sahifalarimiz | 5 447 |
| 7 | 📚 YANGI MOCK KITOBIMIZ ENDI SOTUVDA! 🔥
Imtihonga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun ajoyib yangilik! 🎯
Kitobimiz ichida 10 ta to‘liq MOCK mavjud. Har bir mock o‘quv markazimizning tajribali ekspertlari tomonidan maxsus tuzilgan.
Har bir MOCK’da:
📖 Okuma
🎧 Dinleme
✍️ Yazma
🗣 Konuşma
— ya’ni imtihondagi asosiy ko‘nikmalarni bir joyda mashq qilishingiz mumkin! 💯
🔥 10 ta MOCK — atigi 50 000 so‘m
Filiallarimizga tashrif buyurib xarid qilishingiz mumkin.
Yoki adminga murojaat qiling: @hilaledu
Bilimingizni sinab ko‘ring, kamchiliklaringizni aniqlang va imtihonga yanada ishonchli tayyorlaning! | 4 560 |
| 8 | Yomon yozuvchidan yaxshi ijodkor chiqadimi?
Mashhur adib Stiven Kingning taʼkidlashicha, yomon yozuvchidan yaxshi ijodkor tarbiyalashning iloji yoʻq. Yaxshi yozuvchidan buyuk daho shakllantirish ham imkonsiz. Biroq tinimsiz mehnat orqali oʻrtamiyona yozuvchidan yaxshi ijodkorni tarbiyalash mumkin.
Buning ikkita qatʼiy sharti bor: juda koʻp oʻqish va juda koʻp yozish. Agar mutolaaga vaqtingiz boʻlmasa, demak, yozish uchun sizda na vaqt, na vosita bor. Har bir kitobda oʻrganish mumkin boʻlgan saboq yashiringan. Ayniqsa, yomon kitoblarda! Chunki sayoz asarlar qanday yozmaslik kerakligini eng yaxshi oʻrgatadigan ustozdir.
Yana bir muhim shart – yolgʻizlik. Ijodxonangizda bittagina eng zarur narsa – sizni tashqi olamdan toʻsib turadigan eshik boʻlishi shart. Telefon, televizor yoki internet kabi chalgʻituvchi omillar matn sifatini tushiradigan eng katta dushmandir.
Siz matnni qanday muhitda yozasiz?
🔥 – faqat tinch joyda, eshikni yopib
😎 – shovqinli joyda ham yozaveraman
@oriftolib | Sahifalarimiz | 5 177 |
| 9 | “Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani?
Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi:
– Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”)
Mazmunga eʼtibor bersak, soʻqqa soʻzi hech kimsiz, yolgʻiz, faqat oʻzi maʼnosida kelyapti. Ushbu soʻzga bosh qismi qoʻshilishi bilan yasalgan soʻqqabosh soʻzi esa lugʻatda asosan ikki xil holatni ifodalaydi:
1️⃣ Oila qurmagan, boʻydoq kishi (turmush oʻrtogʻi yoki bola-chaqasi yoʻq):
– Bibi Robiya, – dedi u [Yaxshiboyev] – soʻqqabosh oʻtib ketyapsan. (M. M. Doʻst, “Lolazor”)
2️⃣ Yaqin qarindoshi yoki suyanchi boʻlmagan odam:
Dunyoda yakka-yu yagona, soʻqqabosh odam. (S. Ahmad, “Jimjitlik”)
Soʻqqa soʻzining oʻzi shunchaki yolgʻizlik, yakkalik holatini bildirsa, soʻqqabosh koʻpincha oilaviy va ijtimoiy maqomga nisbatan qoʻllanadi.
⚡️– bilib oldim
@oriftolib | Sahifalarimiz | 9 245 |
| 10 | 🚀 Tilmochning endi mobil versiyasi bor!
Turkiy tillar uchun maxsus yaratilgan tarjimon endi iOS va Android qurilmalaringizda ishlaydi!
⬇️ Hoziroq yuklab oling:
App Store: https://apps.apple.com/uz/app/tilmoch/id6739621237
Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch | 6 439 |
| 11 | Obdan va obdon
Obdan soʻzi uch xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Rosa; xoʻp.
Ovqatni xoʻp chaynagan yaxshi, gapni obdan oʻylagan yaxshi.
Maqol.
2️⃣ Juda, juda ham.
Shaharda bir mahallada boʻlganimiz uchun obdan yaxshi bilaman.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.
3️⃣ Batamom, butunlay; mukammal suratda.
Yangi yerga obdan oʻrnashib olguncha ancha vaqt oʻtdi.
Bu soʻz koʻpincha obdon shaklida xato ishlatiladi. Obdon soʻzi izohli lugʻatga kiritilmagan. Imlo lugʻatida esa bor – irrigatsiyaga oid atama ekani koʻrsatilgan. U forcha ob soʻzi va -don qoʻshimchasidan yasalgan. Suvidish maʼnosini anglatadi. Lekin jonli tilda suv saqlanadigan idishlarga nisbatan obdon soʻzi qoʻllanmaydi. Bu soʻz maʼlum soha doirasidagina ishlatiladigan atamadir.
📌 Demak:
Obdan oʻyladi, obdan tayyorlandi, obdan bezatdi ✅
Obdon oʻyladi, obdon tayyorlandi, obdon bezatdi ❌
🔥 – farqlab oldim
@oriftolib | Sahifalarimiz | 8 578 |
| 12 | 😀😀😀😀😀😀😀😀😀
⚡️Ustoz Izamovning ona tili va adabiyoti fanidan kuzgi milliy sertifikat imtihonlariga onlayn tayyorlov kursiga qabul ochildi!
Ona tili va adabiyoti fanidan kuzgi milliy sertifikat imtihoniga individual yondashuv asosida tayyorgarlik koʻrmoqchi boʻlgan talabgorlar uchun qisqa muddatli soʻnggi oʻquv kursimizga qabul e’lon qilindi.
✅ Kurs haqida batafsil:
— Grammatika noldan maksimalgacha oʻrgatiladi. Har bir oʻtilgan mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga doir test va amaliy mashqlar vazifa sifatida taqdim etiladi va tahlillanadi;
— Esse nazariyasi noldan maksimalgacha oʻrgatiladi. Esse nazariyasiga doir darslar oʻtilgach, alohida esse darsi uchun 2 kun ajratiladi va guruh a’zolarining har bir yozma ishi darsda tekshiriladi va tahlillanadi;
— Gʻazal tahliliga doir nazariy bilimlar (qofiya va raviy, she’riy san’atlar, gʻazal tabdili, vaznlar va ruknlar) barchasi oʻrgatiladi. Mustahkamlash uchun turli amaliy mashq va testlar ishlatiladi va tahlillanadi;
— Matnlar (ilmiy va badiiy matn) tahlilining nazariy asoslari oʻrgatiladi. Talabgor matnni oson tahlillashni oʻrganadi. Matn tahliliga doir amaliy mashq va testlar olib boriladi va tahlillanadi;
— Badiiy asarlardan faqat imtihonda tushishi aniq boʻlganlargina oʻqitiladi, ularga doir test va quiz testlar oʻtkaziladi;
— Milliy sertifikat namunasidagi diagnostik testlar ishlatiladi va tahlillab beriladi;
— Darslar haftada 4 kun jonli chat orqali ustoz Izamov tomonidan oʻtiladi. Soʻnggi bir oyda esa darslar har kunlik tizimda oʻtiladi;
— Kerakli materiallar, qoʻllanmalar va ma’lumotlar bazasi talabgorlarga taqdim etiladi;
— Kursda har bir talabgor bilan individual ishlanadi;
— Shuningdek, darslarga sohasining yetuk ustozlari, darslik mualliflari mehmon sifatida taklif qilinadi va oʻz yoʻnalishiga tegishli mavzuda dars oʻtib berishadi.
— Har bir guruhga 40 nafar oʻquvchi qabul qilinadi;
— Qabul 16-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
❓Nega ustoz Izamov kursida oʻqish kerak:
✅Qulay muhit;
✅ Qulay vaqt;
✅ Oson tushuntirish;
✅ Kafolatli natija;
✅ Boshqa onlayn kurslardan farqli ravishda darslar an’anaviy (jonli) olib boriladi.
💸Kurs toʻlovi haqida:
1️⃣ Ikkiga boʻlib toʻlash: 800 ming soʻm (umumiy 3 oy uchun).
2️⃣ Bir martada toʻlash: 699 ming soʻm (umumiy 3 oy uchun).
🙂 Murojaat qiling 👉 @Izamov_Manager | +998880847040
📈 Natijalarimiz: @Result_Izamov
🙂 Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov | 5 281 |
| 13 | Boʻlsa: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Qoidaga koʻra, kesimi -sa qoʻshimchali, shart maylidagi feʼl bilan ifodalangan ergash gapli qoʻshma gaplarda vergul ishlatiladi. Jumladan, boʻlsa feʼli qatnashgan gaplarda ham:
Kimning xulqi yomon boʻlsa, u oʻzini azobga giriftor qiladi.
“Fan va turmush”.
Biroq boʻlsa soʻzidan keyin har doim ham vergul qoʻyilavermaydi. Masalan, esa soʻziga maʼnodosh boʻlib kelganda vergul kerak emas:
Haqqush boʻlsa toʻxtovsiz sayrar, yoz shabadasida uning ovozi goh sekin, goh baralla eshitilardi.
Oʻ. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”.
Boʻlsa soʻzi boʻlsa bordir iborasi tarkibida kelganda ham vergulsiz qoʻllanadi:
Kelgan boʻlsa bordir. Aytgan boʻlsa bordir.
Agar ibora alohida gap boʻlib kelsa, u boshqa gapdan vergul bilan ajratiladi. Lekin bunda ham boʻlsa soʻzidan keyin vergul qoʻyilmaydi:
Shunday boʻlsa bordir, men qayerdan bilay?
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz | 14 943 |
| 14 | Korchalon kim?
Badiiy asarlarda, baʼzan ogʻzaki nutqda korchalon soʻziga duch kelamiz? Xoʻsh, u nimani anglatadi?
Forschadan kirgan bu soʻz asliyatda dallol; ishbilarmon degan maʼnolarni anglatadi.
Korchalon oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Oʻzini hammadan bilimdon deb hisoblovchi, bilarmon; mahmadona.
Sanamay sakkiz deb yurgan ekansiz, korchalon keksa!
Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”.
2️⃣ Ishbilarmon, epchil.
Azimjon oʻzi badavlat korchalon, yigit yoshidan buyon qorakoʻl boʻyicha noyob mutaxassis.
A. Muxtor, “Chinor”.
Soʻzning korchallon shakli ham bor. Lekin u juda kam ishlatiladi.
📌 Demak:
Korchalon, korchallon ✅
Korcholon, karcholon, korchollon, karchollon ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz | 5 635 |
| 15 | 4-11-sinf o‘quvchilari uchun 616 million so‘mlik grant tanlovi e’lon qilindi
Sergelida joylashgan "Turkiston" xususiy maktabi 2026-2027-o‘quv yili uchun 50% lik grant tanlovini ochiq deb e’lon qiladi.
Imtihon haqida qisqacha:
➖ Fanlar: Matematika (15 ta), Ingliz tili (15 ta) va Mantiq (10 ta) — jami 40 ta test.
➖ Shakli: Oflayn (maktab hududida).
➖ Imtihon kuni: 2026-yil 9-avgust.
Qanday qatnashish mumkin?
Grantda ishtirok etish uchun 8-avgustga qadar maxsus telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
📲 Maxsus telegram bot: @turkistongranti_bot
Grant haqidagi muhim ma'lumotlarni telegram kanalimizda kuzatib boring: @Turkistan_School | 5 629 |
| 16 | Begonalashgan tabaka
Tobaki degan soʻzimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob oʻzak soʻzining qizitish, kuydirish maʼnolaridan kelib chiqqan toba (yassi qozoncha, biz uni tova, tava deymiz), toblanish, obu tob, tobiga keltirish singari kalimalar koʻp. Tobaki deb tobada pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi.
Xullas, tobaki degan soʻz “safarga chiqib”, Rossiyaga bordi va oʻris boʻlib qaytdi. Meliboy – Misha, Safarboy – Sasha, Ergashboy Erik boʻlib qaytgani kabi Tobaki degan nomini Tabaka qilib keldi. Tobada pishgan taom ekani esidan chiqdi va qovurilgan joʻjaga aylandi. Biz ham oʻzimizning “bolamiz”ni tanimay, Tabaka deb chaqiradigan boʻldik.
Erkin Vohidov
@oriftolib | Sahifalarimiz | 6 664 |
| 17 | Iksmi yoki eks?
Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks.
Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi:
1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi.
2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor.
Iks soʻzi matematikadan boshqa fanlarda ham ishlatiladi. Masalan, fizikada rentgen nurlari iks nurlar deb ham ataladi.
Iks soʻzining qiziq tarixi bor.
Nomaʼlum miqdorni harf bilan ifodalashni Sharq matematik olimlari, xususan, Al-Xorazmiy fanga olib kirgan. Ular buni arabcha shay (شيء) – narsa, buyum soʻzining bosh harfi – shin (ش) bilan ifodalaganlar.
Arab tilidagi matematik asarlar Ispaniyaga yetib borgach, tarjimonlar arabcha shin (sh) harfini oʻsha davrdagi qadimgi ispan tilida sh tovushini beruvchi x harfiga oʻgirganlar. Keyinchalik bu asarlar ispanchadan Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingach, lotincha x belgisi oʻzgarishsiz qolgan. Fanda bu belgining aynan noma'lum miqdor sifatida mutlaq ommalashishi esa fransuz matematigi Rene Dekart nomi bilan bogʻliq. U 1637-yilda yozgan asarida nomaʼlum miqdorlar uchun alifbo oxiridagi x, y, z harflarini ishlatishni qoida sifatida kiritgan.
Bu harf ingliz tilida eks deb ataladi. Lekin oʻzbekchada matematika va boshqa fanlarda lotincha harf nomi – iks qoʻllanadi. Amaldagi oʻzbek lotin alifbosida esa bu harf xa deb nomlangan.
X belgisi rim raqami sifatida 10 sonini anglatadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz | 7 239 |
| 18 | Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍
Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq.
❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik.
Endi navbat sizniki…
Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi.
Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8
👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi
⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering.
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 4 665 |
| 19 | Sharlatan aslida kim?
Oʻzini zoʻr mutaxassis qilib koʻrsatadigan firibgarlarni sharlatan deymiz. Bu atamaning tarixi juda qiziq. U italyancha ikkita soʻzning birlashishidan paydo boʻlgan: ciarlare – valdirash va cerretano – Cherreto qishlogʻi odami.
Dastlab bu soʻz haqorat sanalmagan. Qadimda Cherreto qishlogʻidan chiqqan sayyor tabiblar koʻchama-koʻcha yurib, turli giyohlarni baland ovozda maqtab pullagan. Davolashdan koʻra koʻproq gapirishgani sababli xalq ularni ciarlatano deb atay boshlagan. Ular davolashni emas, ishonarli gapirishni qoyillatishar edi.
Vaqt oʻtishi bilan soʻzning maʼnosi kengaydi. Endi u bilimi boʻlmasa ham, chiroyli vaʼdalar bilan oʻzini ustadek koʻrsatuvchi har qanday soxta mutaxassisni anglatadi.
Bu soʻzning kechmishi vrach soʻzining kechmishiga oʻxshaydi, lekin farqli tomoni bor: sharlatan salbiylashgan.
Soʻzning evrilishi qiziq tuyuldimi?
🔥 – kutilmagan va qiziqarli tarix
🤔 – etimologiyasini endi bilib oldim
@oriftolib | Sahifalarimiz | 8 225 |
| 20 | Tugul: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Tugul yuklamasi u yoqda tursin, nafaqat maʼnolarini beradi. Xoʻsh, u ishtirok etgan gaplarda vergul ishlatish kerakmi?
Javobi oddiy: ha, “tugul” soʻzidan keyin vergul qoʻyish kerak. Chunki bu yordamchi soʻz oʻzidan oldingi soʻzga bogʻlanib, oʻzidan keyingi fikrni ajratib koʻrsatadi.
Misollarda koʻrib chiqamiz:
❌ Sendan molim tugul jonimni ham ayamayman.
✅ Sendan molim tugul, jonimni ham ayamayman.
Bu yerda mol va jon sanalyapti. Uning orasida vergul boʻlishi kerak. Qiyoslang:
✅ Sendan molimnigina emas, jonimni ham ayamayman.
Siz bunday oʻrinlarda vergul ishlatasizmi?
🔥 – doim vergul ishlataman
✍️ – baʼzan ikkilanaman
@oriftolib | Sahifalarimiz | 7 864 |
