cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Orif Tolib

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama haqida: 👉 https://bit.ly/3nHSpI6 Murojaat uchun: 👉 @oriftolib_xatlar_bot Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
9 769
Obunachilar
-924 soatlar
+37 kunlar
-7030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Adabiy tahrir va korrektura (tasʼhih)ning farqi Adabiy tahrir korrekturadan farqlanadi. Korrekturada imloviy va ishoraviy xatolarni toʻgʻrilash koʻzda tutiladi. Adabiy tahrir esa quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: 🔹 Mantiqiy va soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xatolarni tuzatish. 🔹 Matnni uslubiy jihatdan toʻgʻrilash. 🔹 Matndagi mantiqiy nuqsonlarni bartaraf etish, uning kompozitsiyasini mukammallashtirish (maʼnoli qismlarga boʻlish, ifoda ketmaketligini taʼminlash). 🔹 Maʼnoga taʼsir qilmagan holda matnni qisqartirish va qayta ishlash (qaytariqlarni, ortiqcha tafsilotlarni yoʻqotish). 🔹 Faktik material (manbalar, iqtiboslar, atamalar, sanalar, nom va ismlar, raqamlar)ni tekshirish. 🔹 Matnga va takrorlangan soʻzlarga oʻzgartirishlar kiritish. 🔹 Imloviy xatolarni qisqartirish va tuzatish. @oriftolib
Hammasini ko'rsatish...
👍 36💯 8
Xato yoki kamchilik uchun jazo sifatida rasmiy beriladigan tanbeh, jiddiy ogohlantirish – ...Anonymous voting
  • Hayfsan
  • Xayfsan
0 votes
😎 25💯 11🤨 9👍 8
​​Izohli.uz – elektron izohli lugʻat Shu kungacha izohli lugʻatning turli chala-yarim variantlari bor edi. Vebsayt, mobil ilova koʻrinishidagi bunday elektron vositalarda har xil kamchiliklar boʻlsa-da, foydalanuvchilar ishlatib kelayotgandi. Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi homiyligida yangi 6 jildli izohli lugʻatning veb koʻrinishi – izohli.uz yaratilibdi. Ishlatib koʻrdim, oldingilaridan ancha yaxshi. Izohli lugʻatning qogʻoz shaklida boʻlgani kabi soʻzning ildizi – qisqa etimologiyasi ham koʻrsatilgan. Hali sinov rejimida boʻlgani uchun baʼzi kamchiliklar ham koʻzga tashlandi. Ayni paytda shu kabi texnik jihatlar toʻgʻrilanyapti ekan. Lugʻatda muammoli Oʻ, Gʻ harflari va tutuq belgisi uchun inglizcha birtirnoq (‘’) tanlanibdi. Bu android qurilmalar uchun, masalan, Gboard klaviaturasi uchun noqulay. Shu harf va belgilar qatnashgan soʻzlarni topib boʻlmaydi. Soʻzni boʻlmaydigan oʻzbekcha birtirnoq – okina (ʻʼ) ishlatish kerak. Yoki har ikki birtirnoqda ham soʻz topilaveradigan boʻlishi zarur. Toʻgʻri, bu – dasturchilar uchun boshogʻriq. Lekin baribir yechim topish kerak. Alifbomiz isloh qilinguncha shu va shu kabi muammolar bilan kurashishga toʻgʻri keladi. Masʼullarning aytishicha, izohli.uz saytining mobil ilovasi yaqin orada eʼlon qilinar ekan. Albatta, oʻzbek tiliga oid elektron manbalar yaratish borasida hali talay ishlar qilinishi kerak. Lekin 80 mingdan ortiq soʻz va birikmaga ega lugʻatning elektronlashgani – bu yoʻldagi katta qadam. Endi sayt imkoniyatlari kengaytirilishi va u muntazam ishlab turishi zarur. @oriftolib
Hammasini ko'rsatish...

👍 46🔥 11
Konferensiya materiallari toʻplami “Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplam holida tayyorlandi. Tadqiqotchilar va qiziqqanlar uchun. @oriftolib
Hammasini ko'rsatish...
👍 20😎 1
Bosinqirab yoki isitmaning zoʻridan qovushmagan, noaniq soʻzlar soʻzlash – ...Anonymous voting
  • Alaxsirash
  • Alahsirash
0 votes
👍 25💯 9😎 8🤨 5
✅ Qay biri toʻgʻri?Anonymous voting
  • Moldovan xalqi
  • Moldavan xalqi
0 votes
🤨 30👍 23😎 9😢 6💯 3
Tuproqning, togʻ jinslarining oqar suvlar yoki shamol taʼsirida yemirilishi, nurashi – ...Anonymous voting
  • Eroziya
  • Erroziya
  • Errozziya
0 votes
😎 32🤨 17👍 16💯 6🔥 1😢 1
Hech zarari yoʻq, hech narsa qilmaydi – ...Anonymous voting
  • Hech boqisi yoʻq
  • Hech bokisi yoʻq
0 votes
😱 45👍 20🤨 13😎 9💯 5🔥 3😢 2
Juda mehnatkash, bir ishlasa, yerning jigarini ... oladi.Anonymous voting
  • sugʻurib
  • sugʻirib
0 votes
👍 33🤨 21😎 15
Kemiruvchi hayvon – ...Anonymous voting
  • Sugʻur
  • Sugʻir
0 votes
😎 22👍 16🤨 6💯 5