Narpay tuman 13-son BMSM
رفتن به کانال در Telegram
Samarqand viloyati Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san'at maktabi
نمایش بیشتر2 376
مشترکین
-224 ساعت
-8247 روز
-82730 روز
آرشیو پست ها
+6
🎓 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK! 🎉
Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktabning barcha bo‘limlari o‘quvchilari va o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining kuy-qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar. 🎶🎤💃
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib, ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasiga aylandi.
💐 Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ijodiy muvaffaqiyat va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!
🌟 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Repost from Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi
🎉BUGUN TUG‘ILGAN KUN !!!
🎉Bugun Narpay tumani madaniyat bo‘limi mudiri Xurshid Gadayevning tavallud topgan kuni.
🎊Ushbu sana munosabati bilan Xurshid Xurramovichni Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi rahbariyati hamda jamoasi muborakbod etadi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK! 🎉
Bugun 13-BMSM Tasviriy san’at bo‘limi o‘qituvchisi Sharipova Zulfiyaning tavallud ayyomlari! 🌷🎨
Hurmatli Zulfiya opa! Sizni ushbu quvonchli kuningiz bilan 13-BMSM jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 💐
Sizga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, qalbingizga doimo quvonch va ijodingizga ulkan zafarlar tilaymiz. 🎨✨
San’atga bo‘lgan mehringiz, o‘quvchilarga berayotgan bilim va tarbiyangiz, samimiy mehnatingiz doimo qadrlanib, shogirdlaringiz yutuqlari Sizga faxr va quvonch olib kelsin!
🌸 Har bir kuningiz go‘zal ranglarga boy kartinaday chiroyli, hayotingiz esa baxt va quvonchga to‘la bo‘lsin!
🎂 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Zulfiya opa!
Doimo sog‘-salomat, baxtiyor va oilangiz ardog‘ida bo‘lib yuring! 💐❤️
13-BMSM jamoasi
Repost from Narpay.uz | Rasmiy kanal
+9
Shundan so‘ng, Narpayliklar tumanning faxrli siymolari xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Jumladan, Bektosh Rahimov byusti poyiga hamda o‘zbek baxshichilik san’atining yirik namoyandasi, buyuk baxshi Islom shoir Nazar o‘g‘li qabriga gullar qo‘yilib, ularning yorqin xotirasi yodga olindi.
Bu ezgu tashrif — Narpay tarixida o‘chmas iz qoldirgan, el-yurt ma’naviyati va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan insonlarga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasi bo‘ldi.
Narpay — 100 yil. Tarixga hurmat, kelajakka ishonch!
#Narpay100 #Narpay100yil #Narpayliklar #BektoshRahimov #IslomShoir
Repost from Narpay.uz | Rasmiy kanal
+9
Narpayliklar — qadrdon maskanda!
Narpay tumanining 100 yilligi munosabati bilan respublikamizning turli hududlaridan jam bo‘lgan narpayliklar tuman hokimligi binosiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar hokimlikdagi ish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ayni vaqtda tumanda amalga oshirilayotgan loyihalar va yangilanishlar haqida ma’lumot olmoqda.
Tashrif davomida tuman hokimi Anvar Boliyev mehmonlarga shaxsan hamrohlik qilib, Narpayda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar va hudud rivoji bilan bog‘liq jarayonlar haqida so‘zlab bermoqda.
100 yil — tarix, xotira va bugunning bunyodkorlik ruhi mujassam bo‘lgan qutlug‘ sana!
#Narpay100 #Narpay100yil #Narpayliklar #NarpayTumani #100Yillik
Repost from Narpay.uz | Rasmiy kanal
+8
#Narpay100
#Narpayliklar
#Qadrdonlar
#NarpayTumani
#100YillikTarix
100 yoshli Narpay — qadrdonlarni birlashtirgan manzil!
Bugun Narpay tumani o‘zining 100 yillik tarixiy sanasini nishonlar ekan, uning farzandlari respublikaning turli hududlaridan ona zamin — Narpayga qaytib, qadrdonlar davrasida jam bo‘lishdi.
Narpay tumani hokimligi binosi oldida turli yillarda shu zaminda yashab, kamol topgan, bugun esa yurtimizning turli go‘shalarida mehnat qilayotgan narpayliklar uchrashdi.
Yuzma-yuz ko‘rishuvlar, samimiy suhbatlar, bolalik va yoshlik xotiralari, qadrdon mahallalar, tanish ko‘chalar haqidagi gurunglar — bularning barchasi uchrashuvga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Narpay — shunchaki tug‘ilib o‘sgan maskan emas. U insonlarni birlashtiradigan, xotiralarni asraydigan, qalbda sog‘inch va faxr uyg‘otadigan qadrdon zamin.
100 yillik tarixning bugungi avlodi esa ana shu rishtalarni davom ettirib, Narpayning ertangi kuni uchun birlashmoqda.
Narpay — 100 yoshda!
Qadrdonlar — bir davrada!
Tarix — birgalikda davom etadi!
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun maktabimiz jamoasining yosh va iste’dodli hodimlaridan biri Yo'ldosheva Muqaddamning tavallud kuni. Yo'ldosheva Muqadddamni shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
🎶 13-BMSMda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida 2026-yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan 10-02-26-sonli chora-tadbirlar rejasining 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir tashkil etildi.
📅 2026-yil 18-sentabr kuni Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎼 Tadbir davomida umumta’lim maktablari o‘quvchilariga 13-BMSMda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, musiqa va san’at fanlari, to‘garaklar hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
✨ San’atga oshno qalb — go‘zallikka intilgan qalbdir!
📍 Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi
+5
🛡️ “XAVFSIZ SHAHAR — XAVFSIZ UY”
Bugun Narpay tumanidagi 13-son bolalar musiqa va san’at maktabida Tuman IIB hamda Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari ishtirokida aholi o‘rtasida “Xavfsiz shahar — xavfsiz uy” targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, xonadonlarni qo‘riqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, zamonaviy qo‘riqlash vositalaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
👮♂️ Tadbirda Narpay tuman IIB boshlig‘i Alisher Raimberdiyev so‘zga chiqib, aholi va ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralariga rioya qilish, hushyorlikni oshirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan xonadonlar va obyektlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
🤝 Tinchlik va osoyishtalik — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
📍 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi
🎉🎂 TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎂🎉
Bugun maktabimiz rahbariyat jamoasida bir necha yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan, Xalq cholg‘ulari bo‘limi boshlig‘i Baxrom Muhitdinovning tavallud kunlari.
Hurmatli Baxrom Bahodirovich! 🌹
Sizni tavallud ayyomingiz bilan 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va fayz-u baraka tilaymiz. 🤲
Mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda doimo omad va zafarlar yor bo‘lsin! Jamoamiz rivoji yo‘lidagi mehnatlaringiz samarasi yanada ziyoda bo‘lib, el-yurt hurmati va e’tiborida yurishingizni tilaymiz.
🏡 Xonadoningizdan fayz-u baraka, qalbingizdan xotirjamlik, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin!
🎊 Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin, Baxrom Bahodirovich!
Tavallud ayyomingiz muborak! 🎂🌹🎶
Hurmat bilan,
13-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun (12-sentyabrda) maktabimiz jamoasining yosh va iste’dodli hodimlaridan biri. Toʻxtamurodova Dilfuzaning tavallud kuni. Toʻxtamurodova Dilfuzani shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
Tabrik texnik xatolik sababli kechikganligi uchun uzr soʻraymiz.
Repost from N/a
1941-1945 yillar xotirasiga bag'ishlangan Ona haykal, qahramonlarimizning jasorati va xalqimizning birligi timsolidir. Biz uni asrlar davomida tik turishi uchun bor mahoratimiz bilan yasashga harakat qildik.
Bizni kuzatishni davom eting 🙂
🗺️ 📌Lakatsiya Samarqand viloyati Narpay tumani
✅https://t.me/sanattaronasi
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun maktabimiz jamoasining yosh va iste’dodli hodimlaridan biri. Abdusamtov Xudoyberdining tavallud kuni. Abdusamatov Xudoyberdini shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
"An'anaviy ijrochilik" bo'limida "Dutor" milliy cholg'usi bo'yicha chorlov (chelenj) start oldi. Jarayondan lavhalar. Biz hali davom etamiz...
+5
🏆 Navbatdagi g'alaba: O'quvchimiz 1-o'rinni egalladi! 🎶
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida respublikamiz bo'ylab ko'plab ko'rik-tanlovlar o'tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri — Samarqand shahridagi "Nurafshon" madaniyat markazida Viloyat madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Yangi ovozlar" yosh ijrochilar ko'rik-tanlovidir!
🎉 Yaqinda ushbu tanlov g'oliblari rasman e'lon qilindi. Quvonarlisi, maktabimizning An'anaviy xonandalik sinfi o'quvchisi, ustozimiz Shavkat Meliqulovning shogirdi Qurbonova Nigina ushbu tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, 1-o'rinni qo'lga kiritdi!
Iqtidorli o'quvchimiz va uning ustozini ushbu yuksak g'alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! 👏✨
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun maktabimiz jamoasining yosh va iste’dodli hodimlaridan biri. Rustamov Xurshidning tavallud kuni.Rustamov Xurshidni shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
Repost from Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi
⚡️ Samarqand viloyatidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati o‘rganildi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
+3
🇺🇿 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi
Bugun, yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, xalqimizning tinch va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz hamda yurtimizning bugungi taraqqiyoti haqida fikrlar bildirildi.
🌟 Mustaqillik — bu tinchlik, erkinlik, bunyodkorlik va kelajakka ishonch demakdir!
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi marralar, ulkan yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!
🇺🇿 Yashasin ozod va obod O‘zbekiston!
#13BMSM #MustaqillikDarsi #YangiOquvYili #MustaqilO‘zbekiston #SanatMaktabi #YoshIste’dodlar #Vatan #Tinchlik #2026_2027
Repost from Ozodbek Nazarbekov
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…
Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun birin-ketin haqiqatga aylanib, bizni yanada ulug‘ marralar sari yetaklamoqda.
35 yil… Bu shunchaki tarixning bir sahifasi emas. Bu — o‘zligini anglagan xalqning uyg‘onishi, ozodlikning qadriga yetgan millatning parvozi, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etayotgan Vatanimizning sharafli yo‘lidir.
Mustaqillik — bu shunchaki erkinlik emas. U osmonimizdagi erkin parvoz, qalbimizdagi milliy g‘urur, tilimizdagi ona so‘z, qo‘limizdagi bunyodkorlik, farzandlarimiz nigohidagi umid va porloq kelajakdir.
Bugun biz kechagidan kuchliroqmiz. Chunki bu 35 yil bizga bir haqiqatni anglatdi: qanotimiz — Vatan, kuchimiz — xalq, ishonchimiz — birlik, yo‘limiz esa buyuk kelajakdir.
Shunday ekan, bu parvozni asrash, bu zaminni obod qilish, bu bayroqni baland tutish — har birimiz uchun nafaqat sharaf, balki muqaddas burchdir.
Zero, Vatan mustaqilligi — avlodlarga beriladigan eng buyuk meros, uni asrash esa bizga yuklangan eng ulug‘ mas’uliyatdir.
Polapondan uchar qushga aylangan yurtimizning parvozi hech qachon to‘xtamasin!
Yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin. Osmonimiz hamisha musaffo, xonadonlarimiz fayzli, qalblarimiz xotirjam bo‘lsin.
Bayrog‘imiz doimo baland, qanotimiz bardavom, parvozimiz esa yanada yuksak bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ozodbek Nazarbekov,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
📲Telegram 📲Instagram
