cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ozodbek Nazarbekov

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali Instagram: https://instagram.com/ozodbek_axmadovich

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 213
مشترکین
-524 ساعت
+257 روز
+7930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

02:22
Video unavailableShow in Telegram
#Mulohaza Ushbu ijtimoiy videorolikni ko‘rib, beixtiyor ulug‘ ajdodimiz Abdurauf Fitratning quyidagi so‘zlari yodga tushdi: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Shunday ekan, bebaho madaniyatimizni asrab-avaylashga, ta'lim-tarbiyaga, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik... Videorolik ijodkorlariga esa bugungi kunning eng o‘g‘riqli muammosiga e'tibor qaratib, kishini mulohazaga undaydigan kontent tayyorlaganliklari uchun alohida minnatdorlik bildiraman. 🚀 Telegram / 📷 Instagram
نمایش همه...
IMG_4094.MP4112.82 MB
👍 14🔥 1👏 1😢 1
00:44
Video unavailableShow in Telegram
Фарғонада Президент "Янги Ўзбекистон" массивидаги бунёдкорлик ишлари билан танишиб, бу ерга кўчиб келган оилалар вакиллари билан мулоқот қилди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
IMG_4781.MP415.81 MB
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев йўловчиларга хизмат кўрсатиш учун янгидан очилган Қўқон аэропорти билан танишди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
IMG_4755.MP47.49 MB
👍 9
⚡️Madaniyat vaziri bir qator madaniyat muassasalariga tashrif buyurdi ✅ Bugun, 9-iyul kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bir qator madaniyat muassasalariga tashrif buyurdi. ✅ Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, hududlardan tashrif buyurgan teatr mas'ullariga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositalarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi. ✅ Ma'lumot o'rnida aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat teatrlari va “O'zbeksirk” davlat muassasasini bosqichma-bosqich avtobus hamda yuk transport vositalari bilan ta'minlash belgilangan. Shunga ko'ra, 2024-yilda 15 ta teatrga avtotransport vositalari taqdim etildi. ✅ Shundan so'ng, madaniyat vaziri O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutida o'tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni kuzatdi. ✅ Tashrif davomida Ozodbek Nazarbekov institut rektori, professor Avaz Mansurov hamrohligida ijodiy imtihon komissiyalari a'zolari, abituriyentlar, ularning ota-onalari bilan samimiy muloqot qilib, sinov jarayonlari va institutda ta'lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O'z navbatida, bugun milliy estrada san'atini rivojlantirishdagi dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr-mulohaza almashdi. ✅ Muloqot so'nggida imtihonlarni shaffof va adolatli o'tkazish madaniyat va san'at sohasi kelajagining eng muhim omillaridan biri ekanini alohida qayd etib, abituriyentlarga muvaffaqiyat tiladi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
نمایش همه...
👍 16 5🥰 2🎉 1🤩 1
01:26
Video unavailableShow in Telegram
Bugun dunyoda g‘oyalar kurashi avj olgan, o‘z mafkurasini boshqalarga singdirishga urinish kuchaygan murakkab bir davrda yashayapmiz. Hatto ayrim davlatlar arzirli bir qahramoni yo‘qligi uchun o‘ylab topilgan qahramonlari bilan ostona xatlab xonadonlargacha kirib kelyapti, yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishga urinyapti. Mana shunday sharoitda biz shunchaki tomoshabin bo‘lib, qo‘l qovushtirib qarab tursak juda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Ayniqsa, madaniyat va san’at sohasi vakillarining bu boradagi mas’uliyati katta. Vaholanki, bizda ibrat qilib ko‘rsatishga arziydigan, yoshlarimizga chinakam namuna bo‘la oladigan milliy qahramonlarimiz yetarlicha. Kerak bo‘lsa har bitta mahallamizda bor. Lekin shu borini ham ko‘rsatib bera olmasak, tanitish haqida o‘ylamasak, qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Ushbu savol har bir ijodkorni doim bezovta qilishi kerak. O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri faoliyati bilan tanishib, jamoa bilan kechgan samimiy muloqotimizda ana shu kabi savollar atrofida fikrlashdik. Bugungi davr talabi, ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish xususida mulohazalarimizni bildirdik. Shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib, ijodiy imtihonlarni kuzatdik, ota-onalar, yoshlar bilan dildan suhbatlashdik. Fursatdan foydalanib, qalbi ezgu orzularga to‘la abituriyentlarga omad tiladik. 🚀 Telegram / 📷 Instagram
نمایش همه...
5555555.mp460.91 MB
👍 13 2🥰 2👏 2🎉 1🤩 1
#Tashrif #Jarayon ⚡️ Bugun, 8-iyul kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahrida joylashgan bir qator madaniyat muassasalariga tashrif buyurdi. ✅Jumladan, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida bo'lib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni kuzatdi. Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi. ✅Vazir ota-onalar bilan muloqot davomida imtihonlarni shaffof va adolatli o'tkazish, bu madaniyat va san'at sohasi kelajagi uchun muhim ekanligini ta'kidladi. ✅Shu bilan birga, vazir Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahridagi O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatri faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, so‘ngi yillarda teatrda olib borilayotgan ijodiy faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Teatr san’atida qo‘g‘irchoq teatrlarining o‘rni va ahamiyati naqadar ulan ekanligini ta’kidlab, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriq va tavsiyalarni berdi. Teatr faolyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Manzilli dastur ishlab chiqish topshirig‘i berildi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
نمایش همه...
👏 16👍 6 4🥰 2🤩 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#Maqom_2024 #Zomin ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkazildi. ✅ O'zbekistonda ikkinchi marotaba o'tkazilgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. 30-iyun kuni II Xalqaro maqom san'ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. ✅G'oliblarni O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi. 👉 Batafsil ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
نمایش همه...
Taqdirlash.mp480.78 MB
👍 9 2🔥 2🥰 1
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июнь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 6👏 1🎉 1
02:42
Video unavailableShow in Telegram
#Live #Maqom_2024 #Taqdirlash 🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda. 🏆 GRAN-PRI - Eron “Fors” ansambli solisti Ali Asg‘ar Arabshohiy 🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
نمایش همه...
IMG_6846.MOV14.33 MB
👍 12👏 3🎉 2 1
00:51
Video unavailableShow in Telegram
#Live #Maqom_2024 #Taqdirlash 🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda. 🥇 1-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli 🥇 1-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Tojikiston Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti Xurshid Iroximzoda 🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
نمایش همه...
IMG_6845.MOV4.44 MB
👍 9 1🎉 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.