cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

Ushbu kanalda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining asosiy yangiliklari chop etiladi

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 362
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-217 روز
-12630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#iqtibos
Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega.
✍️ Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
O‘zbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, madaniy-ma’naviy meros va ajdodlarimizning ezgu an’analari mushtarakligiga asoslangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari uzviy bog‘lab turadi. Shu kunlarda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov boshchiligidagi madaniyat va turizm sohalari vakillaridan iborat delegatsiya Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida bo‘ldi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, viloyatimizning madaniyati va san’atini, turizm salohiyati hamda gastronomiyasini namoyish qilish. Viloyat delegatsiyasi a’zolari So‘gʻd viloyati hokimligi vakillari va Xoʻjand shahrida faoliyat olib borayotgan madaniyat, turizm va xizmat koʻrsatish sohasi vakillari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Samarqand viloyati madaniyati hamda turizm salohiyati targʻiboti amalga oshirildi. Madaniy mubosabatlar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida kelishib olindi. Xoʻjand shahri hokimligi bilan anglashinuv memarandumi imzolandi. Telegram|Instagram|Facebook
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Ayni kunlarda 27–30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan II Xalqaro maqom san'ati anjumaniga tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda. Kuni kecha, 3-iyun kuni Bahodir Ahmedov II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi. Unda, Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri va viloyat madaniyat boshqarmalari boshliqlari va “Operativ shtab” a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida barcha tashkiliy ishlarni sifatli tashkillashtirish, hududlarga belgilangan joylarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Ilm - dunyoning lazzati. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatadur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qilur. ✍️Abdulla Avloniy Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 2
01:36
Video unavailableShow in Telegram
#Hudud_xabarlari #Bulung'ur Yangi  O‘zbekistonning baxtli bolajonlari! Bulung‘ur tumanida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tuman markaziy istirohat bog'ida bo‘lib o'tgan tadbir barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. ✔️Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
IMG_2885.MP48.42 MB
#Teatr #Ibratxona Ayni vaqtlarda viloyatimizning barcha hududlarida “Yangi  O‘zbekistonning baxtli bolajonlari” mavzusida tantanali bayram tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Qolaversa, Samarqand viloyati musiqali drama teatrida "1-iyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Hans Christian Andersen qalamiga mansub "Qirolning yangi libosi" ertagi asosida sahnalashtirilgan spektakl bolajonlarga bepul namoyish etildi. ✔️Samarqand vilyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
#Hudud_xabarlari #Qo'shrabot "1-iyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Yangi  O‘zbekistonning baxtli bolajonlari” mavzusida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida bolajonlarga qiziqarli konsert namoyishlari, sahna ko‘rinishlari, raqslar va kuy-qo‘shiqlar orqali bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbirga tashrif buyurgan bolajonlar olam-olam zavq, quvonch bilan qiziqarli sahna chiqishlarini tomosha qilishdi va bir dunyo taassurotlar bilan qaytishdi. ✔️Samarqand vilyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 2
#Madaniyat_markazi_foydalanishga_topshirildi Kuni kecha Payariq tumani madaniyat boʻlimi tasarrufidagi 48-son Markaziy madaniyat markazi binosi to'liq ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi. Ushbu markazning ochilish marosimida viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov, tuman hokimi Isroil Jabborov, hokimlik va tashkilotlar mas'ullari, hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shundan so'ng madaniyat markazining yangilangan zalida tumanda o'tkazilgan insholar tanlovida g'olib bo'lganlarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari tantanali tarzda topshirildi. Eslatib o'tamiz, Prezidentimizning 2023-yil 22- dekabrdagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat  kengash yigʻilishida “Namunali” madaniyat markazlarini taʼmirlash, ularni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy kinoteatrlarni tashkil etish bo'yicha bergan topshiriqlari asosida ushbu markaz to'liq qayta ta'mirdan chiqarildi. ✔️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 3 1🔥 1👏 1
#Ikkinchi_o'rin #Maqom 29-30-may kunlari Jizzaxda “Milliy maqom san'ati yo'nalishida respublika ko'rik-tanlovi” bo'lib o'tdi. Ushbu ko'rok-tanlovda "O'zbek milliy maqom san’ati" markazining Samarqand viloyat bo'linmasi ham faol ishtirok etib “Eng yaxshi maqom ansambli” hamda “Eng yaxshi xonanda – erkak ovoz” yo'nalishi bo'yicha faxirli ikkinchi o'rin va 200 mln so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi. Unda madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etib, ko'rik-tanlov g'oliblarini tabrikladi. Ma'lumot uchun: Tanlov g‘oliblari joriy yilning 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida bo‘lib o‘tadigan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasidagi tanlovda O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. ✔️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👏 3 1🔥 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
TA’ZIYA Narpay tumanida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Mamatov Izzatillo Absamatovich 58 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida Narpay tuman Madaniyat bo'limi mutaxassisi hamda "Zarbuloq xalq ashula va raqs" ansanbilining badiiy raxbari lavozimida ko'p yillar samarali mehnat ko'rsatib kelgan ustoz san’atkor edi. Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. ✔️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
😢 5🤔 1