Narpay tuman 13-son BMSM
Open in Telegram
Samarqand viloyati Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san'at maktabi
Show more3 203
Subscribers
-224 hours
-117 days
+3 00230 days
Posts Archive
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun maktabimiz jamoasining yosh va iste’dodli hodimlaridan biri. Rustamov Xurshidning tavallud kuni.Rustamov Xurshidni shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
Repost from Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi
⚡️ Samarqand viloyatidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati o‘rganildi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
+3
🇺🇿 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi
Bugun, yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, xalqimizning tinch va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz hamda yurtimizning bugungi taraqqiyoti haqida fikrlar bildirildi.
🌟 Mustaqillik — bu tinchlik, erkinlik, bunyodkorlik va kelajakka ishonch demakdir!
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi marralar, ulkan yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!
🇺🇿 Yashasin ozod va obod O‘zbekiston!
#13BMSM #MustaqillikDarsi #YangiOquvYili #MustaqilO‘zbekiston #SanatMaktabi #YoshIste’dodlar #Vatan #Tinchlik #2026_2027
Repost from Ozodbek Nazarbekov
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…
Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun birin-ketin haqiqatga aylanib, bizni yanada ulug‘ marralar sari yetaklamoqda.
35 yil… Bu shunchaki tarixning bir sahifasi emas. Bu — o‘zligini anglagan xalqning uyg‘onishi, ozodlikning qadriga yetgan millatning parvozi, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etayotgan Vatanimizning sharafli yo‘lidir.
Mustaqillik — bu shunchaki erkinlik emas. U osmonimizdagi erkin parvoz, qalbimizdagi milliy g‘urur, tilimizdagi ona so‘z, qo‘limizdagi bunyodkorlik, farzandlarimiz nigohidagi umid va porloq kelajakdir.
Bugun biz kechagidan kuchliroqmiz. Chunki bu 35 yil bizga bir haqiqatni anglatdi: qanotimiz — Vatan, kuchimiz — xalq, ishonchimiz — birlik, yo‘limiz esa buyuk kelajakdir.
Shunday ekan, bu parvozni asrash, bu zaminni obod qilish, bu bayroqni baland tutish — har birimiz uchun nafaqat sharaf, balki muqaddas burchdir.
Zero, Vatan mustaqilligi — avlodlarga beriladigan eng buyuk meros, uni asrash esa bizga yuklangan eng ulug‘ mas’uliyatdir.
Polapondan uchar qushga aylangan yurtimizning parvozi hech qachon to‘xtamasin!
Yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin. Osmonimiz hamisha musaffo, xonadonlarimiz fayzli, qalblarimiz xotirjam bo‘lsin.
Bayrog‘imiz doimo baland, qanotimiz bardavom, parvozimiz esa yanada yuksak bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ozodbek Nazarbekov,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
📲Telegram 📲Instagram
Repost from Botir Tugalov
+9
Samarqandda muhim masalalar muhokama qilinib, teatr faoliyati o‘rganildi.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Samarqand viloyatida bo‘lib, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov rahbarligida o‘tkazilgan, “46-Budunjon shaxmat olimpiadasi”ga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashdi. Unda belgilangan vazifalar ijrosi, tashkiliy masalalar va tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Botir Tugalov hamrohligida Samarqand viloyati Rus drama teatri faoliyati bilan tanishdi. Jarayonda teatr jamoasining ijodiy faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. Jamoa a’zolarining taklif va mulohazalari tinglandi.
O‘rganish yakunida teatr faoliyatini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoa uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda tomoshabinlarga sifatli va mazmunli spektakllarni taqdim etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
+2
🏆 E’TIROF
Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Raxmatullayev Shuxrat Raxmatullayevich O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qo‘shib kelayotgan ko‘p yillik samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda yosh avlodga san’at sirlaridan saboq berish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lidagi fidokorona faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof Raxmatullayev Shuxrat Raxmatullayevichning madaniyat va san’at sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligiga berilgan munosib bahodir.
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi. 🇺🇿
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun maktabimiz direktori ustoz Shuxrat aka Raxmatullayevning tavallud kunlari. Shuxrat aka Raxmatullayevning shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
Repost from Samarqand TVR | MTRK
KUN XABARLARI | MUSTAQILLIK SHUKUHI EZGU AMALLARDA
26.08.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Narpay.uz | Rasmiy kanal
+9
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi: fidokorona mehnat e’tirof etildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Narpay tumanida turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol va ilg‘or soha vakillarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Jabborov, Narpay tumani hokimi Anvar Boliyev, tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishtirok etdi.
Tadbir davomida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tumanimizning turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh vakillariga tantanali ravishda topshirildi.
E’tirof etilgan yurtdoshlarimizning mehnati va xizmatlari alohida ta’kidlanib, ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilaklari bildirildi.
🇺🇿 Mustaqillik — sharafli tariximiz, bugungi bunyodkorligimiz va yorug‘ kelajagimiz timsolidir!
🎖 Yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga tashakkur bildiramiz!
Batafsil
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!
✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|
Repost from Saida Mirziyoyeva
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman.
—
Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей.
В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог.
Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать.
Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор.
Repost from N/a
БАХРОМ БАХОДИРШОХ
ХОНАНДА
ЯХШИ КУНИНГИЗДА ХИЗМАТДАМИЗ
НАВОИЙ ШАХАР
АФСОНА ТЎЙХОНАСИ
+998932330003
+998945392629
Repost from Ozodbek Nazarbekov
⭐️ Madaniyat bunyod bo'lgandan buyon bu kabi keskin qarorlar qabul qilinmagan...
O‘tgan vaqt mobaynida madaniyat va san’at sohasiga Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Buning natijasini Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan 2026-yil 21-apreldagi 150-son qaror hamda 2026-yil 2-iyunda qabul qilingan 103-son Farmon bilan sohada mutlaqo yangi yondashuvlar joriy etilganligida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur hujjatlar tarixiy va chin ma’noda sohada tub burilish yasaydigan hujjatlar hisoblanadi.📲Telegram 📲Instagram
Repost from Narpay tuman 13-son BMSM
#TUGʻILGAN_KUN
Bugun maktabimiz jamoasining yosh va iste’dodli hodimlaridan biri. Xasanov Jamshidning tavallud kuni. Xasanov Jamshidni shukrona kuni bilan maktabimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Oilaviy tinchlik xotirjamlik, baxt saodat tilaymiz.
Hurmat bilan 13-son Bolalar musiqa va san'at maktab jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇
Instagram|Telegram|Facebook
Repost from Botir Tugalov
Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
Repost from Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi
TAYINLOV
🎙O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Ro‘ziyev Bobomurod Norqo‘zi o‘g‘li Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
✅Bobomurod Ro‘ziyevni yangi lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyat, mas’uliyatli vazifalarini bajarishda ulkan zafarlar tilaymiz!
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
Repost from Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi
#OAV_NIGOHIDA
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining an’anaviy xonandalik yo’nalishi o'quvchisi Diana G'ulomova va Ozodbek
G'ulomovlar Samarqand teleradiokanalining "ASSALOM SAMARQAND”musiqiy dam olish dasturining mehmoni bo'lishdi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
Repost from Botir Tugalov
#OAV_NIGOHIDA
Samarqand viloyati hokimligi hamda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan "Yangi ovozlar" viloyat ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
Ushbu ko'rik-tanlov Madaniyat va ma'rifat telekanalining "Bugun" madaniy-ma'rifiy dasturi orqali efirga uzatildi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
